Tarbiyachining pedagogik muloqoti
Download 362.23 Kb. Pdf ko'rish
|
TARBIYACHINING PEDAGOGIK MULOQOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
tarbiya metodlari, tarbiya turlari, jazo berish metodlari, rag’batlantirish
metodlari. Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taalluqli ko’pgina tarbiyaviy ta’sirlarni o’z 40 ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tomonidan talim muassasalari oldiga har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo’lgan shaxsni tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Bu boradagi vazifalar yosh avlodni O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash, vatan ravnaqi, Xalq farovonligi yo’lida faoliyat olib boruvchi shaxsni tarbiyalash, ularni bu kurashga jalb ettirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu g’oyaga tayangan holda, tarbiya jarayonida uning qonuniyatlariga muvofiq tarbiya metodlaridan foydalanib ish ko’rish lozim bo’ladi. Tarbiya metodlari bu o’qituvchi (tarbiyachi) va jamoa tomonidan g’oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his-tuyg’u va odatlarni tarkib toptirish maqsadida qo’llaniladigan Shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llari demakdir. Tarbiya metodlari o’quvchi(tarbiyalanuvchilar) ning o’z shaxsni takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda tutadi. Shu bois hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning tarbiyaviy vazifalarini hal qilishga qaratilgan o’zaro bog’langan, birgalikdagi faoliyati sifatida qarab chiqiladi. O’quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda bo’ladilar. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o’rinli va samarali tanlanganiga hamda mohirona qo’llanganiga bog’liq. Tarbiya metodlarini to’o’ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda, o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir o’qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularnng mohiyatini puxta o’zlashtirib olishi maqsadga muvofiqdir Birinchi guruh metodlarining vazifasi o’quvchining ijtimoiy ongiga hayot, ahoq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsining etiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va 41 h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna ko’rsatish metodlarini kiritish mumkin. Ikkinchi guruh metodlari yordamida o’quvchida ma’naviy mazmunga oid odatlar hosil qiladi. O’quvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma’naviy odatlar asosida faoliyat zamirida tarkib topadi. Faoliyat o’quvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq- atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba bo’lib hisoblanadi Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalarnig bajarilishi, yani ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo’lgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u yoki bu harakatni olib borishga undovchi bo’lishi mumkin. 42 Xulosa Pedagogik muloqot – pedagogik tizimning ajralmas sifatidir. Bu o’qituvchi va o’quvchining ta’lim-tarbiya jarayonining professional muloqoti bo’lib, unda ma’lumot almashinadi va o’quvchilarga o’quv tarbiyaviy ta’sir o’tkaziladi. Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishinming asosi sifatida o’zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog o’quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi. O’quvchilar ham o’qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadilar. Bu pedagogik ta’sirning samarali yo’li bo’lib tajribali pedagogning bolaning o’z-o’zini hurmatlashga asoslangan holda munosabatlarni tashkil etadilar va shu orqali o’zaro munosabatlarni amalga oshiradilar. Muloqotning o’ziga xos 3 ta xususiyati mavjud: makro daraja-insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-axloq normalariga suyangan holda amalga oshiriladi. Mezzo daraja (o’rta) – muloqot ma’lum mavzu bo’yicha kechadi. Masalan, askiyada ma’lum mavzudan chekinmaslik. Mikro daraja (kichik) – muloqotning shakllari savol-javob tarzida yuz beradi. Muloqotning turlari: shaxslararo , guruhiy, ommaviy-kommunikatsiya(radio, TV, ro’znomalar) kabi turlari mavjud. Pedagogik muloqotda ijodiylik quyidagilarga bog’liq. - o’quvchilar bilan o’zaro harakat qilish - Birgalikda harakat qilish Bolaga ta’sir qilishda uning hulq atvorini boshqarish o’zaro harakatning turli yo’llarini qo’llash. O’qituvchining o’z-o’zini boshqara olishi. - O’zaro munosabatlar jarayonidagi ijodiylik harakatini saqlay bilish. - O’qituvchi o’quvchilar bilan ziddiyatlarga borsa qandaydir muommo tug’ilsa darxol hal qilish lozim. Pedagogik muloqotdagi o’quvchi bolaning ko’ziga qarab uning hayolida nima kechayotganini bilib olish kerak. Ijodiylik o’zaro munosabatlardan boshlanadi. 43 Har bir pedagog o’z tajribasidan, uslubidan kelib chiqib bolalar bilan muloqotda bo’lishi nostandart usullarni izlab topishi kerak. Pedagogik ta’sir ham pedagogik muloqotdagi ijodiylik orqali amalga oshiriladi. Ijodiylikni amalga oshirish uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim: - Bir necha o’qituvchilarning darslarini kuzatish, unda o’quvchilarning kayfiyatini o’qituvchining bolalar bilan bo’ladigan munosabatlarning o’rganish; - O’qituvchining darsda qanday usullarni qo’llashi, muloqotni qanday shakillantirish, uquv- tarbiyaviy muommolarni yechishni aniqlash; - O’zining muloqot texnologiyasini boshqa o’quvchining texnologiyasiga taqqoslashi; - Tajribali o’quvchilarning tarbiyaviy soatlarida qatnashish orqali muloqot jarayonidagi o’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash; - O’zining darsidagi muhit bilan boshqa tajribali o’quvchining darsidagi muhitning taqqoslash orqali hulosa chiqara olish. Kasbiy pedagogik muloqot - murakkab hodisa. Shaxs kasbiy-pedagogik muloqot qilishdan avval o’z oldiga bir necha vazifalarni qo’yadi. Jumladan, muloqot maqsadini, muloqot qachon, qayerda, necha yoshlilar bilan o’tkazilishini rejalashtiradi. Pedagogik muloqotning eng muhim bosqichi- modellashtirish hisoblanadi. Bu bosqichdan muhim, ma’suliyatli muommoni hal qilishda foydalaniladi. Masalan, darsga tayyorlanish, ma’ruzani rejalashtirish ham shu bosqichga kiradi. Kasbiy pedagogik muloqotning vazifasi- texnologiyani o’zlashtirish bo’lib, unda o’qituvchi iliq munosabatlarni qo’llay oladi, natijada pedagog shaxsi namoyon bo’ladi. 44 Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. Toshkent oqshomi gazetasi. 2016 yil 19 oktyabr 2. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti: Pedagogika fanlari doktori. ... diss. – T., 2007. – B.3 3. Vafoev B.R., Ibragimova S.B. Axborot tizimlari va texnologiyalari. O’quv- uslubiy qo’llanma. – T.: O’zDJTI, 2015. – 190 b. 4. Elektron resurslar 5. www.gov.uz 6. www.lex.uz 7. www.edu.uz 8. www.bilim.uz 9. https://ru.pinterest.com/vkhamidov/ 10. http://elearning.zn.uz/ Elektron ta’lim,Ta’limda yangi texnologiyalar 11. https://www.coursera.org/ Document Outline
Download 362.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling