Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet23/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Manbalarda yozilishicha, Gerbert kambag'al oiladan bo'lgan. Uning bilimga chanqoqligi shu qadar katta bo'lganki, u o'qish uchun o'z davrining mashhur ilm-fan markazlari arablar Ispaniyasidagi Kordova va

Sevilya shaharlariga yo'l oladi. Keyinchalik uning g'animlari Gerbertni arablardan sehrgarlik sirlarini o'rganishga borgan deb gap tarqatganlar. Imperator xonadoniga yaqinlik Gerbertga arxiepiskoplikdan Rim papasi lavozimiga erishishiga yo'l ochadi. Uning bilimdonligi haqida afsonalar tarqalgan. Zamonasining eng taniqli kishilari, jumladan imperatorlar uning shogirdi bo'lishni orzu qilishgan. Hozirgi davrda cherkov imperiyaning itoatkor va ishonchli quroliga aylanganday ko'rinadi. Lekin kuchayib borayotgan katolik cherkovi german imperatorlari qoiida uzoq vaqt qo'g'irchoq bo'lib qolmasligini anglash qiyin emasdi.

5-§. ANGLIYa 5-11 ASRLARDA

Rim legionlari 407 yili Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi. Ularning ketidan rim kolonistlari ham Yevropaga keta boshlaydi. SHu tariqa orolning kelt aholisi o'z holicha qoldiriladi. Kelt qabila boshliqiari esa o'zaro urushlarga kuch beradi. Ayni paytda shimoldan pikt va skott qabiialari hiijumlari boshlanadi.

Xavfli himoyachilar. Piktlardan himoyalanish uchun brittlar ilk marotaba germanlarning yut, angl va saks qabilalaridan yollanma drujinalarni taklif etgani ehtimol. Bu qabilalar esa Germaniyaning shimoli va Yutlandiya yarim orolida yashardi. Dastlab germanlar uchta kemada kelishadi. Lekin ko'p o'tmay ularning ortidan o'nlab, yuzlab va minglab qabiladoshlari yo'lga chiqadi. Germanlarning keltlardan tobora yuqori to'lov talab qilishi, doimiy isyonlari, mamlakatni talashlari va tahdidlari kuchayib boradi. Yutlar 5 asr o'rtalarida Kent viloyatini bosib oladi. Ularning izidan angl-sakslar ham keltlarga hujum boshlab, qattiq qarshilik bo'lmaganidan mamlakatni istilo qilishga kirishadilar. Angl-sakslar mahalliy aholining bir qismini qirib, ayrimlarini qullik asoratiga soladilar. SHaharlar katta talafot ko'radi, majusiy germanlar ibodatxona va monastirlarni talab, yondirib yuboradilar. Istilo dahshatidan ko'pgina keltlar qit'aga, Armorika viloyatiga ko'chib o'tadi. Fransiyaning shimoli-g'arbidagi bu hudud brittlarning ommaviy ko'chishidan so'ng Bretan nomini olib, bu nomni hozirga qadar saqlab qolgan.

Qirol Artur. Oroldagi so'nggi rimliklardan Amvrosiy Avrelian 6 asrning boshlarida brittlarni birlashtirib, germanlarga qarshilik ko'rsata boshlaydi. U qator yorqin g'alabalarga erishib, angl-sakslar tazyiqini deyarli yarim asrga to'xtatadi. Kelt qabilalari xotirasida bu g'alabalar haqidagi ma'lumotlar asrlar davomida saqlanadi. Lekin rivoyatlarda bosqinchilarga zarba bergan qahramonning ismi o'zgargan. Dostonchilar uni Artorius yoki Artur deb atay boshlashgan. Vaqt o'tishi bilan Artur siymosi atrofida 6 asrga aloqasi bo'lmagan ko'plab tarixiy afsonalar to'planadi. Oradan besh asr o'tib ham Yevropaning turli mamlakatlari yozuvchilari qirol Artur va uning ritsarlari Lanselot, qirolicha Jinevra, sehrgar Merlinlar haqida asarlarni yaratishda davom etishadi. Bu asarlar kitobxonlar orasida keng tarqaladi.

Kurashning yakuni. Amvrosiy Avreliandan so'ng brittlarda munosib yo'lboshchi bo'lmasligi 600 yillarda angl-sakslar tomonidan orolning katta qismini bosib olinishiga imkon beradi. Bosqinga uchramagan kelt qabilalari Irlandiya va SHotlandiyada, qisman Britaniyaning g'arbiy chekkasida saqlanib qoladi.

Istilochilar Britaniya yerlarida yettita qirollik tuzishadi. Orolning shimoliy va markaziy qismida joylashgan angllar: Nortumbriya, Mersiya va SHarqiy Angliya qirolliklarini tashkil etgan. Sakslarning janubdagi qirolliklari: Uesseks (G'arbiy-sakson), Sasseks (Janubiy-sakson) va Esseks (SHarqiy-sakson) deb nomlangan. Yettinchi Kent qirolligiga yutlar asos solgan. Istilochilar turli lahjalarda so'zlashgan, lekin yillar o'tib angllar yashagan Mersiya shevasi tobora keng qo'llanila boshlanadi. SHu tufayli keyinchalik, istilochilar muomalasidagi til ingliz, mamlakat esa Angliya nomini oladi.

Bosqinchilarning ko'plab qabilalari va bo'ysundirilgan aholining qolgan qismi yagona xalqqa birlasha boshlaydi. Tarixda ular angl-saks nomini oladi.

Yangi bosqin. Xaritaga e'tibor qilsangiz, shimoli-sharq yo'nalishida shamol esganida kema Norvegiya yoki Daniya sohi-lidan Britaniya orollariga suzib borishi uchun bir necha kun kerak bo'lishini tushunish mumkin. Zamondoshlarining yozishicha, shu sababdan daniyaliklar har yili hujum qilib Angliya xalqining mol-mulkini talagan.

Rohiblari o'z bilimlari bilan tanilgan, lotin va yunon tillarida asarlar bitgan, ajoyib xattotlik san'ati markazlari bo'lgan mashhur irland monastirlari normannlar tomonidan yondirilib, kuli ko'kka sovurilgan.

Angl-saks qirolliklaridagi ichki nizolar, ularga istilochilarni qaytarish imkonini bermagan. Normannlar 842 yili Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar. Yana 20 yillar chamasi o'tib daniyaliklar talonchilik hujumlaridan so'ng uylariga qaytmasdan Angliyada bosib olgan yerlarida qishlab qoladigan bo'ladilar.

Yodda tuting!

London mil. 43 yil rimliklar tomonidan Temza daryosining shimoliy qismida kelt aholisi yashaydigan joyda barpo qilingan va to'rt asr davomida rimliklarning bosh shahri bo'lgan. Milodiy 5 asrda rimliklarning ketishi natijasida London tushkunlikka uchragan. 1066 yilda normannlar istilosi oqibatida London qirollar qarorgohiga va Angliyaning rasmiy poytaxtiga aylanadi.

Deyarli barcha angl-saks qirolliklari daniyaliklar tomonidan bo'ysundiriladi. Qarshilikni faqat orolning janubiy-g'arbidagi Uesseks qirolligi davom ettiradi.

Qirol Buyuk Alfred. Buyuk Alfred (871-900) Uesseksda taxtga kelgunicha daniyaliklarni hech kim to'xtatishga qodir bo'lmagan. Buyuk Alfred butun Angliyadan bosqinchilarni jazolash orzusidagi jangchilarni yig'adi. U bu qo'shin bilan daniyaliklarni bir necha bor mag'lub etadi.

Buyuk Alfred 879 yili daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi. Unga binoan, butun orol ikki qismga bo'linib: janubi-g'arbiy hududlar Alfredga, shimoli-sharqiy hududlar esa-daniyaliklarga beriladi. CHegara London va CHechter oralig'idagi qadimgi rimliklar qurdirgan tosh yo'l bo'ylab o'tadi. Skandinavlarda qoldirilgan yerlar Daniya qonunlari viloyati yoki inglizcha Denlo nomini oladi.

Buyuk Alfred tinchlik sulhidan yangi kuchli qo'shin tuzish uchun foydalandi. Ma'lumki, avvallari dushman xavfi tug'ilganida xalq lashkari to'planardi. Endi har beshta angl-saks oltinchini boqishi va qurollantirishi majburiy etib qo'yiladi. Natijada, birinchidan, tinimsiz urushlar davrida qishloqning ko'pchilik aholisi o'z ishidan ajratilmagan. Uyda qolganlar yerni haydash, hosilni yig'ish bilan shug'ullangan. Ikkinchidan, bitta xo'jalik daromadi yaxshi qurol-aslaha uchun yetarli bo'lmasdi. Agar urushga olti kishining barchasi jo'nasa, ularning har birida qimmatbaho poiat qilich bo'lishi gumon edi. Yangi qoidaga binoan besh kishi oltinchisini: dubulg'a, qilich va jang boltasi bilan ta'minlab vikingdan yomon qurollantirmagan. Qolaversa, bu oltinchi kishi doimo mashq qilishi, jangga tayyorlanishi shart edi. Uning uchun qolgan beshta qo'shnisining ishlashi oilasi haqida o'ylamasligi uchun ham imkon beradi.

SHu tariqa son jihatidan qisqargan Buyuk Alferd qo'shini sifati bo'yicha avvalgiga qaraganda bir necha bor kuchaydi. Yangi qo'shinning paydo bo'lishi bilan jamiyatda ham muhim o'zgarishlar bo'ladi. Jamiyat professional jangchilar va dalada ishlovchi dehqonlarga bo'linadi.

Buyuk Alfred daniyaliklar qal'alarini qamal qilishni unchalik xush ko'rmasligini anglab, o'z mulklari chegaralarida ko'plab qal'alar-burglar barpo ettiradi. Qirol kema yasaydigan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan qolishmaydigan kemalarni yasattiradi.

YoDDA TUTING.

Vikinglar 8 asr oxiri-11 asr o'rtalarida Yevropa mamlakatlariga dengiz yo'li orqali savdo-sotiq uchun borgan, qaroq-chilik va bosqinchilik yurishlari qilgan skandinavlar. Rusda ularni varyaglar, G'arbiy Yevropada normannlar deb atashgan. 9 asrda vikinglar SHimoli-SHarqiy Angliyani, 10 asrda esa SHimoliy Fransiyani bosib olganlar.

Qirol Alfred faqat qo'shin haqida qayg'urmagan. U o'z davrining o'ta ma'lumotli kishisi bo'lgan. Uesseksda esa daniyaliklar hujumlaridan keyin lotin tilini biladigan odamlar deyarli qolmagan edi.

U eski angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tarixiga oid ma'lumotlar to'plashni buyuradi. Buyuk Alfred davrida "Anglosakson solnomasi" tuzilib, unda yilmayil muhim voqealar qayd etila boshlanadi. 250 yil davom ettirilgan ushbu solnoma bo'lmaganida, tarixchilar o'rta asrlar Angliyasi haqida juda kam ma'lumotga ega bo'lar edilar.

Denloning qaytarilishi. Qirol Buyuk Alfredning o'limidan so'ng uning vorisiari Denloga hujum boshlaydi. Yangi qo'shin muvaffaqiyatli harakat qilib, 10 asrning so'nggi choragiga kelganda Angliya qirolligi (bu paytda avvalgi Britaniya nomi yangi Angliya atamasi tomonidan uzil-kesil surib chiqarilgan) Daniya qonunlari viloyatini qo'shib oladi. Bu davrga kelib, Denloga o'rnashgan daniyaliklar mahalliy aholi bilan ancha yaqinlashib, aralashisha boshlagan edi.

Denloni Angliya qirolligiga qo'shib olinishi o'zida ma'lum xavfni ham yashirgan-g'oliblar aksari holatlarda beparvolikka berilgan. Angliyada yana ichki nizolar boshlanib, davlat zaiflashadi. Ayni paytda, Daniya tez yuksala boshlaydi. Yagona Daniya qirolligi 8 asr oxirida Angliyaga hujum qilgan daniyalik vikinglarga nisbatan, albatta xavfliroq edi. Ayni paytda, Angliya qirolligi ichki nizolardan batamom holsizlangandi. Daniya qiroli 1013 yili ingliz sohiliga o'z qo'shinini tushiradi. Urush uzoq cho'zilmaydi. Faqat London shahri daniyaliklarga ma'lum vaqt qarshilik ko'rsatadi.

6-§. VIZANTIYa IMPERIYaSI

Imperiyaning tashkil topishi. Imperator Feodosiyning o'g'illari 395 yili Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga: G'arbiy Rim imperiyasi poytaxti Rim va SHarqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) poytaxti Konstantinopolga bo'lib olishadi. Konstantinopol shahri o'midagi Vizantiy (Megara koloniyasi) nomidan SHarqiy Rimni ko'pincha Vizantiya deb ham nomlashadi.

4 asrda Vizantiya tarkibiga Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya, Falastin, Misr, shuningdek, Krit va Kipr orollari kirgan.

SHarqiy Rim imperiyasida: ellinlar, suriyaliklar, armanlar, gruzinlar, yahudiylar va boshqa xalqlar yashagan. Ulardan yunonlar son jihatidan ko'p bo'lganidan davrlar o'tib, yunon tili lotin tilini surib chiqaradi va davlat tiliga aylanadi.

Evropada SHarqiy Rim imperiyasi aholisini-yunonlar deyishgan. Lekin imperiya fuqarolari o'zlarini rimliklar (yunoncha romeylar), davlatlarini esa Rim (Romey) imperiyasi deb hisoblashgan. Ularni SHarq xalqlari ham rimliklar deb bilishgan.

Vizantiyada qulchilik saqlanib qolsada, aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etishi, sun'iy sug'orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo'lishi uning iqtisodiy barqarorligini ta'minlaydi. SHuning uchun imperiyada 6 asrda ham Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa shaharlari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullab-yashnagan. Konstantinopol va Aleksandriyalami muhtasham binolar, ko'pqavatli uylar, haykallar va favvoralar o'rnatilgan maydonlar bezab turgan. SHaharlarda hunarmandchilikning: shishasozlik, movut, shoyi gazlamalar to'qish, zargarlik sohalari, ayniqsa, yuksalgan.

Ispaniyadan Xitoyga qadar dunyoning turli mamlakatlari savdogarlari romeylar bozoriga shoshilganlar. Konstantinopol Osiyo va Yevropani

Bog'laydigan "Oltin ko'prik"ka aylanadi. Vizantiya savdogarlari G'arbning siyraklashib qolgan bozorlari ga hashamatli kiyimlar-u zeb-ziynatlar, ziravorlar va qimmatbaho vinolar, qurol-yarog'lar-u idishlar, cherkov anjomlari-yu, buyumlarni olib borishgan. Vizantiya oltin puli (nomisma) ko'p asrlar davomida eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan.

Vasilevs hokimiyati. Vizantiya imperiyasini vasilevs (yunoncha podsho) boshqargan. U xudoning irodasi bilan saylangan butun xristian dunyosi hukmdori sanalgan. Vasilevslar Yevropa, Old Osiyo va SHimoliy Afrika mamlakatlarini boshqarish huquqini rimliklardan o'tgan meros hisoblashgan. Boshqa xristian davlatlari hukmdorlari (og'izda bo'lsada) uzoq payt o'zlarini Vizantiya imperatorlarining vassallari deb hisoblashgan.

Vizantiya imperatori saroyi o'zining boyligi, hashami va tantanavorligi bilan ajralib turgan. Bayramlar va qabullar paytida vasilevs oltin iplardan kashtalangan, marjon va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimlarda chiqqan. Hukmdor kiyimi to'q qizil rangda bo'lgan. An'anaga binoan to'q qizil rangli etikni faqat imperator kiyishi mumkin edi. Qimmatbaho kiyimlar, hukmdor toji, oltin zeb-ziynatlar juda og'ir bo'lgan. Imperatorlardan biri toj kiyish marosimida, kiyim-bosh, zeb-ziynatlar og'irligidan hushidan ketganligi malum.

Vasilevsga ko'p sonli sud, harbiy va soliq muassasalari, davlat amaldorlari, shuningdek, maslahat organiga aylangan sinklit (lotincha senat) bo'ysungan. Vizantiyada amaldor va senatorlar faqat zodagonlardan bo'lmagan. Iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkin edi. Ulardan hatto imperatorlar ham chiqqan. Bu holat romeylarni umuman ajablantirmagan ham, sababi ular qadimgi rimliklar singari imperiyaning barcha fuqarolari tug'ilishidan teng, mansublik esa har bir insonning shaxsiy ishi deb hisoblashgan.

Vizantiyaliklarning ellinligi. G'arbiy Rim imperiyasi taqdirini takrorlamagan Vizantiya hayotida ko'p narsalar odatiy tusda qolgan. Vizantiyaliklar hayotida ellinlik mustahkam o'rin olgan. Ippodromlarda xalq avvalgidek chavandozlar, kurashchilar, gimnastlar musobaqalari, mimlar (aktyorlar) chiqishlarini tomosha qilganlar. SHahar aholisi ilgarigidek ma'muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan, jamoa hammomlariga borib turishgan. Eng muhimi, Vizantiya antik davr yunon ilmini saqlab qolgan. Ko'pchilik bolalar qatnaydigan boshlang'ich maktablardayoq ular Gomer dostonlari, Ezop masallarini o'qib bilim olishgan. Bolalar avval harflarni o'rgangan, so'ng bo'g'inlarni undan keyin so'zlarni o'qib qadimgi she'riyatdan yuzlab misralarni yod olishgan.

Boshlang'ich va o'rta maktablarning ko'pchiligi G'arbiy Yevropadagi cherkov va monastir o'quv muassasalaridan farqiiroq, xususiy yoki davlatniki bo'lgan.

Vizantiyalik olimlar o'z nutqlari va asarlarida, ellin she'riyati, afsonalari hamda fanidan boxabar ekanligini namoyish etish maqsadida qadimgi mualliflar asarlaridan ko'plab misollar keltirganlar.

Vizantiyaning oltin asri. Vizantiya imperiyasi o'z qudrati cho'qqisiga Yustinian 1 (527-565) imperatorligi davrida erishadi. U kambag'al dehqon oilasida tug'ilgan. Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko'tarilib, imperatorlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga yaqinlashtirib, unga yaxshi ta'lim berdiradi. Amakisining vafotidan so'ng Yustinian taxtga o'tiradi.

Yangi imperator siyosiy donolik va jasorat sohibi edi. U imperiya hayotini islohotlar orqali ancha yangilaydi, xalqaro savdoni jonlantirishi, davlat xazinasini to'ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta'minlaydi. Yustinian 1 siymosida harakatchanlik, qat'iyat, uzoqni ko'ra bilishi qatorida buyuk siyosatdonlarga xos ikkiyuzlamachilik, mug'ambirlik, zolimlik xususiyat-lari ham mujassamlashgan.

Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham mashhur bo'lgan. Yoshligida Feodora aktrisa bo'lgan. U davrda aktyorlik yaxshi kasb hisoblanmasada, Feodoraning chiroyiga mahliyo bo'lgan Yustinian 1 jamoatchilikning salbiy fikriga qaramasdan unga uylanadi. Feodora aqli, shuhratparastligi, qo'rqmasligi bilan ajralib turgan.

Yodda tuting! Vizantiyaning oltin asri Yustinian 1 (527-565) imperatorligi davriga to'g'ri keladi.

Yustinian yurishlari. Yustinian 1 ning maqsadi Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash.edi. U 534 yil sarkarda Velisariyni SHimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O'rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug'ullangan vandallarga qarshi yuboradi. Yaxshi qurollangan vizantiyaliklar qo'shini vandallar qirolligini bo'ysundirib, SHimoliy Afrika Karfagen shahri bilan Vizantiya viloyatiga aylanadi.

SHundan so'ng Velisariy Italiyaga yo'l oladi. Vizantiyaliklar Sitsiliya orolini qiyinchiliksiz qo'lga kiritadilar. Lekin Italiyada ular ostgot-larning qattiq qarshiligiga uchraydi. Velisariyga qarshi ostgotlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan. Vizantiyaliklar esa aksincha, qulchilikni saqlab qolishgan, har qanday aybi uchun qulni qattiq jazolashgan. SHunga qaramasdan, vizantiyaliklar Italiya-ning katta qismini bo'ysundirib, poytaxti Ravenna bo'lgan alohida noiblik (ekzarxat) tuzishadi.

Italiyadagi urush so'ngida Yustinian 1 Ispaniyaga ham qo'shin yuboradi. Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilar edi. Vestgotlar qo'shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo'g'ozi ustidan nazorat o'rnatadi.

Vizantiya 6-11 asrlarda. Vizantiyaning zaiflashuvi 6 asrning o'rtalaridan slavyan qabilalari istilolariga yo'l ochadi. 7 asrdan Arab xalifaligi hujumlari natijasida Suriya va Misr ham qo'ldan ketadi.

Vizantiya qishloq xo'jaligida erkin dehqonlar 7-10 asrlarda qashshoqlashib, qaramlikka tushishi davom etadi. Qishloqda mulkiy tabaqalanish jarayoni kuchayib, yirik yer egalari-feodallar hamda yersiz dehqonlar toifalari paydo bo'ladi.

10-11 asrlarda imperatorlar amaldorlar, ibodatxonalar, monastirlarga ko'plab yer-mulklar in'om etadilar. Ma'lum vaqt o'tib Vizantiyada ham feodallar qal'alar qurib, harbiy bo'linmalar tuzadilar. Feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashuvi 9-11 asrlarda feodal munosabatlarini uzil-kesil o'rnatilishiga olib keladi.

7-§. SLAVYaN DAVLATLARINING TASHKIL TOPISHI

Slavyanlar. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan "slavyanlar" atamasi 6 asrdan ishlatilgan. Lekin slavyan qabilalari haqida dastlabki ma'lumotlar yunon-rim tarixchilari asarlarida, germanlar bilan bir paytda, miloddan avvalgi 2-1 asrlardan tilga olinadi.

Slavyan qabilalari 6-7 asrlardan g'arbda Elba daryosidan, sharqda Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq dengizidan, janubda Dunay daryosiga qadar cho'zilgan hududlarda yashaganlar. Keyingi asrlarda ular uch guruhga: g'arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo'lingan.

G'arbiy slavyanlar-chexlar, polyaklar, lujichanlar va slovaklar.

Janubiy slavyanlar-bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, chernogorlar, makedonlar va bosniyaliklar.

SHarqiy slavyanlar-ruslar, ukrainlar, beloruslardan tashkil topgan.

Slavyanlarning mashg'ulotlari. Slavyanlar qadimdan dehqonchilik bilan shug'ullangan. Ular yig'ilgan g'allani alohida omborlar (zaxira)da saqlaganlar. Vizantiya tarixchisi Mavrikiyning yozishicha, dehqonlar boshoqli ekinlardan ko'proq arpa va tariqni ekkanlar. Milodiy asr boshlaridan slavyanlar uy chorvachiligi va hunarmandchilik bilan ham shug'ullana boshlaganlar. Visla, Dnepr, Dunay, Elba daryolari bo'ylarida yashagan aholi xo'jaligida baliqchilik ham muhim o'rin tutgan.

Ijtimoiy tuzum va din. Slavyanlarning ijtimoiy tuzumi germanlarnikiga o'xshash. Ular qabila va urug'larga bo'linib yashagan. Urug' o'z navbatida katta patriarxal oilalardan tashkil topgan. Yozma manbalarda xalq yig'inlari (slavyanlar "veche"si), knyazlar, harbiy drujinalari, slavyanlarning olib borgan urushlari haqida ma'lumotlar uchraydi.

Vizantiya tarixchilarining yozishicha, slavyanlar erksevar, jasur, jangovar bo'lishi bilan birgalikda, tinchlikparvar, qo'shnilariga nisbatan do'stona munosabatga shay qabilalar bo'lgan. Jismoniy baquvvat, matonatli hisoblangan slavyanlar janglarda dushmanga pistirma qo'yish, qo'qqisdan hujum qilish usullarini ham qo'llaganlar. Yog'ochdan o'yib yasalgan qayiqlarida ular uzoq dengiz safarlarini uyushtirganlar.

Slavyanlarning diniy tasavvurlari tabiat kuchlari va o'z ajdodlari ruhlariga sig'inish ko'rinishida bo'lgan. Ularda osmon xudosi Svarog, momoqaldiroq va yashin xudosi-Perun, hosildorlik xudosi Jivalar asosiy ilohlar hisoblangan. Aholi orasida jinlar, suv parilari va boshqa afsonaviy siymolarga e'tiqod ham saqlanib qolgan.

Slavyan davlatlarining tashkil topishi. Dastlabki slavyan davlati Bolqon yarim orolining shimoliy qismida 7 asrning oxirlarida tuzilgan Bolgariya podsholigi bo'lgan. 9 asr boshlariga kelib Bolgariya yirik davlatga aylanadi. Simeon davrida (893-927) u o'z qudratining cho'qqisiga erishadi. SHundan so'ng, Bolgariya zaiflashib, 10 asr oxirida qo'shni Vizantiya tomonidan bosib olinadi.

Yodda tuting! Bulg'or (Bolgariya) podsholigi (680-1018), (1187-1396),(1908-1944)-xalqlarning buyuk ko'chishlari davrida slavyanlar Bolqon yarim oroliga kelib joylashishlari natijasida, bu yerda qadimgi turkiyzabon bulg'orlar xoni Asparux (643-701) boshchiligida Bolgariya podsholigiga asos soladilar.

CHexiya davlati. Buyuk ko'chishlar davrida shimolda Rudni tog'lari, janubda esa SHunava tog'lari bilan chegaralangan yerlarda joylashgan slavyan qabilalari doim kuchli qo'shnilar qurshovida yashaganlar. Bular dastlab Franklar davlati va Avar xoqonligi, so'ng SHarqiy Frank qirolligi va Buyuk Moraviya, goh Germaniya imperiyasi, Vengriya va Polsha bo'lgan. Buyuk Moraviya qulaganidan keyin mahalliy slavyan qabilalari Vltava daryosi havzasida yashagan chex qabilalariga bo'ysungan (rivoyatlarga qaraganda, ularning qadimgi yo'lboshchisini CHex deb nomlaganlar). Qabila ittifoqi boshida Prjemislovichlar xonadonidan bo'lgan knyazlar turgan. Ular tez-tez qo'llariga qurol olib o'z yerlarini mudofaa qilishlariga to'g'ri kelgan.

Yodda tuting!

Buyuk Moraviya-hozirgi CHexiyaning sharqida 9 asr oxiri-10 asr boshlarida vujudga kelgan davlat. 10 asr boshida bu davlat ko'chmanchi vengerlar tomonidan parchalangach, uning hududlari CHexiya davlati tarkibiga kirgan.

Knyaz Vatslav (920-935) yoshligidan xristian aqidalari bo'yicha tarbiyalangan, keyinchalik bor kuchi bilan dinni CHexiyada yoyilishiga harakat qiladi. U Pragada mamlakatning bosh ibodatxonasi-avliyo Vitni bunyod ettirgan. Lekin knyazning xristianlikka nisbatan bunday hurmat-ehtiromi ko'pgina chexlarga xush kelmagan. Vatslavning tug'ishgan ukasi uni xoinona o'ldiradi. Tez orada Vatslavni chexlarning asosiy milliy avliyosi, chex davlatining homiysi sifatida e'zozlay boshlashadi.

Xristianlikni to'xtatishning iloji yo'q edi. 973 yili Pragada alohida yepiskoplik tashkil qilinadi. SHu paytdan CHexiyada bir paytlar Moraviyaga Vizantiyadan Kirill va Mefodiylar olib kelgan sharqiy xristianlik izlari o'chib boradi.

Butun 11 asr Germaniya, Polsha va CHexiya orasida urushlar va yarash bitimlari tuzish bilan o'tadi. Goh, Polsha hukmdori Boleslav 1 CHexiyani bo'ysundiradi, goh chex knyazi Bratislav 1 Krakov va Gneznolarni egallab u yerdan avliyo Adalbert-Boytex xokini CHexiyaga olib ketadi. Goh CHexiya Muqaddas Rim imperiyasi bilan mustahkam ittifoqda bo'lgan, goh urush holatida. CHexiya 11 asrdan qo'shni, qachonlardir kuchli va yirik mamlakat markazi bo'lgan Moraviyani uzil-kesil o'ziga qo'shib oladi. German imperatori Genrix 4 1085 yili Rim papasiga qarshi og'ir kurashida unga yordam bergan chex knyazi Bratislav II ga qirol unvonini taqdim etadi. CHexiya qirollari german imperatorlari hokimiyatini tan olsada, o'z mamlakatlarida deyarli to'la mustaqil bo'lganlar. Ularning qirolligi imperiyaning bir bo'lagi hisoblansa-da, Yevgora ishlarida o'z mavqelariga ega edilar.

Polsha davlati. Bo'lajak Polshaning asosi Gnezno rayonida yashagan polyan slavyan qabilalari bo'ladi. Ushbu qabilalar ittifoqi nomida 8-9 asrlarda vujudga kelgan knyazlik, so'ng uning atrofida birlashgan barcha hududlar Polsha deb atala boshlaydi. Polyan knyazlik sulolasining afsonaviy asoschisi, solnomachining yozishicha "kambag'al kishi Piast" boigan, lekin hujjatlarda nomi qayd etilgan birinchi Piastlar sulolasi knyazi Meshko 1 bo'lgan. U 966 yili xristianlikni qabul qilgan. Meshko 1 ning o'g'li Boleslav Jasur (yoki Buyuk) nomini olgan. U qo'l ostida polyak qabilalari yerlarini birlashtirib, so'ng Moraviya va CHexiyani egallaydi, 1018 yili esa Rus knyazi Yaroslav Mudriy (Donishmand) qo'shinini tor-mor etib Kievga kiradi.

Yodda tuting! Meshko 1 Polsha davlatiga 10 asrning o'rtalarida asos solgan.

Knyaz Meshko 10 asr o'rtalarida Visla daryosi havzasida polyak qabilalarini birlashtirib, Polsha davlatiga asos soladi. Qabilalarni birlashtirish Boleslav Jasur davrida ham davom etadi. Boleslav qo'shinlari Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun german imperatorlariga qarshi kurash olib boradi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling