Tarbiyachining pedagogik muloqoti


Download 362.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi362.23 Kb.
#1165228
1   2   3   4
Bog'liq
TARBIYACHINING PEDAGOGIK MULOQOTI

Pedagogning mutaxassis sifatida: 
- aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
- -pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish;
- -izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish;
- -ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish;
- -faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tatbiq etish;
- kasbiy va malakalarini takomillashtirish;
- ko‘nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini 
izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.
Pedagoglarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali 
yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi 
modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir.
Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini tahlil qila olishi 
ham ahamiyatli sanaladi. O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy 
faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir. 
O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi obyektiv baholash imkoniyatiga 


19 
ega bo‘ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida 
ularning o‘z-o‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O‘zini o‘zi 
baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. 
O‘zini o‘zi baholash subyekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, 
o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi. O‘z-o‘zini baholash 
shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. 
O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har 
qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi pedagogning ham o‘zini o‘zi samarali baholay 
olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.


20 
II BOB. MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALAR 
TARBIYASI VA RIVOJLANISHI. 
2.1. Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati. 
Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks 
ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli ─ yozma 
va og’zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor yolg’iz 
o‘qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o‘zlashtirish talab 
qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o‘qituvchining va 
shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog’liq. O‘qituvchi pedagogik 
mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan 
boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada 
yuritishini belgilovchi me’yordir. O‘qituvchining nutq madaniyati birdaniga 
shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb 
faoliyati davomida, tajribali ustozlar o‘giti natijasida yillar davomida 
takomillashib, sayqallanib boraveradi. O‘qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, 
kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat 
o‘qituvchining shijoatiga bog’liq. Shu qobiliyat tufayli o‘qituvchining nutq 
madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi o‘qituvchining nutq madaniyatiga 
xos bo‘lgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak: 
1. Nutq madaniyati o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy 
qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko‘rsatuvchi, o‘z 
ona tilimizga e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir. 
2. Nutq madaniyati o‘qituvchilarni ma’naviy va madaniy saviyasi bilan, 
hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma’lum 
ma’noda ajratib turadi. 
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo‘lgan barkamol 
avlodni qanday kasb egasi bo‘lib yetishishidan qat’iy nazar ma’naviy jihatdan 
tarbiyalash. 
4. Nutq madaniyati ─ bu avvalo, o‘qituvchilarda nutqiy ko‘nikma va nutqiy 
malakalarni hosil qiladi. Bu ko‘nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, 


21 
maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan 
muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. 
5. Nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida 
erishiladi. Buning uchun o‘qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy 
adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va uni ifodali o‘qiy 
olishi, radio va televidenie eshittirishlarini kuzatib borishi lozim. 
6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko‘rinishi nutqiy taqlid bo‘lib, 
yosh o‘qituvchilar o‘zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va ta’sirchan nutq 
so‘zlaydigan ustoz murabbiylarning nutqiy san’atiga havas bilan qarashi va 
taqlid qilishi asosida o‘rganishi mumkin. 
O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal 
egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o‘qituvchi bolaning his-
tuyg’ularini uyg’otadi, o‘quvchilar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-
tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo‘lajak 
o‘qituvchi avvalo nutq sirlarini, uning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotda 
ta’sir kuchini puxta bilishi kerak. 
Nutq madaniyati salomlashish madaniyati, ovqatlanish madaniyati kabi
muayyan jamiyatga xos bo`lgan, ko`pchilik tomonidan me`yor sifatida
qabul qilingan madaniyatlar tizimidagi bir halqadir. 
Ana shu halqalarning o`zaro zich munosabatidan shu jamiyatning 
madaniyati vujudga keladi. Demak, nutq madaniyati ma`lum bir jamiyatning 
muayyan bir davrdagi milliy madaniyatning tarkibiy qismidir. 
Shuning uchun ham bizning ajdodlarimiz nutq madaniyatiga alohida
ahamiyat berganlar. Xususan, halifa Abdulmalik nutq madaniyatiga, notiqlik 
san`atiga ega bo’lmagan, til go`zalligini namoyish eta olmaydigan kishi
hokimiyatni boshqarishi mumkin emasligini e`lon qildi. Natijada jamiyatda, 
hokimiyatni boshqarishda, fan sohasida katta yutuqqa erishish uchun har bir 
shaxs o`z ona tilining boy imkoniyatlarini to`la egallashi va uni amalda 
qo’llay olishi shart qilib qo`yildi. 


22 
Abu Nasr Farobiy ham "Fozil odamlar shahri" kitobida fozil kishining 
fazilatlaridan biri sifatida nutq madaniyatini tilga oladi. Bu an`ana islom olamida 
uzoq davrlargacha davom etdi. Xususan, Temuriylar davrida ham bola 
tarbiyasida nutqiy madaniyatni shakllantirishga katta e`tibor
berildi. Zahiriddin 
Muhammad Boburning o`g’li Humoyunga yozgan maktubi, unda Humoyunning 
maktub yozishga e`tiborsizligi, g’aliz va dabdabali ifodalar qo`llagani 
qattiq tanqid ostiga olgani va xatni qanday yozish kerakligi haqida pand - 
nasihatlar qilgani fikrimizning yorqin dalilidir.
Mustaqillik qo`lga kiritilgandan so`ng Prezidentimiz ko`rsatmasi bilan
ta`lim tizimini tubdan yaxshilashga jiddiy e`tibor berildi. Shu tufayli "Kadrlar
tayyorlashning milliy dasturi" ishlab chiqildi.
Til va tafakkur o`zaro dialektik aloqadadir. Fikr o`stirish bevosita nutq 
o`stirish demakdir. Shuning uchun ham hozirgi kunda ta`lim tizimida chuqur 
fikrlaydigan, o`z fikrini erkin va ta`sirchan bayon qilib beradigan yoshlarni 
tarbiyalashga e`tibor berilmoqda.
Nutq madaniyati haqida fikr yuritishdan oldin nutqning o`zi nima? Uning 
til bilan aloqasi qanday, degan savollarga javob berish kerak bo`ladi. 
Hozirgi kunda til va nutq bir -biridan izchil ravishda farqlanadi. 
Bunday farқlanish tilshunoslik fanida mashhur Shvetsariya olimi Ferdinand de 
Sossyurdan boshlandi. U o`zining "Umumiy lingvistika kursi" asarida bu ikki 
tushunchani bir - biridan aniq farqlab berdi.
Biz bevosita fikr almashish jarayoinida ma`lum bir xalqning uzoq
davrlardan beri foydalanib kelayotgan aloqa vositasini ishga solamiz. Fikr 
almashish jarayoni nutqiy jarayon yoki nutqiy faoliyat hisoblanadi.
Nutqiy faoliyat ikki va undan ortiq kishilar o`rtasidagi fikr almashuv 
faoliyatidir. Har qanday nutqiy faoliyat nutq ishtrokchilari uchun oldindan tayyor 
holda ajdodlardan meros bo`lib o`tgan, barcha jamoat a`zolari uchun 
babbaravar xizmat qiluvchi aloqa vositasi orqali amalga oshadi. Demak, 
so`zlashuvchilar ongida tayyor holda aloqa vositasi mavjud bo’ladi. Ana shu 
ijtimoiy ruhiy jamiyatning barcha a`zolari ongida o’zidan oldingi ajdodlari 


23 
og’zidan eshitish orqali ko’nikma sifatida mavjud bo’lgan aloqa vositasi til 
hisoblanadi. Har qanday tilning fikr almashish jarayonida bevosita voq’e 
bo’lishi nutqdir. Demak, biz real talaffuz qilgan va qulog’imiz bilan eshitgan 
birliklar nutqiy birliklar sanaladi,
Nutqiy faoliyat uchun muayyan axbrotni uzatish va qabul qilishgina kifoya 
qilmaydi. Nutq faoliyati uchun nimani bayon qilish bilan birga, uni qanday 
bayon qilish ham katta ahamiyatga ega. Axborotni qanday bayon qilish nutqiy 
madaniyatning o`rganish ob`yekti sanaladi.
Nutq 
madaniyati 
haqidagi 
ta`limot 
qadimgi 
Rim 
va 
Afinada 
shakllangan bo’lsa ham, unga qadar Misrda, Assuriyada, Vavilion va 
Hindiston 
mamlakatlarida 
paydo 
bo’lganligi 
notiqlik 
san`ati 
tajribasidan 
ma`lum. 
Bu 
davrda 
davlatning, 
savdo-sotiqning, 
sud 
ishlarining 
nihoyatda 
taraqqiy 
etishi 
notiqlikni 
san`at 
darajasiga 
ko’tardi. 
Chunki 

paytlarda 
davlat 
arboblarining 
obro’- 
e`tibori 
va 
yuqori 
lavozimlarga 
ko’tarilishi 
ularning 
notiqlik 
mahoratiga 
ham 
bog’liq 
bo’lgan. 
Notiqlik 
san`at 
sarkardalik 
mahorati 
bilan 
barobar 
darajada 
ulug’langan. 
Bu 
ikki 
san`atni 
mukammal 
egallagan 
kishilargina 
yuqori 
lavozimlarga 
saylanganlar. 
Umuman, 
yetuk 
inson 
bo’lish 
uchun, 
albatta, 
notiqlik 
san`atini 
egallash shart qilib qo’yilgan. Yunon notig’i Demosfen va Rim 
notiqlari 
Sitseron, 
Kvintillian, 
Aristotel 
kabi nazariyotchilarning 
hayotlari bunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san`atining 
o’ziga xos maktabini yaratdilar. Sitseronning «Notiqlik haqida», «Notiq», «Brut» 
asarlari, Mark Kvintillianning «Notiq bo`lish haqida, Aristotelning «Ritorika» 
kabi asarlari ham qadimgi Rimda madaniy nutq, notiqlik
nazariyasi 
rivojlanganligini ko’rsatuvchi bir omildir. 
O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nuqq madaniyati o’ziga xos mavqega 
egadir. Sharqda, jumladan, Movarounnahrda notiqlik, voizlik, ya`ni va`zxonlik, 
«Qur`on»ni targ’ib qilish bilan mushtarak holda so’zning ahamiyati, ma`nosi 
va undan o’rinli foydalanish borasida ko’p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai-


24 
nazardan qaralsa, «Nutq odobi», «Muomala madaniyati» nomlari bilan yuritilib 
kelgan nutq madaniyati tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini 
tortgan: Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al-
Xorazmiy, Mahmud Qoshg’ariy, Zamahshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad 
Yugnakiy, So’fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug’ siymolar 
nutq odobi masalalariga, umuman nutqqa jiddiy e`tibor berishga da`vat etish bilan 
birga, tilga, luq’atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka oid asarlar 
yozdilar. Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o’zining «Geodeziya» 
asarida har bir fanning paydo bo’lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy 
ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz 
va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning xosilasidir. 
Ulug’ vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy to’g’ri so’zlash, to’g’ri mantiqiy 
xulosalar chiqarish, mazmundor va go’zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika 
va mantiqning naqadar ahamiyati zo’rligi haqida shunday deydi: «Qanday qilib 
ta`lim berish va ta`lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so’rash 
va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng 
birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb 
tasdiqlayman...» 
Kaykovus 
tomonidan 
1082-1083-yillarda 
yaratilgan, 
Qadimgi 
Sharq 
pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan «Qobusnoma»da ham 
nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan 
iborat bo`lib, uning 6-7 boblari so`z odobi haqidadir. Muallif farzandiga qilgan 
nasihatlari orqali o`quvchini yoqimli, muloyim, o`rinli so`zlashga, behuda 
gapirmaslikka undaydi. So`zlaganda o`ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan 
xulosani ko`z oldiga keltirib gapirish kerakligini, kishi kamtar bo`lishi, o`zini xalq 
orasida oddiy, kamtar tutishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko`p 
gapirish donolik belgisi emas... «Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo`lsang 
ham, o`zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so`z bilimdonligi vaqtida bekor 
bo`lib qolmagaysan. Ko`p bilu, oz so`zla, kam bilsang, ko`p so`zlama, chunki 


25 
aqlsiz kishi ko`p so`zlaydi, deganlarki, jim o`tirish salomatlik sababidir. Ko`p 
so`zlovchi aqlli odam bo`lsa ham, xalq uni aqlsiz deydi...» 
Ulug’ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy 
yodgorligi bo`lgan «Qutadg’u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim») asarida so`zlarni 
to`g`ri tanlash va to`g’ri qo`llash haqida: 
«Bilib so`zlasa so`z bilig sanalur» degan edi. Qisqa so’zlash, so`zlarga iloji 
boricha ko`proq ma`no yuklash haqida:
Ugush so`zlama so`z biror so`zla oz,
Tuman so`z tugunini bu bir so`zla yoz.
deydi. Mazmuni; 
So`zni ko`p so`zlama, kamroq so`zla. Tuman (ming) tugunini shu bir so`z bilan 
yech. Gapirishdan maqsad so`zlovchi ko`zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni 
tinglovchiga to`g’ri, ta`sirchan yetkazishdan iborat. Shunday ekan, nutqning 
to`g`riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mutao’akkir so`zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan, 
so`zning ma`nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi. 
Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham so`zlaganda nutqni o`ylab, 
shoshmasdan tuzishga, keraksiz, yaramas so`zlarni ishlatmaslikka mazmundor 
so`zlashga chaqiradi. Noto`g`ri tuzilgan nutq tufayli keyin hijolat chekib yurmagin, 
deb so`zlovchini ogohlantiradi:
O`quv so`zla so`zni esa so`zlama,
So`zing kizla, kedin, boshing kizlama. 
(So`zni uqib so`zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so`zlarni yashir, 
yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.) 
Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko`rsatmalarda sodda va o`rinli gapirish, 
qisqa va mazmundor so`zlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar 
oldida nutq odobini saqlash, to`g’ri, rost va dadil gapirish, yolg`onchilik, 
tilyog’lamalikni qoralash va boshqalar haqida gap boradi.
O`rta Osiyo notiqligining o`ziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng 
avval o`sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik 


26 
san`ati ustalarining nadimlar, qissago`ylar, masalgo`ylar, badihago`ylar, 
qiroatxonlar muammogo`ylar, voizlar, go`yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb 
yurigilishi ham ana shundan dalolat beradi. Ammo tilning yaratuvchisi xalq 
ekanligini va uning, eng avvalo, xalqqa xizmat qilishini to`g`rilovchi sog`lom o’ikrli 
kishilar uning ijtimoiy mohiyatini doim to`g`ri tushunib kelganlar. Navoiyning 
davlat arbobi sifatida mehnatkash xalq oldida qilgan chiqishlari, uning til haqida 
aytgan fikrlari buning dalilidir. O`zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo`lgan 
buyuk shoir Alisher Navoiy turkiy tilda go`zal nutq tuzishning bayroqdori 
sifatida uning butun ijodi bilan o`zbek tili boyliklarini namoyon etdi. Navoiy 
o`zbek adabiy tilida buyuk asarlar yaratish mumkinligini namoyish qildi. Shoir 
o`zining «Muhokamatul - lugatayn» asarida har bir tilning ijobiy va salbiy 
tomonlari borligini eslatib o`tdi. A.Navoiynish «Muhokamatul – lug’atayn», 
«Mah’bubul- qulub», «Nazmul-javohir» asarlari o`zbek tilida nutq tuzishning 
go`zal namunalari bo`lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa 
qo’shdi. U o`zining «Mahbubul-qulub» asarida shuiday deydi: «Til muncha 
sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo`lsa, 
boshning oo’atidir...» ya`ni, til o`zgarguncha sharafi bilan nutqning qurolidir, 
agar u o`rinsiz ishlatilsa tilning oo’atidir. 
A.Navoiy to`g`ri, qisqa, lo`nda, yoqimli, mantiqli, tushunarli, jo`yali aniq va 
ta`sirli nutq haqida o`ziniing «Arbain» asarida, shuninigdek, «Xamsa» asaridagi 
besh dostonning har birida ham ajoyib fikrlarni aytib o`tgan. 
Xulosa qilib aytganda, o`zbek nutqi madaniyatining tarixiga nazar 
tashlaydigan bo`lsak, qadimdan bu sohaga «Nutq odobi» nomi ostida ancha keng 
e`tibor berilgan bo`lib, keyingi asrlarda, ayniqsa, X1X-XX asrlarning ayrim 
vaqtlarida e`tibor ancha susayganligi ko`zga tashlanadi. Biroq keyingi yillarda 
bu sohada ko`p ishlar qilindi. 
2. «Nutq madaniyati asoslari» o’ani o`zbek tilshunosligining o`ziga xos 
amaliy sohasidir. U tilshunoslikning nazariy kurslaridan olingan bilimlarga 
suyangan holda to`g`ri va chiroyli, nutq tuzish yo`llarini o`rgatadi. U til, til 
normalari, nutq, nutqning sio’atlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo`lgan 


27 
kamchilik va xatolar, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs 
yuritadi. tarbiyachi nutqi madaniyati ham fan sifatida o`z tekshirish ob`yekti va 
vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til 
normalari va nutqning kommunikativ (aloqa uchun kerakli) fazilatlaridir. Nutq 
madaniyati nazariyasida til iormasi markaziy tushunchadir. «Til madaniyatining 
asosiy tekshirish ob`yekti adabiy til normalari, asosiy vazifasi esa ushbu 
normadagi ikkilanishlarni bartaraf etish bo`lmog’i kerak».
Shunday qilib, nutq madaniyati asoslari fani adabiy til normalarini, uning 
tarixiyligini, taraqqiy etib borishi, undagi ba`zi unsurlarning eskirishi, ular 
o`rnida yangi normativ unsurlarning paydo bo`lishini kuzatib, qayd etib boradi. 
Biroq bu fan adabiy normalarni yaratmaydi, ba`zi bir hodisalarni norma sifatida 
majburan kiritmaydi. Balki o`zbek milliy adabiy tili faoliyatini, uning 
rivojlanishini kuzatib boradi, ob`yektiv qonunlarini kashf etadi, shular asosida 
tavsiyalar beradi.
3. Hozirgi o`zbek adabiy tilining to`liq shakllanganligi va ulkan ijtimoiy 
vazifani bajarayotganligi hech birimizga sir emas. Bu til diyorimiz vakillari 
uchun umumiy til sifatida shakllandi. 
O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi jumhuriyatimizda davlat 
ishlarining, o`qish-o`qitish, ta`lim-tarbiya, targ`ibot-tashviqot ishlarining shu tilda 
olib borilishi uchun juda katta imkoniyat yaratdi. Tilga bo`lgan munosabat 
tubdan o`zgardi, uning barcha imkoniyatlarini o`rganish ishlari keng ko`lamda olib 
borilyapti. Lekin, shuni ham eslash joizki, tilning ijtimoiy vazifasini bajarilish 
darajasini belgilovchi omillardan biri bo`lmish nutq madaniyati yetarli taraqqiy 
etmaganligi achinarli bir holdir. Shu bois nutq madaniyati sohasini chuqurroq 
o`rganish oldimizga qo`yilgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki 
nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq 
madaiiyatini har qachongidan ham yaxshiroq rivojlantirish umumdavlat 
ahamiyatiga ega bo`lgan siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan 
shug’ullanish ishiga faqat tilshunoslargiia emas, balki jumhuriyatimizda istiqomat 
qiluvchi barcha soha vakillari e`tibor berishlari maqsadga muvoo’iqdir. Chunki, 


28 
nutq madaniyati umuminson madaniyatining tarkibiy qismi bo`lib, kishilarni yuksak 
madaniyatli bo`lishlarini belgilaydi. Bu masalaning bir tomoni bo`lsa, ikkinchidan, 
xalqaro hayotda ikki qarama-qarshi ijtimoiy guruh o`rtasida mafkuraviy kurash 
nihoyatda keskinlashgan bir davrda yashamoqdamiz. Bu narsa ham mao’kuraviy 
kurashning asosiy quroli bo`lgan tilning har qachongidan ham o`tkir va 
keskin bo`lishini taqazo etadi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ham 
bunga alohida e`tibor berib bunday degan edilar: «G’oyaga qarshi faqat g’oya, 
fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma`rifat bilan bahsga kirishish, 
olishish mumkin»; «Eng dahshatlisi fikr qaramligi tafakkur qulligi»... 
«Maktabda bolalar mustaqil fikr yuritishga o`rgatiladimi? Aminmanki 
o`rgatilmaydi. Mabodo, biror o`quvchi Tarbiyachiga e`tiroz bildirsa, ertaga hech kim 
havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda Tarbiyachi 
hukmron. U boladan faqat o`zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishini talab 
qiladi. Printsip ham tayyor: mening aytganim-aytgan, deganim-degan». 
«Tarbiyachi va o`quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o`rnini ongli 
intizom egallashi juda qiyin kechayapti. Tarbiyachining bosh vazio’asi o`quvchilarga 
mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko`pincha yaxshi 
tushunamiz, lekin ao’suski, amalda tajribamizda unga rioya qilmaymiz. Demokratik 
jamiyatda bolalar umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar 
bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta`lim samarasi past bo`lishi 
muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo, bilim o`z yo`liga. Mustaqil fikrlash ham 
katta boylikdir». (Barkamol avlod orzusi.- Toshkent, 16- bet). 
Nutq tadbirkorligini singdirish maktabda Tarbiyachining bosh vazifasidir. U 
birinchi soatdan boshlab to oxirgi mashg`ulotgacha o`quvchilarda nutq madaniyati 
(tadbirkorligi)ni tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. 
Shu o`rinda taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudovning kuyunchaklik 
bilan aytgan o’ikrlarini keltirib o`tish lozim: 
«Ayni paytda nutqiy madaniyat tarbiyasi bilan maktabdagi, hech bir istisnosiz, 
barcha o`quv fanlari ham bilvosita shug`ullanishi kerak. Matematika bo`ladimi, 
o’izika yoki tarix bo`ladimi, Tarbiyachi o`z nutqiy madaniyati bilan namuna


29 
ko`rsatishi, tegishli o’an sohasining tugal tilini namoyish etishi va shu yo`l 
bilan o`quvchidagi so`z sezgisiga kuch berish maqsadga muvoo’iq. Ta`lim 
amaliyotida ko`rgazmalilik azaldan eng zaruriy omil sio’atida qarab kelinadi, 
shuning uchun Tarbiyachi juda ko`p vaqtini turli ko`rgazmali qurollar 
tayyorlashga sarflaydi. Bu ma`qul, ammo, unutmaslik kerakki, nutqiy 
madaniyatni o`rgatish, chiroyli so`z zavqini o`stirish, umuman, til estetikasi 
tarbiyasida 
asosiy, 
jonli 
ko`rgazmali 
qurol 
Tarbiyachining 
o`zidir». 
(N.Mahmudov. Ma`rio’at manzillari.- Toshkent.) 
1.Nutq madaniyati nima? 
2.Nutq va uning turlari. 
3. Nutq madaniyati lingvistik soha 
1. Nutq madaniyati muammolari. Nutq madaniyati fani hozirgi davr 
tilshunoslik o’anining aktual muammolaridan biridir. Tafakkur nutq yordamida 
ro`y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog`laydilar. Nutq madaniyati 
esa biror tilda to`g`ri so`zlash va yozish, o`sha tilda fikri qisqa va aniq, sodda va 
obrazli, uslub jihatdan ravon ifodalash demakdir. 
Tinglovchida kuchli taassurot qoldirish va kishining nutqi noaniq bo`lmasligi 
uchun dastlab til qoidalarini puxta bilish lozim. 
Nutq turli shaklga ega bo`lib, quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. 
Nutq
Ichki nutq
1) 
ну
2) 
Т
3) 
Pa
4) 
А
5) 
Оg
6) 
Y
7) 
М
8) 
Dial


30 
Nutq, ko`pincha, ovoz chiqarmasdan, o`ylash protsessida ham ifodalanadi. 
Bunday odam ichida gapiradigan, ya`ni passii nutqdir. Bunday ichki nutqda 
ikkinchi kishiniig bo`lishi shart emas. Ichki nutq og`zaki va yozma nutqning asosi 
sifatida muhim o`rin tutadi. 
Tashqi muhit aktiv fikrlashni talab qiladi. Bunday nutq og`zaki va yozma 
formada amalga oshiriladi. Odatda, tovushli so`zlashuv protsessiga og`zaki nutq 
deyiladi. Bundan tashqari kishilar intonatsiya orqali mimika va imo-ishora
orqali ham o`z fikr, his-tuyg`ularini boshqalarga yetkazadi. Og`zaki nutq 
hamisha bir yoki bir necha kishi tomonidan monolog yoki dialog shaklida 
nomoyon bo`ladi. Monologik, nutq bir kishining ko`pchilikka qaratilgan 
fikrlarining ifodasidir. 
Dialogik nutq ikki va undan ortiq shaxs o`rtasida amalga oshiriladi. 
Nutq madaniyati hodisasining o`zini maxsus ilmiy tushuncha, maxsus 
lingvistik soha sifatida asoslab berishga bag`ishlab yozilgan adabiyotlar juda kam. 
O`zbek tilshunosligida, shuningdek, deyarli butun turkologiya fanida, nutq 
madaniyati sohasi yangi bo`limdir Bu masala bo`yicha endigina sezilarli ishlar 
amalga oshirilmoqda. 
Hozirgi vaqtdagi eng muhim narsa shuki, nutq madaniyatini ilmiy muammo 
sifatida qo`yish va ishlash lozimligi ko`pchilik olimlar tomonidan tan olindi nutq 
madaniyati deb yuritiluvchi tushunchaning ilmiy muammo sifatida «asoslanishi, 
dastlab rus tilshunosligida yuzaga keldi. Bu masalaning ilmiy muammo sifatida 
asoslalanishi atoqli rus tilshunosi Grigoriy Osipovich Vinokur (I897-1947) ning 
nomi bilap bog`liqdir. 
O`zbek tilshunosligi nutq madaniyati oldida quyidagi aktual nazariy hamda 
amaliy muammolar turibdi: 
1. Nutq madaniyatining umumnazariy muammolari: 
2. Yozma nutq madaniyati muammolari: 
3. Og`zaki nutq madaniyat muammolari: 
Mazkur muammolarning ilmiy hal qilishni tilshunoslikning nutq madiniyati 
o`rganuvchi sohasini yanada yuksak pog`onaga ko`taradi. 


31 
O`zbek tilshunosligida nutq madaniyati tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan 
yana bir qator masalalar ham borki, ularni umumlashtirib tubandagicha 
gruppalashtirish mumkin: 
1. Nutq madaniyati yoki til madaniyati deb nomlanuvchi tushuncha, 
hodisaning mohiyatini aniqlash kerak. 
2. Nutq madaniyati tushunchasining tilshunoslik fanida paydo bo`lishi 
tarixan asoslanishi lozim. 
3. Nutq 
madaniyati 
va 
til 
madaniyati 
terminlarini 
ifodalovchi tushunchalarning aloqador va farqli xususiyatlarini aniqlash zarur. 
4. Nutq madaniyati tushunchasining, bir tomondon, ilmiy muammo sifatida
va ikkinchi tomondan, lingvistik soha sifatida mazmunini belgilash kerak. 
5. Nutq madaniyati muammosini ilmiy tadqiq etish aspektlari aniqlanishi 
lozim.
6. Nutq madaniyati sohasi bilan tnlshunoslikning boshqa bo`limlari orasidagi 
munosabat, ulardagi o`zaro o`xshashlik aloqadorlik farqli tomonlar belgilanishi 
shart. 
7. Nutq madaniyati sohasining nazariy muammolari, unga kiruvchi masalalar 
aniqlanishi zarur. 
8. Nutq madaniyatining amaliy muammolari unga kiruvchi masalalarni aniqlanishi 
kerak. 
9. Nutq madaniyati va individual nutq masalasi. 
10. Nutq madaniyati va ommaviy nutq muammosi nimaligi aniqlanishi zarur. 
Yuqorida qayd qilingan tushuicha va muammolarni talqin qilish va javob 
topishga intilish o`zbek tilshunosligi o’anining dolzarb masalalaridan biridir. 


32 
2.2. Tarbiya tamoyillari. 
Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning 
qonuniyatlarini chuqur o’rganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqealarning 
muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o’rtasidagi muhim, 
zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo’ladi. 
Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy hayotning ob’ektiv talablari 
insonning ijtimoiy mohiyatini va tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi. 
Tabiat yoki jamiyatdagi har qanday murakkab hodisada ob’ektiv ravishda 
mavjud bo’ladigan barqaror aloqalar kuzatiladi. Bunday aloqalar qonuniyat deb 
ataladi. Bunday qonuniyat tarbiya jarayonida ham amal qilinadi. Tarbiya 
qonuniyatlari mohiyati bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning o’ziga 
xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bog’liqdir. 
Tarbiyaning birinchi va eng muhim qonuniyati uning ijtimoiy muhitning 
obektiv va subektiv omillariga bog’liqligidir. 
Ijtimoiy tarbiya mazmuni moddiy ishlab chiqarish usuli, jamiyatning 
ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzum hamda milliy mafkura g’oyalari asosida qaror 
topadi. Ijtimoiy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-g’oyaviy asoslarini 
tashkil qiladigan hamda tarbiyaning mazmuni va uning olib borilishiga kuchli tasir 
ko’rsatadigan ijtimoiy jarayonlar tarbiyaning subektiv omillari sirasiga (tarbiya 
muassalari, jamoat tashkilotlari o’qituvchilar, tarbiyachilar, oila muhiti, 
jamotchilik dunyoqarashi, mafkura g’oyalari, shaxsning har tomonlama 
rivojlantirishga oid faoliyat kabilar) kiradi. 
Demokratik tamoyillar hamda qonun ustuvorligi taminlangan sharoitda 
tarbiyaviy jarayonning ijtimoiy muhit bilan o’rnatiladigan aloqalari Shaxs 
shakllanishiga ijobiy tasir ko’rsatadi. 
Tarbiyaning ikkinchi muhim qonuniyati uning shaxs rivojlanishi bilan 
birligi, o’zaro aloqadorligi va bog’liqligidir. 
Shaxs rivojlanishi tarbiyaning g’oyaviy mazmuni va sifat darajasiga 
bog’liqdir. Ayni choo’da tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari Shaxsnng 
rivojlanganlik darajasiga ham bog’liq. Tarbiya 


33 
jarayoni psixologiya fani asoslarini shaxsning psixologik va fiziologik 
rivojlanish qonunyatlarini bilishni ham talab qiladi. Tarbiyachi (o’qituvchi) 
tarbiyalanuvchi (o’quvchi) shaxsini har tomonlama o’rganishi va shu asosida unga 
to’g’ri psixologik tavsif berishi va ta’sir ko’rsatishi lozim. Tarbiyalanuvchining 
shaxsiy xususiyatlari va imkoniyatlari hisobga olinmas ekan, ularga har qanday 
tarbiyaviy ta’sir bir tomonlama yoki tasodifiy bo’lib qoladi. Shuningdek, ular 
boshqa tarbiyaviy ta’sirlarga mos bo’lmay qoladi. 
Tarbiyaning uchinchi qonuniyati faoliyat va munosabat birligini e’tirof 
etish, shaxsning ijtimoiy ijobiy fazilatlarini shakllantirishning asosiy manbai bo’lib 
xizmat qiladi. 
Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, 
maqsadga muvofiq tashkil etilsa, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat oqilona 
bo’lsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo’ladi. 
Sub’ekt (Shaxs)- ob’ekt (ijtimoiy borliq) ijtimoiy munosabatlari to’g’ri 
tashkil etiladigan aloqa jarayoni shaxs faoliyati mazmuni va yo’nalishini ham 
belgilashi mumkin. Ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida shaxsda 
borliqni his etish, o’z-o’zini anglash, aloqa, aralashuv va muloqotni tashkil etish 
ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ehtiyojni qondirish yo’lidagi dastlabki urinish ijtimoiy 
munosabatlar 
mazmunini 
o’rganish 
va 
o’zlashtirish 
sanaladi. 
Ijtimoiy 
munosabatlar mohiyatini anglash ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyat 
jarayonida ijtimoiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan qiziqish hosil bo’ladi. 
Qiziqish o’z navbatida shaxsda muayyan hayotiy maqsadning qaror topishiga olib 
keladi. Maqsad asosida shaxs nafaqat ijtimoiy bilimlarni egallashga intilishi, balki 
o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash layoqatini ham namoyon eta borishi 
maqsadga muvofiqdir. Maqsad mazmunini ifoda etuvchi g’oyalar amaliy 
harakatlarni tashkil etish borasidagi rao’batlarni yuzaga kelishi uchun zamin 
hozirlaydi. Rag’batlar o’zida quyidagi xususiyatlarni aks ettiradi: fuqarolik 
vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmiy anglash, axloqiylik, iqtisodiy, ekologik, 
jismoniy, estetik, huquqiy va boshqa sifatlar. 
Qayd etilgan rag’batlar amaliy harakatning tashkil etilishi uchun turtki 


34 
beradi. Ijtimoiy munosabatlar jarayonida Shaxs faoliyati mazmunini tahlil etish, 
ularda o’z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondashuvni 
qaror 
toptirish, 
shuningdek, o’z faoliyatini boshqarish 
talab etiladi. O’quvchi shaxsida shakllanadigan ijtimoiy-insoniy sifatlar 
quyidagi tizim asosida kechadi (1-shakl). 
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglashildiki, shaxsning shakllanishiga-
uning asosiy munosabatlarining yaxlit tizimida tarbiyachi, o’qituvchi, farzandlar va 
Shaxs bilan bo’ladigan o’zaro tasiri jarayonida kelib chiqadigan tarbiyalovchi 
munosabatlar alohida ahamiyatga ega. Bu munosabatlar doirasida ijtimoiy 
tarbiyaning maqsadlari amalga oshiriladi. 
Tarbiyaning to’rtinchi qonuniyati tarbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy 
ta’sirga ega ekanliklari, ularning o’zaro munosabatlari hamda faol faoliyatlari 
o’rtasidagi boo’lanishning mavjudligi sanaladi. Tarbiyachi (o’qituvchi) larning va
o’quvchilar jamoasining tarbiyalanuvchi (o’quvchi) larga pedagogik tasiri ular 
faoliyati va munosabatlarini tizimi hamda rejali tarzda maqsadga muvofiq tashkil 
qilishni nazarda tutadi. Tarbiya jarayonida tarbiyachi (o’qituvchi) va 
tarbiyalanuvchi (o’quvchi) larning ijtimoiy roli bir xil emas. Tarbiyachi uchun
tarbiyalanuvchi har vaqt tarbiyaviy obekt hisoblanadi. Biroq, tarbiyalanuvchi 
tarbiyachi bilan ongli ravishda o’zaro munosabatda bo’lishga erisxilsa, tarbiyaviy 
munosabatlar faol 
xarakter kasb etadi. 
Rivojlanuvchi (Shaxsni rivojlantirish), tarbiyalovchi (tarbiya maqsadlarini 
amalga oshirish) va tashkilotchilik (faoliyat va munosabatlarni maqsadga muvofiq 
tashkil etish) vazifalari tarbiya jarayonida (tarbiyalanuvchilarning) asosiy vazifalari 
sanaladi. 


35 
Tarbiyalovchiga ko’rsatiladigan tasirlar muayyan shaxslarga turlicha tasir 
ko’rsatadi. Shu bois, tarbiyachi har bir 
tarbiyalanuvchining o’ziga xos shaxsiy xususiyatlarni hisobga olib, tasir 
ko’rsatishning alohida yo’llarini qidirib topishi lozim. Tarbiyadagi muvaffaqiyat 
aksariyat hollari pedagogning o’z o’quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini, 
yani ularning ongliligi, axloqiy sifatlariga egaligi, odilligi, qat’iyatliligi va 
boshqalarni bilishga bog’liq. Demak tarbiya jarayonining qonuniyatlari 
quyidagilardan iborat. 
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari bilan birga bola tarbiyasining ham 
o’ziga xos bir qator muhim qoidalari ham bo’lib ular quyidagilar: 
 
tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi; 
 
tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog’liq hodisa, deb bilish; 
 
Shaxsni jamoada tarbiyalashga oid o’rni; 
 
tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchan bo’lish va uning 
shaxsini hurmat qilish; 
 
tarbiyalanuvchi (o’quvchi) ning tarbiya jarayonida yoshi va o’ziga 
xos xususiyatlarini hisobga olish; 
 
tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishiga 
e’tibor. 
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday 
tamoyillarga ko’ra ish ko’rilayotganligiga ham bog’liq. 
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash 
maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va 
yo’nalishiga qo’yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g’oya va 
qoidalar yig’indisiga aytiladi. 
Tarbiya tamoyillari o’qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo’l-yo’riq 
ko’rsatuvchi qoidalar bo’lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni 
shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular Shaxs tarbiyasi 
borasidagi ilg’or talimotlar g’oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan 


36 
yutuqlarga asoslanadi. 
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. 
Tarbiyaviy jarayonda ilg’or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini 
ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat: 
 
Tarbiyaning maqsadga yo’naltirilganligi va g’oyaviyligi; 
 
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustunligi; 
 
Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi; 
 
Tarbiyada izchillik va tizimlilik; 
 
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo’shib olib borish; 
 
Tarbiyani mehnat bilan boo’lash; 
 
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish; 
 
Tarbiyada o’quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga 
olish; 
 
Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash; 
 
Tarbiyada o’quvchixulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy 
tomonlarni yo’qotish; 
Tarbiyaning maqsadga yo’naltirilganligi va g’oyaviyligi - o’qituvchi 
ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi 
zarur. 
Yosh avlodni yuksak g’oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga Xalq, 
millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo’lishi mumkin emasligini 
singdirishi, ularni vatanga, Xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash 
demakdir. 
Bu sohada mustaqil respublikamiz Xalq talimi xodimlarining asosiy 
vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil 
Shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. 
Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning 
barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro’yobga chiqarishga yo’naltirilishi zarur. 
O’qituvchi (tarbiyachi) lar jamoasi va har bir o’qituvchi- tarbiyachi 


37 
tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini 
tarbiyalashdan iborat bo’lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o’z vazifasini 
bajargan bo’ladi. 
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustunligi- tarbiyada 
inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va o’spirinning 
betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga 
olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu - tarbiyani mamuriy ehtiyoj va 
qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi o’zaro 
ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish 
demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat 
omilini kiritish demakdir. O’qituvchi o’quvchiga avvalgidek, tarbiya obekti emas, 
balki o’zi kabi subekt deb qarashi darkor. Ya’ni o’quvchini teng huquqli hamkor, 
hamfikr deb qarash lozim. 
Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning pedagogik diqqat 
hamda e’tibor markazida insonning muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda 
inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini 
shakllantirishdek faoliyat yotadi. 
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi-Xalqning ko’p 
asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o’zlikni 
anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, Xalq 
ananalari urf-odatlari, marosimlari, Xalq oo’zaki ijodi, milliy o’yinlar va ularda 
ifodalangan g’oyalarni o’quvchilar onggiga singdirish, ularda ushbu g’oyaga 
nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim. 
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo’lgan, insoniyat o’tmishi, 
buguni hamda kelajagi uchun dahldor qadr-qimmatga ega bo’lgan ananalar, urf-
odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr- muhabbat tuyg’usini uyg’otish, 
ularni qo’llab-quvvatlash, ezgu g’oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish 
tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim. 
Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizimli yondoshish 
pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo’naltirilganlik darajasini belgilab 


38 
beradi. 
Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy 
jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart. 
Tarbiyada izchillik juda muhimdir. O’quvchilarga birdaniga ko’p talab va 
qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O’qituvchilar o’quvchilarga bo’lgan 
munosabat jarayonida o’zaro bir-biriga zid harakatda bo’lmasliklari, yagona talab 
qo’yishlari lozim. 
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo’shib olib borish. Yosh avlodning o’sib 
ulg’ayishi va shaxsning shakllanishiga hayot, ijtimoiy jamiyat tasir etadi. 
Bu bir tomondan bo’lsa, ikkinchidan bolalarni tarbiyalashdan maqsad uni 
turmush uchun mustaqil hayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, tarbiya maktab 
va boshqa o’quv muassasalarida olib boriladigan bo’lishi kerak. 
Tarbiyani mehnat bilan bog’lab olib borish. Mehnatning tarbiyaviy tasiri 
g’oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan Shaxs o’z 
qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi 
va kamolga etadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta 
vositadir. O’quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o’quvchi shaxsiga ijobiy tasir 
etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini ta’minlaydi, 
tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma’naviy tarbiya 
berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk 
yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat 
kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda 
o’qishning o’zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy 
ishlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam bog’langan. 
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish - o’quvchilarni ijtimoiy 
tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu 
tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. 
O’quvchiShaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko’rsatish va 
ularga ishonish shart. Tajribalarning ko’rsatishiga, qayerdaki o’quvchilarga 
hurmat, muhabbat, ishonch bo’lsagina shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali 


39 
bo’ladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo’shadi o’qituvchiga 
nisbatan hurmatni uyo’otadi. 
Tarbiyada o’quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish - 
tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yoshi va saviyasiga qarab 
turli sinflarda turlicha bo’ladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini 
bolalik, o’smirlik va o’spirinlik bosqichlarini bosib o’tadilar. Shu davrlar ichida 
bolaning axloqiy turo’unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o’rtasidagi uyo’unlik 
vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir o’quvchining Shaxsiy xususiyatlarini ham 
hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy o’sishida bir 
qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif- hislatlari, qobiliyat va mayllari, 
qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo’ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o’qishi 
va mehnatida aks etadi. Bir o’quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa 
o’quvchiga nisbatan qo’llaganda natijasiz bo’lib, chiqishi mumkin. Shuning uchun 
har bir o’quvchixususiyatini o’rganish maqsadga muvofiqdir. 
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya jarayoni 
o’quvchilarning jamoa bo’lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o’zaro 
yordam tuyg’usini o’stirish xizmat qilishi lozim. Tuyg’u tashkil etilgan jamoa 
a’zolarining qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish uchun keng yo’l ochadi. 
Jamoada bola har tomonlama 
rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo’ladi. O’quvchilar axil jamoa 
bo’lib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ancha engil va 
muvaffaqiyatli bo’ladi. Yaxshi uyushgan jamoada jamoa fikri katta tarbiyaviy 
kuchga ega bo’ladi, har bir Shaxsga ta’sir etadi. 
Tarbiya turlari: maqsadi, vazifalari, shakl va metodlari. 
Tayanch iboralar: tarbiya maqsadi, tarbiya vazifalari, tarbiya shakllari, 

Download 362.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling