Tarix instituti
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Shamsumulk ka topshirgan. Tamg‘achxon Ibrohim o‘qimishli, aqlli va tadbirkor xoqon bo‘lgan. O‘z siyosatida ulamolarga tayanib ish yuritgan. U Samarqandda tartib-osoyishtalik o‘rnatish va uning xavfsizligini ta’minlash tog‘risida alohida g‘amxo‘rlik qilgan, og‘rilik va talonchilik uchun qattiq jazolagan. Qurilish ishlariga katta e’tibor bergan. Masalan, 1066-yilda uning buyrug‘i bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga yaqin joyda madrasa
qurilgan, shuningdek, Samarqandda qasr ham qurdirganligi ma’lum.
(?-1130) (1102-1130)
dan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori. To‘liq ismi Muhammad ibn Sulaymon Dovud Kuchtegin ibn Tamg‘achxon Ibrohim . Barqiyoruq vassali
ning o‘g‘li. 1102-yil Samarqand taxtiga Arslonxon unvoni bilan o‘tqazilgan. 12 ming mamlukdan iborat qo‘shin tuzib Dashti Qipchoqqa bir necha bor harbiy yurishlar qilgan. Umrining oxirida falaj bo‘lib qolgani tufayli taxtni o‘g‘illari - dastlab
, so‘ng
Ahmad bilan boshqargan. Samarqand saljuqiylar tomonidan egallangach (1130-yil 13-mart), Arslonxon Balxga jo‘natilgan va o‘sha yerda ko‘p o‘tmay vafot etgan. U Marvdagi o‘zi qurdirgan madrasaga dafn etilgan. Arslonxon davrida madaniy hayot birmuncha rivojlangan. Buxoro va uning viloyatida ko‘plab binolar qurilgan. Masalan, Jarqo‘rg‘on minorasi va
Masjidi kalon yonidagi minora hozirgacha saqlangan. O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 18 - XORAZMSHOHLAR DAVLATI - Anushteginiylar sulolasi (1097-1231)
QUTBIDDIN MUHAMMAD (? - 1127) (1097-1127)
Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Anushtegin ning o‘g‘li. Yoshligida Marvda yaxshi ta’lim olgan, ilmi adab va din ilmlarini o‘rgangan. Otasi vafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir
tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshoh unvonini olgan (1097). Anushteginiylar - xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida Qutbiddin Muhammaddan boshlanadi. 1100-yil saljuqiylar sultoni
va ukasi Sanjar
isyonini bostirgan. Sanjar
Xurosonni qo‘lga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabida qoldirib tasdiqlagan. Qutbiddin Muhammad sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan, har yili ikki marotaba shaxsan sulton saroyiga borib turgan, Sanjar olib borgan janglarda o‘z qo‘shini bilan qatnashib, xiroj, o‘lponlarni o‘z vaqtida to‘lab turgan. Qutbiddin Muhammad olimu fuzalolarga homiylik qilgan adolatli hukmdor bo‘lgan.
ning
tabobatiga oid “ Zahirayi xorazmshohiy ” asari Qutbiddin Muhammadga bag‘ishlangan.
(1097-1156) (1128-1256)
Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Otasi vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan, saljuqiylar sultoni
ning vassali bo‘lgan. Lekin u Xorazmni mustaqil davlatga aylantirishga intilgan. Otsiz Sanjar
ning ruxsatisiz avvalo Jand va Mang‘ishloqni egallab va Turkistonning ichkari tumanlariga yurish qilish bilan o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgan. Shundan so‘ng u o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan, Biroq 1138-yil Hazorasp yaqinida Sanjar qo‘shini tomonidan mag‘lubiyatga uchrab, mamlakatdan quvg‘in qilingan. Sanjar o‘zining jiyani Sulaymon
ni xorazmshoh etib tayinlagan, lekin kelasi yili Otsizni Xorazm aholisi chaqirib olgan, shahzoda esa quvib yuborilgan. 1141-yil mayda Otsiz Sanjarga tobelik izhor etib, umrbod unga sadoqat bilan xizmat qilishga qasam ichgan, lekin bir necha oydan so‘ng Sanjar qoraxitoylardan yengilgach (1141-yil 9-sentabr), qasamini buzgan. Otsiz o‘sha yili kuzida kuchli qo‘shin bilan Xurosonga yurib Marvni egallab olgan; kelasi yil bahorida Nishopurni tobe etgan, biroq Sanjar tomonidan darhol quvib yuborilgan. 1143-44-yillarda Sanjar yana Xorazmga yurish qilgan, Otsiz kuchi ozligi tufayli unga tobelik izhor qilgan. Shundan so‘ng bir oz vaqt o‘tgach, Otsiz 3-marta isyon ko‘targan va Sanjarning elchisini (shoir
) Amudaryoga tashlab yuborishni amr qilgan. 1147-yil noyabrda Sanjar 3-marta Xorazmga yurish uyushtirgan, 2 oylik qamaldan so‘ng Hazorasp shahrini olgan va Gurganjga yaqinlashgan, 1148-yil iyunda sulton bilan shaxsan uchrashuv chog‘ida garchand o‘zini takabburona, gerdaygan holda tutgan bo‘lsa-da, Otsiz sultonga tobelik bildirgach, o‘z lavozimida qoldirilgan. 1153-yil Sanjar o‘g‘uzlar qo‘liga asir tushib qolgan. Otsiz bu safar sultonning sodiq xizmatkori va himoyachisi sifatida yana Xurosonga yurish qilishga shaylangan va o‘ziga Amul
shahri ni berishni talab qilgan, biroq rad javobini olgan. 1156-yil u Nisoga kelib asirlikdan qochgan Sanjarga o‘z sadoqatini bildirgan, lekin shu yilning 30-iyulida Habushon (hozirgi Kuchan)da 59
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 19 yoshida vafot etgan. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o‘rta oqimiga qadar bo‘lgan yerlarda, keyinchalik buyuk davlat sifatida shuhrat topgan Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etgan edi. ELARSLON (?-1172-yil 17-mart) (1156-1172)
Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazmshohlar davlati hukmdori.
xorazmshohning o‘g‘li. Elarslon avval, saljuqiylar sultoni
ga itoat etishini bildirib, noma va sovg‘a-salomlar yuborgan. Sulton Sanjar Elarslonni xorazmshoh deb e’tirof qilgan.
vafotidan so‘ng saljuqiylar taxti uchun kurash avj olgan. 1163-yil Elarslon saljuqiylar amirlari ichida eng kuchlisi
ga qarshi Nishopurga yurish qilgan, shaharni uzoq vaqt qamal qilib ololmagan, sulh tuzib Xorazmga qaytgan. Elarslon qo‘shinlari Dehistonni egallagan. 1166-yil Elarslon yana Nishopurga qarshi otlangan. Bistom yaqinidagi jangda birlashgan saljuqlar va Otabek
qo‘shini bilan Elarslon qo‘shini o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan. Har ikki taraf biron natijaga erishmagan. Ammo xorazmshoh qo‘shinlarning bir qismini Bayhaq va Sabzavor shaharlariga jo‘natib, ularni egallagan (1167-yil may). Elarslon Nishopurni zabt etgan. 1167-yil Xorazm qo‘shinlari Raydan o‘tib, Sova shahriga yaqinlashgan, sulton
va
Otabek
o‘g‘li
yetakchiligidagi saljuq qo‘shinlari bilan jangga kirib, g‘alaba qilgan. So‘ngra Eron Ozarbayjoniga bostirib kirib, Abxor, Zanjon va Qazvinni egallagan. Elarslon, shuningdek, Movarounnahr voqealariga ham aralasha boshlagan. Qoraxitoylar vassali Samarqand hokimi Jaloliddin Ali Chag‘rixon 1158-yil qarluqlarni tor-mor keltirgan. Qarluqlar yetakchisi
bir qism qo‘shini bilan Xorazmga qochib borib, Elarslondan yordam so‘ragan. 1158-yil iyulda Elarslon katta qo‘shin bilan Samarqandga yurish qilgan. Zarafshon daryosining bo‘ylaridagi janglarda xorazmshoh zafar quchgan. 1171-yil qoraxitoylar qo‘shini Amudaryodan o‘tib, Xorazm sarhadlariga kirib kelganda Elarslon to‘g‘onlarni ochib, poytaxt yaqinidagi yo‘llarni suvga bostirishga farmon bergan. Qoraxitoylar xorazmshoh qo‘shinlarini yengib, amir
ni asir olib Samarqandga qaytganlar. Xorazmshoh poytaxti Gurganjga qaytgan va xastalikdan vafot etgan.
(? – 1193-yil, 19-sentyabr) (1172-1193)
Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazmshohlar davlati shahzodasi.
va Turkon xotunning kenja o‘g‘li. Sultonshohning akasi
Jand viloyatida voliy bo‘lib turgani uchun otasi o‘limi oldidan Sultonshohni valiahd etib tayinlagan. Ammo, davlat va harbiy ishlarga uning onasi
bosh bo‘lgan. Takash Sultonshohga bo‘ysunishdan bosh tortgan, u qoraxitoylar yordamida Gurganjga qo‘shin tortgan. Sultonshoh onasi bilan Nishopurga qochib borib, Muayyid ad- davla Oy-Abo huzuridan panoh topgan. 1172-yil 11-dekabrda Takash rasman Xorazm taxtiga o‘tirgan, biroq Sultonshoh bilan Takash o‘rtasidagi kurash yana 20 yil davom etgan. Sultonshoh Xurosondagi bir qancha viloyat, shaharlarni egallab, Marv shahrini o‘ziga qarorgoh qilgan. U Takashga qarshi kurashda goh qoraxitoylardan, goh quriylardan ko‘mak olib turgan.
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 20
Alouddin Muhammad Xorazmshoh (taxm. 1152-1200-yil 3-iyul) (1172-1200)
Xorazmshohlar davlatida hukmronlik qilgan anushteginiylar sulolasi vakili. To‘liq ismi Alouddin Takash ibn Elarslon ibn Otsiz ibn Anushtegin. Takash otasi Elarslon vafoti arafasida Jand viloyati voliysi bo‘lib turgan. Shuning uchun Elarslon kenja o‘g‘li Sultonshoh ni valiahd qilib tayinlaydi va Sultonshoh taxtga o‘tirgan (1172-yil). Takash Sultonshohni tan olmasligini aytgach, Sultonshoh unga qarshi onasi maslahati bilan qo‘shin jo‘natgan. Takash esa qoraxitoylar
malikasi Chen Tiyon (1164-1177-yillar)ga har yili o‘lpon to‘lab turishi haqida va’da berib, o‘gay ukasi Sultonshoh bilan kurashish uchun harbiy yordam so‘ragan va undan olgan qo‘shin bilan Gurganch (Ko‘hna Urganch)ga yurish qilgan. Sultonshoh va onasi Turkon xotun
Xurosonga qochgan. Gurganchni qo‘lga kiritgach, Takash 1172-yil 11-dekabrda xalqning madadi bilan rasman Xorazm taxtiga o‘tirgan. Lekin, ukasi bilan Xorazm taxti uchun yana 20 yil kurash olib borishga majbur bo‘lgan. Sultonshoh vafotidan so‘ng Xurosonning Toliqon - Marvirud - Hirot yo‘nalishidagi yerlar Takashga o‘tgan. U o‘g‘li Nosiruddin
ni Marvga, boshqa o‘g‘li
ni Nishopurga voliy qilib tayinlagan. Shundan so‘ng Takash Sharqiy Eronga o‘z ta’sirini o‘tkazish bilan birga, G‘arbiy Eron ishlariga ham aralasha boshlagan. Takash Sultonshohga qarshi kurashayotgan vaqtida (1172-1193-yillar) g‘uriylar, saljuqiylar va
abbosiy xalifalar , hatto ba’zan qoraxitoylar bilan
ham yaxshi munosabatlarni saqlab ular bilan do‘stona maktublar yozishib turgan (bu maktublar mazmuni saqlanib qolgan). 1192-93-yillarda saljuqiylar sultoni
Takash bilan yaxshi munosabatni saqlash uchun uning o‘g‘li
ga o‘z qizini bergan va sulh shartnomasini tuzgan, bunga ko‘ra Ray xorazmshoh mulki deb tan olingan. Lekin, To‘g‘rul III shartnomani buzgan. To‘g‘rul III ga xalifa
ham qarshi bo‘lib, u Takashga maktub yozib To‘g‘rul III ga qarshi kurashda yordam so‘ragan. Takash 1194-yil 4-martdagi jangda To‘g‘rul III qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratib, unga qaram yerlarni o‘z tasarrufiga qo‘shib olgan, lekin, xalifaga o‘ljadan hech narsa tegmagan. Bu ular o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishiga olib kelgan. To‘g‘rul III vafot etgach, Eron va Iroqi Ajam yerlari Xorazmga o‘tadi, saljuqiylar sulolasi barham topadi. Takash o‘sha yildan e’tiboran
unvonini qo‘llay boshlaydi. U 1195-yilda Kirmonni o‘ziga bo‘ysundirgan. Umrining oxirgi yillarida ismoiliylar bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan. 1200-yil xalifa bilan munosabati yana yomonlashgan Takash Bag‘dodga yurish qilgan, lekin yarim yo‘lda Nishopur va Xorazm oralig‘idagi Shahriston shahrida vafot etgan. Takashning jasadi Gurganchga keltirilib o‘zi qurdirgan katta madrasa qoshidagi maqbaraga dafn qilingan. O‘rta asr mualliflarining yozishicha, Takash adolatparvar, iqtidorli, buyuk diplomat va lashkarboshi bo‘lgan. Takash musiqani sevgan, udni juda yaxshi chalgan, hozirjavob bo‘lishi bilan birga siyosiy ahvolni to‘g‘ri baholab, harbiy kuchdan to‘g‘ri foydalana olgan. Takash qipchoq xoni
ning qizi Turkon xotunga uylangan. Uning bilan birga kelgan qipchoqlar keyinchalik mamlakat tanazzuliga sabab bo‘lgan. Takash davrida Xorazmshohlar davlati kuchaygan. U o‘g‘li Qutbiddin Muhammad ga
markazlashgan mustahkam davlat va tashkiliy jihatdan qudratli qo‘shinni meros qoldirgan. MUHAMMAD XORAZMSHOH Muhammad II Alouddin, Alouddin Muhammad (taxm. 1182-1220-yil dekabr) (1200-1220)
Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazmshohlar davlati hukmdori. To‘liq ismi Qutbiddin
O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 21 Muhammad ibn Takash ibn Elarslon ibn Anushtegin. Otasi – Takash xorazmshoh, onasi Turkon xotun qipchoq xoni Jonkishi ning qizi. Muhammad 1193-yil dekabrda otasi tomonidan Nishopur shahriga voliy (hokim) qilib tayinlangan. Muhammad davrida saltanat ham hududiy, ham kuch-qudrat jihatidan o‘zining yuksak cho‘qqisiga yetgan. Muhammad davrida Xorazmshohlar davlati shimolda Orol, g‘arbda Kaspiy dengizigacha, janubda Iroq va G‘aznagacha, sharqda Yettisuvgacha kengaygan. U mamlakatni kengaytirish siyosatini olib boradi. Dastavval u Hirot va uning atroflari hamda Xurosonning Xorazm davlati tasarrufiga kiritilmagan viloyatlarini zabt qilishga kirishadi. Ayniqsa, u qoraxoniylarga zarba berib, Movarounnahrni ular qo‘lidan tortib olishga harakat qiladi. 1218-yil Chingizxon Muhammad huzuriga shaxsiy vakili Uhuna boshliq 500 tuyadan ortiq elchi va savdogarlar karvoni O‘trorga kirib keldi. O‘tror hokimi
karvonni ushlab, elchilarni qatl ettirgan. Muhammadning davlatini yaxshi o‘rgangan Chingizxon Xorazmga qaram xalqlarning noroziligidan, lashkarboshilar orasidagi nizolardan, Muhammadning onasi Turkon xotun qarindoshlari orasidan chiqqan amaldorlardan foydalanishi hamda Muhammadning mo‘g‘ullar hujumi xabarini amalga oshirgan noto‘g‘ri tadbirlari (har bir shahar o‘z-o‘zini himoya qilishi; raiyatdan 1 yil uchun 3 barobar xiroj yig‘ishi) sababli muvaffaqiyatga erishdi. Chingizxon Xorazmga yurish qilib O‘tror (1219), Buxoro va Samarqand (1220)ni bosib oldi. Muhammad Movarounnahrni tashlab Xuroson tarafga qochdi. Chingizxonning 20 minglik qo‘shinining tinimsiz ta`qib qilishi Muhammadga o‘z kuchlarini qayta to‘plab, nafasini rostlashga imkon bermadi. Kaspiy dengizining Ashur oroliga borib qolgan Muhammad qattiq betob bo‘lib qoldi va umrining oxirida oldingi qarorini o‘zgartirib, o‘g‘li Qutbiddin O‘zloqshoh ning o‘rniga Jaloliddin Manguberdi ni valiahd deb e`lon qildi. O‘sha orolda vafot etdi va shu yerda dafn etildi. Keyinchalik Jaloliddinning farmoyishiga ko‘ra, Muhammadning jasadi Isfaxondagi xorazmshohlarning xotirasiga qurilgan maqbaraga ko‘mish uchun Ardahn qal`asiga keltirilgan. JALOLIDDIN MANGUBERDI Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad (1198-1231) (1220-1231)
Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda. Anushteginiylar dan.
Xorazmshohlardan Muhammad ning katta o‘g‘li. Onasi – Oychechak turkman kanizaklaridan bo‘lgan. Jaloliddin burnida holi (mank) bo‘lgani uchun
nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “
” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlangan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat`iy noroziligi sababli
foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qadimgi Irg‘is daryosi bo‘yidagi jang).
boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh
Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada oroli dan panoh topgan. Og‘ir bemor bo‘lgan Muhammad o‘g‘illarini yoniga chorlab, so‘nggi damda Jaloliddinni o‘z o‘rniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari
va
Qutbiddin
lar bilan birga Urganch mudofaasiga oshiqadi. Lekin Urganchdagi qipchoq amirlari Turkon xotun ning akasi Xumortegin ni
sulton deb e`lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo‘ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 kishilik suvoriylar bilan o‘z vatani – Xorazmni tashlab Xurosonga ketishga majbur bo‘ladi. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo‘g‘ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so‘ng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga O’zbekiston hukmdorlari
www.ziyouz.com кутубхонаси 22 keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga qarshi birlashishga da`vat etdi, bir oydan so‘ng G‘azni tomon yurdi. Yo‘lda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qo‘shin bilan kelib qo‘shildi. Qandahorni qamal qilib turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdu ularni tor-mor keltirgan. U G‘aznaga 1221-yil keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshlig‘i Sayfuddin Ig‘roq , Balx voliysi A`zam malik , afg‘onlar sardori Muzaffar malik, qarluqlar boshlig‘i Hasan
kelib qo‘shildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qo‘shin bor edi. Jaloliddin Manguberdining o‘zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qal`asi ni
qamal qilayotgan Takajuk va
Malg‘ur boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan so‘ng ular tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq mo‘g‘ul askari o‘ldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan o‘tib, ko‘priki buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasi edi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. G‘azna yaqinidagi Parvon jangi da Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullar ustidan ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritadi. Jangda harbiy taktika tarixida birinchi bo‘lib, Jaloliddin dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qo‘llaydi. Mo‘g‘ullarning Ushbu jangdagi mag‘lubiyati to shu vaqtgacha jiddiy zarbaga uchramagan Chingizxonning asosiy kuchini urushga solishi va harbiy harakat rahbarligini o‘z qo‘liga olishga majbur etadi. Biroq jangdan so‘ng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari o‘lja ustida o‘zaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Ig‘roq, A`zam malik va
Muzaffar
malik lar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk o‘z lashkari bilan qolgan, xolos. Chingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o‘zi otlangan. G‘ardiz qal`asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo‘shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o‘tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda bo‘lgan tengsiz jangda ( Sind daryosi bo‘yidagi jang ) mag‘lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho‘l hozirda ham cho‘li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o‘z o‘g‘illariga qarab: “ Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim! ”, degan. Endilikda Chingizxon O‘ziga teng raqibga duch kelganini yaxshigina tushunib, Jaloliddinning katta kuch to‘plashiga xalaqit berish uchun barcha choralarni ko‘radi. Oradan bir necha kun o‘tgach, Jaloliddin Manguberdi qo‘shini soni 7 mingga yetdi. Unga Ko‘lbars bahodir, Kabkuh va Sa`diddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar o‘z kishilari bilan kelib qo‘shildi. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonning notanish cho‘lida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi bo‘lgan Shatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga hujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon o‘qidan rana halok bo‘ladi, qo‘shini esa parokanda bo‘lib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta o‘ljani qo‘lga kiritadi. Bu g‘alabadan so‘ng Sind, Uchcha, Mo‘lton, Lohur va Peshavor hokimi Nosiriddin
Qubacha (1205-1227)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin
Karmoniy
Jaloliddin Manguberdiga o‘zini xayrixohligini izhor etib, sovg‘a-salomlar jo‘natgan. G‘iyosiddin Pirshohdan ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonhon , Elchi
pahlavon
, O‘rxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishi lar o‘z lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qo‘shildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qal`alarini qo‘lga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qo‘shini hamda mamluklar sulolasidan bo‘lgan Dehli sultoni Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling