Tarix-7 2017.(Uzb). indd


Download 3.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/127
Sana06.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1693258
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127
Bog'liq
7-sinf-Jahon-Tarixi

Xavfli himoyachilar. Piktlardan himoyalanish uchun 
mahalliy britt 
lar ilk marotaba germanlarning yut, angl va 
saks qabilalari 
dan yollanma drujinalarni taklif etgan. Bu 
qabilalar Germaniya 
ning shimoli va Yutlandiya yarimoro-
lida yashardi. Dastlab germanlar uchta kemada kelishadi. 
Lekin ko‘p o‘tmay ular 
ning ortidan ko‘plab qabiladoshlari 
yo‘lga chiqadi. Germanlarning keltlardan tobora yuqori 
to‘lov talab qilishi, doimiy isyonlari, mamlakatni talashlari 
va tahdidlari kuchayib boradi. Yutlar V asr o‘rtalarida 
Kent viloyatini bosib oladi. Ularning izidan angl-sakslar 
ham keltlarga hujum boshlab, qattiq qarshilik bo‘lmaga-
nidan mamlakatni istilo qilishga kirishadilar. Angl-saks 
lar 
mahalliy aholining bir qismini qirib, ayrimlarini qullik 
asoratiga soladilar. Shaharlar katta talafot ko‘radi, maju-
siy germanlar ibodatxona va monastirlarni talab, yondirib 
yuboradilar. Istilo dah 
shatidan ko‘pgina keltlar qit’aga, 
Armorika viloyatiga ko‘chib o‘tadi. Fransiyaning shimo-
li-g‘arbidagi bu hudud britt 
larning ommaviy ko‘chishidan 
so‘ng Bretan nomini olib, bu nomni hozirga qadar saqlab 
qolgan.
Brittlar – kelt qabilalaridan bo‘lib, Britaniyaning 
aso 
siy aholisi hisoblangan.
Drujina – ko‘ngillilardan iborat harbiy bo‘linma. 
Ushbu bo‘linma bir nåchà o‘ndàn bir nåchà 
yuzgàchà jàngchini birlàshtirgàn.
Qirol Artur. Britaniya oroliga 
bostirib kelayotgan germanlarga qarshi-
lik ko‘rsatish Amvrosiy Avrelian nomi 
bilan bog‘liq. U oroldagi so‘nggi rim-
liklardan edi. Amvrosiy Avrelian VI 
asrning boshlarida brittlarni birlashti-
radi. Buning natijasida u qator yorqin 
g‘alabalarga erishadi. Kuchli qo‘shin 
tuza olgan Amvrosiy Avrelian angl- 
sakslar tazyiqini deyarli yarim asrga 
14-rasm. Qirol Artur


23
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
to‘xtatadi. Kelt qabilalari xotirasida bu g‘alabalar haqidagi 
ma’lumotlar asrlar da 
vomida saqlanadi. Lekin rivoyatlarda 
bosqinchilarga zarba bergan qahramonning ismi o‘zgargan. 
Dostonchilar uni Artorius yoki Artur deb atay boshlash-
gan. Vaqt o‘tishi bilan Artur siymosi atrofida VI asrga 
aloqasi bo‘lmagan ko‘plab tarixiy afsonalar to‘planadi. 
Oradan besh asr o‘tib ham Yevropaning turli mamlakat-
lari yozuvchilari qirol Artur va uning ritsarlari Lanselot
qirolicha Jinevra, sehrgar Merlinlar haqida asarlarni yara-
tishda davom etishadi. Bu asarlar kitobxonlar orasida keng 
tarqaladi.

Download 3.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling