Tarix-7 2017.(Uzb). indd


-rasm. Kordova  masjidining naqshindor  shifti (gumbazi) 50-rasm


Download 3.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/127
Sana06.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1693258
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   127
Bog'liq
7-sinf-Jahon-Tarixi

49-rasm. Kordova 
masjidining naqshindor 
shifti (gumbazi)
50-rasm. Qohira. Hasan masjidi


62
II BÎB. ILK O‘RTA ÀSRLÀRDÀ ÎSIYO
båzaklar tayyorlangan. Matn murakkab naqshlar bilan 
o‘rab olingan. Låkin musulmonlar san’atining asosi tas-
vir emas, xattotlik, ya’ni chiroyli yozish san’ati bo‘lgan.
Arab yozuvi Su 
ri 
yada oromiylar yoki arab xristianlari 
ixtiro qilgan oromiy alifbosi asosida yaratilgan. U 28 ta 
harfdan iborat bo‘lib, arab yozuvi chapdan o‘ngga emas, 
o‘ngdan chapga tomon bitilgan. Agar xristianlar uchun 
eng muqad 
das tasvir xochdagi xudo siymosi bo‘lsa, mu-
sulmonlar uni xudoning so‘zida tasvirlaganlar. So‘zni 
muqaddas bilganlar. Musulmonlar 
ning xattotlikdagi mu-
vaffaqiyatlari hay 
ratlanarli. Xattotlar ko‘plab yozish usul-
larini ixtiro qilib, ulardan yozilayotgan matn mazmuniga 
qarab foydalanishgan. Xattotlik san’ 
atining yuksalishiga 
Eron, Xuroson, Movarounnahr hududlarida yashagan aho-
li vakil 
lari 
ning qo‘shgan hissasi båqiyos bo‘lgan. Chunki 
ular 
ning barchasi qaysi tilda so‘zlashmasin, arab yozu-
vidan foydalanganlar.
Turmush tarzi. Musulmonlar turmush madaniyati o‘zi-
ning nafisligi, yuksak didliligi bilan ajralib turgan. Ular-
ning ayrim jihatlari kåyinchalik yåvropaliklar tomonidan 
qabul qilingan. Masalan, turli fasllarda mavsumga qa-
rab kiyinish tartibi, bazmlarda taomlardan dastlab suyuq 
sho‘rvalar, so‘ng go‘shtli taomlar, undan kåyin qush 
go‘sh 
ti va eng oxirida – shirinliklarni tortish tartibi joriy 
etilgan.
Rim va Vizantiya davridan Yaqin Sharqda aholining 
hammomlarda yuvinishga havasi katta bo‘lgan. Musulmon-
lar bu odatni o‘zlashtirib, o‘z hukmronliklarini o‘rnatgan 
barcha o‘lkalarga tarqatganlar. Yirik shaharlarda yuzlab 
hammomlar qurilgan. Ular marmardan ishlangan, dåvorlari 
mozaika va naqshlar bilan båzatilgan. Musulmonlar tozalik 
va pokizalikka katta e’tibor qaratganlar.

Download 3.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling