Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet21/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Ulug'bek rasadxonasi. Samarqandda o'z atrofida to'plangan taniqli olimlarning bevosita ishtiroki va yordamida Mirzo Ulug'bek 1424-1429 yillarda shaxar yaqinidagi Obiraxmat anxori bo'yida rasadxona qurdirdi. Xanuzgacha olimlaring qiziqishini uyg'otib kelayotgan bu ulkan imoratning balandligi 31 metr edi.

Binoning ichki saxni sekstant va koridorlar bilan uch qismga ajratilgan. Rasadxona joylashgan bu mavze maxalliy axoxi o'rtasida "Naqshi jaxon" degan nom bilan shuxrat qozongan.

G'iyosiddin Jamshid boshchiligida rasadxonaning asosiy o'lchov asbob-uskunasi - ulkan sekstant o'rnatilgan. Samarqand sekstanti o'sha davrda SHarqda ma'lum bo'lgan sekstantlarning eng kattasi xisoblangan. Ulug'bek rasadxona qoshida zamonasining boy kutubxonasini xam tashkil etadi. Bu kutubxonada fanning deyarli xamma soxalariga tegishli qariyb o'n besh ming jild kitob saqlangan.

Rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta-kichik xujralar quriladi. Uning etagida esa ikkita chorbog' barpo etiladi. Ulardan biri Bog'i Maydon, ikkinchisi esa CHinnixona nomi bilan shuxrat topadi.

Ulug'bekning faol ishtiroki bilan Ulug'bek rasadxonasi o'sha zamon sharoitiga mukammal astronomik asbob va uskuna bilan jixozlangan oliy darajadagi ilmgoxga aylanadi. Rasadxonada Ulug'bek bilan birga mashxur matematik va astronomlardan Aflotuni zamon deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshoniy, "o'z davrining Ptolemeyi" nomi bilan shuxrat qozongan Ali Qushchi va ko'pgina boshqa olimlar ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib boradilar. Xullas, Ulug'bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi.

Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 qo'zg'almas (turg'un) yulduzlarning o'rni va xolati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi. Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astronomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.

Ulug'bekning shox asari "Ziji jadidi Ko'ragoniy" (Ko'ragoniyning yangi astronomik jadvali) nomli kitobidir. "Ziji jadidi Ko'ragoniy" asosan ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 qo'zg'almas yulduzlarning o'rni va xolati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. Ulug'bekning astronomik jadvali o'sha zamondagi shunga o'xshash jadvallar orasida yuksak darajada aniqligi bilan ajralib turadi. SHuningdek, Ulug'bekning yil xisobini xozirgi xisob-kitoblarga solishtirgudek bo'lsak, u bor yo'g'i bir minutu ikki sekundga farq qiladi. Bu 15 asr uchun g'oyat yuksak aniqlik bo'lib, xozirgi zamon o'lchovlariga juda yaqindir. Ulug'bek "Tarixi arba' ulus" (To'rt ulus tarixi) nomli tarixiy asar xamda musiqa ilmiga bag'ishlangan beshta risola xam yozgan. Ulug'bekning astronomiya maktabi o'z davrining o'ziga xos akademiyasi edi. "Samarqand akademiya"si mashxur frantsuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Volter (1694-1778) tomonidan e'tirof etilgan. "Ulug'bek Samarqandda bo'lib akademiyaga asos soldi. Yer sharini o'lchashni buyurdi va astronomiyaga oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi", deb yozgan edi Volter.

Akademiya - oliy ilmiy tashkilot.

Rasadxona (observatoriya) - osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jixozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino.

Sanad - shaxodatnoma.

Sekstant - osmon yoritkichlarining balandligini belgilash uchun mo'ljallangan ko'zgu-qaytargichli asbob.

"Samarqand akademiyasi" - 1004 yilda Xorazmning qadimiy poytaxti Gurganjda tashkil etilgan "Donishmandlar uyi"dan (Ma'mun akademiyasi) keyingi ikkinchi "Dor ul-ilm" edi.

O'rta Osiyo 15 asrda:

Jurjon - Kaspiy.

Jand ko'li - Orol.

Umarshayx o'g'li Axmadga - Farg'ona suyurg'ol qilingan.

Temur nabirasi Ibroxim - Balx suyurg'ol qilingan.

Temur nabirasi Boysunqur - Nishopur, Mashxad, Niso suyurg'ol qilingan.

Amir SHoxmalikka - Xorazm.

41-§. Madaniy xayot.

Kitob san'ati. 15 asrda kitobat san'ati, ya'ni qo'lyozma asarlarni ko'chirib yozish va u bilan bog'liq bo'lgan xattotlik, musavvirlik, lavvoxlik va saxxoflik san'ati xam nixoyatda yaxshi taraqqiy etadi.

Bosmaxona va kitob nashr etish xali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko'paytirish og'ir mexnat va ko'p vaqt sarf etiladigan nixoyatda mushkul ish bo'lgan. Xar bir kitob qog'ozidan tortib muqovasigacha, siyoxidan tortib to bo'yoqlariyu zarxaligacha ma'lum qoida asosida tayyorlanar edi. Xattot bo'lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland kishi bo'lishi lozim edi. Moxir xattotlar o'z usuli va uslubini shogirdlariga o'rgatardi. SHu tariqa xattotlik an'analari davom ettirdilar va rivojlantirilar edi.

Mashxur xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) nasta'liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan biri Sultonali Mashxadiy (1432-1520) edi. U Nizomiy, Attor, Xofiz, Sa'diy, Xisrav Dexlaviy, Jomiy, Navoiy, Boyqaro va boshqa shoirlarning asarlarini ko'chiradi. Sultonali tomonidan ko'chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko'pgina qit'alar xozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o'ymakorlik san'atida xam moxir bo'lgan. Xusayn Boyqaroning "Bog'i Jaxonoro" bog'idagi saroy devorlaridagi bitiklar, Xusayn Boyqaro qabrtoshidagi lavxa Sultonali tomonidan o'yib bitilgan. U xattotlik san'ati turlari xaqida maxsus asar xam yozgan. Sultonali Mashxadiy "Qiblat ul-quttob" (Kotiblar qiblasi) va "Sulton ul-xattotin" (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuxrat topadi.

Samarqand va Xirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgandi. Kutubxona ishlariga kutubxona dorug'asi yoki kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo'l ostida xattotlar, naqqoshlaru musavvirlar, moxir lavvoxlaru saxxoflar buyurtmalarni bajarganlar. Masalan, Xirotda Ulug'bekning ukasi Boysung'ur kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo'lyozma asarlardan nusxalar ko'chirish va ularni bezash bilan band bo'lgan. 1429 yilda bu kutubxonada Abulqosim Firdavsiyning mashxur "SHoxnoma" dostoni ko'chirtirilib, u 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan.

Xusayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g'amxo'rlik qiladilar.

Tasviriy san'at. 15 asrda ulkan yutuqlarga erishgan tasviriy san'at portretlar, xayotiy lavxalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo'lgan. Siymolar qiyofasi tasvirlari orasida Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotifiy, Bexzod, Xusayn Boyqaro, Bobur va boshqalarning tasvirlari bizgacha saqlanib qolgan. Musavvirlar bu tarixiy shaxslarning tashqi qiyofasini aniqroq va mukammalroq tasvirlashga, ayrim xollarda xatto ularning ma'naviy dunyosini ochishga intilganlar. Masalan, mashxur rassom Maxmud Muzaxxib tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida shoir xassaga tayangan, uning qomati birmuncha bukchaygan, qarashlarida xam xorg'inlik alomatlari, xam ulug'vorlik va olijanoblik ko'zga yaqqol tashlanib turadi.

Kamoliddin Bexzod 15 asr tasviriy san'atining ulug' namoyandasidir. U musavvirlikda "Xirot maktabi" deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi bo'ldi. U ustoz san'atkor sifatida O'rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o'lkalar tasviriy san'atining taraqqiyotiga samarali ta'sir etdi. Bexzodning ijodi xilma-xil mazmunga ega bo'lib, u tarixiy siymolar (Xusayn Boyqaro, SHayboniyxon, Alisher Navoiy) portretlaridan tortib to serjilo xukmdor saroylaridagi qabul marosimlari va jang maydoni manzaralarigacha xaqqoniy va ta'sirli qilib bera olgan. Ayniqsa, Dexlaviyning "Layli va Majnun" dostoniga bag'ishlangan uning lirik manzaralari yoki SHarafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniaturalari nixoyatda jozibador va ta'sirchandir. Xullas, tasviriy san'at asarlari bilan badiiy adabiyotning o'zaro uzviy aloqada ravnaq topganligi, biri ikkinchisiga samarali ta'sir etganini ko'rsatadi.

Musiqa. 14-15 asrlarda yangi kuy va qo'shiqlar, cholg'u asboblari va musiqa nazariyasiga doir nodir asarlar yaratildi. Juda ko'p maxoratli sozandalar, mashshoqlar, bastakorlar va xofizlar yetishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuxammad SHayxiy, Xusayn Udiy, SHoxquli G'ijjakiy, Qosim Rabboniy va boshqalar shular jumlasidandir. Omilkor musiqachilar bilan bir qatorda Ulug'bek, Navoiy, Jomiy, Binoiy kabi. mutafakkir va shoirlar xam musiqa san'ati bilan shug'ullanib, uning rivojiga ma'lum xissa qo'shadilar. Masalan, Ulug'bek "Bulujiy", "SHodiyona", "Axloqiy", "Tabriziy", "Usuli ravon" va "usuli otlig'", Navoiy "Isfaxoniy" kuylarini ijod qiladi. Jomiy va Binoiylar musiqa nazariyasiga doir asar yaratadilar. Musiqa she'riyat bilan uzviy aloqada yangi taraqqiyot pog'onasiga ko'tariladi.

Adabiyot. O'rta Osiyo xalqlari adabiyoti badiiy uslub jixatidan takomillashdi, yangi pog'onaga ko'tarildi. Nasrda xam, nazmda xam ko'plab nodir badiy va lirik asarlar yaratildi. O'rta Osiyo xalqlari, xususan o'zbek xamda tojik adabiyoti o'rtasida o'zaro aloqa va xamkorlik kengaydi va mustaxkamlandi. Tarjima adabiyot vujudga keldi. Badiiy adabiyotning o'sishi bilan uzviy bog'langan xolda adabiyotshunoslik xam taraqqiy etdi, nodir asarlar yaratildi. Bu davrda zamonasining iste'dodli shoirlari va adiblari Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muxammad Solix va boshqalar yashab ijod qiladilar. Durbek tomonidan qayta ishlangan "Yusuf va Zulayxo" dostoni, toshkentlik shoir Atoiyning devoni shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridir. Bu davr o'zbek shoirlari ichida Lutfiy (1366-1465) aloxida o'rin tutadi. Navoiyga qadar o'zbek she'riyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir bo'lmagan. U birgina turkiy tilida asarlar yaratib qolmadi, balki fors tilida xam qasidalar yozdi. Lutfiy ijodida xaqiqat va adolatni sevish, shafqat va muruvvatli bo'lishni targ'ib qilish, ilm va san'atni sevish kabi fikrlar katta joy olgan.

15 asr badiiy adabiyoti ravnaqida buyuk davlat arbobi, ulug' shoir, olim, mutafakkir Alisher Navoiy va buyuk tojik shoiri Abduraxmon Jomiyning xissalari g'oyat buyukdir. Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxtsaodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o'zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san'at va adabiyot taraqqiyotiga bag'ishladi. U o'zbek adabiy tili, o'zbek mumtoz adabiyotini yangi pog'onaga ko'tardi. Navoiy o'ttizdan ortiq yirik badiiy asar yozdi. "Xamsa", "Xazoyin ul-maoniy", "Maxbub ul-qulub", "Lison ut-tayr" shular jumlasidandir.

Navoiy tarixni bilishning axamiyati katta ekanini ta'riflab, odamlarni tarixni o'rganishga da'vat etadi. Uning fikricha, tarix fani shoxlar, xukmdorlarning tarjimayi xolini emas, balki mamlakat tarixini o'rganishi kerak. Navoiy mamlakatni nimalar tanazzulga va nimalar farovonlikka olib kelishini, qanday ishlar tufayli mamlakat obod bo'lishini, xalqqa farog'at va baxt keltirishini tarix ko'rsatib berishi lozim deb xisoblaydi.

Navoiy adolat yordamida mamlakatni obod qilish mumkinligini, xar bir kishi o'zining xulqi va odobi bilan odamlarni xursand qilishi lozimligini uqtirib o'tadi.

Xullas, o'zbek xalqining ulug' shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o'zining bebaxo asarlarida ko'targan o'ta insonparvar g'oyalari bilan jaxon adabiyotining buyuk namoyondalari qatoridan munosib o'rin egalladi Abduraxmon Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi, ustozi va do'sti edi Ularning do'stligi va xamkorligining yorqin timsolidir.

Mutaffakkir - chuqur tafakkur istedod egasi.

Lavvox - lavxa yasovchi usta.

Nastaliq xati - arab mumtoz xati uslublaridan biri bo'lib, unda yozilgan yozuvlarning 5/6 qismi egri 1/6 qismi esa to'g'ri chiziqlar asosida yoziladi.

Saxxoflik - muqovasozlik.

Maxmud Qoshg'ariyning dunyo xaritasi (11 asr):

SHarq - odam alayxissalom tushgan.

Janub - xarorat yuqori bo'lganidan odamlar yashamaydi. Mag'rib va Andalus yerlari.

G'arb - yovvoyi xayvonlar yashaydigan joy.

Xarita markazida Bolasog'un shaxri joylashgan.

SHimoli-sharqi - ya'juj va ma'juj yerlari.

O'tmish sadosida tarix saboqlari va ma'naviyat

(Xotima o'rnida)

Siz o'quv yili davomida jonajon Vatanimiz O'zbekistonning 4-16 asr boshlari tarixi bilan tanishdingiz. Qadim zamonlarda Turon, o'rta asrlarda Turkiston va Movarounnaxr nomlari bilan shuxrat topgan yurtimiz tarixi bayoniga yakun yasalar ekan, shuni e'tirof etish joizki, xalqimizning bu ko'xna o'tmishi, avvalambor, uning ulkan bunyodkorlik faoliyati tarixidir. Bu davrda uning betinim mexnati tufayli o'lkamizda azim daryolar, katta-kichik soy va jilg'alar jilovlanib, dexqonchilik maydonlari kengaytirildi, bog'rog'lar va bo'stonlar barpo etildi. Xozirgi kunda Sizu biz xayot kechirayotgan voxa va viloyatlar shakllandi va obod etildi. Sonsanoqsiz qishloq va shaxarlar bunyod etildi. SHaxarlar kengayib, xunarmandchilik, tijorat, ma'rifat, ilm-fan xamda madaniyatning markaziga aylandi. Xunarmandchilikning turli xil tarmoqlari rivoj topib, qo'li gul moxir xunarmandlarning nozik did va ijodiy maxorati bilan yasagan buyumu asboblari xamda zeb-ziynatlari o'ziga xos yuksak san'at asari darajasida qiyomiga yetkazildi.

Bir tomondan sug'orma dexqonchilik va chorvachilik, ikkinchi tomondan xunarmandchilikning taraqqiyoti o'z navbatida ichki va tashqi tijoratning kengayishiga, ayniqsa tashqi bozor bilan olib borilgan aloqalarning mustaxkamlanishiga va bular esa shubxasiz xatu savod, ilmu ma'rifatning yuksalishiga olib keldi. Aynan shu davrda Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy, Axmad al-Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug'bek singari o'rta asrlarning buyuk alloma olimlari yetishib chiqdi. Ular jaxon ilm-fanining taraqqiyotiga ulkan xissa qo'shdilar.

Elyurtni boshqarishda xam o'ziga xos davlatchilik, qonun va qoidalar, yer va mulkka bo'lgan xaq-xuquq tizimlari yuzaga keldi. Bu diyorda yirik viloyat xokimlari boshqargan maxalliy voxa xokimlaridan tortib, Turk xoqonligi, Somoniylar, XoqoniyaQoraxoniylar, Xorazmshoxlar xamda Amir Temur saltanati kabi buyuk davlatlar tashkil topdi. Bu tarixiy voqelik shuni qat'iy tasdiqladiki, Vatanimiz xududlarida davlatchilik madaniyati o'rta asrlarda yanada rivoj topib, buyuk saltanatlik boshqaruv tizimigacha ko'tarildi.

Davlatchilik tizimi voxa xokimliklaridan markazlashgan saltanat, ya'ni shoxonshoxlik (imperiya) darajasigacha ravnaq topishi, shuningdek, axolisini umumdavlat dini va e'tiqodida, xususan Islom dini mafkurasi asosida kamol topishi, beshak, tarixiy Turon Turkiston mintaqasida qadimdan yashab kelayotgan ajdodlarimizni birlashtirdi. Ularning xalq bo'lib shakllanishjarayonida yengilmas kuch sifatida asosiy omil vazifasini bajardi.

Tarix taqozosi bilan SHarq va G'arbdan turli qabilalarga mansub etnik guruxlar o'lkamizga kirib kelib, maxalliy tub axoli bilan qo'shilib, qorishib ketdi. Asrlar davomida yuz bergan bunday etnik jarayonlar natijasida o'z xududi, davlatchiligi, tili, iqtisodiy va ma'naviymadaniy turmush tarziga ega bo'lgan o'zbek xalqi shakllandi.

Mashaqqatli mexnat, dexqonchilikning barokati, roxatu uqubati, yerga egalik qilish munosabatlari xalqimizning turmush tarziga kuchli ta'sir qilib, unda mustaxkam e'tiqod, pok axloq, sabr-qanoat qilish odobini shakllantirdi. Bu davrda Imom al Buxoriy, Abu Iso at Termiziy, Burxoniddin Marg'inoniy, Xoja Axror va Baxouddin Naqshband kabi zabardast daxo va ulamolar yetishib chiqdi. Ular islom dini va qonunshunosligi taraqqiyotiga xamda uning jaxon dini darajasiga ko'tarilishiga katta xissa qo'shdilar. Islom dini odamlar e'tiqodini mustaxkamladi.

Bunday zabardast jamoatchilik qudratini yuzaga keltirgan tarixiy Turkiston O'zbekiston tarixda Buyuk karvon yo'lida SHarqu G'arb davlatlarining o'zaro iqtisodiy va madaniy munosabatlarini shakllanishida bag'rikeng va omilkor vositachi xamda qalqon mamlakat sifatida faoliyat ko'rsatib kelgan.

Vatanimiz uzoq tarixi guvoxlik beradiki, adolat yo'qolib, zulm kuchaygan vaqtlarda el-yurtda tanglik va notinchlik yuzaga keladi. Xalq g'alayonlari ko'tarilib, mamlakat iqtisodiy va siyosiy buxronga duchor bo'ladi. Bunday og'ir va mushkul vaziyatli davrda, ayniqsa, maxalliy xokimlarning Markaziy xokimiyatga qarshi xatti-xarakatlari avj olib ketadi. Bunday davrlarda mamlakat tanazzulga yuz tutib, davlat barxam topadi. Bu borada Temuriylar saltanatining fojiali qismati, ayniqsa, saboqlidir. Ona Vatanning mana shunday qismatidan saboq chiqargan otabobolarimizning "Vatanni sevmoq iymondandir" degan sharafli so'zlarida olamolam ma'nomazmun mujassamlashgan. Vatanga bo'lgan muxabbat esa ota-ona va ustozlarga bo'lgan izzatxurmat, bo'lgan sadoqat va e'tiqoddan boshlanadi.

Java Books Maker

MUALLIFLARDAN

Ushbu darslik jahon tarixining o'rta asrlar davrini yoritadi. O'rta asrlar tarixi esa milodiy 5 asr oxiridan-15 asrning oxirigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.

O'rta asrlar tarixini o'rganish davomida o'quvchilar turli xalqlarning kundalik hayoti, xo'jalik faoliyatlari, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotini kuzatib boradilar va bizga qadar saqlanib kelayotgan mashhur me'morchilik obidalari: saroylar, madrasalar, masjid va ibodatxonalar haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Darslikda o'quvchi Vataniniz va jahonning mashhur olimlari faoliyati bilan ham tanishadilar.

Ushbu darslik ikki bo'lim va boblarga, har bir bob o'z navbatida mavzularga bo'lingan.

Keltirilgan ma'lumotlaming o'zlashtirilishini yengillashtirish maqsadiida har bir mavzu so'ngida nazorat savollari va topshiriqlar berilgan. Ularning; aksariyati o'quvchini mustaqil fikrlash, mantiqiy xulosalar qilish qobiliyatini o'stirishga yordam beradi.

Topshiriqlar o'quvchlarning nazariy bilimlari va amaliy malakalarini oshirib borishga yo'naltirilgan. Bular orasida soddalari bilan birgalikda, o'quvchining diqqati, fikr-mulohazasini talab qiladigan nisbatan murakkab tuzilganlari ham mavjud.

Topshiriqlarni darsning turli qismlarida: yangi materiallarni tushuntirish. o'quvchining o'tgan darsni qanday o'zlashtirganini aniqlash yoki uy vazifasi sifatida bajarish mumkin. Bunga har bir o'quvchi o'zining shaxsiy tajribasi, bilimi va mahorati bilan yondashadi. Darslikda keltirilgan tushunchalar, sanalar bilan bir qatorda zarur paytlarda lug'atlar, xronologik jadvallar, xaritalar va boshqa yordamchi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ushbu darslikni yaratishda so'nggi yillarda nashr qilingan adabiyotlardan foydalanildi. Darslik rangli rasmlar, chizmalar, atamalar izohlari, sinf va uy vazifalari bilan to'ldirilgan.

O'RTA ASRLAR TARIXI NIMANI O'RGATADI?

O'rta asrlar tarixini davrlashtirish.

O'rta asrlar tarixi ikki yirik davrga bo'linadi:

1. Milodiy 5 asr oxiridan-11 asr o'rtalariga qadar:

Yangi feodal jamiyatiga o'tish;

Er egaligining yangi turlari (yirik yer egalari-feodallar, qaram dehqonlar toifalari) shakllanishi;

G'arbiy Yevropada yangi diniy ta'limot-xristianlikning keng tarqalishi;

SHarqda islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi;

Yirik feodal davlatlarning paydo bo'lishi.

2. 11 asrning o'rtalaridan-15 asr oxiriga qadar:

Er egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi;

O'z-o'zini ta'minlovchi-natural xo'jalikdan, bozor uchun mahsulot yetishtiruvchi xo'jalikka o'tilishi;

O'rta asrlarda shaharlarning va hunarmandchilik sexlarining taraqqiyoti;

Savdoning yuksalishi: xalqaro savdo, bozor, yarmarka va birjalar; Yevropa shaharlarining senorlar hukmronligidan ozod bo'lish uchun kurashi;

Erkin shaharlar, shahar respublikalar va yirik markazlashgan davlatlarning shakllanishi;

Markaziy hokimiyatning obro'-e'tiborining o'sib borishi;

Toifaviy hokimiyat organlari (parlament, General shtatlar)ning shakllanishi;

Xristian cherkovi va salib yurishlari;

Evropa, Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tarixi;

Dunyo xalqlarining ilm-fani va madaniyati.

O'rta asrlar tarixi manbalari.

O'rta asrlar tarixiga oid manbalar ikki asosiy turga bo'linadi.

1. Yozma manbalar:

Tarixiy yilnoma va solnomalar;

Rasmiy hujjatlar: soliq. jarima, sud, oldi-sotdi, qarz majburiyatlari bilan bog'liq;

Imperator. qirol va sultonlarning farmonlari, farmoyishlari;

O'rta asrlarda dastlab barcha hujjat va kitoblar xattotlar tomonidan bitilgan.11 asrda Xitoyda, 15 asr o'rtalarida Yevropada kitob bosish dastgohlarining yaratilishi natijasida yozma manbalar soni keskin ko'payadi.

2. Moddiy manbalar:

Badiiy-tasviriy asarlar: haykallar, suratlar, amaliy san'at namunalari. Tarixiy muzeylardagi mehnat va jang qurollari;

Turli tanga-chaqalar;

Kiyim-kechak va taqinchoqlar;

Uy-joylar va jihozlar;

Saroylar, qasrlar, ibodatxonalar.

Davr chizig'i

Qadinmgi dunyo O'rta asrlar Yangi davr Eng yangi tarix

3 2 1 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21

Milodgacha asrlar Milodiy asrlar

1 BO'LIM. ILK O'RTA ASRLAR DAVRI

1 BOB. YeVROPA ILK O'RTA ASRLARDA

1-Mavzu. XALQLARNING BUYuK KO'CHISHLARI VA UNING NATIJALARI

Xalqlarning buyuk ko'chishlari. Milodiy 4-6 asrlarda Yevropani, xunn qabilalari boshlab bergan "Xalqlarning buyuk ko'chishlari" jarayoni qamrab oladi. Ushbu jarayonning qator sabablari bo'lgan. Avvalo, german qabilalarida aholi sonining ko'payib borishi natijasida yangi yerlarga bo'lgan talabning oshishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi ularni yangi hududlarni egallashga undaydi. Bundan tashqari, xunnlaming 4 asrdan SHarqdan hujumlari ko'plab varvar qabilalarini o'z makonlaridan siljishga majbur etadi. Yevropada 2 asrdan iqlimning soviy boshlashi 5 asrga kelib ekinzorlarni qo'riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqliklarga aylantiradi. Ushbu omillar xalqlarni yashash va xo'jalik yuritish uchun yangi qulay hududlarni izlashiga turtki bo'ladi.

German qabilalari, Rim imperiyasining shimoliy chegaralari bo'ylab joylashgan varvar qabilalari 2-4 asrlarda ham urug'chilik jamoasi darajasida yashar edilar.

Qadimgi german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) Reyn va Elba daryolari havzasida joylashganlar. Germanlar urug' jamoalari oilalarga bo'linib, har bir oila yog'ochlardan yasalgan uylarda yashaganlar. Uylarining tomi poxol bilan yopilgan. Qishloq tevaragi himoyalanish uchun tuproqdan uyib yasalgan to'siq va xandaqlar bilan o'rab olingan.

Germanlar mashg'ulotlari. Asosiy mashg'ulotlari chorvachilik bo'lgan. Germanlar chorvadan tashqari parranda boqqanlar, ov va baliqchilik bilan shug'ullanganlar. Milodiy asr boshlaridan aholi sonining ko'payishi xo'jalikda dehqonchilikning ahamiyatini oshiradi.

Lekin germanlarda yer xususiy mulkka aylanmagan. Qabila oqsoqollari har yili ekin maydoniarini urug' va yirik oilalarga qur'a bilan taqsimlab bergan. Erkaklarning asosiy mashg'ulotlari urash bo'lganidan, yerga ishlov berish ayollar va qariyalarning yumushi sanalgan. Ularga bolalar ham yordam berishgan. Jangdan bo'sh paytlarda erkaklar ov qilganlar.

Urug' jamoalari hamkorlikda o'rmondagi daraxtlarni kesib, yangi yerlar ochganlar. Yerga oddiy yog'och so'qa bilan ishlov berilishi, yerni o'g'itlanmasligi ekinzorlarni kuchsizlanib 2-3 yildan so'ng hosilni keskin kamayishiga olib kelgan. Germanlarda keyinchalik omochdan temir plugga o'tilishi mehnat unumdorligini va olinadigan hosilni oshirgan.

Yodda tuting! Rimliklar Rimdan chetda yashab, noma'lum tilda gaplashadigan barcha xalqlarni "varvarlar" deb ataganlar. Qadimgi germanlar tarixi haqidagi boy ma'lumotlarni Yuliy Sezarning "Galliya urushi haqida xotiralar" va rim tarixchisi Tatsitning "Germamya" asarlarida uchratamiz.

Asrlar o'tib dehqonchilikda almashlab ekish qo'llanila boshlandi. Milodiy 4 asrdan bahorgi va kuzgi bug'doy o'rniga dukkakli ekinlar ekish, haydalgan yerni ikki dalaga bo'lib (shuning uchun bu uslub ikki dalali almashlab ekish deyiladi) biriga don sepib, ikkinchisini shudgor qilib dam berish hamda ularni har yili almashtirib turish yo'lga qo'yiladi. Bu hosil miqdorini oshirishi bilan bir vaqtda ekinzorlarni tez-tez almashtirish zaruriyatidan xalos etadi. Germanlar don va dukkakli ekinlardan tashqari poliz mahsulotlari, sabzavotlar, shu jumladan karam yetishtirganlar.

Tarixchi Tatsitning yozishicha, germanlar temir va boshqa ma'danlarni qazib olish, eritishni bilganlar. Ularda 2-4 asrlarda hunarmandchilikning to'qimachilik, yog'ochsozlik (xususan qayiq yasash), zargarlik, teri-ko'nchilik sohalari taraqqiy etgan. Ichki savdoda eng muhim ashyo temir buyumlar hisoblangan. German qabilalari qo'shnilari rimliklarga: qullar, chorva mollari, teri, qahrabo1 yetkazib berib, ulardan nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vino olishgan. Savdo mol ayirboshlash shaklida bo'lib, faqat imperiya bilan chegara hududlarda rim puli ishlatilgan.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling