Tarix va ijtimoiy fanlar


Download 172.66 Kb.
bet5/11
Sana20.07.2020
Hajmi172.66 Kb.
#124338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MARKAZIY OSIYO QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARI


Yenisey bitiklari – mashhur rus xaritashunos olimi S.U.Remezov tomonidan XVII asr oxirida yenisey havzasidan (hozirgi Xakas avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. S.U.Renezovdan keyin ushbu bitiklar haqida shvetsiyalik harbiy asir F.Stralenberg (Tabbert) ham ma'lumot beradi. U yenisey havzasidagi qabrlardan toshga o‘yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuvlar haqidagi ma'lumotlar birinchi marta XIX asrning birinchi choragida “Sibirskiy vestnik” jurnalida e'lon qilingan. 1889 yili fin olimlari yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini tuzganlar.

Mo‘g‘ulistondan topilgan bitiklar. Bular orasida To‘nyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon va Ongin bitiklari muhim o‘rin tutadilar.

To‘nyuquq bitigi – Ulan-Batordan 66 km janubiy – sharqda, Bain Sokto manzilida joylashgan. Ikkinchi turk hoqonligining asoschisi Eltarish hoqon (681 – 691 y.y.)ning maslahatchisi sarkarda To‘nyuquqqa atalgan bo‘lib, 712 – 716-yillarda yozilgan. Er–xotin Klemenslar tomonidan 1897 yili topib o‘rganilgan. V.V.Radlov tomonidan 1899 yili, V.Tomsen tomonidan 1922 yili, X.Sheder tomonidan 1924 yili, D.Rodss tomonidan 1930 yili, G.Aydarov tomonidan 1971 yili yaxshi o‘rganilgan. Bitik nemis, daniya, ingliz va rus tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. G‘.A.Abduraxmonov hamda A.Rustamov tomonidan o‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilinib 1982 yili chop etilgan.

Kul tegin bitigi – Bilga hoqonning (716 – 734 y.y.) inisi 731 yili vafot etgan Kul tegin sharafiga yozilgan. Mo‘g‘uliston Kosho Saydan vodiysida Ko‘kshin O‘rxun daryosi bo‘yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrinsev tomonidan 1889 yili topilgan. Bitik V.V.Radlov tomonidan 1891 yili, A.Xaykel tomonidan 1892 yili, V.Tomsen tomonidan 1896 yili, P.M.Melioranskiy tomonidan 1897 yili, X.Sheder tomonidan 1924 yili, S.ye.Malov tomonidan 1951 yili, G.Aydarov tomonidan 1971 yili yaxshi o‘rganilgan. Bitik nemis, fransuz, ingliz va rus tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. G‘.A.Abduraxmonov hamda A.Rustamov tomonidan o‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilinib 1982 yili chop etilgan.

Bilga hoqon bitigi – Kul tegin bitigidan 1 km janubiy – g‘arbda Ko‘kshin O‘rxin daryosi havzasidan topilgan. Obida 735 yili bitilgan. Bitik V.V.Radlov, S.ye.Malov, V.Tomsen, P.M.Melioranskiy tomonidan o‘rganilgan va chop etilgan.

Ongin bitigi – Mo‘g‘ulistonning Kosho Saydan vodiysidan Kimga atalgani aniq ma'lum emas. Ba'zi fikrlarga qaraganda Eltarish hoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga 735 yili, boshqa fikrga ko‘ra Qopog‘on hoqon (691–716 y.y.)ga, yana boshqa ma'lumotlarga qaraganda Bilga hoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish sharafiga tax.731 yili qo‘yilgan. Bitik 1892 yili V.V.Radlov va 1957 yili J.Kloson tomonidan o‘rganilib, rus va ingliz tilida nashr qilingan.

Yuqorida keltirib o‘tilgan Mo‘g‘ulistonda topilgan bitiklardan tashqari Qorabalsag‘un shahri (Ulan – Batordan 400 km janubda joylashgan qadimiy shahar) xarobalaridan, Xoyto Tamir, Cho‘yren, Beyshin–Udzur, Bayan – Xo‘ngir kabi joylardan topilgan yozuvlar ham muhim ahamiyatga egadir.



Oltoydan topilgan bitiklar – Chorish, Katandi daryolari. Qo‘shog‘och hamda tog‘li hududlardan topilgan bitiklarni aytib o‘tish mumkin. Ushbu bitiklarning O‘rxun – yenisey bitiklaridan farq qiladigan tomonlari shundan iboratki, bu bitiklar etnografik materiallarga boydir. Oltoydan topilgan yozuvlar P.M.Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M.Nadelyaev, D.D.Vasilev tomonidan e'lon qilingan.

Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar – Turfon vohasidagi g‘orlarda joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar alohida o‘rin tutadi. Bitiklar asosan V.Tomsen tarafidan chop etilgan.

Qozog‘iston hamda Qirg‘izistondan topilgan bitiklar – ushbu bitiklar XX asrning 60–70 yillarida topilgan. Lekin, hali to‘liq o‘rganilmagan. Bular orasida Talas vohasidan (Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqo‘rg‘on, Urjor, Sirdaryo, Ila, Olma ota, Tolg‘ar, Tinbas) topilgan bitiklar muhim ilmiy ahamiyatga egadir.

Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston hududidan topilgan bitiklarning ba'zilari S.Sodiqov, M.ye.Masson, A.N.Bernshtam, A.S.Omanjolov, G.Musaboev, Ch.Jumag‘ulov hamda G.Karag‘ulovlar tomonidan o‘rganib chiqqilgan va e'lon qilingan.



Qadimiy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) – Farg‘ona, Oloy vodiysi hamda Janubiy O‘zbekiston va Tojikiston hududidan, ya'ni Bekobod, Isfara, Marg‘ilon, Andijon, Quvasoy, O‘sh, O‘zgan, Kofirnihon, shuningdek So‘g‘ddan ham topilgan. Ushbu bitiklar A.N.Bernshtam, B.A.Litvinskiy, V.A.Bulatova, E.R.Tenishev, Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan o‘rganilgan.

Turkiy bitiklar o‘z navbatida Markaziy Osiyo tarixiga oid qadimiy yozma manbalardan biri bo‘lib, Markaziy Osiyo shu jumladan, O‘zbekiston hududlarining ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixi haqida ma'lumot beruvchi bitiklardir.


Nazorat savollari:

1. Ilk o‘rta asrlardagi yozma manbalar Markaziy Osiyo tarixini yoritishda qanday o‘rin tutadi?

2. Ilk o‘rta asrlardagi yozma manbalar Markaziy Osiyo tarixini yoritishda qanday ahamiyatga ega hisoblanadi?

3. Turkiy – run manbalarini o‘rganishning o‘ziga xos jihatlari va ularning mohiyati nimalardan iborat?

4. Markaziy Osiyo tarixini yoritishda turkiy – run manbalari qanday ahamiyatga ega?

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

2. Sagdullayev A. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda. – T., 1996.

3. Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar O‘quv qo‘llanma. - T.: “Yozuvchi”, 2000.

4. Xo’jayev A., Xo’jayev K. Qadimgi manbalarda xalqimiz o’tmishi. – T., 2001.

5. O’zbekiston Milliy Enseklopediyasi 1 – 12 jildlari.

6. Choriyev Z., Shaydullayev Sh.O’zbekiston hududida yozuvning paydo bo’lishi va taraqqiyoti. – T., 2007.

7. Rahmonov N., Matboboyev B. O’zbekistonning ko’hna turkiy – run yozuvlari. – T., 2006.


8 – Mavzu: Sug’d yozma manbalari
REJA:

1. Sug’d yozuvining shakllanishi

2. Sug’d yozma manbalarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

3. Sug’d yozma manbalarini ilmiy jihatdan o’rganilishi

4. O’zbekistonda Sug’d yozma manbalarini o’rganish borasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning ahamiyati
Tayanch tushunchalar:

Yozma manbalar, huquqiy hujjatlar, Sug’dliklar, Sug’diyona, numizmatik materiallar, oromiy yozuvi, somiy alifbosi, sug’d yozuvi, Mug’ tog’i, Choch, Farg‘ona, Ustrushona, Xo’jand, Panjikent, Samarqand, Yettisuv, Oltoy, alifbo, runiy yozuvi, uyg’ur yozuvi.
Ma’lumki yozma manbalar insoniyat tarixida ancha qadimdan shakllangan bo‘lib, uning negizini yozuv tashkil qiladi. Yozuv o‘z navbatida jamiyat madaniy taraqqiyotining tarixidan so‘zlaydi va yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi orqali muloqot vositasi vazifasini o‘taydi. Yozuv jamiyatda uzoq masofada muloqot o‘rnatish va inormatsiyani saqlash zaruratidan kelib chiqib yaratilgan. Yozma manbalar qo‘lyozma fondlari, muzeylar, kutubxonalar, shaxsiy kolleksiyalar va h.k. joylarda mavjud. Yozma manbalarni yaratilish vaqtiga qarab qadimgi, o‘rta asrlar, yangi davr hamda regional aspektda tillar, siyosiy tuzilmalar, alohida manbalar shaklida qismlarga ajratish mumkin.

Muhimi shundaki, sug‘diy yozuv orqali bizgacha eramiz boshlaridan to X–XI asrlarga qadar yozilgan ko‘plab noyob yodgorliklar yetib kelgan. Ular orasida turli davr va hududlarga oid ko‘plab numizmatik materiallar (tanga yozuvlari), metall, sopol yog‘och, charm, qog‘oz va boshqa buyumlarga bitilgan matnlar, shaxsiy maktublar, diniy, axloqiy-falsafiy matnlarning parchalari, xo‘jalik, huquqiy va diplomatik hujjatlar bor.

Ana shunday yodgorliklarning katta guruhi Tojikistondagi Panjikent yaqinida Mug‘ tog‘i tepasidagi qadimgi qasr xarobasidan topilgan sug‘diy hujjatlaridir. Mug‘ tog‘i sug‘diy arxivi deb yuritiluvchi bu majmua VII asr oxiri–VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni o‘z ichiga oladi. Ushbu hujjatlarning tarixiy jihatdan ahamiyati beqiyos. Chunonchi, ularda Choch, Farg‘ona, Ustrushona, Xo’jand, Panch (Panjikent), Samarqand kabi voha hukmdorliklariga aloqador voqeliklar, mintaqada arab istilosi va unga qarshi mazkur hukmdorliklarning ittifoqchilikdagi harbiy harakatlarni tashkil etishga undovchi yozishmalar, xususan, ushbu harakatlarning tashabbuskori bo‘lgan turk xoqonlariga Panch hukmdori Devashtichning murojaati va hokazolar o‘rin olgan.

Sug’d yozuvi – milodiy 19-asrlarda mavjud bo‘lgan, oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovush yozuvi. U bir manba oromiy yozuvidan tarqalganligiga ko‘ra suryoniy yozuviga yaqin turadi, lekin ular parallel holda mustaqil shakllanib, rivojlanganlar. Zarafshon daryosining vodiy va yuqori oqim qismlarida joylashgan Sug‘d (Sug‘diyona) viloyatida qo‘llangan.

Sug’d yozuvi somiy alifbolar singari konsonant yozuv bo‘lgan, ya’ni harflar asosan undosh tovushlarni ifoda qilgan; unli tovushlar maxsus belgilarga ega bo‘lmagan. Dastlab unda 2223 harf mavjud bo‘lib, ularning deyarli barchasi qadimiy oromiy prototipiga borib takalgan va joylashishi ham oromiy alifbosidagi singari bo‘lgan. Keyinchalik, 4-asr boshlarida ba’zi harflarning alifbodan chiqib ketishi, ba’zi harflarning shaklan bir-biriga yaqinlashuvi, o‘xshab qolishi natijasida harflar soni 17 tadan iborat bo‘lib qolgan. Sug’d yozuvi dastlabki paytlarda grafik shakllari bo‘yicha oromiy yozuvidan unchalik farq qilmagan, ligaturalar ko‘p bo‘lmagan. 7-asr o‘rtalarida esa Sug’d yozuvining qiya (kursiv) shakli paydo bo‘lishi bilan ligaturalar ko‘paygan, ko‘plab harflarning yozilishi bir-biriga o‘xshab qolgan. Bu holat qiya yozuvni qiyinlashtirgan va qo‘shimcha diakritik belgilar qo‘llanishini taqozo etgan.

Sug’d yozuvi asosan gorizontal holatda o‘ngdan chapga qarab yozilgan. Ammo sug‘dlar 6-asr oxiridan boshlab vertikal yo‘nalishda ham (devorlar va kryalarda) yozganlar, vertikal satrlar chapdan o‘ngga tomon joylashib borgan.

Sug’d yozuvining milodiy 1-asdga oid eng qadimiy namunasi Samarqand yaqinidagi Talli Barzu degan joydan topilgan, eng so‘nggi namunalari esa 8-asr oxiri9-asr boshlariga mansub. Yodgorliklarning ko’pi 20-asrda Sharqiy Turkistondan topilgan. Shulardan biri 808821 yillarda hukmronlik qilgan xoqon sharafiga bitilgan, uch tildagi (sug‘d, qadimiy turk va xitoy) qabr toshi yozuvidir. Sug’d yozuv namunalarining aksariyati 48-asrlarga tegishli bo‘lib, ulardan Mug‘ qal’a xarobasidan topilgan hujjatlar (1933) muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu hujjatlar va sug’d yozuvining ba’zi boshqa yodgorliklarida sug‘d adabiy tili me’yorlari, uning adabiy-badiiy uslubi yaqqol seziladi. Sug’d yozuvi o‘z navbatida, qadimiy turkiy runik yozuvi hamda uyg‘ur yozuvini shakllantirish uchun asos bo‘lgan.

Sug’d yozuvini va sug‘d tilini o‘rganishga Sankt-Peterburglik olim V.A.Lifshits katta hissa qo‘shgan.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham o‘ziga xos sug‘dshunoslik maktabi vujudga kelgan. Professor M.Is’hoqov va uning shogirdlari sug‘d yozuvi, sug‘d tili va adabiyotining turli jihatlarini, xususiyatlarini o‘rganib kelmoqdalar. Sug’d yozuvi yodgorliklarining asosiy qismi Sankt-Peterburg, London, Parij, Berlinda saqlanmoqda.



Sug’d tili – eroniy tillarning shimoliy-sharqiy guruhiga mansub o’lik til. Zarafshon daryosi vodiysi (hozirgi O‘zbekiston va Tojikiston hududi)da joylashgan Sug‘d (Sug‘diyona) davlatining rasmiy tili hisoblangan. “Sug‘d” toponimi qadimiy yozma manbalardan “Avesto”da uchraydi. Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, 89asrlar sug’d tili asosiy yozma va og‘zaki aloqa tili hisoblangan. Keyinchalik, arablar bosqinidan so’ng, sug’d tili arab, klassik fors (tojik) tillari hamda turkiy tillar tomonidan siqib chiqarilgan. Sug’d tilining uzil-kesil yo‘qolishi XII–XIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu tilning ba’zi (asosan lug‘aviy) unsurlari hozirgi o‘zbek va tojik tillariga singib ketgan.

Sug’d tili bir necha sheva va lahjalarga bo‘lingan. Sug‘diyona hamda uning G‘arbiy Xitoydagi mustamlakalarida topilgan yodgorliklar tili sug‘diy shevalarning g‘arbiy guruhini aks ettiradi. Sharqiy sug‘d tarmog‘i esa rivojlanib, hozirgi yag‘nob tiliga asos bo‘lgan.



Sug‘d yozuvi qadimiy oromiy yozuvi asosida milodiy 1-asr boshlarida shakllangan. Turli davrlarda o‘zgarib borganligi tufayli bir necha ko‘rinishga ega. Eng qadimiy yodgorliklari 2–4-asrlarga mansub. Ular Sharqiy Turkiston, Tojikiston (Mug‘ qal’a xarobasi), Afrosiyob, Toshkent, Quva va boshqa joylardan topilgan. Afrosiyobdan topilgan 16 satrli hujjat matni 7-asr o‘rtalaridagi O‘rta Osiyo xalqlari hayoti haqida qiziqarli ma’lumot beradi.

Makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyoga qilgan yurishi davrida sug‘dlar tomonidan mudofaa qilingan Navtaka yaqinidagi tog‘ qal’asi Sug’d qoyasi nomi bilan ataladi. Antik davr tarixchilari tog‘ cho‘qqilaridagi tabiiy himoya xususiyatiga ega bo‘lgan qal’a va qo‘rg‘onlarni “qoya” (yunoncha “petra”) deb ataganlar. 328–327 yillar qishini Aleksandr Navtakada o‘tkazgan. Bahorda esa Sug’d qoyasiga yaqinlashgan. Sug‘dlarning ko‘pchiligi shu qoyaga qochib jon saqlagan. Sug‘dlar u yerga ancha vaqtga yetadigan oziq-ovqat olib chiqishgan. Qish faslining seryog‘in kelganligi qal’adagilarni suv bilan ta’minlagan, makedoniyaliklarni esa qal’aga yaqinlashishlariga to‘sqinlik qilgan. Aleksandr qal’adagilarga muzokara olib borishni taklif etgan va Sug’d qoyasini topshirishsa ularni omon qoldirishini aytgan. Qamaldagilar “qal’ani olish uchun qanotli askarlar izlab topish kerak” deb, taklifni rad etishgani Aleksandrning g‘azabini keltirgan. Aleksandr kimki 1-ci bo‘lib qoyaga chiqsa 12 talant, 2–3–mukofotlarni, eng oxirida chiqqan askar 300 darik olishini e’lon qilgan. U qamal paytida tog‘larga chiqishga malakasi bor 300 askarni qal’aga jo‘natgan. Ular chodir tortishda ishlatiladigan mixlar tayyorlab, mixlarni muzga tiqib, ularga esa kanop arqonlar bog‘lab, bir-biriga ko’maklashib tong paytida hyech kim qo‘riqlamayotgan tik tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilganlar. Cho‘qqiga ko‘tarilishda 30 askar halok bo‘lgan. Aleksandr qal’adagilarga jarchi yuborib vaqtni cho‘zmaslikni, qanotli askarlar topilgani, ular cho‘qqini olganligini aytib tepadagi askarlarni ko‘rsatgan. Sug‘dlar bunday kutilmagan hodisadan sarosimaga tushib, qoyani juda ko‘p odam egallagan deb o‘ylab taslim bo‘lishgan. Juda ko‘p ayollar va bolalar, shu jumladan, Aleksandrning hali hayot bo‘lgan dushmanlari orasida eng kuchlisi hisoblangan va Sug‘dda katta obro‘ga ega bo‘lgan Oksiartning xotini va bolalari asir olingan. Aleksandr bir ko‘rishdayoq Oksiartning qizi Roxshanakni sevib qolishi, unga uylanishi shunga olib kelganki, Oksiart, Arrianning yozishicha, “dadillanib” Aleksandrning qoshiga kelgan va uning dargohida izzat-ikrom ko‘rgan.



Sug‘dlar – Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo vohasining qadimiy aholisi. Bu mintaqada Sug’dlar etnik uyushma sifatida mil. av. 12–11–asrlarda paydo bo‘lgan. Avesto kitobida Gava nomli yurtda Sug’dlar yashaydi deb ko‘rsatilgan (“Videvdat”, Ifragard). Ahamoniylar qoyatosh bitiklaridagi Suguda nomli qaram satraplik aholisi sug’dlar bo‘lgan. Sug’dlar har 2 vohada dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishida muqim rol o‘ynagan. Mil. av. 8–7–asrlarda Ko‘ktepa, Afrosiyob, Uzunqir, Sangirtepa, Yerqo‘rg‘on shahar xarobalari o‘rnida bo‘lgan qadimiy shaharlar Sug‘d xalqi shaharsozligining ilk yirik markazlari edi.

Sug’dlar uzoq muddat turli saltanatlar tarkibida bo‘lib kelganlar. Jumladan, ahamoniylar, yunonlar, kushonlar, xioniylar, eftaliylar, kidariylar, Turk xoqonligi davrida ham nisbiy mustaqillik ruhini saqlaganlar.

Mil. av. 2–1–asrlardan boshlab sug’dlar o‘z hududlarida yangi konfederatov davlat tizimi atrofida birlashdilar. Asosiy poytaxt shaharlar Samarqand boshchiligida Kesh, Buxoro, Naxshab (Nasaf) kabilar edi. Ayni shu davrdan umum-sug‘d alifboli yozuvi amal qila boshlagan va uning ko‘plab yodgorliklari bizgacha yetib kelgan.

Sug’dlar Buyuk ipak yo‘li xalqaro munosabatlarda katta nufuzga ega edilar. Sug‘d tili xalqaro til darajasiga ko‘tarilgan. Sug‘d yozuvi esa, qadimiy turkiy-runiy, uyg‘ur-turkiy, mo‘g‘ul, manjur va boshqa Sharq yozuvlariga grafik asos bo‘lib xizmat qilgan. Sug’dlar o‘z yozma yodgorliklarida xalq sifatida “Sug‘udik nob”, “Sug‘d xalqi” deb atalgan.

Sug’dlar Sharqiy Turkistonga savdo bilan kelib, Buyuk ipak yo‘lidagi shahar va qishloqlarda, 4–5–asrlar davomida (balki oldinroq) shu yerlarda qolib yashaganlar. Bu yerdagi viloyatlarning ko‘pchiligida savdo-sotiq ishlari sug’dlarning qo‘lida bo‘lgan. Dunxuan va Guanchjou viloyatlarining hokimi ma’lum vaqtlargacha sug’dlardan bo‘lgan. 6–8–asrlar davomida bularning ham ko‘pchiligi turkiylashib ketgan.
Nazorat savollari:

1. Sug’d yozuvining shakllanishi qanday yuz bergan?

2. Sug’d yozma manbalarida Markaziy Osiyo tarixi qanday darajada yoritib berilgan?

3. Sug’d yozma manbalarini ilmiy jihatdan o’rganilishi qaysi davrlardan boshlangan?

4. Sug’d yozma manbalarini ilmiy jihatdan o’rganish qaysi davlat tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan va bu tadqiqotlar qanday ahamiyat kasb etadi?

5. O’zbekistonda Sug’d yozma manbalarini o’rganish borasida kimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan?

6. O’zbekistonda Sug’d yozma manbalarini o’rganish borasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar qanday ilmiy yangiliklarni yuzaga chiqardi?
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

2. Sagdullayev A. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda. – T., 1996.

3. Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar O‘quv qo‘llanma. - T.: “Yozuvchi”, 2000.

4. Xo’jayev A., Xo’jayev K. Qadimgi manbalarda xalqimiz o’tmishi. – T., 2001.

5. O’zbekiston Milliy Enseklopediyasi 1 – 12 jildlari.

6. Choriyev Z., Shaydullayev Sh.O’zbekiston hududida yozuvning paydo bo’lishi va taraqqiyoti. – T., 2007.

7. Rahmonov N., Matboboyev B. O’zbekistonning ko’hna turkiy – run yozuvlari. – T., 2006.

8. Is’hoqov M. Sug‘diyona tarixi chorrahasida, T., 1990.

9. Is’hoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992.

10. Согдийские документы с горы Муг, вып. 1–3, М., 1962-63.
9 – Mavzu: Arab yozuvi yodgorliklari
REJA:

1. Markaziy Osiyo tarixiga oid arab yozuvi yodgorliklari

2. Arab tilida yaratilgan manbalarda Markaziy Osiyo tarixining aks ettirilishi

3. Arab tilidagi manbalarni o’rganishning ilmiy va amaliy ahamiyati

4. IX–XII asrlardagi Markaziy Osiyo allomalarining ilmiy merosi va ularning ahamiyati

5. “Devoni lug’at at – turk” asari, uning O’zbekiston tarixida tutgan o’rni va ilmiy ahamiyati


Tayanch tushunchalar:

Arab xalifaligi, arab tili, arab yozuvi, Movoraunahr, Xuroson, arab tili manbalari, fors tili manbalari, “Tarix ar-rusul va-l-muluk”, “Zayn ul-axbor”, “Futuh al-buldon”, “Buxoro tarixi”, “Hindiston”, Uyg’onish davri, “Devoni lug’at at – turk”, allomalar.

Mavzu bo‘yicha materiallar turli manbalar ma'lumotlarini o‘z ichiga olgan holda, uning katta qismini arab va fors tillarda yozilgan manbalar tashkil qiladi. Chunonchi, Muhammad Jarir at-Tabariyning “Tarix ar-rusul va-l-muluk”, Abu Said Gardiziyning “Zayn ul-axbor”, al-Balazuriyning “Futuh al-buldon”, Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarlaridagi tarixiy ma'lumotlar; Tarixiy asarlardagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarga doir ma'lumotlar. Tarixiy asarlarni tavsiflash muammolari haqida so‘z boradi. Somoniylar davlatining tashkil topishi, Buxoro shahri va viloyati tarixi kengroq yoritilgan. Arab xalifaligi, xususan, O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan voqealar xronologik ketma-ketlikda ifodalangan. Xalifa al-Ma’mun davrida Bag‘dodda ilm-fan rivoji nihoyatda yuksalib, akademiya tashkil topdi va u tarixda “Bayt ul-hikma” (“Donishmandlar uyi”) nomi bilan atalgan va unda O‘rta Osiyolik olimlar keng ilmiy faoliyat olib borgan.

G‘aznaviylar (977-1186), Saljuqiylar (1038-1194) va Qoraxoniylar (992-1211) davlatlari bu davrda hukm surgan.

Arab yozuvidagi yozma merosda hujjatlarning o’ziga xos o‘rni bor. Hujjatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayot, davlatchilik tarixi va madaniyat tarixi, ayniqsa yer-suv munosabatlari, yer egaligi, soliqlar tizimi, huquqiy normalar, tarixiy yodgorliklar, elchilik munosabatlari, savdo, hunarmandchilik, ta'lim va tarbiyaga oid masalalar kabi turli muammolarni tadqiq etishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. XX asrda olib borilgan ishlar (hujjatlarni ro‘yxatga olish, tavsiflash tadqiq etish va kitob hamda kadaloglar shaklida chop qilish) o’zining ilmiy nastijalarini berdi. Natijada IX- XX asr boshlari O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha ko’plab hujjatlar o’rganib chiqildi va chop etildi.



Abu Rayhon Beruniy fan tarixida qomusiy olim sifatida tanilgan va fanning turli sohalari bo‘yicha 150 dan ortiq asar yozgan. Olimning tarix sohasidagi ilmiy merosi bir nechta asarlarni o‘z ichiga oladi. Shu jumladan, tarixning umumiy masalalarini keng ko‘lamda qamrab olgan “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) va Hindiston tarixiga bag‘ishlangan qisqacha “Hindiston” asarlari bizgacha to‘la yetib kelgan. “Osor ul-boqiya” asarida yunonlar, rumliklar, eroniylar, hindlar, sug‘diylar, xorazmliklar, nasroniylar, yahudiylar va boshqa xalqlarning islomgacha bo‘lgan ijtimoiy va madaniy tarixiga oid ma'lumotlar o‘rin olgan.

Abu Rayhon Beruniyning Hindiston tarixiga bag‘ishlab yozgan va hozirgacha to‘la ilmiy ahamiyatini saqlab kelayotgan mashhur asari “Kitob tahqiq moli-l-Hind min maqula maqbula fi-l-aql va-l-marzula” (“Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta'limotlarini tahqiq etish”) deb ataladi, 1035 yili G‘aznida yozilgan. Asarda Hindiston tarixi bo‘yicha xilma-xil ma'lumotlar o‘rin olgan bo‘lib, ular hindlarning qadimgi tili bo‘lmish sanskritda yozilgan kitoblardan va olimning shaxsiy kuzatuvlari asosida yig‘ilgan. Kitobda Hindistonning geografik tavsifi, davlatchiligi, dini, urf-odatlari va boshqa turli ma'lumotlar berilgan.

DEVONU LUG‘AT ATTURK” (“Turkiy so‘zlar devoni”) – Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071–72). Bu asarda 11-a.ning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va G‘arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug‘ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geogr.si, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar yozib qoldirilgan. “Devoni lug’at at – turk”ning qo‘lyozmasi 1914 yil Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qo‘lyozma hozirda Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa “Devoni lug’at at – turk” yozilganidan salkam 200 yil keyin, ya’ni Mahmud Koshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozilgan nusxadan 1266 yilda kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy al-Damashqiy tomonidan ko‘chirilgan.

“Devoni lug’at at – turk” arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish maqsadida arabcha harakatlar (harflardagi ost-ust ishoralar)-dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki arabcha harf va alif, vov, yo) ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib bo‘lmas edi. Turkiy tildagi cho‘ziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Qoshg‘ariy maxsus belgilar (harakatlar)-ni qo‘llaydi yoki so‘z boshidagi cho‘ziqlikni ikki alif bilan ko‘rsatadi ( well – aav – ov, oll – aaq – oq) yoki 2 xil talaffuz qilinadigan so‘zlarga 2 xil ishora qo‘yadi: azuqluq, eritmak so‘zlaridagi 3 va R harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qo‘ygan, demak, bu so‘zlar o‘sha davrda ikki xil talaffuz etilgan: azmqluq – azuqluq, eritmak – erutmak kabi. Arabcha harf b-n ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turkiy talaffuzni “Devoni lug’at at – turk”da izohlab, ta'riflab o‘tgan. “Devoni lug’at at – turk”da, avvalo, otlar, so‘ng fe’llar izohlanadi. So‘zlar tartibi ularning tarkibidagi harflarning orta borishiga (2 harfdan 7 harfgacha) qarab amalga oshirilgan.

Mahmud Qoshg‘ariy “Devoni lug’at at – turk”ga o‘zi tuzgan dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni ilova qilgan. Xaritada mamlakat, shahar, qishloq, tog‘, cho‘l, dovon, dengiz, ko‘l, daryo va h.k.ning nomlari yozilgan. Xaritaga yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan. Xarita, asosan, hozirgi Sharqiy yarim sharga to‘g‘ri keladi. Asarda 11-asrdagi shaharlar, qishloqlar, dengiz, ko‘llar, turkiy qabilalar va urug‘lar haqida, urug‘larning ijtimoiy ahvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urug‘ va toifalari, ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va o‘simliklari, ularning nomlanishiga to‘xtalib o‘tadi, astronomik ma'lumotlar, burj va muchal haqida ham ma'lumotlar bor. “Devoni lug’at at – turk”da ayniqsa qabila va urug‘ tillariga oid lingvistik ma'lumotlar ancha batafsil berilgan. Bunda har so‘zning ma'nolari (polisemiya, omonim, sinonim, antonim va arxaik so‘zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so‘zlarning etimologiyasiga to‘xtalib o‘tadi. Tovushlar (fonemalar)ning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, cho‘ziq va qisqa unlilar, ularning urug‘ tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida so‘z turkumlarini, davr an'anasiga ko‘ra, 3 so‘z turkumiga: fe’l, ism, bog‘lovchiga bo‘lib, ularning yasalish va turlanish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tadi. “Devoni lug’at at – turk”da 250 dan ortiq maqol va matallar, o‘nlab she'riy parchalar keltirilgan.

V.V.Bartold “Devoni lug’at at – turk”dan o‘z ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S.Volin ko‘rsatib o‘tgan. Tilshunos olim V.I.Belyaev “Devoni lug’at at – turk” haqida shunday yozadi: “Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan... Muallif bergan ma'lumotlar... arxeologik kashfiyotlar bu ma'lumotlarning aksariyatini isbot etmoqda”. Nemis sharqshunosi K.Brokkelman “Devoni lug’at at – turk” asarini 1928 yili nemis tiliga tarjima qildi. “Devoni lug’at at – turk” qo‘lyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915–17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939–41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. “Devoni lug’at at – turk”ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957 yil amalga oshirildi. “Devoni lug’at at – turk” asari ikkinchi bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960–63 yillari Toshkentda “Fan” nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima bo‘lmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh va tafsir hamdir. O‘zbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr filologlari, “Qutadg‘u bilig” asari, Mahmud Koshg‘ariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urug‘ va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi to‘g‘risida ma'lumotlar berilgan. “Devoni lug’at at – turk” o‘zbekcha nashrining oxirida turkiy urug‘, qabila, shaharlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan so‘z va iboralar keng ta’riflanadi, izohlanadi. O‘zbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan ko‘rsatkichdir. Unda “Devoni lug’at at – turk”da uchragan so‘zlar alifbo tarzida keltirilib, so‘zning o‘zbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur so‘zning “Devoni lug’at at – turk”ning qaysi betlarida uchrashi (oldin o‘zbekcha, so‘ng turkcha nashrlarining beti, satri) ko‘rsatib o‘tiladi.


Download 172.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling