Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet113/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

"Bu esa O'zbekistonda yagona temiryo'l tizimini barpo etish, mintaqadagi foydali qazilma konlarini kompleks o'zlashtirish, katta miqdordagi valuta mablag'larini ishlab topish va tejash, odamlarning uzog'ini yaqin qilish bilan birga, ko'plab yangi ish o'rinlarini yaratish, shaxar va qishloqlarda yirik sanoat korxonalarini bunyod etish, eng muximi, joylarda kichik va o'rta biznesni rivojlantirish imkonini beradi".

I.A. Karimov. "Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog'-Nukus temiryo'li bunyodkorlariga" tabrigidan.

O'zbekistonda yagona temiryo'l tizimini barpo etishda yana bir muxim axamiyatga ega bo'lgan Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on temiryo'li jadallik bilan qurildi. 2007 yilda uzunligi 223 kilometrlik mazkur yo'l bo'ylab poezdlar qatnovi yo'lga qo'yildi. Termiz shaxrida yangi vokzal, Toshkentda vagonlarni ta'mirlash zavodi qurilib ishga tushirildi. Amudaryo uzra 681 metrlik avtomobil-temiryo'l ko'prigi barpo etildi.

Mustaqillik yillarida Toshkent metrosi qurilishi xam jadal sur'atda o'sdi. Toshkent metrosi 30 yillik tarixga ega. 1971-1977 yillarda Toshkent metrosining CHilonzor yo'nalishi, 1984-1991 yillarda O'zbekiston yo'nalishi qurilib ishga tushirilgan edi. "Toshmetroloyixa" instituti 1992 yilda Toshkent metrosining 9 ta bekatdan iborat Yunusobod yo'nalishini qurishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqdi va qurilish ishlari olib borildi. 2001 yil avgustda Yunusobod yo'nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi - "Mingo'rik", "Yunus Rajabiy", "Axdulla Qodiriy" "Minor", "Bodomzor" va "Xabib Abdullaev" bekatlari foydalanishga topshirilib, yo'lovchi tashish yo'lga qo'yildi. Ularni barpo etish uchun 38 mlrd so'm xarajat qilindi.

Toshkent metrosi xar kuni 370-380 ming yo'lovchiga xizmat ko'rsatadi. 2001 yilda metropolitendan jami 142 milliondan ortiq kishi foydalandi. Toshkent metrosi tinch va osoyishta xalqimizning yukini yengil, olisini yaqin qiladigan tezkor va ishonchli yo'lga aylandi.

Avtomobil yo'llari qurilishi jadal olib borildi. 1991-2001 yillarda 727 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari, 460 ta ko'prik va yo'l o'tkazgichlar, 4000 ga yaqin avtopavilon qurildi. SHaxar va qishloqlardagi ichki yo'lar ta'mirlandi. Toshkent-O'sh xalqaro yo'lining Angrendan to Farg'ona vodiysiga kirib borguncha qismi barpo etildi. Bu yo'nalishda Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil qatnovi uchun mo'ljallangan tunnellar qurildi. Katta O'zbek yo'li, Toshkent-Olmaliq yo'li ta'mirlandi. Toshkentda uzunligi 32 km bo'lgan Toshkent kichik xalqa yo'li qurildi.

O'zbekistonda Buyuk ipak yo'lini tiklash maqsadida 2294 km. dan iborat bo'lgan "Andijon-Toshkent-Nukus-Qo'ng'irot" avtomagistrali jadallik bilan qurilmoqda. Mazkur avtomagistralning eng murakkab qismi xisoblangan 100 km lik tog'lik qismi Angren-Xonobod shaxarlari o'rtasidagi avtoyo'l, Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil qatnovi uchun tunnellar qurilib foydalanishga topshirildi. Bu magistralning qurib bitkazilishi O'zbekiston uchun muxim axamiyatga ega bo'lib, respublikamizning SHarq G'arb mamlakatlari bilan savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga qulay itnkoniyat yaratadi,

Mamlakatiniizda xavo transportini rivojlantirish maqsadida 1992 yil 28 yanvarda "O'zbekiston xavo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi tashkil etildi. Kompaniya O'zbekistonni dunyoning yirik shaxarlari bilan xavo yo'llari orqali bog'lash, aviamaydonini "A-310", "Boing-757", "Boing-767", "RJ-85" kabi o'ta zamonaviy xavo kemalari bilan to'ldirish tadbirlarini amalga oshirdi. Toshkent aeroporti kutish zali, Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari, uchish-qo'nish yo'laklari xalqaro standartlar darajasida qayta ta'mirlandi.

"O'zbekiston xavo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi o'zining 10 yillik qizg'in faoliyati davomida Yer kurrasining rivojlangan 20 mamlakati bilan xavo aloqalarini o'rnatdi, turli mamlakatlarda 40 ta vakolatxonasi faoliyat ko'rsatmoqda. Kompaniya 20 milliondan ortiq yo'lovchiga xizmat qildi, "O'zbekiston xavo yo'llari" milliy aviokompaniyasi parvozlar xavfsizligini ta'minlashda dunyoga tanildi.

Mamlakatimizda pochta, telcfon, telegraf, radio, televidenie xozirgi zamon talablari darajasida rivoj topdi. Keyingi 10 yilda respublikada o'rnatilgan telefonlar soni 10 martadan ziyod ko'paydi. Toshkent shaxarlararo telefon stansiyasi dunyodagi barcha mamlakatlar bilan telefon aloqasini ta'minlamoqda.

Mustaqillik yillarida kommunikatsiya tarmog'ini rivojlantirish maqsadida o'nlab xorijiy firma va kompaniyalar bilan xamkorlik o'rnatildi.

1991 yilda mamlakatimizda tashkil etilgan "MTS- O'zbekiston" ("O'dunrobita") kompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib milliy uyali aloqa tizimini barpo etdi. O'tgan 16 yil davomida respublikamizning 20 ta yirik shaxarlari, avtomobil yo'llari va tog'li xududlarda aloqa stansiyalari, radioteleliniyalari, texnik-muxandislik tarmoqlari barpo etilib, axoli istiqomat qiladigan xududlarning 90 foizini uyali aloqa tizimlari bilan qamrab oldi.

Xalqaro avtomatik rouming taqdim etadigan O'zbekistondagi uyali aloqa kompaniyalari - MTS, "Unitel", "Koskom", "Perfektum Mobile", "Uzmobili" kompaniyalari barpo etildi. "Koskom" kompaniyasi o'zbekistonlik abonentlarga dunyoning 20 ta mamlakatidagi uyali aloqadan foydalanish imkoniyatini yaratdi. 2008 yil yanvarda uyali aloqadan foydalanuvchi abonentlar soni 6 mln. nafardan oshdi.

Muxtasar aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilgan tub tarkibiy o'zgarishlar, yangi korxonalarning bunyod etilishi samarali natijalar berdi. 1991-2002 yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, maxsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o'zlashtirildi. Respublikamizda 1991 yilda ishlab chiqarilgan sanoat maxsulotlari xajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992 yilda 94,7 foizga, 1993 yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995 yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996 yildan boshlab-izchil o'sish ta'minlandi.

Qishloq xo'jaligi. O'zbekistonda paxtachilik qishloq xo'jaligining yetakchi tarmog'i xisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida yiliga 2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilsa, uning 1,4 mln tonnasi o'zbek paxtasi tolasidir. O'zbekiston paxta tolasi yetishtirish bo'yicha dunyoda to'rtinchi, uni eksport qilish bo'yicha esa ikkinchi o'rinda turadi.

Respublikamizda paxta xosildorligi va sifatini yaxshilashga katta e'tibor berilmoqda. SHu maqsadda qator suv omborlari va sun'iy kanallar qurilmoqda, yerning meleorativ xolatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi xisobga olinib, 1998 yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib sug'orish usulidan foydalanilmoqda.

Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib olish, yuqori xosil yetishtirishga mustaxkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yerlar qisqartirilishiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln. tonnadan ortiq paxta xom-ashyosi tayyorlanmoqda. SHuningdek, O'zbekiston kanop, tamaki yetishtirish soxasida xam dunyoda yetakchi o'rinlarda turadi.

Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qo'yildi. Ekin ekiladigan maydonlarda tarkibiy o'zgarishlar qilinib, xo'jaliklar qanday ekin ekish soxasida mustaqil bo'ldilar. Sug'oriladigan yerlarda g'alla ekish kengaydi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog'i 1991 yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 1998 yilda 36 foizga o'sdi, natijada g'alla yetishtirish sezilarli darajada oshdi. Agar 1991 yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan 600 ming tonna bug'doy yetishtirilgan bo'lsa, 2002 yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan 5,0 mln tonnadan ortiq bug'doy, 2007 yilda 6,25 mln tonna g'alla yetishtirildi. Sug'oriladigan yerlarda o'rtacha xosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil etdi. Andijon viloyatida esa rekord natijaga erishildi - xar gektardan 75 sentnerdan ortiq xirmon ko'tarildi. SHunday qilib, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbir tufayli torn ma'noda mamlakatimizning g'alla mustaqilligiga erishildi, mamlakatimiz va xalqimizni o'z g'allamiz, o'zimizning nonimiz bilan ta'minlashdek tarixiy vazifa bajarildi. Bu yutuq qishloq xayotini yangilash, amalga oshirilayotgan agrar jsloxotlarning natijasidir.

Respublikamizda un va un maxsulotlari, go'sht va sut maxsulotlari, shakar va qand maxsulotlari ishlab chiqarish izchil o'sib bormoqda. Quyidagi misol buning yaqqol isbotidir: 1991 yilda respublikamiz importida oziq-ovqat maxsulotlarining ulushi 73,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2000 yilda bu ko'rsatkich 15 foizga tushdi. Boshqacha aytganda, axoli iste'moli uchun zarur bo'lgan asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini o'zimizda yetishtirishga erishildi.

Respublikamizda sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo'yicha xam katta yutuqlarga erishilmoqda. Yiliga 5 mln tonnaga yaqin sabzavot-meva maxsulotlari yetishtiriladi.

CHorvachilik, asalarichilik, pillachilik xam rivojlanmoqda. Respublika xo'jaliklarida 5,7 mln bosh qoramol va 10 mln bosh qo'y-echki bor, go'sht-sut maxsulotlari yetishtirish o'sib bormoqda. Yiliga 30 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilib, 21 ming tonnaga yaqini respublika korxonalarida qayta ishlanib, ipak tolasi olinadi, qolgani esa eksport qilinadi. Jaxon bozorida O'zbekistonning paxtasi, pillasi, qorako'l terisi, charm xomashyolariga talab katta.

SHunday qilib, mamlakatimizning ko'p tarmoqli qishloq xo'jaligini rivojlantirish ustida tin may ish olib borilishi natijas-ida samarali yutuqlarga erishildi. 1990-1995 yillarda qishloq xo'jalik maxsulotlari yetishtirish 11 foizga kamaygan bo'lsa, keyingi yillarda izchil o'sishga erishildi. Bu o'sish oldingi yilga nisbatan 1997 yilda 105,6, 2000 yilda 103,2, 2001 yilda 104,5, 2002 yilda 106,1, 2004 yilda 110,1, 2007 yilda 106,1 foizni tashkil etdi.

Yalpi ichki maxsulotning o'sishi. Mustaqillik yillarida yalpi ichki maxsulot (YaIM) ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va izchil o'sishini ta'minlovchi mustaxkam zamin yaratildi.

O'zbekistonda yalpi ichki maxsulot 1990-1995 yillarda 19 foizga kamaygan bo'lsa, 1996 yildan boshlab YaIM ishlab chiqarishning yillik o'rtacha o'sish sur'ati 4,0 foizdan ortiqroqni tashkil etgan bo'lsa, 2004 yilda 107,7 foizni, 2006 yilda 107,3, 2007 yilda 109,5 foizni tashkil etdi,

Yalpi ichki maxsulot xajmi bar qanday mamlakatning iqtisodiy axvolini belgilaydigan asosiy ko'rsatkichdir. 2001 yilda O'zbekiston MDX davlatlari orasida birinchi bo'lib yalpi ichki maxsulot ishlab chiqarish bo'yicha nafaqat isloxotlar boshlangan 1991 yilgi darajaga chiqib oldi, balki 103 foiz o'sishiga xam erishdi. Iqtisodiyotning o'sish ko'rsatkichi 2005 yilda 2000 yilga nisbatan 30,1 foizni, 1991 yilga nisbatan 28,2 foizni tashkil etadi.

Mustaqillik yillarida tashqi savdo xajmi o'sib bordi. 2004 yilgi natijalarga ko'ra respublika tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu 1992 yilgi ko'rsatkichga nisbatan qariyb 2 baravar ko'pdir. O'zbekiston maxsulotlari jaxondagi 80 mamlakatga cksport qilinmoqda. Tashqi savdoda ijobiy savdo 2004 yilda 1037 mln., 2007 yilda esa 3,5 milllard AQSH dollarini tashkil etdi.

15-§. Axolini ijtimoiy ximoyalash va millatlararo totuvlikning mustaxkamlanishi

O'zbekistonda isloxotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonlarga munosib turmush va ish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilandi. Buning sababi shundaki, odamlarning ijtimoiy muammolariga e'tibor bermaslik barqarorlikka va milliy xavfsizlikka katta xavf tug'diradi. Bozor munosabatlariga o'tishning xamma bosqichlarida axolini oldindan ijtimoiy ximoyalash davlat siyosatida ustuvor yo'nalish mavqeyini egalladi.

"O'zbekistonning o'z yangilanish va taraqqiyot yo'liga asos bo'lgan eng muxim qoidalaridan biri bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o'tkazishdir".

I. A. Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild, 322-bet.

Axoli daromadlari darajasini saqlash tadbirlari. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning dastlabki bosqichlari mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, narxlarni erkinlashtirish, ish xaqining kamayishi, nochor axoli qatlamining vujudga kelishi kabi xolatlar bilan bog'liq bo'ladi. SHu boisdan O'zbekistonda axoli daromadlari darajasini saqlashga aloxida e'tibor berildi.

Birinchi navbatda, xalq iste'moli maxsulotlari narxining o'zgarishi va pulning keskin qadrsizlanishi sharoitida axoli daromadlari darajasini saqlash tadbirlari ko'rildi. SHu maqsadda 1993 yil yanvar oyida ish xaqi tolashning yagona tarif setkasi joriy etildi. Bu tadbir, xodimlarning ish xaqi miqdorini tarif koeffisientlari orqali, eng kam ish xaqi vositasi bilan bevosita bog'lash imkonini berdi. Eng kam ish xaqini muntazam oshirish orqali axolining o'rtacha ish xaqi, pul daromadlari xam oshib bordi. 1994 yilda mazkur tarif setkasiga muvofiq eng kam ish xaqi 150 so'm bo'lgan bo'lsa, 1995 yilda 250 so'm, 1996 yilda 600 so'm, 1997 yilda 750 so'm, 1998 yilda 1100 so'm, 1999 yilda 1750 so'm, 2000 yilda 2450 so'm, 2001 yilda 3430 so'm, 2002 yil 1 apreldan 3945 so'm, 2002 yil 1 avgustdan 4535 so'm, 2003 yil 1 maydan 5440 so'm, 2008 yil 1 apreldan 20865 so'mga yetdi. Eng kam ish xaqidan kelib chiqqan xolda davlat budjetidagi tashkilot va muassasalari xodimlarining oylik maoshi tarif setkasida ular uchun belgilangan koeffitsientlarga mos ravishda oshirib borildi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarda, masalan sanoat, transport, aloqa, qurilish, axborot-xisoblash tarmoqlaridagi ishchi-xizmatchilarning maoshi yanada yuqoriroq darajada o'sib bordi. Pensiya, nafaqa, talabalarga to'lanadigan stipendiyalar miqdori xam eng kam ish xaqining oshishiga mos ravishda o'sib bordi. Mamlakatimizning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya oladi, nogironlar, mexnat qobiliyatini yo'qotganlarga davlat nafaqasi berilmoqda. Bunday to'lovlar 2000 yilda 187,8 mlrd so'mni tashkil etdi.

Oliy o'quv yurtlari talabalariga beriladigan stipendiyalar miqdori 1998-2000 yillarda 3,8 baravar ortdi. 2000 yilda oliy o'quv yurtlarining 142 ming talabasi 6 mlrd 600 mln so'm stipendiya oldi.

Davlat tomonidan amalga oshirilgan bu tadbirlar natijasida axoli daromadlari darajasining keskin pasayishining oldi olindi.

Ichki iste'mol bozorining ximoya qilinishi. Axolining turmush darajasi ichki iste'mol bozoriga, oziq-ovqat maxsulotlari va uy-ro'zg'or buyumlari narx-navosiga bog'liq, albatta. Iqtisodiy isloxotlarning birinchi bosqichida amalga oshirilgan narxlarni erkinlashtirish jarayonida axolini ijtimoiy ximoyalash, ichki iste'mol bozorini davlat tomonidan nazorat qilish choralari ko'rildi.

Narxlar 1992 yil yanvaridan boshlab bosqichma-bosqich, axolini ijtimoiy ximoyalashga qaratilgan choralarni oldindan ko'rib qo'ygan xolda erkinlashtirila boshlandi. Vazirlar Maxkamasining "Narxlarni erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga muvofiq 1992 yil 10 yanvardan boshlab O'zbekistonda keng doiradagi ishlab chiqarilayotgan sanoat mollari, texnika vositalari ayrim turdagi xalq iste'moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan (erkin) narxlari va tariflariga o'tildi. Xukumat axolini ximoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasini, ko'rsatiladigan ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflarini belgilab qo'ydi. SHu munosabat bilan don, bug'doy yetishtirish uchun, un va boshqa oziq-ovqat mollarini ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning bir qismi respublika budjetidan to'landi. O'quvchi va talabalarga bepul nonushta va imtiyozli ovqat berishdan ko'rilgan zarar davlat xisobidan qoplandi, bolalarga mo'ljallangan ayrim turdagi tovarlarni, dori-darmonlarni ishlab chiqarishda korxonalarga davlat dotatsiyasi berildi.

1993 yilda qat'iy belgilangan va tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko'rsatiladigan xizmatlarning ro'yxati ancha qisqardi. Kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to'xtatildi.

1994 yilning oktyabr noyabr oylarida xalq iste'moli mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo'yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Lekin axolini ijtimoiy ximoya qilish maqsadida non va unning narxlari, uy-joy, kommunal xo'jaligi, shaxar umumiy transporti xizmatlarining xaqi to'la axoli zimmasiga yuklanmadi, bunday xizmat ko'rsatuvchi korxonalar xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan beriladigan dotatsiya bilan qoplandi.

Narxlarni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat ichki iste'mol bozorini nazorat qilib turdi. Davlat turli kompensatsiya jamg'armalarini tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, axoliga kompensatsiya to'lovlari tarzidagi pul to'lovlarini keng qo'lladi. Korxonalarning o'z xodimlariga ijtimoiy yordam ko'rsatish soxasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag'lari xisobidan qoplanib turildi. Keng iste'mol mollari va xizmatlarining ko'pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o'rni davlat budjeti xisobidan qoplandi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari, 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o'quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar amal qildi. Ayrim toifadagi fuqarolarga uy-joy bepul xususiy mulk qilib berildi. Isloxotlarning birinchi bosqichi davomida ijtimoiy ximoyalash xarajatlari respublika budjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi.

Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy ximoyalash. Davlat budjeti xisobidan axolining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy jixatdan qo'llab-quvvatlash choralari ko'rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko'p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o'quvchi yoshlar kiradi. 1991 - 1994 yillarda respublika budjeti xisobidan 30 ta soxa va yo'nalishlar bo'yicha ijtimoiy ximoya, moddiy yordam amalga oshirildi.

Maktab muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tibbiyot xodimlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira xaqi va kommunal to'lovlar soxasida imtiyozlar berildi.

Yolg'iz pensionerlar turar joy va kommunal xizmatlar uchun xaq to'lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan me'yorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish imkoniyati yaratildi.

O'quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy ximoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo'shimcha to'lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari xarajatlarining bir qismi budjet mablag'lari xisobidan qoplandi, jamoat transportida arzon xaq to'lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikoxdan o'tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam maxsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi qo'llanildi.

1994 yil 24 avgustda "Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to'g'risida" Prezident farmoni e'lon qilindi. Farmonga ko'ra 1994 yil oktyabrdan axolini ijtimoiy ximoyalash siyosatining asosiy yo'nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo'li bilangina 30 ta turli soxa va yo'nalishlar bo'yicha ijtimoiy ximoya amalga oshirilardi, bu mablag'larning sochilib ketishiga olib keldi.

1992-1994 yillarda ko'rilgan chora-tadbirlar yalpi ijtimoiy ximoyalashga yo'naltirilgan bo'lib, yordamga muxtoj bo'lgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlashda to'la samara bermayotgan edi.

1994 yilda ijtimoiy ximoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va axolining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o'tildi. Maxalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo'ldi. Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, bola boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to'lgunga qadar, shuningdek 16 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Maxallalarda respublika va maxalliy budjet mablag'lari, shuningdek korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o'tkazgan mablag'lari xisobidan maxsus jamg'armalar tuzildi. 1995 yilda 500 mingga yaqin extiyojmand oilalarga maxalla qo'mitalari orqali 6 mlrd so'm nafaqa berildi.

Kam ta'minlangan oilalarga ko'rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o'sib bormoqda. Faqat 2000 yilning o'zida axolining kam ta'minlangan qismiga maxallalar orqali 54,3 mlrd so'm miqdorida nafaqa, ko'mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.

O'zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosat jamiyatning negizi bo'lgan oilani mustaxkamlash va tinch-totuvligini ta'minlash. oilada ayolning mavqeyini ko'tarish maqsadi bilan uyg'unlashgan. SHu maqsadda mamlakatimizda 1997 yil- "Inson manfaatlari yili", 1998 yil -"Oila yili", 1999 yil -"Ayollar yili", 2000 yil -"Sog'lom avlod yili", 2001 yil -"Onalar va bolalar yili", 2002 yil - "Qariyalarni qadrlash yili", 2003 yil "Obod maxalla yili", 2004 yil "Mexr va muruvvat yili", 2005 yil "Sixat-salomatlik yili", 2006 yil "Xomiylar va shifokorlar yili", 2007 yil "Ijtimoiy ximoya yili" deb e'lon qilinib, bu yillarda oilani mustaxkamlash, ayollarning jamiyatdagi o'rnini ko'tarish, sog'lom, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, qariyalarni e'zozlash, go'zal diyorimizdagi barcha maxallalar faoliyatini yanada jonlantirish yo'lida xayrli tadbirlar amalga oshirildi.

Axoli jamg'armalarini ximoya qilish choralari xam amalga oshirildi. Prezidentning 1995 yil 20 dekabrdagi "Axolining omonatlardagi va davlat sug'urta bo'yicha pul mablaglarini indeksatsiya qilish to'g'risida" gi farmoniga binoan 1992 yil yanvariga qadar jamg'arma bankiga pul qo'ygan 3 milliondan ortiq omonatchilarning 35 mlrd. so'mga teng bo'lgan, qadrsizlanib qolgan omonatlari indeksatsiya qilindi. 1996 yildan boshlab jamg'arma bankiga pul qo'ygan odamlar o'z pullarini qaytarib olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Xulosa qilib aytganda, tanlangan kuchli ijtimoiy siyosat tufayli isloxotlar arafasida eng noqulay boshlang'ich shart-sharoitlarga, ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo'lgan O'zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o'tishga muvaffaq bo'ldi. Oldindan ko'rilgan oqilona ijtimoiy chora-tadbirlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minladi.

Maishiy xizmat. Mustaqillik sharofati bilan axoliga maishiy xizmat ko'rsatish soxasi rivoj topdi. Maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari to'liq xususiylashtirildi, maishiy xizmat bozori vujudga keldi. 2002 yil 1 avgust xolatiga ko'ra respublikamizda 63 mingdan ortiq xususiy maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari vujudga keldi. Ularda 135 ming xizmatchi axoliga maishiy xizmat ko'rsatmoqda. Buyurtmachilarning takliflariga binoan ularning uylariga borib xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yildi.

Qishloq axolisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash dasturi ishlab chiqildi. Dasturni amalga oshirish borasida ko'rilgan tadbirlar natijasida 1991- 2007 yillarda 36 ming kilometr suv quvurlari va 72 ming kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu ko'rsatkichlar 1991 yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 baravar ko'p demakdir.

Istiqlol yillarida qishloq axolisining tabiiy gaz bilan ta'minlanishi darajasi 17 foizdan 78 foizgacha, ichimlik suvi bilan ta'minlanishi esa 52 foizdan 77 foizgacha o'sdi.

Axoli uchun uy-joylar qurish xam rivojlandi. 1991-2000 yillarda 70 million kv m turar joy binolari qurilib foydalanishga topshirildi.

Sog'liqni saqlash. Axoli salomatligiga g'amxo'rlik qilish O'zbekistonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismidir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "OITS bilan kasallanishning oldini olish to'g'risida" (1991 yil), "Davlat sanitariya nazorati to'g'risida" (1992 yil), "Fuqarolar salomatligini muxofaza qilish to'g'risida" (1996 yil 29 avgust), "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'gtrisida"gi (1997 yil) qonunlari axoli salomatligini saqlashning xuquqiy kafolati bo'lib xizmat qilmoqda.

Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida tibbiyot muassasalarini xususiylashtirish tadbirlari amalga oshirildi. 1991 - 1996 yillarda 249 ta tish protczlash muassasalari va stomatologik polikiinikalar, 28 ta xo'jalik xisobidagi tibbiy ko'rik poliklinikalar, jami 342 ta tibbiyot muassasalari, 1999 -2001 yilda 154 ta tibbiyot subektlari xususiylashtirildi. SHaxsiy tibbiy xizmat ko'rsatuvchi subektlar xam vujudga keldi. 2001 yilda Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan faoliyat yuritish uchun litsenziya (ruxsatnoma) olgan nodavlat muassasalar va firmalar soni 1700 taga, shaxsiy tibbiy xizmat ko'rsatuvchi subektlar soni 4000 taga yetdi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling