Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
O'zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko'chirildi xamda ajdodlarimizning ko'p ming yillik xayoti va madaniyatini ilmiy, xolisona aks ettiruvchi yangi eksponatlar bilan qayta jixozlandi. O'zbekiston davlat san'at muzeyi Yaponiya xukumati tomonidan beg'araz ajratilgan 38,8 mln ien pul mablag' xisobiga ta'mirlandi, yangi muzey jixozlari, asbob-uskunalari bilan yanada boyidi. O'zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risida"gi farmoni va uning bajarilishini ta'minlashga qaratilgan respublika xukumatining "Muzeylar faoliyatini qo'llab-quvvatlash masalalari to'g'risida" gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, "Oltin meros" jamg'armasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi, Mexnat vazirligi muzeylar raxbariyati bilan xamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta'minoti bo'yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muxofazasiga olindi, ularni ta'mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti xisobidan moliyaviy jixatdan qo'llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko'rsatish, moddiy jixatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda "O'zbekmuzey" Respublika jamg'armasi tuzildi. Axolining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko'maklashuvchi "Moziydan sado" jurnali ta'sis etildi va u 1999 yildan boshlab o'zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi. O'zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv m ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko'rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarirniz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda va axoliga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me'moriy yodgorliklarga boy 10 ta shaxri tarixiy shaxarlar ro'yxatiga kiritilgan. 2500 ta me'moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san'at asari davlat muxofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaxmlaridagi 3 ta muzey-qo'riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me'moriy obidalar, monumental san'at asarlari saqlanib qolgan, davlat muxofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e'tirof etilgan. Mustaqillik sharofati bilan Samarqand muzey-qo'riqxonasining Registon maydoni yodgorliklari, SHoxizinda, Bibixonim me'moriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Afrosiyob muzeyi, Ruxobod majmuasi, Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo gumbazlari, Sitorayi Moxi Xosa ansambli, Baxouddin Naqshband majmuasi, Xivaning Ichan qal'asidagi Ko'xna ark, Muxammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo'ja minorasi, Toshxovli saroyi, Jome masjidi, SHaxrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ust-tilovat ansambllari, Amir Temurning Oq saroyi, Termizdagi Xakim at-Termiziy, Imom Termiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz me'moriy yodgorlik majmualari qayta ta'mirlandi. Samarqand, Buxoro, Xiva va SHaxrisabzdagi betakror me'moriy yodgorliklar Jaxon xalqaro madaniy meros ro'yxatiga kiritilgan. Mustaqillik yillarida xalqimizning me'moriy obidalari qatoriga yangidan barpo etilgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Axmad al-Farg'oniy, Alpomish, Jaloliddin Manguberdi xaykallari qo'shildi. 2002 yilda Termiz shaxrining 2500 yilligi munosabati bilan tarixiy ashyolar, me'morchilik va xaykaltaroshlik san'ati namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro'zg'or buyumlari, turli taqinchoqlar bilan jixozlangan muxtasham arxeologiya muzeyi barpo etildi. O'zbekiston muzeylari axoli orasida o'lkamiz tarixi, xalq amaliy san'ati asarlaridan iborat etnografik ko'rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma'naviy kamoloti yo'lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyoxlar respublikamiz muzey-qo'riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san'at asarlari oldida ta'zim etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O'zbekiston muzeylarining eks-ponatlari namoyish etildi. SHu o'rinda, Vatanimiz tarixini o'rganayotgan Siz aziz o'quvchilarni ajdodlarirniz tarixini, madaniy xayotini o'zida yorqin aks ettiruvchi ko'pdan-ko'p muzeylarga tashrif buyurib, o'z bilimlaringizni yanada boyitib va mustaxkamlab borishga taklif etamiz. SHaxarsozlik. Mustaqillik yillarida shaxarsozlik va arxitektura qurilishi misli ko'rilmagan darajada avj oldi. O'zbekiston poytaxti - Toshkent shaxrining qiyofasi tubdan o'zgardi, yuzlab zamonaviy, ko'rkam, osmono'par binolar bunyod etildi. Oliy Majlis, Prezident qarorgoxi-Oqsaroy, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent shaxar xokimligi, Turkiston saroyi, Respublika birja markazi, Biznes markaz, Markaziy bank, Milliy bank, Banklararo moliyaviy xizmatlar markazi, Xalqaro savdo-ko'rgazma xizmatlar majmuasi, O'zbekiston davlat konservatoriyasi, Tata, Interkontinental va Toshkent-SHeraton mexmonxonalari shular jumlasidandir, Toshkent shaxri ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan "Oloy", "CHorsu", "Otchopar", "Yunusobod", "Mirobod", "Parkent", "Qo'yliq" va boshqa bozor binolari barpo etildi. Zamonaviy jismoniy tarbiya va sport, sog'liqni saqlash muassasalari, mustaxkam ko'priklar qurildi, transport yo'llari tubdan ta'mirlandi va obodonlashtirildi. Respublikamizning barcha viloyatlari markazlarida xam yirik zamonaviy ma'muriy binolar, sport inshootlari, bog'lar, saylgoxlar, savdo inshootlari bunyod etildi, obodonlashtirildi. Sport. Mustaqillik yillarida sport O'zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi. Sport axolini, xususan yoshlarni jismoniy va axloqiy tarbiyalashning, xalqlar o'rtasida do'stlikni mustaxkamlash va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muxim omilidir. 1992 yil 5 fevralda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari - sport sog'lomlashtirish klublari, bolalar, o'smirlar sport maktablari, olimpiya o'rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport maxorati maktablari, o'yingoxlar, sport zallari, maydonlari, xovuzlar barpo etildi va ta'mirlandi. Ularda 7 mln kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'ldi. 1992 yil yanvarda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tuzildi va 1993 yil sentyabrda xalqaro olimpiya qo'mitasining 101-sessiyasida rasmiy e'tirof etildi. 1996 yil 14 avgustda Toshkentda olimpiya muzeyi ochildi. 1992 yili Barselonada o'tkazilgan olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sportchilari 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritdilar. Sportning boks turi jadal o'sdi. Artur Grigoryan, Muxammadqodir Abdullaev kabi o'zbekistonlik bokschilarning nomi jaxonga mashxurdir. 1999 yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shaxrida o'tkazilgan 10 Jaxon chempionatida O'zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o'rtasida AQSH va Kuba komandalaridan keyin faxriy uchinchi o'rinni egalladi. Bokschilarimiz M.Abdullaev va O'.Xaydarovlar oltin, T. Turg'unov kumush medali soxibi bo'lishdi. 2000 yili Avstraliyaning Sidney shaxrida o'tkazilgan 27-yozgi Olimpiada o'yinlarida bokschilar M. Abdullaev oltin, Sergey Mixaylov va Rustam Saidovlar bronza medallarini, kurashchi Artur Taymazov kumush medalni qo'lga kiritib, O'zbekiston bokschilari shuxratini olamga namoyon qildilar. O'zbek bokschisi Ruslan SHagaev 2007 yil 14 aprel kuni Germaniyaning SHtutgart shaxrida professional boksning VBA yo'nalishi bo'yicha jaxon chempioni N. Valuev bilan bo'lgan bellashuvda g'alaba qozonib, o'ta og'ir vazn toifasi bo'yicha jaxon chempioni unvonini qo'lga kiritdi. Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmuasi barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002 yillarda O'zbekiston Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o'tkazildi. 1999 yilning iyul oyida Londonda o'tgan tennis bo'yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda To'laganova Uimbldon turnirida g'olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo'lga kiritdi. 1998 yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Ximolay tog'ining eng baland "Everest" cho'qqisiga chiqib, O'zbekiston dovrug'ini dunyoga taratdilar. 1994 yilda Xirosimada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida o'zbekistonlik yengil atletikachilar, merganlar, kurashchilar, dzyudochilar, bokschilar, futbolchilar jami 40 ta, jumladan, 10 ta oltin medal soxibi bo'ldilar. 1999 yilda Germaniyada yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan karate bo'yicha xalqaro turnirda 200 mamlakatdan 900 nafar sportchilar qatnashdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston komandasi faxriy uchinchi o'rinni egalladi. 2002 yil 29 sentabr-14 oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shaxrida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilar sportning 24 turi bo'yicha muvaffaqiyat bilan qatnashib, 15 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, qirqdan ortiq mamiakatlar orasida faxrii beshinchi o'rinni egalladilar. Mustaqillik sharofati bilan milliy o'zbek kurashi tiklandi. 1992 yilda Termiz va SHaxrisabz shaxarlarida dastlabki milliy kurash bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jixatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e'tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o'rin oldi. 1999 yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo'yicha birinchi jaxon chempionati bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamoi polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jaxonga taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom Karimov saylandi, 2000-2002 yillarda Bedford shaxrida 3 marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo'lib o'tdi. 2002 yil oktyabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a'zoligiga qabul qilindi. O'zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida butun dunyoda e'tirof etildi. 2004 yilda Liviya poytaxti-Tripoli shaxrida bo'lib o'tgan shaxmat bo'yicha jaxon chempionatida 56 mamlakatdan 128 nafar shaxmatchi qatnashdi. Ular orasida xamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov xam bor edi. Rustam Qosimjonov barcha da'vogarlar ustidan g'alaba qozonib, jaxon chempioni dcgan yuksak unvonni qo'lga kiritdi. Bu g'alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch va g'urur-iftixor bag'ishladi. O'zbekiston sportchilari 1991-2005 yillarda olimpiadalar, Osiyo o'yinlari, jaxon va Osiyo chempionatlari, jaxon kubogi va nufuzli xalqaro musobaqalarda qatnashib, 5457 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritdilar. SHunday qilib, mustaqillik yillarida O'zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma'nomazmun bilan boyidi, jaxon sportiga qo'shildi va xalqaro maydonda salmoqli o'rinni egalladi. 19-§. Xalqaro axvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jaxon xamjamiyatiga qo'shilishi Xalqaro vaziyatning o'zgarishi. 21 asr bo'sag'asida jabon taraqqiyotining mazmuni tubdan o'zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan - SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki xarbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o'zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda "sovuq urush" siyosati xukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. 20 asrning 90 yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo'lgan ulkan imperiya - SSSR parokanda bo'ldi, sotsialistik sistema xalokatga uchradi. Varshava SHartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSR ning parcbalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O'zbekiston davlati bunyod etildi. "Sovuq urush" siyosati barxam topdi. Xavfsizlikka taxdidning kuchayishi. Xalqaro vaziyatda tub o'zgarishlar sodir bo'lsada, dunyo tinchligiga taxdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi xollarda namoyon bolmoqda: o Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o'nasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o'sdi. Mamlakatlar o'rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg'or texnologiya, erkin sarmoyalarni to'plash va joylashtirishda xamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, axolisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud. o Bir qator mintaqalarda, xatto bir mamlakat fuqarolari o'rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam o'zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo'ldilar. o Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy ekstremizm taxdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o'rtasida "xaqiqiy" va "soxta" dindorlik belgilari bo'yicha qarama-qarshilik chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o'rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O'zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo axlini tashvishlantirmoqda. o "Sovuq urush" siyosatiga chek qo'yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo'lsada, bu turdagi ommaviy qirg'in qurolining ko'p miqdorda saqlanayotganligi, yadro quroliga ega bo'lgan davlatlar sonining ko'payib borayotganligi (Xindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy taxdid bo'lib qolmoqda. o Jaxon miqyosida atrof-muxitning ifloslanganligi, nosog'lom ekologik vaziyat, jumladan Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi. o Tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyoxvandlik, yashirin qurol oldi-sottisi insoniyatni tashvishlantirmoqda. Bularning barchasi dunyo xali xam ilgarigidek mo'rt bo'lib turganfigidan dalolat beradi. Bizni qurshab turgan olam g'oyat murakkab va muammoli bo'lib kelgan, xozir xam shunday bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog'liq bo'lib qoldi. Xalqaro maydondagi ular bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo'lib qoldi. Xatto ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish xam jaxon xamjamiyatining vazifasiga aylandi. Davrimizning muxim xususiyati axoli talab-extiyojlarining g'oyat darajada o'sganligi bilan belgilanadi. Aloxida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning axolisi talablari, extiyojlarini qondirib bo'lmaydi. Xatto rivojlangan mamlakat uchun xam boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy xamkorlik qilish obektiv zaruriyat bo'lib qoldi. Xozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi xam, boshqalardan ajralgan xudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo'linmasdir. SHu boisdan barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog'langan, o'zaro aloqadadir. O'zbekistonning geosiyosiy o'rni. O'zbekiston xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish nuqtayi nazaridan va o'z taraqqiyot istiqbollari jixatidan qulay jug'rofiy-strategik imkoniyatlarga ega. o Qadim zamonlarda SHarq bilan G'arbni bog'lab turgan Buyuk ipak yo'li O'zbekiston xududi orqali o'tgan. Bu yerda savdo yo'llari tutashgan, tashqi aloqalar xamda turli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda xam Yevropa va Osiyoni bog'laydigan yo'llar Markaziy Osiyodan, uning o'rtasida joylashgan O'zbekistondan o'tmoqda. o Markaziy Osiyoda jug'rofiysiyosiy jixatdan markaziy o'rin tutgan O'zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta'minlash, xamkorlikni mustaxkamlash imkoniyatlariga ega. Mintaqa doirasida manfaatli munosabatlar o'rnatish imkoniyati O'zbekiston orqali ochiladi. o O'zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan. o Axoli soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jixatidan mintaqadagi qo'shnilaridan ma'lum darajada ustun turadi. o Tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zaxiralari va strategik materiailarga ega, dexqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o'zini ta'minlashga qodir. o O'zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o'zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta'minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. o Yurtimizning jaxonga mashxur boy ma'naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o'rin egallab, dunyoning ma'naviy va siyosiy jarayonlariga ta'sir o'tkazish saloxiyatiga ega. Jug'rofiy-siyosiy jixatdan O'zbekistonga qiyinchiliklar tug'diruvchi omillar xam mavjud. Jumladan: o O'zbekiston o'zining jug'rofiysiyosiy xolati jixatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo'lga qo'yilmagan mintaqada joylashgan. O'zbekiston Fors ko'rfazi, Kaspiy dengizi xavzasi va Tarim xavzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. SHu boisdan bu xududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko'pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o'zaro to'qnashmoqda. o Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O'zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm. etnik murosasizlik, narkobiznes va xar xil tashqi kuchlar tomonidan rag'batlantirilib kelinayotgan, ichki mojaro avj olgan Afg'oniston kabi beqarorlik o'chog'i bilan chegaradosh. o Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan O'zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirildi. Janubiy yo'nalishda transport kommunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. Ittifoq parchalangach, kommunikatsiyalar muammosi O'zbekiston uchun yanada keskinlashdi. O'zbekiston bcvosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargoxlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat. Qora dengiz, Boltiq dengizi, Yapon dengizi va SHimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temiryo'li qariyb 3 ming kilometrni tashkil etadi. Bu bir necha davlatlar xududidan o'tadigan olis yo'l bo'lib, O'zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, maxsulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta'sir etadi. o Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi xam mamlakatimiz uchun noqulay omildir. o SHuningdek, mustamlakachilik davrida yuritilgan Turkistonni bolish, millat va elatlari ustidan xukmronlik qilish siyosatining asoratlari xozirgacha tashvishli omil xisoblanadi. Mustaqil tashqi siyosat zaminining yaratilishi. Mustaqillikning dastlabki kunlari O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo'lni belgilash, jaxon xamjamiyatiga qo'shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o'rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko'ndalang bo'lib turardi. Negaki, davlatimiz mustaqilligini mustaxkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko'p jixatdan ana shu vazifalarning oqilona xal etilishiga bog'liq bo'lib qolgan edi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, sobiq Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy xokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan. O'zbekiston xam tashqi dunyodan ajralgan, to'g'ridan to'g'ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat edi. SHu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga xam, jaxon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlariga xam ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta xam o'quv yurti yo'q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qilmoqda edi. O'zbekiston raxbariyatiga bu soxadagi ko'p qirrali ishlarni boshidan boshlashga to'g'ri keldi. Prezident Islom Karimov o'zining "O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab bcrdi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonunlashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. "O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida"gi, "CHet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida"gi, "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi va boshqa qonunlar xamda normativ xujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko'lamli xamkorlik uchun mustaxkam xuquqiy kafolat yaratib berdi. Xalqaro xuquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o'z ifodasini topdi. Birinchidan, respublika qonunlari xalqaro xuquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchidan, mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolatlaydigan xamma majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi. Tashqi aloqalarni ta'minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (agentligi), Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat soxasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, xamkorlik yo'li asos qilib olindi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: o mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar xamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; o davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini xurmat qilish; o boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; o nizolarni tinch yo'l bilan xal etish; o kuch ishlatmaslik va kuch bilan taxdid qilmaslik; o inson xuquqlari va erkinliklarini xurmatlash; o ichki milliy qonunlar va xuquqiy normalardan xalqaro xuquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi; o davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, xamdo'stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; o tajovuzkor xarbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; o davlatlararo aloqalarda teng xuquqlilik va o'zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; o tashqi aloqalarni xam ikki tomonlama, xam ko'p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish xisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jaxon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo'lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jaxonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o'rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Xindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. SHuningdek, O'zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 xukumatlararo va 13 ta noxukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda - AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O'zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. O'zbekistonning BMTga a'zo bo'lishi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki kunlardanoq jaxon xamjamiyatiga qo'shilish, xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlik qilish yo'lini tanladi va og'ish may shu yo'ldan bormoqda. O'zbekiston Respublikasi o'zining xoxish-irodasi va taklifiga ko'ra 1992 yil 2 martda jaxondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot- Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jaxon xamjamiyatining to'la teng xuquqli a'zosi bo'ldi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling