Tarbiyachining nutq madaniyati


Download 277.92 Kb.
bet29/52
Sana01.03.2023
Hajmi277.92 Kb.
#1238462
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
Majmua Tarbiyachining nutq madaniyati

-

+

?















3-topshiriq. Mavzu yuzasidan test tuzing.
7-amaliy mashg’ulot. Og’zaki va yozma nutq madaniyati masalalari.
Ma’lumki, har bir so‘zni o‘ylab, tanlab, ularning har bir ma’nosiga, ma’no qirralariga yaxshi ehtibor qilib, o‘rinli ishlatish haqida juda ko‘plab xalq maqollari, hikmatlari mavjud. Bu haqda buyuk faylasuf Aristotelning «Poetika» va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarlarida ham qimmatli fikrlar aytilgan.
Tilda har bir so‘zni, grammatik formani, har bir sintaktik qurilmani o‘z o‘rnida, ya’ni shu so‘z, shu grammatik shakl yoki sintaktik qurilma (gap) ishlatilayotgan vaziyatni (tinglovchi saviyasi, ularning holati kabilar) hisobga olgan holda to‘g‘ri qo‘llash, ularning shu vaziyatga eng mos tushadiganini tanlab, nutq jarayonida ulardan unumli foydalanish, eng ixcham va fikrni lo‘nda ifodalaydiganini, eng sodda va hammaga tushunarlisini ishlatish nutqning ravonligini, tushunarliligini, aniqligini tahminlaydi, uni g‘alizliklardan xalos etadi. So‘zlarni, grammatik shakllarni befarq qo‘llash, vaziyatga mos tushmaydigan gaplarni beixtiyor, nazoratsiz aytib yuborish, bo‘lar - bo‘lmasga u yoki bu so‘zdan yoki grammatik shakllardan foydalanaverish, umuman, ularni ortiqcha qo‘llash, o‘rinli - o‘rinsiz takrorlayverish nutqni bachkana qiladi, fikrni xiralashtiradi, uning tahsirchanligiga putur etkazadi.2 Zero, donolar aytganidek:
Nodonlardek yuzlab so‘zni qilma qator,
Donolardek bir so‘z degil, lek ma’nodor.
(Sahdiy SHeroziy)
yoki
So‘z joyu vaqtiga bo‘lar ekan mos,
Sehru afsun uchun u bo‘lar asos.
(Abdurahmon Jomiy)
Ma’lumki, uslubiyat - fikrni ifodalash yo‘llari, til vositalarini – materiallarini to‘g‘ri tanlay bilish haqidagi tahlimot-uslublar ilmi bo‘lib, tilning vazifalariga mos ravishda bir necha ko‘rinishlarga ega: so‘zlashuv uslubi, kitobiy uslub, ilmiy-ommabop uslub, rasmiy, publitsistik va badiiy uslub kabilar. Ushbu fikr uslubiyatning tarkibiy qismiga kiruvchi grammatik uslubshunoslik haqida ham aytish mumkin.
Grammatikaning morfologiya va sintaksis nomlari ostida ikki qismga ajratilish holati grammatik uslubshunoslikda ham saqlanadi, ya’ni u morfologik uslubshunoslik hamda sintaktik uslubshunoslik kabi ikki ko‘rinishda bo‘ladi.
Grammatika so‘zning yoki sintaktik qurilmaning lug‘aviy va grammatik ma’nolarini, fikriy jihatini o‘rgansa, grammatik stilistika ularning qo‘shimcha - ekspressiv ma’nolarini, vazifaviy xususiyatlarini o‘rganadi.
Grammatika bilan uslubshunoslik birgalikda faqat grammatik shakllarning nimani ifodalashini emas, balki qanday ifodalanishini ham tekshiradi.
Grammatik uslubshunoslikning bir qismi bo‘lgan morfologik uslubshunoslik har bir grammatik shaklning, so‘z yasovchi vositalar va har xil boshqa shakllarning uslubiy xususiyatlarini o‘rganadi.
O‘zbek tilida qo‘shimchalar doirasidagi ma’nodoshlik (sinonimiya) hodisasi ham keng tarqalgan: shu sababli // shu sababdan; talabalardan biri // talabalarning biri; otga mindi // otni mindi; savlatli // savlatdor // basavlat... kabi.
O‘zbek tilida so‘z yasovchi va grammatik ma’no ifodalovchi juda ko‘p affikslar o‘z variantlariga ega yoki bir-biri bilan o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan, jo‘nalish kelishigi ko‘rsatkichi –ga hozirgi tilimizda –ka, -qa variantlarida uchrasa, eski o‘zbek tilida -g‘a (borarg‘a - qilurg‘a, so‘rarg‘a) ko‘rinishda uchraydi. Fe’llardagi –giz ko‘rsatkichi –kiz, -g‘iz, -qiz; -kaz; -gaz va hatto, ba’zan –kar (o‘tkar, etkar) variantlarida uchraydi.1


1-topshiriq. Mavzuni o’qing va konspekt qiling.


2-topshiriq. Mavzuni o’qing va quyidagi savollarga javob bering :

1. Nutqning og‘zaki shakli qanday qonuniyatlarga asoslanadi?


2.Og‘zaki nutqni shakllantirishda to‘g‘ri talaffuzda nimalarga ehtibor berish kerak?
3. «So‘zning daromad bosqichi» iborasi qaysi ilmiy manbalarda keltirilgan va uning ma’nosini tushuntirib bering?
4. Nutqning og‘zaki shaklini shakllantirishda adabiy til me’yorlariga qaysi darajada amal qilinadi?
5. Nutqning yozma shakllari deganda nimani tushunasiz?
6. Ish yuritish hujjatlari qanday rasmiylashtiriladi?
7. Yozma nutqni shakllantirishda, birinchi navbatda, nimaga amal qilish lozim?
3-topshiriq. Mavzuni o’zlashtiring va o’z fikrlaringizni FSMU texnologiyasi orqali asoslab bering.


F
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini bahs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoyaq ilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o’rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F – fikringizni bayon eting
S – fikringizga sabab ko’rsating
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi misol keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
SMU
texnologiyasi


Download 277.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling