Natural o„lchovlar – buxgalteriya hisobidagi o‗lchovlarning biri bo‗lib,
uning yordamida buxgalteriya hisobi ob‘yektlari to‗g‗risida natural (massa,
uzunlik, metr va h.k.) ko‗rinishidagi ko‗rsatkichlar olinadi. Natural o‗lchovlar
asosiy vositalar, materiallar, tovarlar va boshqa moddiy qiymatliklarni hisobga
olish uchun qo‗llaniladi. Natural ko‗rsatkichlar katta nazorat ahamiyatiga ega. Bu
ko‗rsatkichlar xo‗jalik mablag‗larini baholash yo‗li bilan pul o‗lchoviga
aylantiriladi.
Nomoddiy aktivlar - bu nomonetar, identifikatsiya qilinadigan aktivlar
bo‗lib, moddiy va jism shakliga ega bo‗lmagan, foydali xizmat muddati bir yildan
ortiq bo‗lgan, hamda ulardan bank xizmatlari ko‗rsatishda yoki ma‘muriy
maqsadlar uchun foydalanishga mo‗ljallangan aktivlardir. Nomoddiy aktivlarga
patentlar, mualliflik huhuqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompyuter
dasturiy ta‘minotlari, litsenziyalar va shu kabilar tegishlidir. Agar dasturiy ta‘minot
tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‗lsa, u moddiy aktiv sifatida qaraladi. Agar
dasturiy ta‘minot tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‗lmasa, u nomoddiy aktiv
hisoblanadi.
Pul - umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi alohida tovar turi, ayirboshlash va
qiymat shakllarini o‗z-o‗zida rivojlanishi mahsuli.
Passiv – buxgalteriya balansining bir qismi bo‗lib, unda korxona mablag‗lari
tashkil bo‗lish manbalari va tayinlanishi ko‗rsatiladi. Balansning passivi aktiviga
o‗xshab ikkita bo‗lim va bir qancha moddalardan iborat.
Passiv schyotlar – o‗z mablag‗lar manbaini va majburiyatlarni hisobga
oluvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Mablag‗lar manbalari ko‗payishi passiv
schyotlarning kreditiga, kamayishi debetiga yoziladi. Qoldig‗i kreditida bo‗lib,
balansning passivida ko‗rsatiladi. Schyotlar rejasida passiv schyotlarning
ro‗parasiga ―P‖ (passiv) harfi qo‗yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |