# Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar ko’rsatilgan javobni aniqlang.
- Aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat.
- Irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim- tarbiya, shaxsiy faoliyat.
- Irsiyat, muhit, ta’lim- tarbiya, biologik omil.
- Biologik omil, ta’lim- tarbiya, ijtimoiy muhit.
# O`qituvchining kasbiy sifatlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni aniqlang.
- Vatanparvarlik, izntizomlilik, yaxshilik qilish, bolalarni sevish, ijodkorlik, kuzatuvchanlik.
- Ijodkorlik, qat’iyatlilik, tashkilotchilik, bilimdonlilik, izlanuvchanlik, tashabbuskorlik, talabchanlik.
- Nutq qobiliyati, diqqatni taqsimlay olish, obro` orttira olish, kelajakni ko`ra olish qobiliyati, kuzatuvchanlik, mas’uliyatlilik.
- b va s javob to`g`ri.
# Jismoniy tarbiya vazifalarini belgilang.
- Ishbilarmon, sog’lom shaxsni tarbiyalash.
- Mehnatga odatlanish va muhabbatni singdirish, ijtimoiy ko`nikma va malakalarni qaror toptirish.
- Jismoniy rivojlanish, sog`liqni mustahkamlash, chiniqish, harakat sifatlarini rivojlantirish.
- Umuminsoniy madaniyat va milliy qadriyatlarni bilishga jalb qilish.
# Abu Rayhon Beruniy qaysi asarida o’simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirgan?
- “Hindiston”.
- “Saydana”.
- “Mas’ud qonuni”.
- “Geodeziya”.
# Voyaga yetmagan bolalarning huquqlari va manfaatlarini kimlar himoya qiladi?
- Maktab direktori, sinf rahbari;
- Tarbiyachi, ota – onalar;
- Ota – onalar yoki qonuniy vakillar;
- Ilmiy bo’lim mudiri, mahalla vakillari.
# Tarbiyachining oila bilan hamkorlikda ishlash shakllari.
- Ota- onalar bilan yakka tartibda ishlash, ochiq eshiklar kunini tashkil etish.
- Ota- onalar bilan yozishmalar, ibratli oilalarning bola tarbiyasidagi tajribasini ommalashtirish.
- Ota- onalar yig’ilishini o’tkazish, ota- onalar qo’mitasi ish faoliyatini tashkil etish.
- Barcha javoblar to’g’ri.
# O`qituvchi bu –
- Madaniyatli, keng saviyali, ziyoli, bilimli shaxs.
- Mustahkam bilimli va mutaxassislik fanlarini chuqur egallagan shaxs.
- Yuksak madaniyatli, o`quvchilarni qiziqtira oladigan shaxs.
- Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo`lgan shaxs.
# Pedagoglik kasbi qachon vujudga kelgan?
- Pedagoglik kasbi kishilik jamiyati vujudga kelgan davrdan boshlab vujudga kelgan.
- Pedagoglik kasbi urug`chilik davri vujudga kelgan davrda vujudga kelgan.
- Pedagoglik kasbi oila, xususiy mulk va davlatchilik kelib chiqqan davrda vujudga kelgan.
- Pedagoglik kasbi kishilik jamiyati shakllanib, turmush tajribalarini keyingi avlodga qoldirish ehtiyoji paydo bo`lgan davrda vujudga kelgan.
# Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
- Yosh avlodni jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlarga rioya qilish, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, tabiatga mas`ullik munosabatini shakllantirish.
- Fanni o`rganishga muhabbat uyg`otish, bilimga tashnalik fazilatlarini tarbiyalash, iqtisodiy ongni shakllantirish.
- Ong hissi va xulq - atvor malakalari va milliy qadriyatlar bilan oshno qilish, huquqiy ongni shakllantirish.
- O`zaro hurmat hissini tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |