Tarix va ijtimoiy fanlar


Download 172.66 Kb.
bet9/11
Sana20.07.2020
Hajmi172.66 Kb.
#124338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MARKAZIY OSIYO QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARI


Elektron manbalar:
www.ziyonet.uz

www.tdpu.uz

www.pedagog.uz

www.hisory.ru
4. Mustaqil ta`lim mavzulari




Mustaqil ta`lim mavzulari

Soat

1

Markaziy Osiyoda oromiy yozuvi yodgorliklari

2

2

Markaziy Osiyodagi ilk yozuvlar va ularning o’rganilishi.

2

3

Sopollitepa, Jarqo’ton, G’ozdan topilgan pigtografik belgilar

2

4

Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm yozuvlari

2

5

“Avesto” Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimiy yozma manbasi

2

6

“Avesto” ning o’rganilish tarixi.

2

7

“Avesto” Gatlar talqini

2

8

Avestoda siyosiy tarix talqini

2

9

Sug’d yozma manbalarining o’rganilish tarixi.

2

10

Sug’d yozma manbalarda tarix bayoni.

2

11

Mug’ yozuvi va uning o’rganilishi

4

12

Turkiy yozma manbalar.

4

13

Uyg’ur yozuvi yodgorliklari

2

14

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari talqini

2

15

Maxmud Koshg‘ariyning “Dеvoni lug‘at ut-turk” asari

2

16

Muhammad Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asari

2

17

Bеruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari

2

18

Bеruniyning “Hindiston” asari

2

19

Markaziy Osiyo tarixiga oid o‘rta asrlar arab yozma yodgorliklari

4

20

Markaziy Osiyo tarixiga oid o‘rta asrlar fors tilidagi yozma yodgorliklar

4




JAMI

48 soat


Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha tavsiyalar

Talabalarga mustaqil ish mavzulari berilar ekan, rahbar (o’qituvchi) har bir mavzuning o’ziga xos xususiyatlari, mavzularni o’rganishga bo’lgan yondashuv, mavzu natijalarini qay tarzda umumlashtirish, tahlil qilish, xulosalar chiqarish va ularni oxirgi jarayon sifatida baholash uchun taqdim qilish holatlarini tushuntirib berishi lozim.

Mavzularning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’rganish jarayonida uning natijalarini umumlashtirishda eng maqbul uslublar, xususan, reja asosidagi kons’ekt, tezislar, xronologik jadvallar, diagrammalar, jadvallar, chizmalar, xaritalar (yoki xaritalar asosida ishlash), grafiklar, yozma yoki og’zaki axborot, referat, ilmiy ish, ijodiy ish tarzida amalga oshirilishining qo’llanishi haqida ma'lumotlar va tushunchalar berib o’tishi maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, talabalar o’zlari tayyorlagan mustaqil ta'lim to’shiriqlarining yozma yoki oqzaki, referat yoki ijodiy ish sifatida to’shirishlarini ham oldindan belgilashlari zarur.

Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e'tiborga olinishi lozim:

- o’qish;

- muayyan fanning o’ziga xos xususiyati va o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;

- talabalarning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);

- fanning axborot manbalari bilan ta'minlanganlik darajasi;

- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.

Mustaqil ish uchun beriladigan to’shiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko’nikmalar hosil bo’lishiga muvofiq ravishda o’zgarib, oshib borishi lozim. Ya'ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o’rgatib borish kerak bo’ladi.

TMIni tashkil etishda talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:

- fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash;

- amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish;

- ma'lum mavzu buyicha referat tayyorlash;

- kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;

- bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to’plash;

- amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini to’ish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;

- ilmiy maqola, tezislar va ma'ruza tayyorlash;

- amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;

- uy vazifalarini bajarish va boshqalar.

Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o’ylab chiqilgan va ma'lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, talabalarning auditoriya mashqulotlarida olgan bilimlarini mustaqkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to’ldirishga xizmat qilishi kerak.

Mustaqil ta'limni tashkil qilish jarayonida belgilangan mavzularning turli mazmunga va turli davrlarga oid tanlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar mustaqil ta'lim uchun topshirilgan mavzular bir xil mazmundagi (masalan, faqat siyosiy tarix yoki faqat iqtisodiy masalalar va hokazo) mavzulardan iborat bo’lsa, talabalarning fanni faqat bir tomonlama (yoki cheklangan holdagi ma’lum bir soha bo’yicha) o’rganishlariga majbur qilib qo’yadi. Bu esa o’z navbatida talabalarning eng avvalo tarix sohasidagi bilimlarini cheklanishiga yoki bir yoqlama bo’lib qolishiga olib kelsa, ikkinchidan ularning tarixiy jarayonlarni o’rganishdagi turli uslublardan foydalanmaslikka (chunki malum uslublar hamma mavzular uchun ham mos kelavermaydi) va ularni chetlab o’tishiga olib keladi. Natijada talaba fan (kurs) yuzasidan o’rganishi lozim bo’lgan (ko’zda tutilgan) barcha mavzularni o’rganmaydi va yetarli bilimga ega bo’lmaydi.

Fan (kurs) yuzasidan berilayotgan har bir mavzu rahbar (o’qituvchi) tomonidan avvaldan atroflicha o’rganilishi va shundan so’nggina talabalarga tavsiya qilinishi lozim. Bu jarayonda kafedraning o’rni haqida yuqoridagi bandlarda aytib o’tilgan edi.



Mustaqil ta'lim uchun belgilangan (tavsiya etilgan) mavzular tarix fanining turli sohalarini qamrab olar ekan, albatta ularni o’rganishda o’ziga xos tarzda yondashish talab etiladi. Mustaqil ta'lim mavzulari mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil ta'lim to’shiriqlari bir necha ko’rinishda (usulda) tayyorlanishi mumkin.
MARKAZIY OSIYONING QADIMIY YOZMA YODGARLIKLARI FANIDAN MAVZULAR BO’YICHA GLOSSARIY


Atamaning ingliz tilida nomlanishi

Atamaning

rus tilida nomlanishi

Atamaning o’zbek tilida nomlanishi


Atamaning mazmuni

anthropology

антропология

antropologiya

(yunoncha “antropos” – odam, “logiya”–fan)– qadimgi odamlarning kelib chiqishi, tashqi ko’rinishi va rivojlanish bosqichlarini o’rganuvchi fan.

archaeology

археология

arxeologiya

(yunoncha “archaios” – qadimgi, “logos” – fan) – insoniyat o’tmish tarixini moddiy madaniyat yodgorliklari (mehnat qurollari, asbob-anjomlari, qurol-yarog’lari, turar joylari, qurilishlari, qabrlarini) qazishmalar orqali o’rganuvchi fan.

periodization

Переоди

зация

davrlashtirish

insoniyat tarixini ijtimoiy-iqtisodiy hayot va turmush tarziga qarab ma’lum davrlarga bo’lish.

etymology

этимология

etimologiya

(yunoncha “etymon” – haqiqat, chin, “logos” – fan) – biron bir so’z yoki atamaning kelib chiqishi, uning boshqa so’zlar bilan o’zaro yaqinlik aloqalarini o’rganuvchi fan sohasi.

ethnography

этнография

etnografiya

(yunoncha “etnos” – xalq, “grapho” – yozaman) – tarixning yordamchi fan sohasi bo’lib, xalqlarning urf-odatlari, xo’jaligi va madaniyatini; xalqlar, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmushi, tarixiy va madaniy munosabatlarini o’rganadigan ijtimoiy fan.

epigrafy

эпиграфика

epigrafika

qadimgi bitik, yozuvlarni o’rganuvchi fan.

genealogy

генеология

geneologiya

(yunoncha “genealogia” – shajara, nasl-nasab) – 1) Insonlar shajarasini, qarindosh-urug’chilik aloqalarini o’rganuvchi tarixning yordamchi fan sohasi.

heraldry

гералдика

geraldika

Davlat nishonlari va muhrlarini o’rganuvchi fan.

gnoseology

гносеология

gnoseologiya

(yunoncha “gnosis” – bilim, “logos” – fan) – borliqni, dunyoni bilish va chin haqiqatga erishish haqidagi hamda bilishning manbalari va shakllari to’g’risidagi ta’limot. Borliqni bilish nazariyasi.

linguistics

Лингвис

тика

lingvistika

qadimgi tillarni o’rganuvchi fan.

methodology

методология

metodologiya

(yunonca “methodos” – yo’l, usul, “logos” – ta’limot) – insonning amaliy va nazariy faoliyatini to’g’ri uyushtirish va tuzish to’g’risidagi ta’limot.

numizmatics

Нумизма

тика

numizmatika

tangashunoslik fani. Qadimiy tangalardagi belgi-rasmlar, tasvirlar, tamg’alar va yozuvlar orqali ijtimoiy-siyosiy tarixning ayrim jihatlarini o’rganuvchi tarixning yordamchi fan sohasi.

chronology

хронология

xronologiya

(yunoncha “xronos” – vaqt, “logos” – fan) – tarixiy taraqqiyot bosqichlari, voqealarning davriy ketma-ketligini o’rganuvchi tarixning yordamchi fan sohasi.

animism

анимизм

animizm

(lotincha “anima” – rux, jon) – insonni o’rab turgan muhitda jonlar va ruxlarning mavjudligiga ishonish, go’yo ular kishilar, hayvonlarning hayotiga, tevarak atrofdagi olam, buyumlar va hodisalarga, ularning o’zgarishlariga ta’sir etib, ularni boshqaradi deb hisoblash.

Anthropo

genesis

Антропо

генез

antropogenez

(yunoncha “antropos” – odam, “genezis” – rivojlanish) –odamningkelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni.

the bronze age

бронзовый век

bronza davri

(jez davri) – mehnat qurollari asosan mis bilan qalayning aralashmasi – bronzadan yasalgani uchun shunday nom berilgan. Miloddan avvalgi 3-2-ming yilliklarni o’z ichiga oladi.

eneolit

энеолит

eneolit

(lotincha “aeneus” – mis, yunoncha “litos” – tosh) – mis-tosh davri.Mehnat qurollari ishlab chiqarishda birinchi marta mis ma’dani qo’llanila boshlangani uchun shunday nom berilgan. Eneolit davri 4-3-ming yilliklarni o’z ichiga oladi.

evolution

эволюция

evolyutsiya

(lotincha “evalutio”– ochilish, yozilish, takomillashish) – tadrijiyrivojlanish degan ma’noni anglatadi. Tabiat, jamiyat va ruxiy-ma’naviy rivojlanish konsepsiyalarini umumlashtirib ifoda etishga xizmat qiluvchi tushuncha.

fetishism

фетишизм

fetishizm

(fransuzcha “fetiche” – but, sanam, tumor) – tabiatdagijonsiz predmetlarga sig’inish.

culture

культура

madaniyat

– jamiyat taraqqiyoti davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritgan barcha moddiy va ma’naviy yutuqlarining majmuasidir.

mesolithics

мезолит

mezolit

(yunoncha “mezo” – o’rta, “litos” – tosh) – o’rtatosh davri. Muzliklarning chekinishidan mezolit davri boshlanib, u 12-7-ming yilliklarni o’z ichiga oladi.

late stone age

неолит

neolit

(yunoncha “neo” yangi, “litos” tosh ) – yangitosh davri. 6-4-ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Neolit davriga kelib insoniyat dehqonchilik, chorvachilik, kulolchilik, to’qimachilik va boshqa hunarmandchilik sohalarini o’rgandi.

paleolith

палеолит

paleolit

(yunoncha “paleos” – qadimgi, “litos” – tosh) – qadimgi tosh davri. Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tarixiy davr bo’lib 2,5-mln. yildan 12-ming yillikkacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.

petroglyph

петроглиф

petroglif

(yunoncha “petra” – tosh, “glyphe” – o’yish) – ibtidoiy odamlarga tegishli qoyatosh bitigi yoki tasviri.

civilization

Цивилиза

ция

sivilizatsiya

(lotincha “civilis” – fuqaro jamiyati, harbiylarsiz va cherkovsiz hayot) – jamiyat erishgan moddiy va ma’naviy taraqqiyot darajasi. Faqat insonga xos sun’iy olamni moddiy va ma’naviy jihatdan takomillashuvidagi muvaffaqiyatlari ko’rsatkichi.

ancestor

предок

ajdod

(arabcha “bobo” so’zining ko’pligi) – bobo degan ma’noni bildirib, shaxsning ilgarigi o’tgan ota-bobolarini anglatadi.

assimilation

Ассимиля

ция

assimilatsiya

(lotincha “assimilatio” – o’xshash, muvofiqlashish) – etnografiya va sotsiologiyada qabila, elat yoki xalqlarning bir biriga qo’shilib, aralishib ketishi.

generation

потомок

avlod

(arabcha “valad” – bola so’zining ko’pligi) – umumiy ajdodlaridan qarindoshlik munosabatlari bilan bir xilda uzoqlashgan kishilar guruhi.

relative

аймак, родня

aymoq

1) mo’g’ul va turkiy xalqlarda qadimgi urug’larning parchalanishidan kelib chiqqan turli tarmoqdagi o’zaro qon-qardosh oilalar birlashmasi yoxud ittifoqi. 2) O’rta asrlarda mo’g’ullarda yirik yer-mulk, ba’zan xonlik. 3) Aymoqlar – bugungi Afg’oniston va O’zbekistonda yashovchi bir qancha turkiy qabila va urug’larning umumiy nomi.

demography

демография

demografiya

(yunoncha “demos” – xalq, “grapho” – yozaman) – aholining joylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganuvchi ijtimoiy fanlardan biri. Aholi sonining o’zgarishi, uning bandligi, tabiiy ko’payishi va ko’chib yurishlari (migratsiya) ni o’rganish demografiyaning markaziy masalasi hisoblanadi.

people

эл, народ

el

bu atama eng qadimgi turkiy so’zlardan hisoblanadi. El avvalo bir joyning odamlari ma’nosini bildiradi; Xorazm eli, Qoshqar eli. Bir qabilaga mansub kishilarga qo’llaniladi; qipchoq eli, mang’it eli. El so’zi ba’zan xalq, millat ma’nolarida ham ishlatiladi.

country, nation

элат, родина

elat

kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatning kelib chiqishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos bo’lgan. Uni xalqning millat bo’lib shakllanishidan oldingi bosqichi deb ham ataydilar. Etnografiya fanida qoidaga ko’ra o’rtoq, dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholiga nisbatan “xalq”, ko’chmanchi chorvador aholiga nisbatan “elat” tushunchalari ham qo’llaniladi.

iran

иран

eron

Amudaryodan janub tomon yoyilgan hududlar. Avestoda Eron haqida gap ketganda ko’chmanchi chorvador turlardan farqli ravishda, dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi urug’ va qabilalar yurti tushunilgan.

Chorvador oriylarning shimoliy mintaqalardan kelib Eron adirlariga o’rnashib qolgan joylar Avestoda “Ariana” deb nomlangan. Eron Ariana so’zining yangi shaklidir.



ethnic process

этнический процесс

etnik jarayon

kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo’lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo’shilib, aralashib borish jarayoni

ethnic history

этнический история

etnik tarix

biron bir xalqning etnik shakillanishi nihoyasiga yetganidan keyingi tarixi. O’zbek xalqining etnik tarixi XI-XII asrlardan doshlandi va u XIXasrning oxiri XXasrning boshlarigacha davom etdi. XXasr boshlaridan o’zbek millatining shakllanish jarayoni boshlandi. Bu tarixiy jarayon hozirgacha davom etmoqda.

ethnogeny

этногенез

etnogenez

(yunoncha “etnos” – xalq, “genesis” – tug’ilish) – biron bir xalqning kelib chiqish jarayoni.

ethnonim

этноним

etnonim

biron bir xalqning nomi.

mentality

менталитет

mentalitet

(lotincha “mens” – aql, fahm, zehn, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixan tarkib topgan tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o’ziga xos an’analari, rasm-rusmlari, urf-odatlari va diniy e’tiqodlarini ham qamrab oladi.

nation

нация

millat

kishilar uyushuvining eng oliy formasi bo’lib, u kishilarning madaniy va psixologik ongi (mentaliteti) bilan ajralib turadigan shaklidir. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanib borishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi bilan elatlar va xalqlar millatga aylanadi

aryans

арийцы

oriylar (ariylar)

Oriy so’zi “erkin” degan ma’noda tarjima qilinadi. Avestoga ko’ra, ariylar ijtimoiy hayotda jamoaning erkin, ozod, jangovar mulkdorlar tabaqasi bo’lib, mana shu tabaqa va uning oila a’zolari o’z urug’-aymoqlaridan farqli o’laroq “ozodlar” ya’ni “oriylar” deb yuritilgan. Ular yashagan yurt oriylar vatani, oriylar kengligi, ya’ni “Aryanam Vaychah” deb nomlangan.

turk, turkish

тюрк, тюрки

turk, turkiylar

Jahondagi eng qadimiy yirik etnoslardan birining nomi. Ushbu atama ilk bor qadimgi xitoy manbalarida bundan 3,5-4-ming yil muqaddam rasmsimon ierogliflarlarda “tiek” va “tiauk” shaklida uchraydi. Turk so’zi baquvvat, barkamol, odillik kabi ma’nolarni anglatadi degan fikrlar mavjud.

Turkestan

Tуркестан

Turkiston

tom ma’noda turkiy xalqlarning tarixan tarkib topgan va keng yoyilgan tarixiy-geografik hududi. Ba’zi olimlar Turkistonni Turonning islomiy vorisi deb hisoblaydilar. 639-yilda Turfonda tuzilgan sug’d hujjatida O’rta Osiyo mintaqasining nomi sifatida ilk bor ishlatilgan. “Turkiston” atamasi “O’rta Osiyo” va “Movarounnahr” nomlaridan farqli ravishda nafaqat geografik, balki etno-geografik tushunchani anglatib, shuningdek, siyosiy-huquqiy mazmunga ham ega.

Turan

Tуран

Turon

(forscha “turon” – turkiylar degan ma’noni anglatadi) – turkiy xalqlar yashaydigan hududlarni bildiruvchi ijtimoiy, tarixiy-etnik atama.

“Turon” atamasi bundan 3000-2500-yillar muqaddam qo’llanila boshlangan. Avestoda chorvachilik bilan shug’ullanuvchi qabilalar “turlar” deb, turlar yurti esa “Turon” deb atalgan.



uzbek

узбек

o’zbek

“O’zbek” atamasining kelib chiqishi xususida fanda ikki xil yondoshuv mavjud: birinchi guruh tadqiqotchilar “O’zbek” atamasining kelib chiqishini Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1342) bilan bog’lasalar, ikkinchi guruh olimlar “o’zbek” atamasi o’rta asrlarda Dashti Qipchoqda yashovchi ko’chmanchi xalqlarning boshqalarga tobe bo’lmagan, “o’ziga bek”, “o’z-o’ziga bek”, talqinidan kelib chiqqan deb hisoblashadi.

anahits

анахита

anaxita (nohid)

zardushtiylikda yer-suv, hosildorlik, farovonlik ilohasi.

ardvisura

ардвисура

ardvisura

Zardushtiylarning daryo va suv xudosi. Avestoning yasht kitobidagi 5-bob unga bag’ishlangan (“Ardvisura-yasht”).

avesta

авесто

avesto

o’rta fors tilidan “apastak” ya’ni “asos” deb tarjima qilinadi. O’rta Osiyoning ajralmas qismi hisoblangan Turonzamin hududlarida shakllangan qadimiy din – zardushtiylikning muqaddas kitobi. Unda o’zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg’on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy axloqiy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan bog’liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-axloqiy qarashlar o’z ifodasini topgan.

ahriman

ахриман

axriman

zardushtiylik dinida zulmat, ochlik, o’lim, gunoh va qabihliklar ilohi.

ahuramazda

ахурамазда

axuramazda

zardushtiylik dining bosh xudosi. Ezgulik xudosi, insonga doimo yaxshilikni ravo ko’ruvchi ilohiy kuch.

azarhurra

азархурра

azarxurra

zardushtiylik dini ibodatxonalarida doimiy yonib turadigan muqaddas olov.

dax’yu

дахью

dax’yu

Avestoda qabilalar ittifoqi. Dax’yu shuningdek, viloyat, mamlakat ma’nosini ham anglatgan.

kavi

кави

kavi

Avestoda mamlakat sardori, mamlakatni idora qilgan shaxs. Ya’ni diniy va dunyoviy hokimiyat egasi.

mitra

митра

mitra

zardushtiylik dinida quyosh va yorug’lik xudosi. Dehqonlar va chorvadorlar himoyachisi, hosil va ma’murchilik, to’kin-sochinlikni ta’minovchi, Axuramazda bilan odamlar o’rtasidagi asosiy vositachi bo’lgan. Mitra jangchi yigit qiyofasida tasvirlangan.

nmana

нмана

nmana

Avestoda katta patriarxal oila jamoasi.

ossuariy

оссуарий

ostadon

Zardushtiylarning dafn marosimiga tegishli odam suyaklari saqlanadigan sopol idish, sandiqcha.

spitama

спитама

spitama

Payg’ambar Zardusht urug’ining nomi.

videvdat

видевдат

videvdat

Avestoning to’rt kitobidan biri. Videvdat Avestoning birmuncha yosh, lekin to’liq saqlangan kitobidir. U 22 bobdan iborat bo’lib, unda “devlarga qarshi kurash” qoidalari haqida gap boradi.

vis

вис

vis

Avestoda urug’ jamoasi.

huma

хумо

xumo

Baxt va boylik ilohasi. Ko’zga ko’rinmas jannat qushi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko’ra Xumo qushi kimning boshiga soya solsa, o’sha kishi baxtli va boy bo’ladi deb hisoblashgan.

yasna

ясна

yasna

Avesto kitobining bizgacha yetib kelgan qadimgi qismlaridan biri. Yasna kitobi 72 bobdan iborat bo’lib, ulardan 17 tasi “Gohlar” payg’ambar Zardushtning “muqaddas madhiyalari”dan iborat

yasht

яшт

yasht

Avesto kitobining bizga yetib kelgan eng qadimgi qismlaridan biri. Yasht kitobi 21 bobdan iborat bo’lib, unda yozuvsiz zamonlardagi eroniy qabilalarning diniy tasavvurlari, afsonaviy qahramonlar va xudolarga bag’ishlangan madhiyalar to’plangan. U qadimgi qabilalarning og’zaki ijodi asosida paydo bo’lgan.

zand

зенд

zand

Avesto oyatlarining fors tilida bitilgan sharhlari.

zantu

занту

zantu

Avestoda qabila jamoasi.

Zoroastrian

Zароастр

Zardusht

Zardushtiylik dinining bosh islohotchisi. Tarixiy shaxs. Zardushtning tug’ilgan joyi aniq emas. Olimlarning taxminiy faraz qilishlaricha u Turonzamin viloyatlaridan birida, ya’ni Xorazm yoki Sug’diyonada kohinlar oilasida tug’ilib o’sgan. U Spitama urug’idan bo’lib, otasining simi Porushasp, onasining ismi Dug’dova bo’lgan. Taxminan miloddan avvalgi 630-553-yillarda yashab o’tgan. Dariy tilida “ushtra” tuya, “zarat” keksa sariq tuya ma’nosida. Zardusht – tuyachi, tuyachilar avlodidan degan ma’noni bildiradi.

Afrasiyab

Aфрасиаб

Afrosiyob

Samarqandning eng qadimgi qismi. Miloddanavvalgi VIII-VII asrlarda bunyod etilgan. Afrosiyob tepaligi hozirgi Samarqandning Sharqiy chekkasida joylashgan bo’lib, uning maydoni 219 gektarni tashkil etadi.

Araks

Aракс

Araks

Amudaryoning qadimgi nomi. Yunon tarixchilari (Gerodot) asarlarida Amudaryo shunday nomlangan.

Baktria

Bактрия

Baqtriya

geografik hudud. Qadimgi Baqtriyaga hozirgi Janubiy O’zbekiston (Surxondaryo), Janubiy-G’arbiy Tojikiston va Shimoliy Afg’oniston yerlari kirgan. Ilk o’rta asrlar davriga kelib qadimgi Baqtriya yerlarida ko’chmanchi turkiy qabila – toxarlar kelib joylashishi munosabati bilan Tohariston deb yuritilgan.

behistun bitiks

бехистунский надпись

behistun bitiklari

Shimoliy Eronda, Kirmonshoh shahri yaqinida, tog’ oralig’idan o’tgan qadimgi savdo yo’li yoqasidagi qoyaga ahmoniylar hukmdori Doro I (522-486) ning qadimgi fors, elam va akkad tillarida yozdirgan zafarnomasi. Unda qadimgi Sharq va O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari (xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg’iyonaliklar, saklar) haqida ma’lumotlar keltirilgan.

state, government

государство

davlat

bu sinfiy jamiyatda asosiy ishlab chiqarish vositalari egalarining umumiy manfaatlarini ta’minlovchi va uni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot. Ibtidoiy jamiyatda insoniyat jamiyati urug’-qabilachilik munosabatlari, urf-odat, rasm-rusmlari kabi axloqiy me’yorlar bilan boshqarilgan bo’lsa, sinfiy jamiyatda jamiyat a’zolari davlatning (hukmron sinfning) yozma erki bo’lgan (yozib qo’yilgan) huquq – qonunlar orqali boshqariladigan bo’ldi. Demak, davlat bu jamiyatni boshqaruvchi siyosiy mexanizmdir. Davlat o’z faoliyatini organlari (amaldorlar apparati, sud, qo’shin va h.k.) orqali yuritadi.

Ilk davlat birlashmalari miloddan avvalgi IV ming yillikda qadimgi Mesopotaniya va Misrda vujudga kelgan. Vatanimiz hududida dastlabki davlat birlshmalarining paydo bo’lishi miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi.



the state of ancient Baktria

древное Бактрийское государсво

qadimgi Baqtriya davlati

antik davr tarixchilari (Miletlik Gekatey, Gerodot, Ktesiy, Diodor) asarlarida eslatiladigan, Vatanimiz hududida vujudga kelgan eng dastlabki davlat birlashmalaridan biri. Yozma manbalardagi keltirilgan ma’lumotlar va keyingi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qo’lga kiritilgan ashyoviy dalillarga asoslanib, qadimgi Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi VII-VI asrlarda mavjud bo’lgan deb xulosa chiqarish mumkin. Poytaxni Baqtra (yinon tarixchilari asarlarida Zariasp).

the state of ancient Khorezm

древное Xарезмийское государство

qadimgi Xorazm davlati

– O’rta Osiyoda Ahmoniylar istilosiga qadar mavjud bo’lgan Vatanimiz hududidagi ilk davlat birlashmalaridan biri. Qadimgi Xorazm davlati haqida yozma ma’lumotlar juda kam bo’lib, bular asosan antik davr mualliflari tomonidan berilgan uzuq-yuluq ma’lumotlargina xolos. Qadimgi Xorazm davlati haqidagi dastlabki ma’lumotni Miletlik Gekatey (mil.avv. VI-V asr) va Gerodot (mil.avv. V asr) beradi.

the way of shah

царская дорога

shoh yo’li

Eron Ahamoniylari sulolasi davri (mil. avv. VI-IV asrlar) da mavjud bo’lgan muhim savdo yo’llaridan biri. Eron poytaxti Suza shahrini Mesopotamiya, Yaqin Sharq va Kichik Osiyo mamlakatlari bilan bog’lagan. Podsho Doro I buyrug’i bilan Shoh yo’lida bekatlar, karvonsaroylar, quduqlar qurilib, savdogarlarni otliq soqchilar tomonidan qo’riqlab borish xizmati ham joriy qilingan.

Ansi

Aнси

Ansi

Parfiya davlatinig (mil. avv. 250 – milodiy 224 y.) qadimgiXitoy manbalaridagi nomi.

antique period

античный период

antik davr

(lotincha “antiquus” – qadimgi) – O’rta Osiyo tarixining miloddan avvalgi IV asrdan (yunon-makedon istilosidan) boshlab milodiy V asrga qadar bo’lgan davri. Jahon tarixida esa, qadimgi Yononiston (Gretsiya) va qadimgi Rim tarixining milodiy 476-yilgaca bo’lgan davri tushuniladi.

budizm

буддизм

buddaviylik

paydo bo’lishi tarixiy davriga ko’ra, birinchi jahon dini hisoblanib, bundan 2600 yil avval shimoliy-sharqiy Hindistonda vujudga kelgan. Uning asoschisi shahzoda Siddxartxa Gautamadir. Siddxartxa vafotidan so’ng Budda (“Nurlangan”, “Oliy haqiqatga erishgan”, “Haqiqat najotkori”) deb atalgan. Budaviylik dinining nomi ana shundan olingan.

the great silk road

великий шелковый путь

buyuk ipak yo’li

G’arb bilan Sharqni bir necha asr mobaynida bir biriga bog’lab kelgan yo’l. Bu yo’l fanga 1877 yilda nemis olimi K. Rixtgofen tomonidan shunday nom bilan kiritildi. Unga qadar bu yo’l “G’arbiy meridional yo’l” deb atalib kelinardi. Buyuk Ipak yo’li 12 ming km. uzunlikda bo’lib, u Sariq dengiz sohillaridan boshlanib, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron, Mesopotamiya, Suriya orqali O’rta yer dengizi sohillarigacha davom etgan.

Davan state

государство Dавань

Davan davlati

(qadimiy xitoycha “Dayuan”) – Farg’ona vodiysidagi qadimgi davlat. Miloddan avvalgi II-I asrlarga oid Xitoy manbalarida keng, obod, boy mamlakat – Davan haqida ma’lumotlar keltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin uttifoqidan iborat davlat bo’lgan. Ulug’ hukmdor qarorgohi Gushanda bo’lgan.

ancient greek, hellene

эллинизация

ellinlashtirish

Qadimgi yunonlar o’zlarini ellinlar, yurtini esa Ellada deb atashgan. Ellinlashtirish deganda yunon-makedon istilosidan so’ng Sharqqa yunon madaniyatining yoyilishi va aralash madaniyatning – yunon va mahalliy Sharq madaniyatining tashkil topishi jarayoni tushuniladi.

Ershi

Эрши

Ershi

miloddan avvalgi III – milodiy II asrlarda mavjud bo’lgan Davan (Farg’ona) davlati poytaxtining xitoy manbalaridagi nomi.

fergana

фергана

Farg’ona

Ustrushona viloyatining shimoliy-sharqida, Sirdaryoning yuqori havzasida joylashgan tarixiy viloyat. Hozirgi Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlariga to’g’ri keladi. Farg’ona dastlab tarixchi Gerodotning “Tarix” asarida “parikaniylar yurti” nomi ostida eslatiladi. Farg’ona so’zi sug’d manbalarida “Fraganik” shaklida yozilib, “tog’lar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik” ma’nosini anglatadi. Xitoy manbalarida “Dayuan” ya’ni “Davan” deb yuritilgan.

kushon state

кушанское царство

kushon davlati

milodimizning I-IV asrlarda O’rta Osiyo, Afg’oniston, shimoliy-g’arbiy Hindiston va shimoliy-sharqiy Eron hududlarida hukmronlik qilgan sulola. O’zbek davlatchiligi tarixida Kushonlar davlati saltanat (imperiya) darajasiga ko’tarilgan dastlabki davlat birlashmasidir.

Marokanda

Mараканд

Maroqanda

Samarqandning yunon tarixchilari asarlaridagi nomi.

Margiana

Mаргиана

Marg’iyona

hozirgi Mari shahri atrofidagi tarixiy hudud. Murg’ob daryosi bo’ylari. Parfiya bilan Sug’diyona orlig’ida joylashgan.

Nautaka

Nаутака

Nautaka

Qashqadaryo vohasining sharqida joylashgan qadimgi viloyat.

oks

окс

oks

Amudaryoning qadimgi nomi.

parfiya

парфия

parfiya

Geografik hudud. Turkmanistonning janubi va shimoliy-sharqiy Eron yerlariga to’g’ri keladi.

politimet

политимет

politimet

Zarafshon daryosining qadimgi nomi. Tilshunos olimlar fikricha Zarafshon nomi Avesto tilida yorug’, oydin, ravshan ma’nosuni beruvchi “raoshana” so’zidan kelib chiqqan. Zarafshon so’zini qadimgi yunon tarixchilari o’z tillariga o’girib Politimet deb ataganlar.

kang’dez

кангдез

qang’dez

miloddan avvalgi III – milodiy III asrlarda mavjud bo’lgan Qang’ davlatining poytaxti.

kanguy

кангюй

qang’uy

Xitoyliklar tushunchasida Davan (Farg’ona)dan g’arbda joylashgan yurt. Hozirgi Toshkent vohasi, Chimkent viloyati va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlar. Miloddan avvalgi III asr o’rtalarida bu hududlarda Qang’uy (Qang’) davlati tashkil topadi. Bu davlat birlashmasi milodiy III asrlarga kelib parchalanib ketadi.

sogdiana

согдиана

sug’diyona

geografik hudud. Qashqadaryo va Zarafshon daryolari havzasi. Hozirgi Tojikistonning Panjikent tumani, O’zbekistonning Samarqand, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari o’rniga to’g’ri keladi.

yaksart

яксарт

yaksart (tanais)

Sirdaryoning yunon-rim tarixchilari asarlaridagi qadimgi nomi.

yuechjis

юэчжи

yuechjilar

qadimgi xitoy manbalariga ko’ra yuechji qabilalari miloddan avvalgi IV-III asrlar chegarasida Mongoliya hududida yashovchi xunnlarning qo’shnilari bo’lishgan. Miloddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmiga kelib yuechjilar juda katta kuchga aylanganlar va xunnlarning boshlig’i ularga o’lpon to’lashga majbur bo’lgan. Ammo bir oz vaqt o’tgach xunnlar sardori Maodun xunnlarni kuchli hokimiyat ostida birlashtirib, bu ko’chmanchi qabilalarni qudratli kuchga aylantirdi.

the kingdom of greek-baktria

греко-бактрийский царство

yunon-baqtriya podoshligi

miloddan avvalgi 250-yildan 140-130-yillar orasida mavjud bo’lgan davlat. Salavkiylar davlatida aka-uka Salavk II va Antiox Giyerakslar o’rtasida hokimiyat uchun o’zaro kurash avjiga chiqqan bir paytda Salavkiylarning Baqtriyadagi noibi Diodot o’zini mustaqil deb e’lon qiladi. Yangi tashkil topgan davlatning hududi Baqtriya yerlariga to’g’ri kelsada, uni boshqargan podsholar asli kelib chiqishi yunonardan edi. Yunon-Baqtriya davlatiga miloddan avvalgi 140-130-yillarda shimoliy-sharqdan O’rta Osiyo hududlariga kirib kelgan ko’chmanchi yuechji qabilalari barham beradi.

alexander

зулкарнаин

zulqarnayn

Aleksandr (Iskandar) Makedonskiyning (mil. avv. 356-323-y.) Sharq tarixiy qo’lyozmalarida laqabi.

choch

чач

choch

tarixiy-geografik hudud. Sirdaryoning o’rta havzasi, hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’iston yerlariga to’g’ri keladi. Choch atamasi qadimgi yozma manbalarda miloddan avvalgi I ming yillikning 2-yarmidan boshlab uchraydi. Bu o’lkada qadimdan Avestoda nomi keltirilgan turlar va qadimgi forsiy bitiklarda eslatiladigan ko’chmanchi saklar yashaganlar. Arablar mazkur hududni Shosh deb atashgan.

persian, iranian

ажам

ajam

arablar o’zlari bosib olgan hududlar, jumladan Yaqin va O’rta Sharq, asosan hozirgi Eron hududlarini shunday ataganlar.

ansors

ансары

ansorlar

islom tarixida 622-yilda Makkadan Madinaga ko’chib kelgan musulmonlarga va ularning payg’ambari Muhammad sallallohu alayhi vasallamga yordam bergan islom dinini qabul qilgan madinalik avs va hazraj qabilalarining a’zolariga nisbatan qo’llaniladigan nom. Ansorlar Makkadan ko’chib kelgan muhojirlar bilan birga ilk musulmonlar jamoasini tashkil etishgan.

citadel

арк

ark

qadimda va o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida shaharlarning hokimlar joylashgan ichki qismi, ya’ni “o’rda”. Arkda asosan hukumat idoralari, amaldorlarning uylari, devonxona, tanga zarb qilinadigan zarbxonalar joylashgan. Odatda ichki shahar–arkham qalin mudofaa devori bilan o’rab olingan.

place of pilgrimage in mecca

байталлах

(дом бога)

baytulloh

Makka islom dinining yagona markaziga aylanganidan keyin Ollohning uyi–Ka’baga berilgan nom.

budun

будун

budun

Turk xoqonligi davrida ko’chmanchi chorvador aholi.

buhorhudot

бухархудат

buxorxudot

ilk o’rta asrlarda Buxoro mahalliy hukmdorlari. 707-708-yillarda Buxoroni arablar bosib olganidan keyin buxorxudot hukmdorlarligi o’z mavqeini yo’qotdi. VII asr oxiri VIII asr boshlarida Buxoroda Bidun, Tug’shoda, Buniyot va Sikun ismli buxorxudotlar hukmronlik qilganlar.

peasant

дихкан

dehqon

Ilk o’rta asrlarda katta yer egasi, hukmron tabaqa. “Qishloq hokimi” degan ma’noni anglatadi. O’rta asr yevropasidagi feodallar tabaqasiga to’g’ri keladi.

XI-XII asrlarga kelib (Qoraxoniylar davrida) dehqon atamasi ilgarigi nufuzli boy yer egasiga emas, balki oddiy qishloq xo’jaligining erkin ziroatkor jamoasi a’zolariga nisbatan qo’llanila boshlangan.



eftaliys

эфталиты

eftaliylar

O’rta Osiyo va unga yaqin mamlakatlar xalqlarining etnogenezi va tarixida muhim rol o’ynagan yirik turkiy tilli qabilalar uyushmasi. Ularning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bayon etilgan. Garchi eftaliylarning tarkib topish joyi qat’iy aniqlanmagan bo’lsa-da, ular turkiy etnik elementlar aralashgan O’rta Osiyolik qabilalar negizida shakllanganligi ma’lum. 563-567-yillarda janubdan Eron sosoniylari, shimoldan Turk hoqonligi zarbasiga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so’ng tamomila barbod bo’ladi.

hakan

каган

hoqon

turk, xitoy, mo’g’ul hukmdorlari unvoni. Xoqon atamasi birinchi marotaba 312-yilga oid bo’lgan Xitoy yilnomalarida uchraydi. Dastlab jujan qabilalari boshliqlari hoqon deb atalgan. VI asr o’rtalaridan Turk hoqonligi hukmdorlari ham hoqon nomini olgan, keyinchalik boshqa turk qabilalari hukmdorlari ham o’zlarini xoqon deb atay boshlaganlar

ilak

илак

iloq

hozirgi Toshkent viloyatining janubi, Ohangaron daryosi havzasining ilk o’rta asrlardagi nomi. Tunkat va Suyurlitepa Iloqning yirik shaharlari hisoblangan.

iskandari soniy”

второй александр

iskandari soniy”

Muhammad Xorazmshohni (1200-1221) saroy mulozimlari shunday nom bilan ulug’lashgan.

ikhshids

ихшиды

ixshidlar

ilk o’rta asrlarda Sug’d va Farg’ona hukmdorlari unvoni.

jaikhun

жейхун

jayxun

Amudaryoning o’rta asrlardagi nomi. Eng qadimiy nomi O’kuz (turkiycha “katta daryo”). Qadimgi yunonlar uni buzib Oksus (Oks) deb ataganlar.

kidaries

кидариты

kidariylar

milodiy V asr boshlarida Movarounnahrning ichki viloyatlariga O’rta Osiyoning shimoliy-sharqidan ko’chib kelgan turkiyzabon ko’chmanchi qabilalar.

malikshokh

маликшах

malikshoh

Ilk o’rta asrlarda Tohariston hukmdorlarining unvon.

movarounnahr

мавареннахр

movarounnahr

arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi “daryo orqasidagi yer” degan ma’noni anglatadi. Arablar O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin Amudaryodan shimolga qarab cho’zilgan O’rta Osiyo yerlarini Movarounnahr deb ataganlar.

sosonies

сасаниды

sosoniylar

Download 172.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling