Taqrizchilar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inventarizatsiya
Ikkiyoqlama yozuv – xo‗jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi
schyotlarida registrasiya qilish. Bu usul shundan iboratki, har bir xo‗jalik muomalasi ikkita schyotga yoziladi – bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning kreditiga. Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi ob‘yektlarida o‗zgarishlarni 122 vujudga keltiradigan xo‗jalik muomalalarining iqtisodiy mohiyati bilan bog‗liq. Ikkiyoqlama yozuv birinchi marta italiyalik matematik Luko Pacholi tomonidan 1494 yili Venetsiyada chop etilgan ilmiy ishida mantiqiy asoslangan. L.Pacholi ikkiyoqlama yozuv otasi hisoblanadi. Asrlar davomida xo‗jalik faoliyatida ―Ikkiyoqlama Italiya buxgalteriyasi‖ degan tushuncha qo‗llanib keldi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi ko‗p asrli sinovdan o‗tib, mana 500 yildan ortiq vaqt ichida amalda qo‗llanib kelmoqda. Inventarizatsiya – natura shaklidagi mavjud mablag‗lar haqiqiysining buxgalteriya hisobi ma‘lumotlariga to‗g‗ri kelishini, majburiyatlar hisobda to‗g‗ri aks ettirilishini tekshirish usuli. U buxgalteriya hisobi ko‗rsatkichlari ishonchliligini va korxona mulki butligini ta‘minlaydi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘yekt, shu jumladan asosiy faoliyati byudjet mablag‗lari hisobiga moliyalanadigan tashkilot tomonidan mol-mulk hamda moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi O‗zbekiston Respublikasining 19-Buxgalteriya hisobi milliy standarti ―Inventarizatsiya qilishni tashkil etish va o‗tkazish‖ bilan tartibga solinadi. Rejali va rejadan tashqari inventarizatsiya ham bo‗lishi mumkin. Rejali inventarizatsiya yo‗riqnomalarda ko‗rsatilgan muddatlarda o‗tkaziladi, rejadan tashqarisi zaruriyat tug‗ilishiga qarab, odatda to‗satdan o‗tkaziladi. Inventarizatsiyani to‗g‗ri va o‗z vaqtida o‗tkazish masuliyati korxona rahbari va bosh (katta) buxgalteriga yuklatiladi. Korxona rahbarining buyrug‗iga binoan korxona xodimlari safidan ishchi inventarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi va unda bosh (katta) buxgalter qatnashadi. Komissiyasini korxona rahbari yoki uning yordamchisi boshqaradi. Inventarizatsiya albatta moddiy javobgar shaxslar ishtirokida o‗tkaziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling