Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
1920 yil 2 fevralda Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi, butun hokimiyat muvaqqat inqilobiy qo'mita qo'liga o'tdi. Xorazmda xon va Buxoroda amir hokimiyatlarining ag'darilishi ob'ektiv qaraganda progressiv voqealar bo'ldi. 20 asr boshlarida bu mamlakatlarda mavjud bo'lgan hokimiyat tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar chuqur inqirozga uchrab, jamiyatning ilgarilab borishida jiddiy g'ovga aylangan edi. Progressiv, demokratik doiralar, birinchi navbatda Yosh buxoroliklar, shuningdek, Yosh xivaliklar boshi berk ko'chadan chiqib olish o'zanida faoliyat ko'rsatdilar, xalq ommasi manfaatlari va mavjud sharoit hisobga olingan dasturil-amallarini ilgari surdilar. Ammo bolshevikcha ekstremizm, inqilobiy o'zgarishlarning zo'rlik, qizil qo'shin kuchi bilan kirib kelishi aholi boshiga og'ir kunlarni soldi, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarning chigallashishiga olib keldi. 7-§. Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash. Ajnabiy tajovuzkorlik. Amir hokimiyatining ag'darilishi 1. Islohatlar uchun kurashning amaliy bosqichi. Rossiyada podsho hokimiyatining ag'darilishi Buxoro amirligida ham ba'zi o'zgarishlar uchun turtki bo'ldi. Amir Said Olimxonning e'tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Buxoro mustaqilligining tiklanganligini tan oldi. Bu haqda kelishuv imzolandi. Amir hukumati Afg'oniston va boshqa yerlar bilan aloqa o'rnatdi. Rossiya-Buxoro aloqalarida ham o'zgarishlar bo'ldi. Buxoroda ish olib borgan siyosiy agent Rossiya hukumati rezidenti deb atala boshlandi. Shuningdek, Buxoro amirligi hududidagi rus posyolkalarida ham ishchi va soldat sovetlari paydo bo'ldi, posyolkalarda siyosiy beqarorlik kelib chiqdi. Bu hol Buxorodagi muhitga ham bir-muncha ta'sir ko'rsatdi. Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy muhit o'zgara boshladi. Hukmron tabaqaning, amir, amaldorlarning cheklanmagan va nazoratsiz boylik orttirishlari, sivilizatsiya muhim ko'rinishlarining bo'lmagani, keng xalq ommasining haq-huquqsizligi asosli ravishda noroziliklar keltirib chiqardi. Buning natijasida hamda jadid Yosh buxoroliklar, ilg'or doiralar faoliyati oqibatida jamiyatda tub o'zgarishlarning amalga oshishi yetilib qoldi. Buxoroning ichki-siyosiy hayoti 1917 yil bahorida yangi pallaga kirdi. Islohotlar, o'zgarishlar zarurligi aniq bo'lib qoldi. Islohotlar o'tkazish g'oyasiga bo'lgan munosabatda mamlakat doiralari asosan ikki oqim-liberal-demokratik va konservativ oqimlarga bo'lingan edi. Birinchi oqim Yosh buxoroliklar va ularga yaqin demokratik doiralarda tashkil topti. Ular Yosh buxoroliklar islohotlar dasturini ishlab chiqishga kirishib, ilg'or g'oyalar va ularni amalga oshirish yo'llari ustida keng flkr almashmoqda edilar. Endi ular islohotlarni amalga oshirishni talab qilib chiqdilar. Bu talablar shu qadar ta'sirchan ediki, amir va Rossiya rezidenti bu jarayon o'zanida ish ko'rishga majbur bo'ldilar. Lekin ular islohotlar masalasidan o'z maqsadlari uchun foydalanmoqchi bo'ldilar. Yosh buxoroliklar tashkiloti Rossiya rezidenti A.Miller bilan aloqa bog'lab, fikr almashdi, Muvaqqat hukumatdan madad kutdi. Amir va qushbegi ham yangi Rossiyani o'z ittifoqchisi deb qaradilar. Ammo qozikaion Burhoniddin (Mirzo Urganjiy), rais Nizomiddinxo'ja va ularning tarafdorlari bar qanday o'zgarishlarga qarshi chiqdilar. Amir qozikalon va raisni amalidan bo'shatdi, ularning o'ntiga mo"tadil kayfiyatdagi Sharifion (Sadr Ziyo) va Abdusamadxo'jani tayinladi. 1917 yil 7 aprelda Buxoro Arkining katta binosida amaldorlar, ruhoniylar, Rossiya vakillari, Buxoro va Turkiston jamoatchiligi vakillari yig'inida, shuningdek, Olimxon ishtirokida amir farmoni (manifesti) e'lon qilindi. Poytaxtda obro'li arboblardan iborat mahkamani tuzish, amaldorlar, ularning daromadlari ustidan nazorat o'rnatish, soliqlar tizimini tartibga solish, davlat byudjetini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma'rifat rivojlanishi uchun qayg'urish va'da qilindi. Amir manifestining e'lon qilinishi 8 aprelda demokratik va konservativ lagerlarning ko'chaga chiqishiga sabab bo'ldi. Demokratik doiralar amir manifesti mamlakatda tinch yo'l bilan progressiv o'zgarishlarni amalga oshirish uchun dastlabki qadam, deb qaradilar. Shukrona namoyishi o'tkazishga qaror qilindi. "Yashasin islohot!", degan yalovlar ko'tarildi. Bir necha yuz kishi shahar markazi-passajdan Govkushon va Xiyobon orqali Registonga yurish boshladi. Namoyishchilar boshida F.Xo'jayev, Abdulvohid Burhonov (Munzim), Ota-xo'jayev, Mirbobo, Yusufzoda va boshqa faollar bordilar. Bir necha joyda qisqa mitinglar bo'ldi, namoyishchilarga yangi-yangi guruhlar kelib qo'shildi. Namoyishchilar ko'tarinki kayfiyatda edilar. Shu kuni konservatorlar va mutaassib guruhlar Registonda to'planib, islohotga, yangiliklarga qarshi jangarilik va murosasizlik kayfiyatlar-ini izhor etdilar. Ba'zi amaldorlarga nisbatan, islohot tarafdorlariga qarata dushmanona dag'dag'alar, hayqiriqlar qildilar. Ularning jazavasi soat sayin kuchayib bordi. Sunday murakkab vaziyatda ikki lagerning to'qnashuvi noxush oqibatlar keltirishi mumkin edi. Demokratik kayfiyatdagi namoyishchilar boshliqlari Registonga borish niyatidan qaytdilar, namoyishchilarni tarqalib ketishga da'vat etdilar. Tadbir oxirigacha yetkazilmagan bo'lsada, u Buxoro amirligi demokratik o'zgarishlar, islohotlar uchun yetilmaganligini yaqqol ko'rsatdi. 8 aprel voqealarining yakuni shu bo'ldiki, hukumatdan konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Dovdirab qolgan amir qozikalon Sharifjon maxdumni lavozimidan bo'shatdi, g'azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo'jani olomon qilib o'ldirdilar; qushbegi Nasrullobek buyrug'i bilan shoir Sadriddin Ayniy, Yosh buxoroliklar Mirbobo, Mirzo Nazrullo 75-150 darra urib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi mana shunday noxushlik bilan yakunlandi. 2. Vaziyatning keskinlashib borishi. 1918 yil mart oyi voqealari. Vaziyat jiddiylashib bordi. Dovdirab qolgan amir oqibat natijada mutaassib konservatorlarga yon bosdi. Islohotlar amalga oshirilmadi. Yosh buxoroliklar Yangi Buxoro (Kogon), Chorjo'y, Karki, Termizga ko'chib borib namoyishlar, majlislar o'tkazdilar, o'z faoliyatlarini davom ettirdilar. Rus posyolkalarida siyosiy boshboshdoqlik va iqtisodiy tanglik avj olib bordi. Amir manifestining e'lon qilinishiga kelgan Samarqand soveti delegatsiyasi a'zosi Mahmudxo'ja Behbudiy va yana bir-ikki musulmon a'zolar marosim o'tgandan so'ng Samarqandga jo'nab ketdilar. Delegatsiyaning boshqa a'zolari esa jo'nab ketishdan bosh tortdilar, bir necha kun davomida Samarqand soveti bilan Yangi Buxoro soveti vakillari o'rtasida to'qnashuvlar bo'ldi. 1917 yil oktabr to'ntarishi natijasida ekstremistik, buzg'unchi unsurlar posyolkalarda hokimiyatni qo'lga oldilar. Harbiy qismlar, qizil gvardiyachilar soni ko'paytirildi. Bu jiddiy o'zgarishlar mamlakat aholisi hayotiga va Yosh buxoroliklar kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsata boshladi. Rus posyolkalaridagi garnizonlarning askarlari oziq-ovqat va yem-xashakni Buxoro tumanlari aholisidan tortib olishga kirishdilar. Turli xil qog'oz pullarning qiymati qolmagani natijasida yerli aholi o'z mahsulotlarini bu pullarga sotishni istamadi, soldatlar esa ba'zi joylarda zo'rlik bilan tortib olishgacha bordilar. Chunonchi, 1917 yil 9 oktabrda xabar qilinadiki, "Termizda rus askarlari bilan bozorda savdo qilgan buxoroliklar o'rtasida to'qnashuv yuz berdi, buxoroliklardan o'ldirilganlar bor". Bunday hollar 1918 yilning qish va bahorida jiddiy tus oldi. Bu vaqtga kelib Fitrat Yosh buxoroliklar tashkilotining takomillashgan dasturini ishlab chiqqan va bu dastur tashkilot tomonidan qabul qilingan edi. Unda dehqonchilik va qishloq xo'jaligi, soliqlar, shuningdek, harbiy tizim, ichki ishlar, sud, yo'llar, yer osti boyliklari, tashqi siyosat, maorif, vaqf masalalari batafsil ko'rilib ularni sivilizatsiya ruhi va mazmunida yechish taklif qilingan. Bu dastur ham islohotlarni tinch-osoyishta muhitda amalga oshirishni ko'zda tutgan. Unda aholi barcha qatlamlarining manfaatlari himoya ostiga olingan. Mana shunday vaziyatda 1918 yil 1 martda Turkiston XKS raisi F.Kolesov boshchiligidagi harbiy echelon Yangi Buxoro (Kogon)ga keldi. Yosh buxoroliklarning F.Xo'jayev, Abdurauf Fitrat, Otaxo'jayev, Abdulvohid Burhonov, Qori Yo'ldosh Po'latov, Fazliddin Mahsumdan iborat rahbar qo'mitasi Koiesov bilan uchrashdi. Kolesov sharoit bilan tanishib chiqmay, Yosh buxoroliklarning kayfiyatini ham hisobga olmasdan Buxoroga harbiy kuch bilan hamla qilishga qaror qildi. Yosh buxoroliklar xunrezlikning oldini olishga intilib, amir nomiga ultimatum (talabnoma) yubordilar. Unda islohot dasturi tamoyillari bayon qilingan edi. Lekin voqealar davomi o'zgacha kechdi. Amirdan javobni kutmasdan Kolesov buyrug'i bilan qo'shin, zambaraklar, jami qurol-aslahalar eshelondan tushirilib, hujumga tayyorlandi. Bu qon to'kilishi xavfmi tug'dirdi. Amir hukumati darhol ultimatum talablariga roziligini bildirdi. Amirning islohot o'tkazish to'g'risidagi ikkinchi farmonini tayyorlashga kirishildi, ammo 2 martda Buxoroga hujum boshlandi. Amir hukumati muzokara olib borish bilan birga o'z kuchlarini ham harakatga keltirdi. G'azavotga safarbar qilinganlar Chorjo'ydan Karmanagacha bo'lgan temir yo'lni buzdilar, tajovuzkor qo'shinga har tomonlama hujum qildilar. Kolesov qo'shini qurshovda qoldi, o'q-dorisi tugadi, ahvoli og'irlashdi. Shu kuni 2 martda amirning ikkinchi farmoni Yangi Buxoro (Kogon)ga yetkazildi. Yosh buxoroliklar qo'mitasi hujumni to'xtatishni talab qildi. Muzokaralar bir necha kun davom etdi. 1918 yil 25 martda Qiziltepa bitimi imzolandi. Kolesovning tajovuzkorligi sharmandalarcha barbod bo'ldi. 3. 1918-1920 yillarda Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli. Amirlikning mahv etilishi. Amirning 2 martdagi farmonida birinchi farmonning hayotga tatbiq etilmaganiga "ba'zi bir amaldorlarnmg ig'vogarligi" sabab qilib ko'rsatilgan, "hur fikrli kishilar"dan ijroiya komitet ta'sis etilajagi, "erkinlik dushmanlari"ning chetlashtirilishi, aholi uchun og'ir bo'lgan soliqlar-amlok va aminonaning bekor qilinishi, yangicha soliqlarning joriy qilinishi e'tirof etilgan edi. Ammo qurolli to'qnashuv oqibatida boshqa masalalar ustuvorlik qildi. Buxoroda, amirlikning boshqa joylarida siyosiy vaziyat tubdan o'zgardi. Ijtimoiy va siyosiy hayot jarayoni o'zanidan chiqib ketdi. Yosh buxoroliklar quvg'ini, ularni hibsga olish, qatl qilishlar sodir bo'ldi. Jami 3 mingga yaqin kishi qatl etildi. Yosh buxoroliklar Samarqand, Toshkent va boshqa joylarga muhojirlikka ketdilar. Yosh buxoroliklar, ilg'or kayfiyatdagi ziyolilar va arboblar bo'lib o'tgan voqealar, siyosiy vaziyatning o'zgarganini chuqur tahlildan o'tkazdilar, oldinda turgan vazifalarni muhokama qildilar. Yosh buxoroliklar o'z siyosiy yo'nalishlariga va taktikasiga bir qator muhim o'zgarishlar kiritdilar. Ulardan eng asosiysi tubdan o'zgargan vaziyatda tinch yo'l bilan amir hokimiyati saqlangan holda amirlikda demokratik o'zgarishlar bo'lishi imkoniyati qolmagan, deb e'tirof etilishi edi. Fitrat, F.Xo'jayev va boshqalar milliy harakatda faol qatnashdilar, Buxoroda islohotlar o'tkazish borasidagi faoliyatni davom ettirdilar. Fitratning bunday faoliyati 1917 yil bahorida boshlangan edi. 16 apreldan Samarqandda chiqa boshlagan "Hurriyat" gazetasining 24-74-, 82-87-sonlariga Fitrat muharrirlik qildi. Kolesov voqealaridan so'ng Fitrat Toshkentda yashadi, "Chig'atoy gurungi" adabiy-ma'rifiy to'garagining tashkilotchilaridan va faol a'zolaridan biri bo'ldi. Fitrat o'z maqola va asarlarida milliy davlatchilik, vatanparvarlik g'oyalarini tarannum etdi. F.Xo'jayev Yosh buxoroliklar g'oyalari ruhidagi dasturiy hujjat-maromnomani tuzdi va nashr etdi, "Uchqun" gazetasining chiqishini tashkil qildi. 1918-1920 yillarda Yosh buxoroliklar dasturlari, siyosiy qarashlari, taktikasida Buxoroda islohotlar o'tkazish uchun kuch, zo'rlik ishlatish zarur bo'lib qolgani tan olindi, ikkinchi tomondan, aholining diniy e'tiqodi e'tirof etildi. Shuningdek, bolshevistik proletar diktaturasi, mulkdorlarni ekspropriatsiya qilish qoidalariga yon berilmadi. Buxoro hukumatining tashqi siyosatida, iqtisodiy aloqalarida o'zgarishlar sodir bo'ldi. Rossiya qog'oz pullari ko'payib ketdi, ularning qiymati deyarli qolmadi. Natijada aholi rus posyolkalari, temir yo'l bekatlarida bu pullarga mol, oziq-ovqat sotmay qo'ydilar. Turkiston hukumatiga mol ayirboshlash taklif qilindi. Lekin Buxoro paxtasi evaziga beriladigan paxta yog'i, guruch Turkistonda yetarlicha yo'q edi, savdo bo'lmadi. Shu vaqtning o'zida Buxoro bilan Angliya o'rtasida savdo birmuncha jonlandi. Jumladan, 1918 yilda inglizlar Buxoro bozorlarida 1 mln. pud paxta, 1 mln. dona qorako'l teri, 200 ming pud jun, 150 ming pud xom ipakni xarid qildilar. Bu aloqalar 1919-va 1920 yilda ham davom etdi. Masalan, faqat 1919 yil bahorida ingliz savdogarlari 400 toy qorako'l terini xarid qilib olib ketdilar. Chetga sotish uchun Buxoroda mahsulot ancha ko'p bo'lib, an'anaviy Rossiya bozori batamom izdan chiqqan, qog'oz pulning xarid quvvati yo'q edi. Natijada Buxoroda ko'plab mollar, ayniqsa, paxta, qorako'l teri, ipak sotilmay, omborlarda to'planib qolaverdi. O'z navbatida ekin maydonlari qisqardi, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oshdi. Rossiyadagi inqilobiy voqealar natijasida Buxoro savdogarlarining talaygina mollari Moskva, Nijniy Novgorod, Kazalinsk va boshqa joylardagi do'konlar, omborlarda qolib ketdi. Buxoro bilan Rossiya davlatlari o'rtasidagi munosabatlar murakkab kechdi. Yangi rus hukumati chorizmning mustamlaka bitimlari bekor qilinadi, deb e'lon qilishi bilan Buxoro hukumati Samarqand va Jizzax, ularning atrofidagi yerlarini qaytarib berish masalasini qo'ydi. Lekin RSFSR hukumati bunga rozi bo'lmadi, aksiricha, Buxoroni o'z ta'sir doirasiga olish choralarini ko'rdi. 1920 yil bahorida amir Turkkomissiya a'zolari Eliava va Frunzeni qabul qilib, muzokaralar olib bordi. Savdogarlarning vakillari Rossiyada qolib ketgan mollar taqdirini hal qilish uchun Buxorodan jo'nab ketdilar. Lekin RSFSR-Buxoro munosabatlari yomonlashib bordi. Moskvaning ma'qullashi oqibatida Buxoro amirligiga qarshi dushmanlik kampaniyasi kengaytirildi va ashaddiy tus oldi. Qo'pol ravishda Buxoroning ichki siyosiy tuzumini qurol bilan o'zgartirish choralari ko'rildi. Frunze, Kuybishyev o'z niyatmaqsadlarini ochiq-oydin gapirdilar. Amir hokimiyatiga muxolif kuchlar bolsheviklarga yordam so'rab murojaat ham qildilar. 1920 yil avgust oyi oxirlarida Turkiston fronti qo'mondoni M.Frunze buyrug'i bilan Buxoro hududlarida juda katta harbiy kuchlar, zambaraklar, brone-poyezd, aeroplanlar jangovar holatga keltirildi. 29 avgustga o'tar kechasi ko'p tomonlama tajovuzkorlik harakati boshlab yuborildi. Asosiy kuchlar poytaxt Buxoroga hujum qildilar. Qo'shinlar tinch aholi boshiga shiddatli o'q yog'dirdilar. Shahar vayron, ko'pgina odamlar qurbon bo'ldi. Buxoro shahrida yong'in avj oldi. Amir Olimxon poytaxtni tashlab chekindi, u Buxoroning sharqiy qismi tomon yo'l oldi. 1920 yil 2 sentabr kuni tajovuzkor kuchlar Buxoroni egalladilar. Amir hokimiyati ag'darildi. 8-§. Turkiston xalqlarining milliy davlatchilik yo'lidagi harakatlari va muqobil jarayonlar 1. Davlatchilik muammosi va ijtimoiy hayot jarayonlari. Turkistonda sodir bo'lgan hokimiyat o'zgarishlari, siyosiy beqarorliklarga qaramasdan tub aholi doiralari o'lkada barqarorlikni joriy qilish, ijtimoiy hayotni yo'lga qo'yishga kirishdilar. Qishloqlar, daha-mahallalarda oqsoqollar, miroblar jamoa ishlariga rahabarlikni davom ettirdilar. Ammo qozixonalar yopilgan, fuqarolarning nizoli ishlari chiqib qolganda, ular yangi shaharlarga borib sudga murojaat qilishlari kerak edi. Bu til jihatdan va boshqa noqulayliklarni keltirib chiqarardi. Aholi boshqaruv idora-mahkamalarini tuzishga asosli manfaatdorlik bilan yondashdi. Mahalliy boshqaruv idoralariga faol, obro'-e'tiborli, savodli vakillarni ko'rsatib sayladilar. Milliy ziyolilar ilgari surgan g'oyalar asosida maktab-maorif, matbuot, boshqa sohalarda amaliy ishlar boshlab yuborildi. Sovetlar tortib olgan (ekspropriatsiya qilgan) katta turar joy-hovlilarda, shu kabi idoralarda yerli aholi bolalari uchun maktablar, internatlar, shifoxona (poliklinika)lar ochildi, yerli aholi tillarida gazetalar, jurnallar chiqardilar, qator bosmaxonalar ishlay boshladi. Milliy ziyolilar samarali faoliyat ko'rsatdilar. Ular maktab-madrasa, shuningdek, rus-tuzem maktablari, boshqa o'quv yurtlarida bilim olgan xalqning ongli farzandlari edi. Ular moddiy ahvolning og'irligi, tashkiliy qiyinchiliklarni sabr-bardosh bilan yengib ishladilar. Aholi maorif maskanlarini ta'mirlash, moddiy ta'minlash ishiga o'z hissasini qo'shib bordi. Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdu-rauf Fitrat va boshqa qator taniqli ziyolilar maorif-madaniyat idoralarida samarali xizmat qildilar. Xalq ommasidan qator siyosatchi davlat arboblari yetishib chiqdi. Turor Risqulov Turkiston MIK raisi, keyinchalik Turkiston XKS raisi, Nazir To'raqulov (1892-1939) Turkiston Kompartiyasi MK kotibi, Qayg'usiz Otaboyev (1887-1937) Turkiston XKS raisi, so'ngra Buxoro respublikasi nozirlar sho'rosi rais muovini, Ahdulla Rahimboyev (1896-1938) Turkiston MIK raisi, Inomjon Xidiraliyev (1891-1929) Turkiston MIK raisi, O'zbekiston yer ishlari komissari lavozimlariga ko'tarilib, xalq ommasi manfaatlari uchun xizmatlarini ayamadilar. Sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilgan yerli xalq vakillari ijtimoiy adolat, erkinlik shiorlariga ishondilar. Zo'ravonliklar, xalqni talashga barham berishga bel bog'ladilar va bu yo'lda kurash olib bordilar. Rossiyada qurg'oqchilik va ocharchilik bo'ldi. Turkiston aholisi oziq-ovqat xayriya yordamini yubordi, o'lkaga kelgan 160 ming qochoq ochlarni qabul qildi, ularni o'limdan qutqardi. Turkistonning o'zida ham oziq-ovqat yetishmas, xo'jalik og'ir ahvolda edi. Turkiston bolsheviklari Markaz hokimiyatining madadiga tayanib o'lka aholisining ijtimoiy-davlatchilik faoliyati oldini olish, so'ndirish choralarini ko'rib bordilar. Turkiston Muxtoriyatining qurolli yo'l bilan tor-mor etilishi, Qo'qon aholisining ommaviy qirg'in qilinishi bolsheviklarning asl maqsad-mohiyatlarini ochib tashladi. Ularning yerli xalqlar milliy davlatchiligiga tish-tirnog'i bilan qarshi ekanligi ochiq ko'rindi. Bolsheviklar mintaqada hukmronlikni o'rnatish, mustahkamlab borish uchun siyosatning boshqa yo'llarini ham ishlatishga kirishdilar. Bu mahalliy aholining ko'pchilik qatlamlarini ijtimoiy-siyosiy hayot maydoniga yo'latmaslik, ular o'rtasida adovatni keltirib chiqarish va shu kabilar edi. Bolshevik siyosatdonlar yerli aholi, uning ko'zga ko'ringan namoyandalari, ayniqsa, milliy ziyolilarga xusumat bilan qaradilar. Islom dini ruhoniylariga qarshi dushmanlik siyosati yurgizildi, masjid-madrasalar, vaqflar ta'qib ostiga olindi. Ochilgan maktablar, internatlar moddiy ta'minlanmadi, natijada ko'plari ishini to'xtatdi. Shu sabablarga ko'ra gazeta-jurnallar tez-tez yopilib turdi. Tub yerlik xodimlar, jumladan, yuqori lavozimlardagi arboblar faoliyati qattiq nazorat qilindi. Ular asossiz ravishda almashtirib turildi, ishlariga to'siqlar qo'yildi. O'lkaning tobeligini kuchaytirish uchun Markazdan bolshevik kadrlar yuborildi, 1920-1932 yillarda Turkistonga 1400 ta yevropalik bolshevik keldi. Bularning ko'pchiligi eng yuqori lavozimlarni egalladilar. 2. Xalq ommasi manfaatlari, milliy qadriyatlarni himoya qilish tartiblari. Bolshevik rahbarlar mahalliy sharoit hamda aholi vakillari fikr-mulohazalarini nazar-pisand qilmasdan ish yuntdilar. Natijada o'lkada ahvol og'irlashib bordi. Aholi, uning vakillari buning oldini olish uchun jiddiy harakat qildilar. Turkiston XKS raisi Q.Otaboyev katta yig'inda kelgindi yevropaliklar mahalliy sharoitni, yerli xalq tilini bilmaydi, shuning uchun o'lkada foydali ish qilmayapti, deb ochiq gapirdi. T.Risqulov Turkiston XKS raisi qilib tayinlanayotganda yerli xalqlar qobiliyatli kadrlarini ishga faol jalb qilish shartini qo'ydi. O'lkada diktaturani amalga oshirishda Turkkomissiya, uning a'zolari Peters, G.Safarov va boshqalar jiddiy norozilikka sababchi bo'ldilar. Ayj olib ketgan g'oyaviy-siyosiy kurashning sabablarini xolisona tahlil qilish, to'g'ri qaror va ko'rsatmalar qabul qilish o'rniga Markaz rahbarlari o'lkada amalga oshirilgan shovinistik yo'nalishni ma'qulladilar. O'lka rahbar idoralarining faoliyati yanada chalkashdi va izdan chiqdi. Iqtisodiy-xo'jalik inqiroziga siyosiy inqiroz ham qo'shildi. Bolshevik rahbar doiralar muayyan choralar ko'rishga majbur bo'ldi. Olib borilgan jiddiy kurash natijasida "siyosiy yon berishlar" deb atalgan tadbirlar amalga oshirildi: islom diniga hujum, vaqflarni yo'q qilish, masjid-madrasalar, eski maktablarning yopilishi to'xtatildi, qoziliklar tiklandi va hokazo. Markaz Turkkomissiyadan tashqari o'lkada hukmronlik qiluvchi organ sifatida RKP(b) Turkiston byurosi (Turkbyuro)ni ham tashkil qildi. Tez orada bu byuro O'rta Osiyo byurosiga aylantirildi. Turkiston bolsheviklari homiyligi va amaliy yordami bilan tuzilgan Xorazm, Buxoro Kompartiyalari O'rta Osiyo byurosi tarkibiga kiritilib, uning ko'rsatmalari bo'yicha ish olib bordilar. Jiddiy xo'jalik taqchilligiga qaramay, bolsheviklar sinfiy tabaqalashlirish choralarini ko'rishga kirishdilar. Ijtimoiy notinchlik, an'anaviy xo'jalik munosabatlariga barham berish masalasi ilgari surildi. Mulkdorlar tabaqasini yo'q qilish aholi o'rtasida adovatni keltirib chiqardi. Yerli xalq vakillari bunday buzg'unchilikka qarshi chiqdilar. Turkiston MIK raisi etib tayinlangan A.Rahimboyev o'lkada asosiy maqsad "ochlik va mustamlakachilikka qarshi kurash bo'lishi kerak, shundan keyingina o'z boylarimizga qarshi kurashmog'imiz lozim", degan fikrni ilgari surdi. 3. Turkiston mustaqilligi uchun kurash va muqobil qarshilik choralari. Yerli xalqlar, milliy rahbarlar Turkiston milliy davlatchiligiga erishish uchun jiddiy kurash olib bordilar. 1920 yilda u yana keskin tus oldi. Mustaqillik harakatining oldini olish, Turkistonni Markazga batamom qaram qilish maqsadida mart oyida "Turkiston avtonomiyasi to'g'risida nizom" tayyorlandi. Turkkomissiya undan kelib chiqib TSRning yangi Konstitutsivasi loyihasini ishlab chiqdi. Bu hujjatlarda Turkiston tashqi aloqalar olib borish, o'z armiyasiga ega bo'lish, temir yo'l, pochta, xalq xo'jaligini mustaqil bosliqarish huquqlaridan mahrum etildi. Bular, shuningdek, soliqlar ta'sis etish, o'lka byudjetini tuzish, sud ishlari, qonunlarga o'zgarishlar kiritish, amnistiya berish RSFSR tasarrufiga o'tishi belgilandi. Yerli rahbarlar bularga Turkiston xalqlari mustaqilligining batamom yo'q qilinishi, deb qarab, qat'iy qarshi chiqdilar. Turkiston Sovet Respublikasini Turkiston respublikasi deb o'zgartirish masalasini ilgari surdilar hamda Turkistonni boshqarish Nizomi, Turkiston respublikasi Konstitutsivasi loyihalarini tayyorladilar. Milliy davlatchilik, mustaqillik g'oyalari nufuzli yig'inlarda, shuningdek, keng jamoatchilik tomonidan qizg'in ma'qullandi. O'lka yerli xalqlari o'zini idora qilib, taraqqiyot sari borolmaydi, ularga Rossiya rahbarlik qilishi kerak, degan shovinistik g'oyalarga qarama-qarshi mintaqa xalqlarining mushtarakligi, mustaqil davlatchilik an'analari, imkoniyatlari ta'kidlandi. 1920 yil 1 martda bo'lgan yig'inda Turkiston MIK raisi T.Risqulov yevropalik Turkkomissiya a'zolariga qarata, yerli xalq o'zini-o'zi idora qilishni istaydi, kelgindilar rahbarligini rad qiladi, deb ta'kidladi. G'oyaviy-siyosiy kurash keskinlashdi. Turkkomissiya yerli rahbarlar loyihalarini muhokama qilishga yo'l qo'ymadi. Bundan norozi bo'lib, may oyida T.Risqulov, S.Tursunxo'jayev, N.Xo'jayevlar Markazda mintaqa xalqlari davlatchiligi, mustaqilligini asoslash, himoya qilishga harakat qildilar. Hay'at shu bilan birga Turkkomissiyasini tugatish, Turkfront RVS (inqilobiy harbiy kengash) huquqlarini cheklash, qizil armiya qismlarini Turkistondan chiqarish yoki qurolsizlantirishni qat'iy talab qildi. Shuningdek, tashqi aloqalar, tashqi savdo va harbiy masalalarni RSFSR tasarrufidan Turkiston MIK tasarrufiga o'tkazish masalalari qo'yildi. Kompartiya va RSFSR rahbariyati Turkiston vakillari loyihalarini qat'iy rad etdi. Milliy rahbarlar sinfiy pozitsiyalardan chekinishda, milliy burjuaziya manfaatlari tomonga og'machilikda ayblandi. T.Risqulov Turkislon MIK raisligidan bo'shatildi, qator boshqa rahbarlar ham ishdan chetlashtirildi. Turkistonda inqilobiy rejimni yanada kuchaytirish choralari ko'rildi. 1920 yil sentabrda qabul qilingan Turkiston respublikasining yangi Konstitutsiyasida TSR nomi TSSR deb o'zgartildi. Milliy davlatchilik, mustaqil rivojlanishga qaratilgan Xorazm va Buxoro respublikalarining intilishlariga ham Markaz, bolsheviklar qarshi choralarni ko'rdilar. Respublikalarni RSFSRga tobe qilishga qaratilgan bitimlar tuzildi. siyosat amalga oshirildi. Bunda ham ulug' davlatchilik xalq ommasi va milliy rahbarlarning noroziligini keltirib chiqardi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling