Taqrizchilar


Sintetik hisob schyotlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Sintetik hisob schyotlari – sintetik hisob yuritiladigan buxgalteriya hisobi 
schyotlari sintetik hisob schyotlari oddiy va murakkab bo‗lishi mumkin. Oddiy 
schyotlarning ko‗rsatkichlari detallashtirilmaydi va ular bo‗yicha analitik hisob 
yuritilmaydi. Murakkab schyotlarning ko‗rsatkichlari, zarur bo‗lgan hollarda
analitik hisobda detallashtiriladi. Sintetik schyotlarning ro‗yhati schyotlar rejasida 
keltirilgan. Har bir sintetik schyot o‗zining shifri (nomeri)ga ega. Hozirgi 
qo‗llanilayotgan schyotlar rejasida (21-son BHMS) subschyotlar yo‗q. 
Schyotlarning aylanmalari – buxgalteriya hisobi schyotlarning debeti va 
krediti bo‗yicha yozuvlar jami. Ular tegishli ravishda debet va kredit aylanmalari 
deyiladi. Aylanmalar har oyning oxirida jamlab chiqiladi. Aktiv schyotlar bo‗yicha 
debet aylanma oy davomida hisob ob‘yekti ko‗payishini, passiv schyotlar bo‗yicha 
- kamayishini anglatadi. Kredit aylanma aktiv schyotlar bo‗yicha oy davomida 
hisob ob‘yekti kamayishini, passiv schyotlar bo‗yicha – ko‗payishini ko‗rsatadi. 
Schyotning qoldig‗ini chiqarish uchun oldin uning aylanmalarini aniqlash kerak. 
Schyotning shifri – schyotning shartli raqamli belgisi (nomeri). 
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida har bir schyotning nomi va uning shifri 
ko‗rsatiladi. Hisobni avtomatlashtirishda schyotlar shifrlarining ahamiyati katta. 
Hozirgi vaqtda sintetik hisob schyotlar to‗rt raqamli bo‗lib, ular 0100 dan 9910 
gacha. 21-son BHMS bilan joriy etilgan schyotlar rejasida subschyotlar 
keltirilmagan. 
Tiklanish qiymati - Asosiy vositalarning qayta baholashni hisobga olgan 
holdagi qiymati. 
Tayyor mahsulot – korxonada ishlab chiqarishi tugatilgan, belgilangan 
standartlarga yoki texnik shartlarga to‗g‗ri keladigan mahsulot. Tayyor mahsulot 
texnik nazoratchi tomonidan qabul qilinib, belgilangan hujjutlar bilan 
rasmiylashtiriladi va omborga topshiriladi. Ayrim hollarda tayyor mahsulotlar 


127 
omborga topshirilmasdan, mol oluvchilarga jo‗natiladi. Tayyor mahsulotning har 
bir turiga kartochkalar ochiladi yoki daftarlarda bir necha betlar ajratiladi. 
Kartochka yoki daftarda mahsulot nomi, uning nomenklatura nomeri, razmeri, 
markasi, o‗lchov birligi, har birining bahosi ko‗rsatiladi. Tayyor mahsulotlarning 
buxgalteriya hisobi, odatda, saldo usulida yuritiladi. Tayyor mahsulotlar joriy 
hisobda reja tannarxida yoki korxonaning ulgurji bahosida baholanadi. Oy oxirida 
tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanib, shu bahoda buxgalteriya 
balansida ko‗rsatiladi. Ayrim tarmoqlarda mahsulotlarning haqiqiy tannarxi har 
oyda emas, yil oxirida aniqlanadi. 
Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‗rsatishda 
foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, 
shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‗rsatish 
jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan boshqa turdagi xarajatlarning 
qiymat bahosi. Tannarx xo‗jalik yurituvchi sub‘yektning buxgalteriyasida
aniqlanadi. Uning uchun xarajatlar moddalari nomenklaturasi bo‗yicha 
kalkulyatsiya tuziladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling