Taqrizchilar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Buxgalteriya – buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va yuritadigan hisob 
apparati. Buxgalteriya korxonaning mustaqil tarkibiy bo‗limi bo‗lib, boshqa 
bo‗limlar (xizmatlar) tarkibiga kirmaydi. Buxgalteriyani bosh buxgalter 
boshqaradi, agar shtatda bosh buxgalter lavozimi bo‗lmasa, katta buxgalter 
boshqaradi. Bosh buxgalter qanday huquq va majburiyatlarga ega bo‗lsa, katta 
buxgalter ham shunday huquq va majburiyatlarga ega. Buxgalteriya hisobini 
tashkil etish, yuritish va buxgalterning huquq va burchlari 1996 yil 30 avgustda 


121 
qabul qilingan ―Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖gi Qonun bilan belgilangan. 
Gudvill (goodwill) – yaxshi nom, obro‗-e‘tibor (reputatsiya), «firmaning 
bahosi». Bankni sotib olishda uning sof aktivlari bahosidan (bozor baholaridagi 
barcha aktivlar va barcha majburiyatlari o‗rtasidagi farq) ortiqroq bahoda xaridor 
tomonidan to‗langan summasi Gudvill deb yuritiladi. Bu esa, bank xaridori 
tomonidan bank sotib olinayotganda, ushbu bankdagi yillar mobaynida 
shakllangan mijozlar bilan, qarz oluvchilar va depozitorlar bilan o‗zaro o‗rnatilgan 
munosabatlarni ham sotib olinganligi anglayotganligini bildiradi.
Daromad - korxona foydasi va mehnat haqi fondining yig‗indisi bo‗lib, u 
moliyaviy natajalar hisobotida aks etadi. 
Dastlabki hujjatlar – xo‗jalik muomalalari sodir bo‗lgan paytda tuziladigan 
va ular amalga oshganligining birinchi guvohi bo‗lgan buxgalteriya hujjatlari. 
Dastlabki hujjatlar tuzilishi xo‗jalik muomalalari hisob registratsiyasining 
boshlanishi bo‗lib hisoblanadi. Dastlabki hujjatlarga g‗azna kirim va chiqim 
orderlari, yukxatlar, kvitantsiyalar va h.k. kiradi. Hisobni soddalashtirish va hisob 
registratsiyasini tezlashtirish uchun ko‗pincha dastlabki hujjatlarga asosan yig‗ma 
hujjatlar tuziladi. Buxgalteriya hujjatlari tuzish tartibi bo‗yicha tasniflanganda 
hujjatlar dastlabki va yig‗ma hujjatlarga bo‗linadi. 
Debet – buxgalteriya hisobi schyotining bir qismi. Aktiv schyotlarning 
debeti bo‗yicha hisob ob‘yektining ko‗payishi aks ettiriladi, passiv schyotlarning 
debeti bo‗yicha esa kamayishi yoziladi. Hisoblashish schyotlarida debet mazkur 
korxonaning boshqa korxona va shaxslardan oladigan summasini aks ettiradi 
(debitorlik qarzlari). Debet qoldiq (saldo) faqat aktiv schyotlarda bo‗lishi mumkin.
Har bir schyot ikki qismdan iborat – debet va kredit. 
Divident - soliqlar to‗lanib, barcha kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan 
keyingi aktsiyadorlik jamiyatining sof fonda qismi. Uni aktsiyadorlar orasida 
ulardagi aktsiyalarga muvofiq taqsimlanadi. 
Jamgarmalar - xo‗jalik yurituvchi subyektlar va uy xo‗jaliklari 
daromadlarining tovarlarni sotib olishga va xizmatlarni soliqlarni to‗lashga 
ishlatilmaydigan qismi. 
Investitsiya - foyda, divident yoki daromadlarning boshqa shakllarini olish 
maqsadida sanoat, qishloq xo‗jaligi va boshqa tarmoqlarga shuningdek qimmatli 
qog‗ozlarga sarmoya qo‗yish. 
Investor - qimmatli qog‗ozlarni sotib oladigan va bu bigan o‗zlarining bo‗sh 
moliyaviy resurslarini joylashtiradigan yuridik hamda jismoniy shaxs. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling