Tarix va ijtimoiy fanlar


Download 172.66 Kb.
bet7/11
Sana20.07.2020
Hajmi172.66 Kb.
#124338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MARKAZIY OSIYO QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARI


Nazorat savollari:

1. XIII asrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy – siyosiy jarayonlar qanday edi?

2. XIII asrga oid yozma manbalarga qaysi manbalar kiradi?

3. XIII asrlarga oid yozma manbalarda Markaziy Osiyo tarixi qanday yoritilgan?

4. S.Avfiy asarlarida Markaziy Osiyo tarixi qay yo’sinda yoritilgan?

5. Muhammad al – Juvayniy asarlarining Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni qay darajada?


Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

2. Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar O‘quv qo‘llanma. - T.: “Yozuvchi”, 2000.

3. Xo’jayev A., Xo’jayev K. Qadimgi manbalarda xalqimiz o’tmishi. – T., 2001.

4. O’zbekiston Milliy Enseklopediyasi 1 – 12 jildlari.

5. Choriyev Z., Shaydullayev Sh.O’zbekiston hududida yozuvning paydo bo’lishi va taraqqiyoti. – T., 2007.

6. Rahmonov N., Matboboyev B. O’zbekistonning ko’hna turkiy – run yozuvlari. – T., 2006.

7. Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixining muhim sanalari. – T., 2014.


13–Mavzu: Markaziy Osiyoning XIV-XV asr yozma yodgorliklari. (Amir Temur va Temuriylar davriga oid yozma manbalar. Nizomuddin Shomiy, Muinuddin Natanziy, “Temur tuzuklari”)
REJA:

1. XIV – XV asrlarda Markaziy Osiyodagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlar

2. XIV – XV asrlarga oid yozma manbalarda Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

3. Nizomuddin Shomiy asarlarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

4. Muinuddin Natanziy asarlarining Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni

5. Hofizi Abru asarlarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

6. “Temur tuzuklari” va uning Vatanimiz tarixida tutgan o’rni, tarixiy ahamiyati
Tayanch tushunchalar:

Mo’g’ullar istilosi, noiblik, Movoraunnahr, Xuroson, mustaqillik uchun harkatlar, markazlashgan davlat asoschisi, “Sohiib adil”, “sohibi qiron”, yozma manbalar, tarixnavislik, zayl, “Zafarnoma”, “Muntaxab – ut - tavorix”, “Temur tuzuklari”.
Nizomuddin Shomiy – Tabrizning shimoliy – g’arbiy tarafida joylahsgan Shanbi G’ozon degan joydan bo’lgan. Tug’ilgan va vafot etgan vaqti haqida aniq ma’lumotlar yo’q. U tarixiy manbalarda mavlono Nizomuddin Shanbiy, Nizomuddin Shanbi G’ozoniy, Nizom Tabriziy nomlari bilan ham mashhur bo’lgan.

Shomiy 1393 yili Amir Temur Bag’dodni ishg’ol qilgandan keyin uning xizmatiga o’tgan. 1404 yilgacha Amir Temur xizmatida bo’lib, harbiy yurishlarida voqeanavis va voiz mansabida ishtirok etgan.

1402 yili Amir Temur Shomiyga o’zining tarixini aniq va sodda tilda yozishni buyurgan. Nizomuddin Shomiy “Zafarnoma” asarini 1402–1404 yilarda yozgan. Asar buyuk Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishidan yani 1370–yildan to 1404–yilgacha bo’lgan voqealarni o’z ichiga olgan. Nizomuddin Shomiy “Zafarnoma” sodda tilda, ravon uslubda yozilgan daliliy ma’lumotlarga boy asar hisoblanadi.

Shomiy ushbu asarni yozishda Amir Temurning uyg’ur kotiblari tomonidan turkiy tilda yozilgan “Tarixiy xoniy” nomli sheriy asar va boshqa ko’plab asarlardan foydalangan.

“Zafarnoma”ning ikkita tahriri mavjud: birinchisi – 1404-yili Amir Temurga taqdim etilgan nusxa. Ikkinchisi – Mironshohning o’g’li Mirzo Umarga taqdim etilgan husxa. Ikkinchi nusxa birinchisidan uncha farq qilmaydi. Unga ayrim uslubiy tuzatishlar kiritilgan va debocha hamda Mirzo Umarga bag’ishlangan kichik bir ilova (zayl) qo’shilgan.

Nizomuddin Shomiy umrining so’ngi yillarida Mirzo Umar xizmatida bo’lib, Tabrizda istiqomat qilgan.

“Zafarnoma”ning qo’lyozma nusxalari Armaniston, Angliya, Dransiya, Iroq va Turkiya kutunxonalarida saqlanmoqda. Asarning matni 1937 va 1956-yillari Pragada chop etilgan. Uning turkcha tarjimasi 1949-yili chop etilgan. Uning ayrim parchalari rus va fransuz tillarida ham chop etilgan.

Muinuddin Natanziy – Isfahonga qarashli Natanz shahrida tug’ilgan. Hayotiga oid ma’lumotlar juda kam. Fors viloyatining hokimi Temuriy Iskandar mirzo saroyida xizmat qilgan.

Muinuddin Natanziy qalamiga oid “Anonim Iskandar” asari uning ikkinchi tahriri “Muntaxab ut – tavorixi Muiniy” (“Muiniyning saylangan asari”) deb ataladi va Temuriy Shohruhga bag’ishlangan.

“Muntaxab ut - tavorix” umumiy tarix tipida yozilgan asar bo’lib, olamning yaratilishidan to Amir Temur vafotigacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan voqealar yoritilgan. Asar muqaddima va uch bobdan iborat.

Muqaddima diniy mazmunda bo’lib, unda olamning yaratilishi, Odam At ova uning farzandlari, Nuh payg’ambar va uning avlodi haqida umumiy gap boradi.

Birinchi bobda qadimiy Eron va Yunoniston podhsolari, Rim va Vizantiya imperatorlari, Rim papalari, qadimiy arab hamda Efiopiya podsholarining qisqacha tarixi bayon qilingan.

Ikkinchi bobda Muhammad payg’ambar va uning avlodi, Ummaviya va Abbosiya xalifalari, Arabiston hamda Misrda podhsolik qilgan ali va Fotima avlodlari, abbosiylar bilan zamondosh bo’lgan Eron va Movarounnahr hukmdorlari tarixi talqin qilingan.

Uchunchi bobda turk – mo’gul qabilalari, ularning kelib chiqishi, Chingizxon va uning avlodlari, Shimoliy Xitoyda hukmronlik qilgan mo’g’ul xonlari, Elxoniylar, Jaloyiriylar, Cho’poniylar, Muzaffariylar, Oq o’rda xonlari, 1346–1370–yillar orasida Movarounnahrda hukmronlik qilgan amirlar tarixi bayon qilingan.

Muallif asarning uchunchi qismini yozishda Tabariy, Juvayniy, Rashiduddin asarlaridan hamda turkiy tilda yozilgan “Tarixi xoniy” kabi asarlarda keng foydalangan.

“Muntahab ut – tavorix” 1957-yili Eronda Jak Oben tomonidan chop etilgan. Uning ayrim parchalari rus va fransuz tillariga tarjima qilingan. Asarning qo’lyozma nusxalari Sankt – Peterburg, Angliya, Fransiya, Eron kutubxonalarida mavjud.

Hofizi Abru – Xirot hududidagi Havofda tug’ulgan 1430-yilda zanjonda vafot etgan. Amir Temur va shohruh saroyida xizmat qilgan. Amir Temur bilan saroyda suhbatdosh bo’lgan. Shohruh bilan uning yurishlarida birga bo’lgan.

Hofizi Abru Shohruhning topshirig’i bilan ikkita yirik asar yozib qoldirgan.

Asarlarning biri tarixiy – geografik asar bo’lib, 1414–1420–yillar orasida X asrda arab tilida bitilgan noma’lum bir kitob asosida yozilgan. Asarda har bir viloyatlarning geografik holati, qisqacha siyosiy tarixi bayon qilingan. Asarning qo’lyozma nusxalari Angliya va Rossiya (Sankt – Peterburg) kutubxonalarida saqlanmoqda.

Hofizi Abru Shohruhning ko’rsatmasi bilan Tabariy, Rashduddin, Nizomuddin Shomiy asarlariga qo’shimcha (zayl) ham yozgan. 1412–1418–yillar oralig’ida yozilgan bu qo’shimchalar “Majmua – yi Hofizi Abru” deb atalgan.

Hofizi Abru Temuriy Boysung’ur topshirig’I bilan 1423–1425–yillari “Majmu at - tavorix” boshqa nomi “Zubrat ut – tavorix” nomli katta atrixiy asar yozgan. Asar to’rt qismga bo’lingan: 1) islomiyatlardan oldin o’tgan payg’ambarlar va qadimgi eron podsholari; 2) Muhammad payg’ambar va arab xalifalari; 3) Eronning Saljuqiylar hamda mo’g’ullar davridagi tarixi; 4) “Zubrat ut – tavorix – i Boysunquriy” deb nomlanib, unda Amir temur tarixi hamda Xuroson, qisman Movarounnahrning 1427 – yilgacha bo’lgan ijtimoiy – siyosiy ahvoli bayon etilgan.

Asarning qo’lyozmalari Toshkent hamda xorijiy mamlakatlar kutubxonalarida saqlanmoqda.

Temur tuzuklari” – Amir Temur davridagi o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Asar aslida eski o’zbek tilida (Chig’atoy turkiysi) yozilgan. “Temur tuzuklari” ikki qismdan: - Amir Temurning tarjimai holi (malfuzot) va tuzuklar, davlat va harbiy qurilish bo’yicha qabul qilingan qonunlardan iborat. Asar XV–XVI asrlarda hukmdorlar, ma’lumotli kishilar, jahon ilm ahli o’rtasida shuhrat topgan. “Temur tuzuklari” ingliz, fransuz, urdu, rus va o’zbek tillariga tarjima qilinib nashr qilingan.

Asar Amir Temur davlati, qo’shinining tuzulishi, uning boshqarilishini o’rganishda bosh manba hisoblanadi.


Nazorat savollari:

1. XIV – XV asrlarda Markaziy Osiyoda ijtimoiy – siyosiy jarayonlar qanday edi?

2. XIV – XV asrlarga oid yozma manbalarga qaysi manbalar kiradi?

3. XIV–XV asrlarga oid yozma manbalarda Markaziy Osiyo tarixi qanday yoritilgan?

4. Nizomuddin Shomiy asarlarida Markaziy Osiyo tarixi qay yo’sinda yoritilgan?

5. Muinuddin Natanziy asarlarining Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni qay darajada?

6. Hofizi Abruning mamlakatimiz tarixiga oid qanday asarlar yozib qoldirilgan?

7. “Temur tuzuklari” qanday asar hisoblanadi?

8. “Temur tuzuklari” Vatanimiz tarixida qanday o’rin tutadi?
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

2. Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar O‘quv qo‘llanma. - T.: “Yozuvchi”, 2000.

3. Xo’jayev A., Xo’jayev K. Qadimgi manbalarda xalqimiz o’tmishi. – T., 2001.

4. O’zbekiston Milliy Enseklopediyasi 1 – 12 jildlari.

5. Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixining muhim sanalari. – T., 2014.

6. Bo’riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarda Markaziy Osiyo. – T., 1997.

7. Ibn Arabshoh. Ajoib al – makdur fi tarixi taymur. – T., 1992.

8. Temur tuzuklari. – T., 2014.

14–Mavzu: Markaziy Osiyoning XIV-XV asr yozma yodgorliklari. (Amir Temur va Temuriylar davriga oid yozma manbalar. Xoja Tojuddin as - Salmoniy, Sharafuddin Ali Yazdiy, “To’rt ulus tarixi”, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond)
REJA:

1. XIV asr oxiri – XV asrlarda Markaziy Osiyodagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlar

2. Xoja Tojuddin as – Salmoniy asarlarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

3. Sharafuddin Ali Yazdiy asarlarining Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni

4. “To’rt ulus tarixi”va uning Vatanimiz tarixida tutgan o’rni, tarixiy ahamiyati

5. Abdurazzoq Samarqandiy asarlarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

6. Mirxond asarlarida Markaziy Osiyo tarixi
Tayanch tushunchalar:

Movoraunnahr, Xuroson, mustaqillik uchun harkatlar, markazlashgan davlat asoschisi, yozma manbalar, tarixnavislik, “Zafarnoma”, “Zayli Zafarnoma”, “To’rt ulus tarixi”, “Matla us – sadayn va majma ul - bahrayn”, “Ravzat us - safo”.
Xoja Tojuddin as–Salmoniyning “Tarixnoma” asarida 1404–1409–yillar oralig’ida? Yani Amir temur vafotidan keyin Movarounnahr va Xurosonda bo’lib o’tgan ijtimoiy – siyosiy voqelar bayon qilingan. Mazkur asar “Zayli Zafarnoma” (“Zafarnoma”ga qo’shimcha) deb ham ataladi. Asarda 1404–yilda Xitoyga yurish oldidan Konigilda o’tgan katta tantanalar (shahzodalar Ulug’bek, Ibrohim Sulton, Ijil Mirzo, Sidi Ahmad, Pirmuhammad va Mirzo Boyqarolarning nikoh to’ylari), Xitoyga yurishning boshlanishi, hazrat sohibqironning vafotidan keyingi og’ir ahvol, Xalil Sultonning noqonuniy yo’l bilan oliy hokimiyatni egallab olishi voqealari batafsil bayon qilingan. Voqealar tafsiloti 1408 yil mart oyi oxirida Xalil Sultonning amir Xudoydod boshliq bir guruh fitnachi amirlar tomonidan asirga olinishi haqidagi hikoya bilan tugaydi.

Xoja Tojuddin as–Salmoniyning “Tarixnoma” asari uch nusxada bizgacha etib kelgan. Ulardan biri Angliya, ikkitasi Turkiya kutubxonalarida saqlanmoqda. Asar 1956 yili nemis tiliga, 1988 yili turk tiliga, 1991 yil rus tiliga tarjima qilingan.



Sharafuddin Ali Yazdiy – XV asrning yirik tarixshuoslaridan biri. Erondagi Yazd viloyati Taft qishlog’ida tug’ilgan. Olim tasavvuf, astrologiya, adabiyot, falsafa fanlarini egallagan. Ilm – fanning bu sohalarida ham bir qator asarlar yozib qoldirgan. Ali Yazdiy qalamiga mansub asarlarning umumiy soni 10 dan ortiqdir. Masalan: “Al–kitob fi ilm ul–usturlob” (“Astrolobiya ilmiga oid kitob”), “Mavotan yo manozil dar muammo” (“Muammo ilmida makon va manzaralar”), “Tuhfat ul–faqir va hadiyat ul–haqir” (“Faqirning tuhfasi va qardsizlik hadyalari”), “Devoni Sharaf Yazdiy” (“Sharaf Yazdiyning devoni”) kabi asarlar yozib qoldirgan. Sharafuddin Ali Yazdiy tarixda “Zafarnoma” asari bilan shuhrat qozongan. Ushbu asar “Fathnomayi sohibqironiy”, “Zafarnomayi Temuriy”, “Tarixi jahonkushoyi Temuriy” nomlari bilan ham atalgan. “Zafarnoma” asosan N.Shomiy asari asosida zo’r badiiy mahorat bilan bayon etilgan voqealarning ba’zilariga yangi tarixiy manbalar bilan aniqliklar kiritadi va uni yangi isbot va dalillar bilan boyitgan holda 1425 yili yozib tugatilgan. Asar muallif rejasiga ko’ra uch qismga bo’lingan. Asarning qo’lyozmalari Rossiya hamda xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda. Hindistonda 1885–1888–yillarda, Eronda 1957–yilda va Toshkentda 1972–yilda chop etilgan. Asar o’zbek, ingliz, fransuz, turk, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan.

To’rt ulus tarixi” – XV asrda yashab o’tgan buyuk olim, yirik davlat arbobi temuriyzoda Mirzo Ulug’bekning ikkita yirik asarlaridan biridir. Birinchi asari “Ziji jadidi Ko’ragoniy” (Ko’ragoniyning yangi astronomik jadvali) deb nomlangan. “Tarixi arba ulus” 1425 yilda yozib tugatilgan, unda XIII–XIV asrlarda Mo’g’ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlarning ijtimoiy–siyosiy tarixi qisqacha tarzda bayon qilingan. Asar muqaddima va to’rt qismdan iborat. “Tarixi arba ulus”ning inglizcha tarjimasi Angliyada chop etilgan. O’zbekcha nashri 1994 yil Toshkentda chop etilgan. Asarning to’rtta qo’lyozma qisqartirilgan nusxasi mavjud bo’lib, ikkitasi Angliyada, bittasi Hindistonda, bittasi AQShda saqlanadi.



Abdurazzoq Samarqandiy – 1413–1482 yillarda yashab o’tgan. Olim 1438 yili qozi Azudiddinning arab tili grammatikasining ba’zi masalalarini (yuklama va olmosh) tadqiq etuvchi “Risolayi Azudiya” kitobiga bag’ishlangan sharhini yozib uni Shohruhga taqdim etadi. Abdurazzoq Samarqandiy Shohruh, Abulqosim Bobur va boshqa temuriy shahzodalarning saroyida xizmat qilgan. Samarqandiy ko’proq xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan diplomatik yozishmalarni hozirlash, shuningdek elchilik ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Masalan: 1441 yili Hindistonga elchi bo’lib boradi. Abdurazzoq Samarqandiy yirik tilshunos olim sifatida ham nom qoldirgan. U eron, O’rta Osiyo shuningdek O’zbekistonning XIV–XV asrlardagi ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy hayotidan, shungdek, Temuriylar davlatining qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari tarixini bayon qiluvchi “Matla’ us–sa’dayn va majma ul–bahrayn” (“Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki azim daryoning qo’shilish yeri”) asari bilan mashhur bo’lgan. Asar 1467–1470 yillar orasida yozilgan. Matla’ us–sa’dayn” ikki qismdan iborat. 1) Elxon Abu Said (1316–1335 yy.) davridan 1405 yilgacha davrni o’z ichiga oladi; 2) 1405 yildan 1469 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Asarning ikkinchi qismi 1427–1469 yillar voqealarini o’z ichiga olgan qismi asl nusxa bo’lib, Eron, O’rta Osiyo va jumladan O’zbekistonning shu davr ichidagi ijtimoiy–siyosiy tarixi va madaniy hayotini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi. Asarda voqealar xronologik tartibda keltirilgan. Asarning qo’lyozma nusxalari Sankt–Peterburg, Toshkent, Dushanbe shaharlari va Angliya, Fransiya, Hindiston, Eronning kutubxonalarida saqlanmoqda. 1941 va 1449 yillarda Lohurda chop etilgan. Asarning ayrim parchalari rus, ingliz, fransuz, turk tillariga tarjima qilingan. 1960 va 1969 yillarida olimning ushbu asari o’zbek tiliga tarjima qilingan.

Mirxond (1433–1498 yy.)–o’rta asr tarix fanining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri. Mirxond “Al–Hidoya” asariga sharh yozgan. Mirxondning asari “Ravzat us–safo fi siyrat al–anbiyo va–l–muluk va–l–xulafo” (“Payg’ambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog’i”) bo’lib, unda dunyoning yaratilishidan to 1523 yilga qadar O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, shungdek O’zbekistonda bo’lib o’tgan ijtimoiy–siyosiy voqealar keng voqealar bayon qilingan. Asar muqaddima, xotima va yetti jilddan iborat. “Ravzat us–safo”ning qo’lyozma nusxalari jahon kutubxonalarining ko’pchiligida saqlanadi. Asarning matni 1845–1848 yillarda Bombeyda, 1850–1856, 1860 yillarda Tehronda, 1874, 1883, 1890 yillarda Lakxnavda chop etilgan. Ayrim parchalari rus, ingliz, nemis, fransuz, turk va eski o’zbek tillariga tarjima qilingan. Asarning o’zbekcha tarjimasi Xiva xoni Muhammad Rahimxon (1865–1873 yy.) davrida amalga oshirilgan.

Yuqoridagi asarlarning barchasi Eron, O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, shungdek O’zbekistonda bo’lib o’tgan ijtimoiy–siyosiy voqealar va ularning madaniy hayotini o’rganishda asosiy manba bo’lib hisoblanadi.


Nazorat savollari:

1. XIV asr oxiri – XV asrlarda Markaziy Osiyodagi ijtimoiy–siyosiy jarayonlar qanday kechgan?

2. Xoja Tojuddin as – Salmoniy asarlarida Markaziy Osiyo tarixi qay tarzda yoritilgan?

3. Sharafuddin Ali Yazdiy asarlarining Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni qay darajada?

4. “To’rt ulus tarixi”va uning Vatanimiz tarixida tutgan o’rni, tarixiy ahamiyati qanday darajada hisoblanadi?

5. Abdurazzoq Samarqandiy asarlarida Markaziy Osiyo tarixi qay yo’sinda yoritilgan?

6. Mirxond asarlari Markaziy Osiyo tarixida qanday o’rin tutadi?
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

2. O’zbekiston Milliy Enseklopediyasi 1 – 12 jildlari.

3. Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixining muhim sanalari. – T., 2014.

4. Bo’riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarda Markaziy Osiyo. – T., 1997.

5. Sharafiddin Yazdiy. Zafarnoma. – T., 1994.

6. To’rt ulus tarixi. – T., 1994.


15–Mavzu: Markaziy Osiyoning XVI-XIX asr yozma yodgorliklari. (Shayboniylar sulolasi davriga oid yozma manbalar.
REJA:

1. XVI asrlarda Markaziy Osiyodagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlar

2. XVI asrlarga oid yozma manbalarda Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

3. Shayboniylar sulolasi davrida eski o’zbek tilida yaratilgan asarlar va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni

4. Shayboniylar sulolasi davrida yaratilgan fors–tojik tilidagi asarlar va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni

5. Biografik va memuar asarlarda Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi


Tayanch tushunchalar:

Shayboniylar sulolasi, o’zaro urush, o’zbek tilida yaratilgan asarlar, fors–tojik tilidagi asarlar, biografik asarlar, tazkiralar, manoqiblar, memuar asarlar, geografik asarlar.
XV asrning 80–90–yillarida kuchayib ketgan tarqoqlik hamda toju–taxt uchun kurashlar Temuriylar davlatining inqirozini tezlashtirdi. 1500-yildan boshlab Shayboniyxon (1451–1510 yy.) boshliq Dashti Qipchoq o’zbeklari bundan foydalanib Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va hozirgi Afg’onistonning shimoliy qismini, Badaxshon bilan birga bo’ysindirib, yangi davlat – Shayboniylar davlatiga (1501–1601 yy.) asos soldi. Lekin Shayboniylar ham mahalliy yirik yer–suv egalarining ayirmachilik harakatiga barham berolmadi. Shayboniyxon 1510 yil 10 dekabrda Eron shohi Ismoil Safaviy bilan jangda o’ldirilgandan keyin uzoq vaqt ichida mamlakatda parorandalik va tarqoqlik hukm surdi. Ubaydullaxon 1539 yilda vafot etgandan keyin Movarounnahrda qo’sh hokimiyatchilik boshlandi: 1540–1550–yillarda Samarqandda Abdulatif sulton, Buxoroda Abdulaziz xon qilib ko’tarildi. 1551–1556–yillarida esa mamlakat toju–taxt da’vogarlari bo’lgan Navro’z Ahmadxon, Burxon sulton, Abdullaxon II kabilar o’rtasida katta urush maydoniga aylandi. Natijada Abdullaxon II 1556–yili Buxoroni egalladi va uzoq davom etgan urushlardan (1556–1582 yy.) keyin Movarounnahrni birlashtiririshga, Toshkent va Turkistonni bo’sindirishga muaffaq bo’ldi. Abdullaxon II 1564 yili Badaxshon va Ko’lobni, 1588 yili Hirotni egalladi. 1584 yili esa Xorazmda o’z hukmronligini o’rnatdi. Abdullaxon II davlatni ma’lum darajada markazlashtirish va birlashtirishga muaffaq bo’ldi. Lekin uning vafotidan 1598 yil 8 fevraldan keyin yirik yer – suv egalarining ayirmachilik harakati yanada kuchaydi. Uning o’g’li va taxt vorisi Abdulmo’minning hukmronligi 1598 yil fevral – iyul oylarida ya’ni olti oydan nariga o’tmadi. Undan keyin xon qilib ko’tarilgan Pirnuhannad II (1598–1601 yy.) esa nomigagina xon hisoblanib, aslida hokimiyat nufuzli katta yer egalari qo’liga o’tib qoldi. Bu vaqtda qozoq sultonlari Movarounnahr ustiga bosqinchilik yurishlarini kuchaytirdi. Ular 1599 va 1600 yillarda Toshkent, jizzax, Samarqand va Miyonqolgacha bostirib kirib, mahalliy aholini talon–taroj qildilar. Janubda esa Eron hukmdorlari yurtimiz hududiga tahdid sola boshladilar. 1601 yili Pirmuhammad O’ratepa va Zomin oralig’ida o’ldirilgach hokimiyatga yangi sulola ashtarxoniylar keldi.

Davlatchiligimiz tarixining bir qismi bo’lgan Shayboniylar sulolasi hukmronligining ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o’rganishda eski o’zbek tilida, fors – tojik tilida yaratilgan tarixiy asarlar shu bilan birgalikda biografik, memuar, geografik asarlarning ham o’ziga o’rni bor. Ushbi yozma manbalar orqali XVI asrning ijtimoiy – siyosiy tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin.


1. Eski o’zbek tilida yaratilgan manbalar:

Tavorixi guzida, nusratnoma (Saylanma solnomalar, zafar kitobi): - asar kim tomonidan yozilgani noma’lum. Asar 1502–1505-yillar oralig’ida yozilgan bo’lib, ikki mustaqil qismdan – “Tavorixi guzida” va “Nusratnoma”dan iborat. Birinchi qismida O’g’izxon va qadimgi turklar, Chingizxon hamda Mo’g’uliston, Dashti Qipchoq, O’rta Osiyo va Eronda hukmronliki qilgan avlodi tarixi; ikkinchi qismda Shayboniyxon tug’ilishidan ya’ni 1451 yildan to uning Movarounnahrni bosib olishigacha 1500 – 1505 yillar oralig’ida Dashti Qipchoq va Movarounnahrning ijtimoiy – siyosiy hayoti bayon qilingan. Uning ikkinchi qismi “Nusratnoma” katta ilmiy qimmatga ega. Unda Shayboniylar qo’shining tuzilishi, uning etnik tarkibi, ko’chmanchilarning Qorako’l, Hisor, Chag’aniyon, O’ratepa hamda Xo’jand viloyatlarida qilgan talon – tarojliklari haqida muhim ma’lumotlar bor. Asarning yana bir muhim jihati shundaki voqealarning sodir bo’lgan vaqtlari aniq ko’rsatilgan. Farg’ona viloyatining istilo etilishi ushbu asarda to’liq va to’g’ri yoritilgan. Asarning ikkita qo’lyozma nusxasi bo’lib, bittasi Sankt–Peterburgda, ikkinchisi Angliyada saqlanmoqda. Mazkur asarning fotomatni zarur izohlar va tadqiqotlar bilan qo’shib 1967 yili Toshkentda chop etilgan. 1969 yili Olma–Otada V.Yudin tomonidan rus tilida chop etilgan.

Abdulla Nasrullohiy – XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi yarmida yashab o’tgan balxlik tarixshunos olim. 1525 yili Shohruhiya hokimi Sulton Muhammad (Keldi Muhammad) topshirig’i “Zubdat ul – asar” (“Solnomalar sarasi”) nomli kitabini yozgan. “Zubdat ul – asar” umumiy tarix yo’nalishida yozilgan va qadim zamonlardan to 1525 yilgacha musulmon mamlakatlarda yuz bergan ijtimoiy – siyosiy voqealarni qisqacha bayon qiladi. Asar 11 qismdan iborat bo’lib, uning faqat 11 qismi asl nusxa hisoblanadi. Umda XVI asrning birinchi choragida Xuroson va Movarounnahrda sodir bo’lgan voqealar birmuncha keng yoritilgan. Asarning qo’lyozma nusxalari kam. Uning ikkita nusxasi saqlanib qolgan. Bittasi 8–11 fasllarini o’z ichiga olgan qismi Toshkentda, 10 va 11 fasllarni o’z ichiga olgan qismi Sankt–Peterburgda saqlanadi. Mazkur asar juda kam o’rganilgan. Ayrim parchalari ruschaga tarjima qilinib, ilmiy majmualarda chop qilingan.

Muhammad Solih (tax. 1455 – 1535 yy.). Muhammad Solihning yoshligi Hirotda kechgan. Sulton Husayn keyinchalik Samarqandda temuriyzodalar, keyin shayboniylar xizmatida bo’lgan. M.Solih Shayboniyxonning hayoti va olib brogan urushlari haqida hikoya qiluvchi she’riy “Shayboniynoma” nomli asar yozib qoldirgan. Asar Shaybonixon tug’ilgandan boshlab, to 1505 yilgacha Dashti Qipchoq, Movarounnahr hamda Xorazmning ijtimoiy–siyosiy tarixiga bag’ishlangan. Asarda ko’chmanchi qo’shinlarining yovuzliklari, mehnatkash xalqning og’ir ahvoli, Shayboniylarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonlar haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Asar geografik va etnografik ma’lumotlarga ham boydir. “Shayboniynoma” 1505 yildan keyin yozilgan. Uning qo’lyozma nusxalari juda kam, hozirgacha asarning ikkita nusxasi: bittasi Venada, ikkinchisi Sankt – Peterburg universiteti kutubxonasida saqlanadi. Asar 1885, 1908, 1961 yillarda nashr qilingan.
Download 172.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling