Tarbiya jarayonining mohiyati va prinsiplari


Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi


Download 366.93 Kb.
bet2/5
Sana17.10.2023
Hajmi366.93 Kb.
#1705518
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliy ish 11

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi. 

  • O'quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanislitirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan, boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o'quvchilar go'zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr-shavqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo'ladilar. Insoniylik - o'z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do'stlik, ota-onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli, insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - avlodga ko'chib kelgan.

Tarbiya usullarini o'rganish, tahlil qilish

  • Tarbiya usullarini o'rganish, tahlil qilish - bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish ko'nikma va malakalarni egallashni osonlashtiradi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo'lish mum kin:
  • 1) ijtimoiy ongni sfiakllantiruvchi usullar; 2) faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish usullari; 3) o'z-o'zini tarbiyalash usullari; 4) rag'batlantirish va jazolash usullari.

Pedagogik diagnostikaning shakllanish va rivojlanish tarixi. 0 ‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o‘zlikm anglash, milliy va umumbashariy
qadriyatlami o‘zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o‘rtasida uyg‘unlikni vujudga
keltirish, ehtiyojlaming xususiylikdan umumiylikka o‘sib o‘tishining qondirilishi har
jihatdan o‘quvchi va talabalar qobiliyatlari, iste'dodlarini, ichki imkoniyatlarini,
o‘ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek
rivojlantirishni talab etadi.
Diagnostika - {yunon tilida: «dia» — «shaffof», «gnozifi»-«bilim» degan
ma'noni bildiradi) o rganilayotgan ob'ekt yoki jarayon togrisida aniq ma'lumot
olishning umumiy vositasi bo’lib xizmat qiladi.
«Pedagogik diagnostika» atamasi birinchi bor 1968 yili nemis olimi
Karlxaynts Ingenkamp tomonidan fanga kiritildi.
Pedagogik diagnostika yordamida jamiyatdagi ma'naviy-ma'rifiy jarayon tahlil
qilinadi va ta'lim-tarbiyaning kafolatlangan natijalari aniqlanadi. Tashxislashda
nafaqat ta'linv-tarbiya natijalarini sarhisob qilish, balki ulaming ozgarish dinamikasi
xam kuzatiladi, mavjud kamchiliklar bartaraf etiladi.
Insonning jismoniy rivojlanishini tashxis qilish ancha oson. Buning uchun bir
qator mashqlar bajarilgach, uning natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.
Lekin ruhiy, ma’naviy, intellektual, ijtimoiy rivojlanishni diagnoz qilish ancha
mashaqqatli. Bu maqsadda qo'llanayotgan metodikalar hali ancha murakkab bo'lib,
har doim ham to'g'ri natija beraveradi, deb bo'lmaydi. Pedagogik amaliyotda o'quv
maskanlari pedagog-psixologlari va o'qituvchilar shaxsning alohida sifatlarini
o'rganadilar, lekin bu natijalarga qarab, rivojlanishning barcha komponentlariga
umumiy baho berishga har doim ham musharraf bo' la olganlaricha yo' q.
Rejali va maqsadli o'qitish va tarbiyalash jarayonida natijalami aniqlash
zaruriyati pedagogik diagnostikani vujudga keltirgan. Albatta o'z lbtidosida bu
natijalar oddiy pedagogik metodlar orqali aniqlangan

Download 366.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling