Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


Amaliy mashg‘ulotning maqsadi


Download 304.85 Kb.
bet37/48
Sana13.01.2023
Hajmi304.85 Kb.
#1090914
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
Majmua to\'liq

Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga umumta’lim maktablari o‘quvchi-qizlarini ijtimoiy faolligini oshirishda pedagogik diognostika metodlaridan foydalanish yo‘llarini o‘rgatish. Ta’lim jarayonini diagnostika qilishning asosiy funksiyalari (teskari aloqa funksiyasi, maqsad va vazifalarni belgilash funksiyasi, taqsimot funksiyasi, yaratish va pedagogik tajribani o‘rganish funksiyasi, pedagogik korreksiyalash funksiyasi, motivatsiya va rag‘batlantirish funksiyasi, nazorat funksiyasi) haqida tushuncha hosil qilish.
Ta’lim metodlari: tushunchalar tahlili, nima uchun, aqliy hujum, savol-javob, ruchka stol o‘rtasida.
Ta’lim vositalari: tayanch matn, markerlar, tarqatma materiallar, topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: Sotsiometriya (lot. societas — jamiyat va ... metriya) — ijtimoiy psixologiya sohasi. Ijtimoiy turmushdagi kichik guruh (jamoa, oila) aʼzolari o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajalarini o‘lchashda qo‘llaniladi. Sotsiometriyaga amerikalik sotsiolog Ya. Moreno (1892—1974) asos solgan. Uning metodiga ko‘ra, muayyan guruhdagi har xil xususiyatli shaxslarning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan maʼlumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to‘gʻrisida tasavvur hosil qiladi. Bu maʼlumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi, xolos. Hozirgi davrda Sotsiometriyaning modifikatsiyalari ishlab chiqilgan (Ya.L. Kolominskiy, I. P. Volkov). Sotsiometriyaning bu turi test savollari yordamida bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to‘laroq axborot to‘plash imkonini beradi. Talabalar Sotsiometriyaning nazariy va amaliy natijalari mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishini boshqarishda, tarbiyaviy ishda va h.k.da keng qo‘llanishi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishadi.
Egallangan bilimlarni turli xildagi ta’lim metodlari orqali mustahkamlab olishadi.


Download 304.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling