126
vujudga kelgan qoldiq. Xo‗jalik mablag‗lari yoki ular manbalarining buxgalteriya
hisobi schyotlari bo‗yicha qoldiq. Aktiv schyotlarning saldosi faqat debetda bo‗lib,
ma‘lum schyotdagi xo‗jalik mablag‗larining qoldig‗ida ko‗rsatiladi. Passiv
schyotlarning saldosi faqat kreditida bo‗lib, ma‘lum schyotdagi mablag‗lar
manbaini ko‗rsatadi. Debet saldolar buxgalteriya
balansining aktivida, kredit
saldolar esa passivida aks ettiriladi.
Sintetik hisob – pul o‗lchovida umumiy ko‗rsatkichlarni beruvchi hisob.
Bunday ko‗rsatkichlar sintetik schyotlarda bo‗lib, ular mavjud mablag‗lar
hamda
ularning manbalari va harakati (asosiy vositalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‗i,
ishlab chiqarish xarajatlari, g‗aznadagi va hisob-kitob schyotidagi pul mablag‗lari,
ustav kapitali va h.k.) to‗g‗risida umumiy tasavvurga ega bo‗lish uchun zarur.
Sintetik hisob ma‘lumotlari analitik hisoblarda detallashtiriladi. Sintetik hisob
registrlari bo‗lib bosh daftar, jurnal-orderlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: