Qimmatli qog„ozlar - mulkiy huquqlarini yoki mazkur qog‗ozlarni
chiqargan shaxs va ularning sohibi o‗rtasidagi qarz munosabatlarini tasdiqlovchi,
divident yoki foiz shaklida foyda to‗lanishi hamda ushbu hujjatlardan kelib
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga o‗tkazish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul
hujjatlari. Aktsiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari,
qimmatli qog‗ozlardan hosila hujjatlar, veksellar qonunga ko‗ra qimmatli
qog‗ozlar hisoblanadi.
Xarajatlar - mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarning puldagi
ifodasidir.
Xorijiy korxona -ustav kapitali chet el sarmoyasidan iborat bo‗lgan yuridik
shaxs.
Xronologik yozuv – xo‗jalik muomalalarini xronologik tartibda, ya‘ni ular
sodir bo‗lishi sanalari bo‗yicha yozish. Xronologik yozuv buxgalteriya hisobi
ob‘yektlari to‗g‗risida zaruriy ko‗rsatkichlarni olish imkoniyatlarini bermaydi.
Buning uchun tizimli yozuv qo‗llaniladi. Xronologik yozuv uchun hisobning
memorial-order shaklida qo‗llaniladigan registratsiya jurnali tayinlangan.
Registratsiya jurnaliga oy boshida yozilgan summa barcha schyotlarning oy
bo‗yicha debet va kredit aylanmalari jamiga teng bo‗lishi kerak. Bunday nazorat
tenglik ikkiyoqlama yozuvning ma‘nosidan kelib chiqadi. Xronologik yozuv
tizimli yozuv bilan birga bir hisob registrida amalga oshirilishi mumkin.
Xo„jalik muomalalari – mablag‗larning hajmida, tarkibida, joylashish va
foydalanishida, shuningdek, bu mablag‗lar manbaining tarkibi va tayinlanishida
o‗zgarishlarini hosil qiladigan alohida xo‗jalik harakati. Xo‗jalik muomalalari va
ular tufayli hisob ob‘yektlarida bo‗ladigan o‗zgarishlar buxgalteriya hisobida qayd
qilinadi. Xo‗jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida qayd qilish yo‗li bilan
uning predmeti aks ettiriladi.
Xususiy mulk huquqi - shaxs tamonidan qonunga muvofiq qo‗lga kiritilgan
mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi.
129
Do'stlaringiz bilan baham: |