Taqrizchilar
Boshlang„ich (haqiqiy) qiymat
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobi
- Buxgalteriya hisobi metodining elementlari
- Buxgalteriya balansi
Boshlang„ich (haqiqiy) qiymat - bu asosiy vositani sotib olish yoki uni
qurish (bino qurish va qurilishni tugallash) bilan bog‗liq barcha xarajatlar, shu jumladan, to‗langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‗inlari, hamda yetkazib berish, montaj, o‗rnatish va ishga tushirish bilan bog‗liq bevosita aktivdan belgilangan maqsadda foydalana olish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa barcha xarajatlarning summasidir. Buxgalteriya hisobi - bu kundalik va umumiy ma‘lumotlar olish maqsadida 120 ayrim korxona, aktsiyadorlik jamiyatlari, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo‗jalik faoliyatini uzlukiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Buxgalteriya hisobi metodining elementlari - bu buxgalteriya hisobining ayrim usullariga aytiladi. Ular quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish va inventirizatsiya qilish, baholash va kalkulyatsiya qilish, schetlar tizimi va ikki yoqlamali yozuv usuli, buxgalteriya balansi va hisobot. Buxgalteriya balansi - korxona mablag‗lari va ularning tashkil topish manbalari holatini pul shaklida ma‘lum bir sanaga guruhlashtirish va aks ettirish usulidir. Buxgalter – buxgalteriya hisobi bo‗yicha mutaxassis. ―Buxgalter‖ termini 13 asrda paydo bo‗lgan. Bu lavozimni birinchi bo‗lib, Insburk schyotlar palatasining ish yurituvchisi Xristofor Shtexer olgan. Bu borada imperator Maksimilian ning 1498 yil 13 fevralda chiqargan buyrug‗i Vena davlat muzeyida saqlanmoqda. Nafaqat Germaniyada,balki Amir Temur davrida ham hisob daftarlarini yurituvchi shaxslar – yozuvchilar (kotiblar) bo‗lgan. ―Saltanatning har bir idorasida, - deb yozadi Amir Temur 13 asrning oxirida, - bo‗ladigan kirim- chiqimlarni, kundalik xarajatlari yozib borish uchun bir kotib tayinlansin‖. 1498 yildan boshlab ―buxgalter‖, ―buxgalteriya‖ degan terminlar eski nomlarinii asta- sekin siqib chiqarib, hamma joyga tarqala boshladi. Bu terminlar Rossiyada 1732 yildan qo‗llana boshladi. 1732 yil 11 sentyabrda Kommerts – Kollegiyaning buyrug‗i bilan Peterburg bojxonasida birinchi buxgalter etib gollandiyalik savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter ma‘lum huquq, burch va majburiyatlarga ega bo‗lgan xizmatchi hisoblanadi. Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va bosh buxgalter bo‗lishi mumkin. Katta buxgalter - buxgalteriyaning bo‗limi (guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani boshqaradi. Hozirgi vaqtda buxgalterdan nafaqat buxgalteriya hisobini, balki ishlab chiqarishning biznes-rejalarini tuzish, moliyaviy va boshqaruv tahlillarini, shuningdek boshqa sohalarni chuqur bilish hamda rahbariyat to‗g‗ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishida faol qatnashish talab qilinadi. O‗zbekistonda hozirgi zamon talablariga to‗liq javob beradigan buxgalterlar tayyorlashga katta e‘tibor berilmoqda, buxgalterlar oliy o‗quv yurtlarida, ko‗plab tashkil etilgan kollej va akademik litseylarda tayyorlanmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling