62
II BÎB. ILK O‘RTA ÀSRLÀRDÀ ÎSIYO
båzaklar tayyorlangan. Matn murakkab naqshlar bilan
o‘rab olingan. Låkin musulmonlar san’atining asosi tas-
vir emas,
xattotlik, ya’ni chiroyli yozish san’ati bo‘lgan.
Arab yozuvi Su
ri
yada oromiylar yoki arab xristianlari
ixtiro qilgan oromiy alifbosi asosida yaratilgan. U 28 ta
harfdan iborat bo‘lib, arab yozuvi chapdan o‘ngga emas,
o‘ngdan chapga tomon bitilgan.
Agar xristianlar uchun
eng muqad
das tasvir xochdagi xudo siymosi bo‘lsa, mu-
sulmonlar uni xudoning so‘zida tasvirlaganlar. So‘zni
muqaddas bilganlar. Musulmonlar
ning xattotlikdagi mu-
vaffaqiyatlari hay
ratlanarli. Xattotlar ko‘plab
yozish usul-
larini ixtiro qilib, ulardan yozilayotgan matn mazmuniga
qarab foydalanishgan. Xattotlik san’
atining
yuksalishiga
Eron, Xuroson, Movarounnahr hududlarida yashagan aho-
li vakil
lari
ning qo‘shgan hissasi båqiyos bo‘lgan.
Chunki
ular
ning barchasi qaysi tilda so‘zlashmasin, arab yozu-
vidan foydalanganlar.
Turmush tarzi. Musulmonlar turmush madaniyati o‘zi-
ning nafisligi, yuksak didliligi bilan ajralib turgan. Ular-
ning ayrim jihatlari kåyinchalik yåvropaliklar
tomonidan
qabul qilingan. Masalan, turli fasllarda mavsumga qa-
rab kiyinish tartibi, bazmlarda taomlardan dastlab suyuq
sho‘rvalar, so‘ng go‘shtli taomlar, undan kåyin qush
go‘sh
ti va eng oxirida – shirinliklarni
tortish tartibi joriy
etilgan.
Rim va Vizantiya davridan Yaqin Sharqda aholining
hammomlarda yuvinishga havasi katta bo‘lgan. Musulmon-
lar bu odatni o‘zlashtirib, o‘z hukmronliklarini o‘rnatgan
barcha o‘lkalarga tarqatganlar.
Yirik shaharlarda yuzlab
hammomlar qurilgan. Ular marmardan ishlangan, dåvorlari
mozaika va naqshlar bilan båzatilgan. Musulmonlar tozalik
va pokizalikka katta e’tibor qaratganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: