Тарихшунослик фанидан


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/126
Sana25.08.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1670348
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126
Bog'liq
Tarix falsafasi

Nikolay Kopernik 
Nikolay Kopernik yashagan davrda (1473-1543) buyuk geografik kashfiyotlar sodir bo‗ldi. M. 
Magellan, Xristofor Kolumb kabi dengizchilarning kashfiyotlari er shari xaritasining o‗zgarishiga 
olib keldi. Kopernik ijod qilgan davrda universitetlar davrasida eski sxolastik dunyoqarash hali 
hukmron edi. Kopernik birinchi bo‗lib bu dunyoqarashga eng kuchli zarbani berdi va yangi 
geliotsentrik dunyoqarash uchun yo‗l ochdi. Lekin bu geliotsentrik dunyoqarashni Kopernik kuchli 
kurash natijasida yara-tishga muvoffaq bo‗ldi. Uning asosiy asari ―Osmon jismlarining harakati‖ 
deb nomlangan edi. U bu asarni o‗lim bo‗sag‗asida yozadi. 
Yangi kosmologiya 
Kopernik o‗zining astronomik dunyoqarashning yartar ekan, uning zaminida geometriya fani 
yotadi. Kopernik o‗zining asosiy asariga yozilgan kirish so‗zida u kashf etgan yangi astranomik 
nazariya mutloq haqiqat emasligini qayd qilib o‗tadi. Bu yangi geliotsentrik nazariya astranomik 
hisob-kitoblarda eng qulay keladigan nazariya deb yozadi. Kopernikning bu kirish so‗zi uni xristian 
cherkovi ta‘qibidan himoya qilishga qartilgan edi. Kopernik haqiqatda ham ilmiy bilimlarni nisbiy 
amaliy hayotga xizmat qiladigan bilimlar deb hisoblar edi. Uning fikricha diniy va falsafiy bilimlar 
omma ongidan yuqoriroqda va ularni tushunish uchun maxsus o‗qish va bilimga ega bo‗lishi kerak. 
Ayniqsa diniy haqiqat pardalangan va har qanday kimsaning nigohiga ko‗rinmaydi. Antik davrdagi 
Ptolomey astronomik nazariyasida er markazda jonlashgan edi va shu haqiqatga asoslangan ushbu 
nazariyadagi hisob-kitoblar dengizchilik sohasida yaxshi xizmat qilgan. Lekin ancha vaqt o‗tgandan 
keyin er atrofidagi Magellanning dengiz sayohatlari va Xristafor Kolumbning ―Hindiston‖ deb 
ochgan yangi erlari Ptololiy nazariyasini yangi kashfyotlarga nisbatan nuqsonli ekanligini ko‗rsatdi. 
Endi buyuk geografik kashfiyotlarni to‗g‗ri tushuntirish uchun astronomik va matematik hisob-
kitoblarda o‗zgartirishlar kirtilishi kerak edi. Bu esa er shari Quyosh va boshqa sayyoralarni o‗z o‗qi 
va bir-biri atrofida aylanadigan doiralarni yangitdan hisoblashga olib keldi. Bu hisoblashlar er va 
Quyoshni aylanish doiralarini Ptolomey nazariyasiga nisbatan butunlay boshqacha joylashganligini 
ko‗rsatar edi. Kopernikning olib borgan geolitrik va matematik hisob-kitoblari bo‗yicha quyosh er 
atrofida emas, er quyosh atrofida aylanadi. 
Epitsikllarni ya‘ni doira shakllarini matematik va geometrik parametrlarini hisoblash 
Kopernikni bunday geoliotsentrik nazariyaga olib keldi. Lekin Kopernik bu nazariyani falsafiy 
darajaga ko‗tarmadi, umumlashtirmadi. Uning fikricha tabiiyshunos bilimlarning chegaralari 
nisbiydir va ular kashf etgan haqiqat ham nisbiydir. Tavrot va injildagi bilimlar inson tafakkuri 
chegarasidan tashqaridagi bilimlar va ulardagi haqiqatni ilm-fan o‗lchovi bilan o‗lchash 
Kopernikning fikricha xatodir. Yangi davrda Frantsuz materialistlari «Tavrot‖ va ―Injil‖dagi 
bilimlarni tanqid qilishganda Kopernikning bu ogohlantirishga e‘tibor berishmadi. Vaholanki
Ptolomeyning nazariyasi ham o‗z davrida nisbiy haqiqat bo‗lgan va u Evklidning o‗ch o‗lchamli 
fazo geometriyasiga asoslangan. Kopernik o‗z nazariyasida ishlagan geometriya Evklid 
geometriyasi edi. 
XIX asrga kelib, Evklid geometriyasi Lobachevskiy tomonidan tahlil qilindi va Lobachevskiy 
Evklid geometriyasidan mutloq farq qiladigan o‗z geometriyasini yaratdi. Bu geometriyaga binoan 
qiyshiq fazoda hech qanday markaz yo‗q. Demak, quyosh ham koinotning markazi bo‗la olmaydi. 
XX asrga kelib Eshnteyn o‗zining nisbiylik nazariyasini kashf etdi. 
Bu nazariyaga binoan vaqt ham, makon ham nisbiydir. Demak quyoshni erga erni esa 
quyoshga nisbatan aylanish doiralari nisbiydir va ular koinotning evalyutsiyasi jarayonida joy 


91 
almashishlari mumkin. Ptolomeyning astronomik nazariyasi o‗z davri uchun haqiqat bo‗lgan. 
Hozirgi zamon fan tarixini o‗rganish aynan shu xulosaga olib keladi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling