Tarix va ijtimoiy fanlar


Download 172.66 Kb.
bet2/11
Sana20.07.2020
Hajmi172.66 Kb.
#124338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MARKAZIY OSIYO QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARI


JAMI

60 soat





















Didaktik vositalar (didaktik vositalar ro’yxati).
Jihozlar va uskunalar, moslamalar: O’zbekiston tarixidan xarita, albomlar, rangli rasmlar, Markaziy Osiyoning qadimgi yozma manbalariga bag’ishlab tayyorlangan plakatlar, yozma yodgorliklar tushirilgan matnlar, qadimgi yozuvlar aks ettirilgan arxiv materiallari, yangi pedagogik texnologiyalar uchun tayyorlangan jihozlar.
Video-audio uskunalar: proyektor, kompyuter
Kompyuter va multimediali vositalar: Markaziy Osiyoning qadimgi yozma yodgorliklari fanidan o’quv-uslubiy majmuaning elektron varianti, slaydlar, shuningdek, elektron kutubxonalarda “Markaziy Osiyoning qadimgi yozma yodgorliklari” fani uchun tayyorlangan materiallar.

TA'LIM TEXNOLOGIYASI
K I R ISH

Kadrlar tayyorlashning milliy modeli asosida uzluksiz ta’lim yotadi. Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.

Oliy ta’lim tizimi asosida talabalarga Markaziy Osiyoning qadimgi yozma yodgorliklari fanidan fundamental bilim berishga, tarixiy hodisalar haqidagi ma’lumotlarning umumlashtirilgan shakli ekanligini ko‘rsatishga, ushbu fanning jamiyat hayotdagi ahamiyatini ta’kidlashga, fanga nisbatan qiziqish uyg‘otish va uni o‘rganishni davom ettirishga zamin yaratishdan iborat.

“Markaziy Osiyoning qadimgi yozma yodgorliklari” fani bo'yicha ta'lim tехnоlоgiyasini lоyihalashtirishdagi asоsiy kоnsеptual yondоshuvlar kеltirilgan:



Shaхsga yo'naltirilgan ta'lim. Ta'lim jarayonini tuzishda va amalga оshirishda shaхsga maqsad, sub'еkt ustunligi, natija va uning samaradоrligini asоsiy mеzоndеk yo'naltirish ta'lim jarayonining barcha ishtirоkchilarining to'laqоnli rivоjlanishi; ta'lim bеrish jarayonini shaхsparvarlashtirish va tabaqalashtirish, kasbiy tayyorgarlik yo'nalishlari bo'yicha Davlat ta'lim standartlari talablariga riоya qilgan hоlda ta'lim оluvchi shaхsini rivожlanish yo'liga yo'naltirish;

Tizimli yondоshuv. Ta'lim tехnоlоgiyasi tizimning barcha bеlgilarini o'zida mujassam etmоg'i lоzim, jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo'g'inlarini o'zarо bоg'langanligi, yaхlitligi.

Faоliyatga yo'naltirilgan yondоshuv.Ta'lim bеruvchi vazifasining o'zgarishi: nafaqat bilim bеrish, balki ta'lim оluvchilarni ularni mustaqil izlash, tahlil qilish, taqqоslash, o'zgartirishga, hayotiy muhim vazifalarini hal etishda qo'llash, barcha hayotiy yo'li davоmida bilimlarini tеzkоr yangilash va to'ldirishni o'rgatish. Buning uchun esa, o'qituvchi barcha to’g’ri еchimlarning birinchi tоifadagi namоyishchisi bo'lmasdan, balki o'quv jarayonini tashkilоtchisi, maslahatchisi va nazоratchisi bo'lishi kеrak; bilimlarni еtkazishning kam samarali оg’zaki yo'llarini kamaytirishga kеltirish

Mulоqatli yondоshuv. Ta'lim bеruvchi ta'lim оluvchilar bilan tеng huquqli tоmоnni o'rnatishi; shunchaki o'qitish emas, ta'lim оluvchilarni rivоjlanishga, uning o'zi harakatlanishiga sharоit yaratish, uni rag’batlantirish; ta'lim оluvchilarda mustaqil fikrlash, muammоni mustaqil rеjalashtirish qоbiliyatini va uni еchish yo'llarini taklif etish, оlingan natijalarni bahоlash yoki tеkshirishga оlinish tayyorgarligini shakllantirishni ko'zda tutadi.

Hamkоrlikdagi ta'limni tashkil etish. Mustaqil individual ish→ guruhlarda hamkоrlikdagi ish- hamkоrlikda ta'lim bеrishda bilish jarayonining dialеktik o'zarо bоg'liqligi shundan ibоrat.

Muammоli ta'lim. Yo'nalish bo'yicha mustaqil ijоdiy bilish faоliyatini ta'minlash: muammоli vaziyat → muammоni shakllantirish → uni hal etish yo'li → muammоni yеchish → yеchimni tеkshirish

Asоsiy kоnsеptual yondashuv va maqsaddan kеlib chiqqan hоlda hamda o'qitish tехnоlоgiyalarini lоyihalashtirishda o'qitish mеtоdlari, shakllari, vоsitalari hamda qayta alоqaning usul va vоsitalari tanlab оlingan, ya'ni:



O'qitishning mеtоdlari va tехnikalari: kichik-ma'ruza, tushuntirish, yo'riqnоma bеrish, namоyish, ko'rsatish, vidеоmеtоd, kitоb bilan ishlash, INSЕRT, mashq, suhbat, bahs, aqliy hujum, pinbоrd, muammоli mеtоd, kеys-stadi, lоyiha va amaliy ishlash mеtоdlari.

O'quv faоliyatni tashkil etish shakllari: jamоaviy, оmmaviy, guruhli va yakka tartibda.

O'qitish vоsitalari:

  • O'qitishning tехnik vоsitalari – kоmpyutеr, yozuv taхtasi, prоеktоr, slaydlar, o'quv-kоmpyutеr tizimi.

  • Yordamchi o'qitish vоsitalari – sxemalar, chizmalar, xaritalar va h.k.

  • O'quv - didaktik matеriallar – o'quv tоpshiriqlar va uni bajarish bo'yicha yo'riqnоma bеrish, darsliklar.

Qaytar alоqa usullari va vоsitalari: kuzatish, tеzkоr so'rоv, savоl-javоb, o'quv tоpshiriq, jоriy, оraliq va yakunlоvchi nazоrat tеstlari natijalarini tahlili asоsida pеdagоgik diagnоstikasi.
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.

“Markaziy Osiyoning qadimgi yozma yodgorliklari” faniga tegishli ma'ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron – didaktik texnologiyalaridan;

Markaziy Osiyo tarixiga oid yozma manbalar bilan ishlash mavzularida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, “Toifalash jadvali”, “Baliq skleti” kabi pedagogik texnologiyalaridan;

“Markaziy Osiyoning qadimgi yozma yodgorliklari” faniga oid yozma manbalar nazariyasi va amaliyotini o‘rganishga bag‘ishlangan mavzularda o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda kichik guruh musobaqalari, guruhli fikrlash pedogogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.



MA’RUZA MATNLARI
1 Mavzu: Ilk yozuvlar tarixi va ularning o’rganilishi
REJA:

1. Tarixiy manbalar va ularning turlari

2. Ilk yozuvlar tarixi va ularning o’rganilishi

3. “Avesto” – O’zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba

4. Qadimgi yozma manbalarni o’rganishning ilmiy ahamiyati

Tayanch tushunchalar:

Tarixiy manbalar, ashyoviy manbalar, moddiy yodgorliklar, ma’naviy yodgorliklar, “Avesto”, arxeologiya, etnografiya, numizmatika, lingvistika, toponomika, xronologiya, metrologiya, epigrafika, petrografika, tarixiy obidalar, yozma manbalar.

Tarix fani insoniyatning butun o‘tmishi davomida jamiyat hayotida sodir bo‘lgan voqyea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda o‘rganadi. Tarix fani ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimining tarkibiy qismi. Tarix fanining bu guruhdagi o‘rni uning tadqiqot predmeti va usullari bilan belgilanadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini o‘rgansa, Tarix fanining tadqiqot ob'ekti – aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o‘tmishi va hoziri haqidagi faktlarni yig‘ish, taxlil qilish, to‘plangan bilimlarni ma’lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Tarix fani o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liklik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig‘i va ma’nosini ko‘rish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fanlararo yondoshuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, o‘tmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini ko‘ra bilishdek muhim vazifani hal qiladi.

Tarix fanida, boshqa fanlarda bo‘lganidek, muqarrar ixtisoslashuv amalga oshmoqda. Hozirgi zamon tarix fani alohida bo‘limlar va sohalardan tashkil topgan bilimlar majmuidir. Ixtisoslashish darajasiga ko‘ra, ularni bir necha guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhini jamiyatning butun va alohida tomonlarini o‘rganuvchi bo‘lim va sohalar tashkil qiladi. Insoniyat tarixining ayrim hodisalari alohida o‘rganiladi. Jahon tarixi ibtidoiy jamiyat, o‘rta asrlar, yangi va eng yangi tarixga bo‘linadi. Hududiy-geografik tamoyilga ko‘ra, tarixan bir-biri bilan bog‘liq yirik hududlar va alohida mamlakatlar hamda xalqlarga ajratiladi. Kompleks muammolarni tadqiq qilish bir guruh mamlakat va xalqlar tarixida ro‘y bergan bosqichiy davrlarni va hodisalarni o‘rganish zaruratidan kelib chiqadi. Jahon tarixiga global yondashuv bilann bir qatorda mikro tarix ham o‘rganiladi. Tarixning alohida tomonlarini o‘rganish tarix fanining alohida sohalarini ajratishni taqozo qildi. Ikkinchi guruhni yordamchi va maxsus tarix fanlari tashkil qiladi. Ularni alohida tarix fanlariga ajratilishi va rivojlanishi tarix fanining xususiy tadqiqot usullarini ishlab chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Antropologiya, arxeologiya, etnografiya mustaqil o‘ringa ega. Yordamchi tarix fanlariga – manbashunoslik, arxeografiya, paleografiya, geraldika, numizmatika kiradi. Maxsus guruh – boshqa fanlar ehtiyojidan kelib chiqadi. Tarix fanining tarixini tarixshunoslik fani o‘rganadi.

Tarix fanini o’rganishda muhim ahamiyatga ega bolgan asosiy jihatlar bu tarixiy manbalardir. Tarixiy manbalar tarixni yoritishda muhim rol o’ynaydi.

Tarixiy manba – uzoq o‘tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma'lum bosqichidagi kechmishi, inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan va uning xususiyatlarini o‘zida o‘zida aks ettirgan moddiy va ma'naviy yodgorliklardir.

Moddiy yodgorliklar – qadimiy obidalar, manzilgohlar, mozorlar, shaharlar, qasrlar va qal'a xarobalari, uy – ro‘zg‘or buyumlari, mehnat va ov qurollari, zebu – ziynat buyumlari, taqinchoqlar va boshqalar kiradi.

Ma'naviy yodgorliklar – qadimgi yozuvlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitiklar, qo‘lyozma kitob, hujjatlar va arxiv materiallar kiradi.

Tarixiy manbalarni ularning umumiy xarakteri, o‘tmishni o‘zida aks ettirishiga qarab oltita asosiy guruhga bo‘lish mumkin:



  1. Moddiy (ashyoviy) manbalar– qadimiy obidalar, manzilgohlar, mozorlar, shaharlar, qasrlar va qal'a xarobalari, uy – ro‘zg‘or buyumlari, mehnat va ov qurollari, zebu – ziynat buyumlari, taqinchoqlar va boshqalar.

  2. Etnografik manbalar – Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan materiallar va ma'lumotlardir.

  3. Lingvistik manbalar – tilimizdagi uning leksik so‘z boyligi tarkibidagi uzoq o‘tmishdan qolgan, ijtimoiy – iqtisodiy, ma'muriy, yuridik atamalar asosida xalqning ijtimoiy – siyosiy hayotini o‘rganuvchi manbadir.

  4. Xalq og‘zaki adabiyoti manbalari – xalq ertaklari, marosim qo‘shiqlari, matal va topishmoqlardir. Og‘zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi qismi bo‘lib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk yer egaligi tuzumiga borib taqaladi.

  5. Yozma manbalar – Insonning ijtimoiy faoliyati, kishilarning o‘zaro munosabatlarining natijasida yaratilgan, o‘sha zamonlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy – siyosiy voqyealarni o‘zida aks ettirgan manbalardir. Yozma manbalar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: Birinchisi – Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy – hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar); Ikkinchisi – Tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar (tarixiy voqyealar, geografik joylashuvlar, podsho va hukmdorlarga bag‘ishlangan asarlar).

  6. Mo‘jaz rasm – miniatyuralar – qadimgi devoriy rasmlar, tarixiy ashyolar tasviri, nafis mo‘jaz tasviriy san'at namunalari, qo‘lyozma kitoblarga ishlangan rasmlardir.

Avesto”, Ovasto – (parfiyoncha: apastak – matn; ko‘pincha “Zend-Avesto”, ya'ni “tafsir qilingan matn” deb ataladi) – zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Avesto O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. Avestoda keltirilgan geografik ma'lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Macalan: xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimiy Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) bi-rinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. Avestodagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.

Avesto uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma'lumotlarning eng qadimiy qismlari mil. av. 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda Avesto tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h.k. qo‘shilib borgan. Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolda saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asrda)da yaxlit kitob holiga keltirilgan.

Avesto 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. Avesto hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – “Kichik Avesto” (Xurdak Avesto) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-a.) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombey shahrida o‘z jamoalarida hozirgacha Avestoning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, Avesto tilini va yozuvini o‘rganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). Avestoning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladigan kitoblarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999 y. noyabr). “Avesto”ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e'lon qilib (2000 y. 29 mart), “Avesto”ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi.

Qadimgi Yunon va Rim manbalari Esxil, Gerodot, yevripid, Ktesiy, Ksenofont, Efir, Aristotel, Aristobul, Arrian, Kvint Kursiy Ruf, Sitsiliyalik Diodor, Pompey Trog va Yustin, Plutarx, Aleksandr yurishi tavsifi, Strabon, Polibiy, Pliniy, Tatsit, Klavdiy Ptolemey kabi ko‘plab mualliflar tomonidan yaratilgan. Mazkur mualliflar asarlarida Qadimgi Yunoniston tarixi, Aleksandr Makedonskiy yurishlari, Rim imperiyasi tarixi, ushbu davlatlarning ko‘lami, siyosiy , ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy rivoji, turli hududlarda yashovchi xalqlar, savdo yo‘llari kabilar haqida ma'lumotlar qayd etilgan.

Tarix fani asrlar davomida qo‘lyozma asarlarda ifodalangan maishiy hayot, voqea-hodisalar, tarixiy personajlar va shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyan-tarixiy kontekstda tarixiy hayot yo‘lining shakllanishi, bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yo‘lni bosib o‘tdi.


Nazorat savollari:

1. Tarixiy manbalarga qanday manbalar kiradi?

2. Tarixiy manbalar necha turga bo’linadi va ularning turlari haqida tushuncha bering?

3. Ilk yozuvlar qanday tarixga ega?

4. Ilk yozuvlarning o’rganilishi borasida qanday ishlar amalga oshirilgan?

5. “Avesto” – O’zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba sifatida qanday ahamiyatga ega?

6. Qadimgi yozma manbalarni o’rganishning ilmiy ahamiyati nimalardan iborat?
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

2. Sagdullayev A. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda. – T., 1996.

3. Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar O‘quv qo‘llanma. - T.: “Yozuvchi”, 2000.

4. Xo’jayev A., Xo’jayev K. Qadimgi manbalarda xalqimiz o’tmishi. – T., 2001.

5. O’zbekiston Milliy Enseklopediyasi 1 – 12 jildlari.

6. Choriyev Z., Shaydullayev Sh.O’zbekiston hududida yozuvning paydo bo’lishi va taraqqiyoti. – T., 2007.
2 Mavzu: Мarkaziy Osiyo hududlarida piktografik belgilar. Arxeografiya.
REJA:

1. Qadimgi yozma manbalarning shakllanish bosqichlari

2. Pikrografik belgilarning yuzaga kelishi va ularni o’rganishning ahamiyati

3. Мarkaziy Osiyo hududlarida piktografik belgilar

4. Arxeografiya va uning O’zbekiston tarixini o’rganishdagi ahamiyati
Tayanch tushunchalar:

Yozma manbalar, yozma belgilar, yozma tasvirlar, piktografiya, arxeografiya, yordamchi tarix fani, qo’lyozmalar, piktogrammalar, rasmli tasvirlar, epigrafika, kipu.
Ma'lumki yozma manbalar insoniyat tarixida ancha qadimdan shakllangan bo‘lib, uning negizini yozuv tashkil qiladi. Yozuv o‘z navbatida jamiyat madaniy taraqqiyotining tarixidan so‘zlaydi va yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi orqali muloqot vositasi vazifasini o‘taydi. Yozuv jamiyatda uzoq masofada muloqot o‘rnatish va inormatsiyani saqlash zaruratidan kelib chiqib yaratilgan. Yozma manbalar qo‘lyozma fondlari, muzeylar, kutubxonalar, shaxsiy kolleksiyalar va h.k. joylarda mavjud. Yozma manbalarni yaratilish vaqtiga qarab qadimgi, o‘rta asrlar, yangi davr hamda regional aspektda tillar, siyosiy tuzilmalar, alohida manbalar shaklida qismlarga ajratish mumkin.

Yozma manbalar tarix fanining yordamchi fan sohalari bo‘lgan – Paleografiya, Diplomatika, Geraldika, Sfragistika, Epigrafika, Numizmatika, Metrologiya, Xronologiya qo‘lga kiritgan yutuqlarga ham tayanadi. Yozma yodgorliklarni o‘rganishda manbashunoslik fani ikki yo‘nalishga ega bo‘lib – nazariy va amaliy manbashunoslik (yo‘nalish) asosida ish olib boradi. Nazariy manbashunoslik – amaliy manbashunosliu tajribasini umulashtiradi, yozma manbalarning vujudga kelishi va ularning real tarixiy sharoitni o‘zida aks ettirish qonuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash, tavsifga olish, tartibga solish asoslarini ishlab chiqadi va ularni ilmiy muomalaga kiritishning, amaliy o‘rganishning eng maqsadga muofiq asosiy usul va yo‘llarini aniqlaydi va amaliyotga tavsiya etadi. Amaliy manbashunoslik – yozma manbalarni nazariy manbashunoslik tavsiyasiga binoan o‘rganish, izlab topish, tavsif etish vayangi kerakli ma'lumotlarni muomalaga olib kirish borasida ishlarni amalga oshiradi.



Arxeografiya (arxeo... va yun. qrapho – yozaman) – yordamchi tarix fani; qo‘lyozma manbalarni qayta ishlash usullari va ularni nashrga tayyorlash bilan shugullanadi.

Arxeografiya – yozma manbalarni ilk tavsifga olish yoki ularni qidirib topish, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirish jarayonidir.

Tarixiy manbalarni nashr qilish birinchi marta G‘arbiy Yevropada paydo bo‘lgan (15-asr). O‘rta asr tarixiy manbalarining birinchi tanqidiy nashri 16-asrda paydo bo‘ddi. O‘zbekiston bir necha ming yillik davrni o‘z ichiga olgan boy arxeografik material (tarixiy hujjatlar, qo‘lyozma)larga ega. Arxeografiyaning namunalari O‘zbekistan FA Sharqshunoslik institutida, arxiv va muzeylarda to‘plangan.



Piktografiya (lot. pictus – chizilgan, tasvirlangan va ...grafiya) – yozuvning rivojlanish bosqichlaridan, fonetik yozuvdan oldingi yozuv turi: muayyan axborot mazmunini biron-bir rasm yoki qat’iy ketma-ket kelgan rasmlarda aks ettirish usuli. Amerika indeyslari, Tropik Afrika xalqlari, Avstraliya va Okeaniya tub aholisi, Sibirdagi ayrim elatlar (yukagir, nanay va b.) orasida tarqalgan va xatto 20-asrgacha amal qilib kelgan. Piktografiyaning qadimiy namunalari paleolitga (ayrim olimlarning fikricha – neolitga) mansubdir. Garchi, shuni aytish kerakki, paleolit davridagi suratlar bilan Piktografiya orasiga chegara qo‘yish mumkin emas. Piktografiya belgilari – piktogrammalar fonetik yozuv belgilaridan shu bilann farq qiladiki, ular aniq til birligiga bog‘liq emas va ular xohlagan tilda xoxlagancha talqin qilinadi. Bir piktogramma muayyan bir so‘z, uning sinonimi, so‘z birikmasi, bir necha ma'noga ega bo‘lgan ran yoki bir necha ran tarzida “o‘qilishi” mumkin. Piktogrammalar tipologik jihatdan 2–turga: tasvirlanayotgan tushuncha yoki predmetlar bilan o‘xshash bo‘lgan (masalan: quyosh belgisi “quyosh”, “kunduz” va “kun” tushunchalarini anglatadi) va ramziy, shartli (genetik jihatdan 1-turdagi piktogrammalardan kelib chiqqan, lekin ob'ekt bilan o‘xshashligi yo‘qolgan) piktogrammalarga ajraladi. Piktografik axborot birgina murakkab belgidan yoki bir necha sodda piktogrammalarning qat'iy ketma-ketligidan iborat bo‘lishi mumkin. Piktografiya keyinchalik ieroglifik hamda fonetik yozuvlarning kelib chiqishiga asos bo‘lgan.

Hozirgi madaniy jamiyatda ham Piktografiya yordamchi aloqa vositasi sifatida, masalan: yo‘l belgilari tizimida, ko‘rgazmalar va xalqaro musobaqalardagi ko‘rsatkichlar sifatida qo‘llanadi (ko‘p tillilik sharoitida yoki aksar aholi savodsiz bo‘lgan hollarda bu narsa katta ahamiyatga egadir).


Nazorat savollari:

1. Qadimgi yozma manbalarning shakllanish bosqichlari qachondan boshlangan?

2. Pikrografik belgilarning yuzaga kelishi qaysi davrga borib taqaladi?

3. Piktografik belgilarni o’rganishning ahamiyati nimadan iborat?

4. Мarkaziy Osiyoning qaysi hududlarida piktografik belgilar topib o’rganilgan?

5. Arxeografiya nima va u qanday vazifalarni bajaradi?

6. Arxeografiya O’zbekiston tarixini o’rganishda qanday ahamiyatga ega?
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

2. Sagdullayev A. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda. – T., 1996.

3. Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar O‘quv qo‘llanma. - T.: “Yozuvchi”, 2000.

4. Xo’jayev A., Xo’jayev K. Qadimgi manbalarda xalqimiz o’tmishi. – T., 2001.

5. O’zbekiston Milliy Enseklopediyasi 1 – 12 jildlari.

6. Choriyev Z., Shaydullayev Sh.O’zbekiston hududida yozuvning paydo bo’lishi va taraqqiyoti. – T., 2007.
3 – Mavzu: Markaziy Osiyoda oromiy yozuv yodgorliklari
REJA:

1. Ibtidoiy san’atning yuzaga kelish shart – sharoitlari

2. Epigrafik manbalar va ularning Markaziy Osiyo tarixidagi o’rni

3. Oromiy yozuvining paydo bo’lishi va tarqalishi



4. Markaziy Osiyoda oromiy yozuv yodgorliklari

Tayanch tushunchalar:

Qadimgi ibtidoiy san’at, qoyatosh tasvirlari, epigarfiya, epigarfik manbalar, qadimgi yozuvlar, belgili – rasmli yozuv, harfli yozuvlar, oromiy yozuvi va tili, finikiy yozuvi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri san’ati ilk namunalari taxm. mil. av. 30-ming yilliklarga mansub. Ibtidoiy san’at ibtidoiy jamoa kishisiga dunyoni o‘zgartirishda orttirgan tajribalarini avloddan avlodga uzatuvchi kuch, dunyo to‘g‘risidagi tushuncha va bilimlarini aks ettiruvchi vosita bo‘lib xizmat qilgan. Tasvirlash ibtidoiy odam uchun o‘z tushuncha va ma'naviy madaniyatini, tasavvurini ifodalashga xizmat qilgan. Shular zaminida asta-sekin inson faoliyatining turli shakl va ko’rinishlari yuzaga kelgan. San'atning yuzaga kelishi insoniyat taraqqiyotida buyuk bosqich bo‘ldi. Ibtidoiy jamoa ichida ijtimoiy aloqalarni yuzaga kelishiga, ma’naviy olamni, ularning go‘zallik haqidagi tushunchalarini shakllanishiga xizmat qilgan san'at o‘z rivojida animizm (tabiat hodisalariga insoniy fazilatlarni berish) va totemizm (hayvonlarga sig‘inish, urug‘ jamoasining kelib chiqishini biror hayvonga taqalishi) kabi afsona va qarashlarga tayangan. Dastlab sodda shakli, belgi tarzidagi tasvirlardan asta-sekin hayvonlar xususiyati, ko‘rinishi, xarakterini haqiqiy va to‘laqonli tasvirini yaratishga o‘tishdan va shular asosida kishilar hayoti, yashash tarzi haqida keng mulohaza yuritadigan murakkab kompozitsiyalar yaratish jarayoniga yetib borgan, realistik shakllar zaminida esa soddalashtirilgan handasiy shakllar darajasiga qadar ko‘tarilgan belgi va siymolar orqali murakkab his-tuyg‘u, fikrlarni ifodalovchi naqsh mujassamotlari va yozuvlar paydo bo‘lishiga olib kyelgan. Ibtidoiy san’atning ilk namunalarida ovchilik bilan shug‘ullangan inson o‘z muhitini - ov manzaralarini aks ettirib g‘orlarning devorlariga, qoyatoshlar va b. ga ishlagan tasvirlarida (bo‘yab, bo‘rtma hosil qilib ishlangan), loydan tayyorlangan, toshni yo‘nib ishlagan haykallarida ovlanadigan hayvonlar (zubr, ot, kiyik, mamont, yovvoyi hayvonlar va b.), odamzotlarni (ko‘proq ayollar)ni ifodalagan (Fransiyaning La-Ferrasi, Lasko g‘orlari, Ispaniyaning Altamira g‘ori, Sahroi Kabirning Tassilin-Ajar degan joyidagi qadimiy odamlar yashagan qarorgohlar va b.). Ibtidoiy san’atkorlar tasviriy san'atning hamma turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) ga mansub asarlarida hayotni sinchkovlik bilan kuzatganlari ko‘zga tashlanadi. Odam va odamsifat mahluqlar, qo‘l izlari, chizma belgilar va boshqa tasvirlar kam uchraydi. G‘ordagi tasvirlar qora, qizil, sariq va jigarrang mineral bo‘yoqlar bilan ishlangan, barelef ko‘rinishidagi tasvirlar kam, sodda realizmga xos haykaltaroshlik (odam va hayvon shakllari), badiiy (suyak va yog‘och) o‘ymakorlik namunalari paydo bo‘lgan. Tabiat ibtidoiy afsonalarga asoslangan insoniy sifatlarga ega bo‘lgan obrazlarda aks ettirilgan. Me’morlik rivojlanib, uylar yerto‘la tarzida dumaloq, to‘rtburchak shaklida qurilgan, bunday xonalarga uzun yo‘laklar orqali kirilgan. Ba’zan xom-ashyolar sifatida yirik hayvonlarning suyaklaridan foydalanilgan. Bunday san’at namunalari Ukraina, Belorussiya, Sibirdan ko‘plab topilgan.

Ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka o‘tilishi san'atda yangi an’analarni yuzaga kyeltirgan. Tasviriy san'atda ko‘p shaklli mujassamotlar paydo bo‘lib, odamlar va hayvonlar harakatda, kurashda tasvirlana boshlagan. Amaliy bezak san’atining ko’p turlari (kulollik, to‘qimachilik, metallga ishlov berish va b.) rivojlangan. Murakkab va mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi tasvirlar yuzaga kelgan, bezak naqsh yanada jadal rivojlangan, ro‘zg‘or buyumlari, xonalar, kiyimlar naqshlar bilan bezatilgan. Misr, Hindiston, Old, Kichik va O‘rta Osiyo, Xitoyda dehqonchilik afsonalari bilan bog‘liq san'at (naqshli sirlangan sopol buyumlar) keng tarqalgan, bezak naqshlar bilan bir qatorda mayda haykaltaroshlik rivojlangan. Me’morlik jamoa manzilgohlari qurilishida namoyon bo‘lgan. O‘rta Osiyo va ikki daryo oralig‘ida ko’p xonali uylar xom g‘ishtli, novdalardan yig‘ilgan sinchli, poli loy suvoqli qilib qurilgan. Neolit davrida yirik toshlardan iborat megalitli qurilmalar paydo bulgan.

Baliq ovlash va ovchilik saqlangan qabilalar (Shimoliy Yevropa va Osiyo oralig‘idagi hudud) da qadimiy mavzudagi va realistik san’at shakllari yonma-yon hukm surgan. Bularga qoyatosh rasmlari, loy, yog‘och va suyak (shox) dan yasalgan haykallar kiradi. Ko’p rasmlarda umumlashtirish, shartli tasvirlarda mujassamot ishlash hollarini ko’rish mumkin. Mis davrining oxiri va temir davrining boshlarida hayvonlarni tasvirlash uslubi shakllangan. Yunonistonning Sharq va Xitoy bilan madaniy aloqalari yangi mazmun, obraz va tasviriy vositalarni paydo bo‘lishini ta'minlagan.

Ibtidoiy tasviriy san’atning rivojlanib borishi kishilik jamiyatida keyinchalik yozuvlarning yuzaga kelishi uchun asos bo’lib xizmat qilgan.



Download 172.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling