Taqrizchilar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Kalkulyatsiya ob‟yekti – tannarxi aniqlanadigan sotib oligan moddiy 
qiymatliklar, tayyorlangan buyum yoki bajarilgan ishlarning turi yoki bir xil 
guruhi. 
Kapital qo„yilmalar – natijada asosiy vositalarni ko‗paytiradigan xarajatlar. 
Korxonalarda kapital qo‗yilmalar tasdiqlangan titul ro‗yhati va loyiha-smeta 
hujjatlari bo‗lsagina amalga oshirilishi mumkin. Kapital qo‗yilmalar ularning 
yo‗nalishiga, rejalashtirish tartibi, kapital ishlar turlari, qurilish ob‘yektlarining 
qiymati, qurilish ishlarini olib boirsh usullari bo‗yicha guruhlanadi. Kapital 
qo‗yilmalar 0800 ―Kapital qo‗yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar‖ bo‗yicha 
hisobga olinadi. 
Konsignatsiya – bir tomon (konsignant)ning boshqa tomon (konsignator)ga 
o‗z nomidan konsignantning xorijdagi omboridan tovarlarni sotish to‗g‗risidagi 
buyrug‗i.
Kontraktiv schyotlar – aktiv schyotlarning ko‗rsatkichlarini tartibga solish 
uchun tayinlangan kontrar schyotlar. Kontraktiv schyotlarga 0200 ―Asosiy 
vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar‖, 0500 ―Nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar‖, 2980 ―Savdo ustamasi‖, 4910 
―Dargumon qarzlar bo‗yicha rezerv‖ schyotlari kiradi. 
Kontrpassiv schyotlar – passiv schyotlar ko‗rsatkichlarini tartibga keltirish 
uchun tayinlangan kontrar schyotlar. 8600 ―Sotib olingan xususiy aktsiyalarni 
hisobga oluvchi schyotlar‖, 9040 ―Sotilgan tovarlarning qaytishi‖, 9050 ―Haridor 
va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar‖ schyotlari kontrpassiv schyotlarga 
misol bo‗ladi. 
Lizing - vaqtincha bo‗sh turgan yoki jalb etilgan mablag‗larni 
investitsiyalash, bunda lizing beruvchi muayyan sotuvchidan shartnmada kelishib 
olgan mulkni sotib olish majburiyatini oladi va lizing oluvchiga shu mulkni haq 
olib vaqtincha foydalanishga berishni o‗z zimmasiga oladi. 
Likvidatsiya qiymati – bu asosiy vositalarning taxmin qilinayotgan foydali 


124 
xizmat qilish muddati oxirida ularni likvidatsiya qilish bo‗yicha, kutilayotgan 
xarajatlarni ayirgan holda aniqlanadigan qiymatidir. 
Litsenziya — muayyan faoliyat turi bigan shug‗ullanish, muayyan mahsulot 
ishlab chiqarish, shuningdek ixtiro yoki boshqa texnika yutuqlaridan foydalanish 
huquqi uchun belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnoma, hujjat. 
Majburiyat - bu fuqarolik huquqiy munosabatlari bo‗lib, uning vositasida 
bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs foydasiga (kreditor) muayyan xatti xarakatlar 
qilishi, aytaylik: mulkni o‗tkazish, ishni bajarish, xizmat ko‗rsatish, pul to‗lashi va 
xonoz yoki muayyan xatti-xarakatdan o‗zini tiyishi kerak, kreditor esa qarzdordan 
o‗z vazifasini bajarishni talab qilish huquqiga ega. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling