Tarbiyachining pedagogik muloqoti
Download 362.23 Kb. Pdf ko'rish
|
TARBIYACHINING PEDAGOGIK MULOQOTI
2 TARBIYACHINING PEDAGOGIK MULOQOTI MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………..3 I BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI TARBIYACHISI SHAXSIGA QO'YILADIGAN TALABLAR. 1.1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni…………………………………..5 1.2. Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish…………………………………12 II BOB. TARBIYACHINING NUTQ MADANIYATI SHAKLLANTIRISH USULLARI. 2.1. Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati………………………………….20 2.2. Tarbiya tamoyillari………………………………………………………….32 XULOSA………………………………………………………………………..42 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI…………………………44 3 KIRISH Muloqot – insonlarning bir-birlari bilan axborot almashish jarayoni. Ilmiy manbalarda uning kommunikativ , interaktiv va perseptiv jihatlari borligi aytiladi. Muloqotning kommunikativ jihati deyilganda, suhbatdoshlarning o‘zaro axborot almashuvi, interaktiv jihati deyilganda , ularning ekstralingvistik omillar yordamida bir-birlariga o‘zaro ta’sir o‘tkazishi, perseptiv jihati deyilganda suhbat jarayonida bir-birlarini anglashga intilishi nazarda tutiladi. Pedagogik muloqot esa ana shu muloqot turlaridan biri bo‘lib, pedagogik faoliyat jarayonida yuzaga keladi. «Pedagogik muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari , o‘qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim o‘rinni egallaydi». A.Xoliqov «Pedagogik mahorat» o‘quv qo‘llanmasining «O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi» deb nomlangan 6-bobida pedagogik muloqotda muomala madaniyati masalasini tahlil qilgan. Muallifning ta’kidlashicha, o‘quvchining intellektual rivojlanishida o‘qituvchining muloqot madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. O‘quvchi ma’naviy muhitining shakllanishi o‘qituvchining yuksak axloq namunasi orqali namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, muallif buning aksi – o‘qituvchi subyekti bilan, o‘quvchi obyekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etishi mumkinligini ham aytadi. O‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, samimiy muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir , deydi u. O‘qituvchining muloqot madaniyati bunda o‘qituvchi mahoratining uchta jihatiga alohida e’tibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik faoliyat jarayonida egallagan ko‘nikma va malakasi; muayyan o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada bo‘lish tajribasi. S.Xo‘janazarova va M.Oripovalar esa «O‘qituvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning 4 pedagogik asoslari» nomli maqolasida masalaga ilmiy-metodik jihatdan yondashib , o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga olishligini ko‘rsatadi: 1. O‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xusysiyatlarini o‘rganishi o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish, har tomonlama tavsif berish o‘qituvchilarning muloqotni to‘g‘ri tashkil etishi asosida amalga oshadi. 2. Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni aniqlash va darhol ularga barham berish choralarini izlab topish: muloqotda qo‘pollik, mensimaslik va boshqa salbiy holatlarni yengish. 3. O‘qituvchilar o‘zlari uchun muloqot madaniyatining qulay bo‘lgan uslublarini ishlab chiqishga doir faoliyatni olib borish va o‘z-o‘zini kuzatish bilan yutuq va kamchiliklarini taqqoslash. 5 I Bob. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo'yiladigan talablar 1.1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni. Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog‘chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim 6 maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan bolalar bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni amalga oshirishning garovidir. Bunga quyidagilar kiradi: 1. Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlash. 2. Aqliy qobiliyatini o‘stirish. 3. Milliy qadriyatimiz va ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga mos keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish. 4. Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish. 5. Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib toptirish. Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin tarbiyachi ishlarga asoslanib, bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash ishini ma’lum bir maqsad bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin. Mustaqillik munosabati bilan va tarbiyachilarning ma’naviy o‘sishlariga va moddiy ahamiyat berilmoqda. Masalan, Respublikamizda 1992 yil 1 oktabrni murabbiylar kuni deb nomlanishi hamda xalq maorifi xodimlarining maoshlari oshirilib, turmushlari yaxshilanib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov o‘zining “Buyuk Download 362.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling