Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi
Texnalogiyaning tayyorgarlik ko‘rish fazasi
Download 304.85 Kb.
|
Majmua to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorgarlik ko‘rish fazasida
- Nazorat uchun savollar: 1.Neyrolingivistik dastur nima 2.
- Mustaqil ta’lim
Texnalogiyaning tayyorgarlik ko‘rish fazasi. Shaxs faoliyati samaradorligini oshirish texnalogiyasining fazasi. Tayyorgarlik ko‘rish fazasi, bevosita korreksiya fazasi hamda korreksiya ishlarini yakunlash fazasini о‘z ichiga oladi. Ushbu fazalaming barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ketma-ketlikda joylashgan tarkibiy qismlardan iborat. Korreksion tadbirlar, o‘z navbatida bosqichma-bosqich va maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil etiladi. Odatda pedagogik korreksiyada shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasini pedagog hamda o‘quvchi o‘rtasidagi mavjud ijtimoiy to‘siqlarni kamaytirishdan boshlanishi (agar shunday to‘siqlar mavjud bo‘lsa, albatta) maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tayyorgarlik ko‘rish fazasida korreksion-rivojlantiruvchi faoliyatni o‘tkazish qay darajada zarur va maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Buning uchun shaxsning o‘ziga hos xususiyatlari, uning xulqidagi bartaraf qilinishi kerak bo‘lgan illatlar va o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan sifatlar, mazkur tadbirlardan kutiladigan natija, o‘quvchining bo‘lajak o‘zgarishlarga tayyorligi hamda korreksion faoliyatni olib borish yo‘nalishi majmuaviy diagnostika natijalariga asoslanib aniqlanishi kerak bo‘ladi. O‘quvchilarni majmuaviy diagnostika qilish ta'lim va tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Ba'zi pedagog-o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini o‘rganishlari uchun hech qanday maxsus tadqiqotlarning keragi yo‘q, deb hisoblaydilar. Biroq masalaga bunday yondashish o‘qituvchilaming o‘z o‘quvchilari to‘g‘risida faqatgina yuzaki ma'lumotlarga ega bo‘lishlarini ta'minlashi mumkin.
Nazorat uchun savollar: 1.Neyrolingivistik dastur nima? 2.Neyrolingivistik dasturlashni inson hayotidagi ahamyati qanday? 3.N-,L-,P-qisqartmalarining"sirlari" 4.Faoliyatning texnologiyasi nimadan iborat? 5.Neyrolingivistik texnikalar nimalardan iborat? 5.Langar texnikasi haqida 6. SMART-maqsadni belgilash texnikasi haqida. 7.Qayta ramkalash tehnikasi haqida. 8.Texnalogiyaning tayyorgarlikko‘rish fazasi. Mustaqil ta’lim Maktab o‘quvchilarini pedagogik korreksiya qilishda qo‘llaniladigan metodlar: mazmuni, mohiyati va qo‘llash tartibi Pedagogik korreksiyani individual shaklda tashkil etish: “Tushuntiruvchi suhbat” metodikasi mazmuni, mohiyati va qo‘llash tartibi Ijtimoiy-pedagogik treninglar : mazmuni, mohiyati va qo‘llash tartibi Neyrolingivistik dasturlashtirish to‘g‘risida umumiy tushunchalar Neyrolingivistik dasturlashtirishning asosiy tamoyillari : mazmuni, mohiyati va qo‘llash tartibi Download 304.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling