Tarix-7 2017.(Uzb). indd
Uch qirollik davri. Koguryo
Download 3.8 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf-Jahon-Tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parxe
- Silla qirolligi
Uch qirollik davri. Koguryo davlatining tashkil topgan
davri haqida tarixchi olimlar yagona fikrga kela olish- magan. Lekin u IV–V asrlarda Koreya yarimorolining shimoliy qis mi, qo‘shni Lyaodun yarimorolini egalla- gan yirik davlat bo’lgan. Koguryo qirolligining qo‘shini o‘zining jangovarligi bilan ajralib turgan. Ular birin-ketin qo‘shni hududlarni zabt etgan. IV asr boshlarida Koguryo xitoyliklarni o‘z hududidan batamom surib chiqaradi va 116-rasm. Chosonning afsonaviy asoschisi Tangun 139 V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI har jihatdan rivojlangan qudratli davlatga aylanadi. Bu davrda dehqonchilik, metall quyish va unga ishlov berish, to‘qimachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Keyinchalik Koguryo o‘rniga Parxe davlatiga asos solinadi. Parxe qirolligi IX asrning bi rinchi yarmida qud ratli dav- latga aylangan. Qirollik Yaponiya bilan elchilik aloqalarini o‘rnatadi. X asrda ko‘ch manchi kidanlar zarbasidan so‘ng davlat parchalanib ketadi. Koreya yarimorolining janubiy qismida III–IV asrlarda Pekche davlati vujudga keladi. Pekche qirolligi IV asr- da mar kazlashgan davlatga aylanadi. Ilk budda tasvirlari Yapo niyaga ayni Pekche qirolligi davridan yetib boradi. O‘rta asrlarda pekchelik tabib, hunarmand va olimlar hozirgi Yaponiyaning ijtimoiy va ma daniy hayoti asoslari shaklla nishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Hattoki, pekchelik olim Van In Yaponiya taxt vorisi bo‘lgan shahzodaga us- tozlik qilgan. Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga xitoy yozuv va iyerogliflari hamda buddizm kirib keladi. Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubi-sharqida joylashgan. Dastlab Uch qirollik ichida Silla qirolligi eng zaifi va kam taraqqiy etgani edi. Silla qirolligi 668-yilda Xitoydagi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, Koreya yarim- orolini o‘z ho kimiyati ostida birlashtirdi. Lekin Koreya Xitoyga boj-yasoq to‘lab turgan. Mamlakatning birlashuvi Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil shaklla- nishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zaro urushlarga chek qo‘yilishi, qo‘shni davlatlar bilan tinchlik o’rnatilishi mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari rivojiga yo‘l ochadi. VIII asr o‘rtalarida Silla qirolligi ning oltin davri bosh- landi. Ushbu davrda davlat o‘z taraqqiyoti va qud ratining cho‘qqisiga erishadi. Download 3.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling