27. Gipoteza deb nimaga aytiladi?
*A) o’rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim
B) javobi bevosita mavjud bilimda bo’lmagan va yechish usuli noma’lum bo’lgan savol
C) amalga oshirilishi zarur bo’lgan yoki istisno qiladigan xatti harakatlar
D) bilimlarimizdagi noaniqliklarni, shubhalarni yo’qotish hamda aniqroq va to’laroq bilimlar hosil qilishga bo’lgan ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan fikrlash vositasi
E) muaamoni yechilishi natijasida kelib chiqadigan chin mulohazalar
28. Juz’iy (xususiy) gipoteza nima?
A) tabiat, jamiyat, bilim hodisalarining qonuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxmin
*B) ayrim faktlar, konkret predmet va hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikr
C) tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin
D) bilish taraqqiyotining turli bosqichlari va bo’g’inlarida olam va uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o’zgartirishning ob’ektiv zaruriyati
E) ma’lum bir sinfna oid yakka predmet haqidagi asossiz taxmin
29. “Nazariya” termini keng ma’noda nimani anglatadi?
A) aqliy bilish, tafakkurni amaliyotdan farq qiluvchi faoliyat turi sifatida anglatadi
*B) ma’lum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g’oyalar, gipotezalarni sitemaga soladigan, predmetni ratsional tarzda anglashga imkon beradigan bilim shakli
C) o’rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shakli
D) javobi bevosita mavjud bilimda bo’lmagan va yechish usuli noma’lum bo’lgan savol
E) isbottalab qilmaydigan mutloq haqiqat
30. Argumentatsiyaning bosh maqsadi nima?
A) o’z fikrini bildirish orqali o’z mustaqilligini ifodalash
B) haqiqatga erishish, haqiqatni aniqlash
C) suhbatdoshini ishontirish, munozara olib borayotgan raqibiga o’z fikrini uqtirish
D) muloqotda bo’layotgan shaxsni qandaydir foydali faoliyat, harakatlarga rag’batlantirish yoki zarar ishlardan qaytarish
*E) barcha javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |