Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet120/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

1993 yil 24 dekabrda Ashgabatda MDX davlatlari boshliqlarining Kengashi bo'ldi. Unda Gruziya raxbari Eduard SHevarnadze qatnashdi va Gruziya MDXga a'zo etib qabul qilindi. 1993 yil 24 sentabrda imzolangan Iqtisodiy ittifoq shartnomasini parlamentlarda tasdiqlanishini kutib o'tirmay, uni kuchga kiritish xaqida bitim, Xavfsizlikni mustaxkamlash maqsadida xarbiy xamkorlikni muvofiqlashtirish bo'yicha shtab tuzish xaqida bitim imzolandi. Tojikistonning Afg'oniston bilan chegarasida vaziyatni barqarorlashtirish bo'yicha qo'shimcha tadbirlar kelishib olindi. Sarmoya sarflash faoliyati soxasida xamkorlik xaqida, Dori-darmon va boshqa meditsina maxsulotlari bilan ta'minlash to'g'risida, Davlatlararo "Mir" telekompaniyasining faoliyatini ta'minlash xaqida bitimlar imzolandi.

MDX davlatlari o'rtasidagi munosabatlarda ishonchni mustaxkamlash va xamkorlikni rivojlantirish xaqida Ashgabad Deklaratsiyasi qabul qilindi.

1994 yil 21 oktabrda Moskvada MDX davlat boshliqlarining Kengashi bo'lib o'tdi. Bu 16-kengash edi. 10 ga yaqin masalalar muxokama qilindi. Asosiy e'tibor MDX mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalaga qaratildi. MDX o'rtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari xaqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy xamkorlikning asosiy yo'nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi.

Mazkur Kengashda Iqtisodiy ittifoqning davlatlararo iqtisodiy qo'mitasi (DIQ) tuzildi. DIQning maqsadi iqtisodiy ittifoq faoliyatini shakllantirish va samaradorligini ta'minlash, MDX a'zolari o'rtasida iqtisodiy aloqalanii tartibga solish, integratsiya jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta'minlashdan iborat, deb belgilandi. DIQning vazifasi iqtisodiyotni, isloxotlarning borishini taxlil etish, xo'jalik qonunlarini bir-biriga yaqinlashtirishni ta'minlash, iqtisodiyotni rivojlantirishni bashoratlash, sanoat, qishloq xo'jaligi va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish bo'yicha qo'shma dasturlar ishlab chiqish, transnatsional xarakterdagi tarmoqlar (energetika, transport, aloqa, gaz va neft quvurlar) bo'yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish kabi umumiy axamiyatga molik masalalarni xal etishdan iboratdir. DIQning shtab-kvartirasi Moskva shaxri deb belgilandi. DIQga tartibga solish bilan birga, nazorat qilish funksiyasi xam berildi.

DIQ iqtisodiy ittifoqni shakllantirish uchun quyidagi xujjatlarni ishlab chiqish va imzolanishini ta'minlash zarur deb belgilanadi: o'zaro to'lov ittifoqi; erkin savdo xududlari barpo etish, boj ittifoqi, tovarlar, xizmatlar, sarmoya va ishchi kuchi umumiy bozorini vujudga keltirish; valuta ittifoqi va boshqalar. Kengashda MDX a'zolari o'rtasida o'zaro to'lov ittifoqini tuzish xaqida bitim imzolandi.

1995 yil 26 may kuni Minskda MDX davlatlari raxbarlarining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'zaro to'lovlarni tartibga solishga xizmat qiladigan davlatlararo valuta qo'mitasi tuzish, kollektiv xavfsizlik, MDX chegaralarini qo'riqlash, kollektiv tinchlikni saqlash kuchlarining (KTSK) Tojikiston va Abxaziya kabi keskin o'choqlarda turish muddatini uzaytirish, ixtiloflarni bartaraf etish, xo'jalik sud faoliyati va uni takomillashtirish kabi ko'plab masalalar muxokama qilindi va tegishli xujjatlar imzolandi. MDX umumiy chegaralari va ularni birgalashib qo'riqlash to'g'risida tomonlarning fikri turlicha bo'ldi. Mustaqil davlatlar chegaralarini xamdo'stlikning umumiy chegaralari deb tan olish va qo'riqlash to'g'risidagi shartnomani 7 davlat imzoladi. O'zbekiston tomoni imzolamadi, negaki, MDXning umumiy chegarasi yo'q, aksincha, xar bir mustaqil davlatning o'z chegarasi bor va xar bir davlat uni o'zi qo'riqlashi kerak deb ta'kidlandi.

MDX davlat boshliqlarining 1996 yil 19 yanvar, 1996 yil 17 may va 1997 yil 28 mart kunlari Moskvada, 1997 yil 23 oktabrda Kishinyovda bo'lib o'tgan Kengashlarida integratsiya jarayonlarini tezlashtirish konsepsiyasi, uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatchilarga qarshi birgalikda kurash dasturi, MDX doirasida qabul qilingan xujjatlarning bajarilish axvoli, MDXning istiqbollari, MDX organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muxokama qilindi.

1991-1999 yillarda MDX davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo'lib, ularda xammasi bo'lib iqtisodiy, ijtimoiy, xarbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy soxalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muxokama etilib, tegishli xujjatlar inizolandi.

Xamdo'stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustaxkamlanib bordi. Qabul qilingan xujjatlarning aksariyati qog'ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni yechishni istamayotganida emas, aksincha, o'zaro xamkorlik teng xuquqli asosda, xar bir mamlakatning milliy manfaatlarini xisobga olgan xolda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog'liq edi. O'tgan yillar davomida erishilgan axdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o'zaro xisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi.

MDXda xamjixatlikning mustaxkamlanishi. 2000 yil 24-25 yanvar kunlari Moskvada MDX mamlakatlari raxbarlarining sammiti bo'lib o'tdi. Unda Rossiya davlat boshlig'i V. Putin xamdo'stlik davlatlari boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Ukraina Bosh vaziri V. Yushenko MDX mamlakatlari xukumat boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Kengashda MDX a'zolari bo'lgan mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, MDXni islox qilish borasidagi masalalar muxokama qilindi. Bu kengash MDXning kelajagiga katta ishonch uyg'otdi. Bu ishonch Rossiya Prezidenti V. Putinning MDX doirasidagi sheriklar bifan yaqinlashishga qaratilgan xarakatlarida o'z ifodasini topmoqda.

2000 yil 21 iyunda Moskvada bo'lib o'tgan MDX davlat boshliqlarining sammitida MDX doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, integratsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan 2005 yilgacha bo'lgan muddatda Xamdo'stlikni rivojlantirish dasturi muxokama qilindi va tegishli xujjat imzolandi.

MDX davlat boshliqlari 2003 yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko'rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko'rish to'g'risida, MDXning terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish xaqida qarorlar qabul qiladilar.

2001 yil 29-30 noyabr kunlari Moskvada MDX tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag'ishlangan yubiley sammiti bo'lib o'tdi. Sammit qatnashchilari Afg'onistondagi voqealar to'g'risida bayonot qabul qildilar.

Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baxolandi, uning natijasida xalqaro terrorchi larning infrafuzilmasiga qattiq zarba berilgani xamda mintaqaviy va dunyoviy xavfsizlikni yanada mustaxkamlashga yo'l ochilgani qayd etildi. SHu bilan birga, toliblar xukmronligi tugatilganidan keyin Afg'oniston taqdirini afg'on xalqining o'zi belgilashi, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlari BMT raxnamoligida amalga oshirilishi qo'llab-quvvatlandi.

MDXning 10 yillik tarixi guvoxlik beradiki, xamdo'stlikning tashkil etilishi foydali bo'ldi. Xamdo'stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda xam shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog'langan iqtisodiyotini to'ldirib turish zarur edi. Xamdo'stlik mana shunday to'ldiruvchilik rolini o'ynadi, parchalanish jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo'l qo'ymadi.

Xamdo'stlik xozirgi kunda xam axamiyatini yo'qotgani yo'q. MDX yon-atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko'rsatish, xususan, terror, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda xamjixatlikni mustaxkamlash, baxamjixat xarakat qilishda muxim o'ringa ega. Xamdo'stlikning yana bir axamiyatli tomoni shundaki, globalizatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan xozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni yengishda barcha a'zo davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir.

O'zbekiston va Rossiya xamkorligi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida xamdo'stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama xamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish aioxida o'rin tutadi. Ikki tomonlama xamkorlik deganda ikki davlat o'rtasidagi, ya'ni O'zbekistonning boshqa bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarini yo'lga qo'yish va chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi.

O'zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan davlatlararo munosabatlar o'rnatish va rivojlantirishga aioxida axamiyat berib kelmoqda.

1992 yil 30 mayda I. Karimov boshliq O'zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi paytida O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va xamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. SHartnoma ikki davlat o'rtasida bar tomonlama xamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishga xuquqiy asos soldi. Ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatildi, elchixonalar ochildi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B. Yelsinning 1993 yil mart oyida O'zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustaxkamlash choralarini ko'rishga axdlashildi. 1993 yil 19 martda O'zbekiston va RF o'rtasida madaniyat, fan va texnika, ta'lim, sog'liqni saqlash, axborot, sport va turizm soxasida xamkorlik qilish to'g'risida bitimlar imzolandi.

Ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni takomillashtirish va rivojlantirishda I. Karimovning 1994 yil mart oyidagi Rossiya Federatsiyasiga qilgan rasmiy davlat tashrifi muxim o'rinni egalladi. I.Karimov bilan B. Yelsin o'rtasidagi muzokaralar yakunida 1994 yil 2 martda O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida xar tomonlama xamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to'g'risida Deklaratsiya imzolandi. SHuningdek, ikki davlat prezidentlari O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to'g'risida, xarbiy soxadagi xamkorlik to'g'risida shartnoma imzoladilar. Rossiya Federatsiyasi xukumati raisi V.S.CHernomirdin 1995 yil 26-28 iyul kunlari rasmiy safar bilan O'zbekistonda bo'ldi. Safar chog'ida quyidagi xujjatlar imzolandi:

o O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi xamkorlikni yanada taraqqiy ettirish va kengaytirish to'g'risida memorandum;

o 1996-1997 yillarda iqtisodiy xamkorlikning asosiy prinsiplari va yo'nalishlari to'g'risida xukumatlararo bitim;

o "Ilyushin" transnatsional moliya-sanoat qo'shma guruxini barpo etish xaqida bitim;

o oliy ta'lim soxasida xamkorlik qilish, ilmiy-texnik xamkorlik, "Supa" xalqaro radioastronomik abservatoriyasini tashkil etish, jinoyatchilikka qarshi kurashda xamkorlikni kuchaytirish to'g'risida xukumatlararo bitimlar;

o ikkala mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida xamkorlik dasturi.

O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida imzolangan xujjatlar ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, kommunikatsiya, fan-texnika, madaniy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

V. Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi xamkorlikni yangi bosqichga ko'tardi. V.Putin qisqa muddatda O'zbekistonga ikki marta-1999 yil 10-11 dekabrda va 2000 yil 18-19 may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xarbiy va xarbiy-texnikaviy xamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurashish va boshqa masalalar muxokama etildi.

Dekabrdagi uchrashuvda "O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasida xarbiy va xarbiy-texnikaviy xamkorlikni yanada chuqurlashtirish to'g'risida shartnoma" imzolangan bo'lsa, may oyidagi muzokaralar nixoyasida ikki mamlakat xukumatlari o'rtasida "O'zbekiston Respublikasi ma'muriy-xududiy tuzilmalari Rossiya Federatsiyasi subektlari o'rtasida xamkorlikni kengaytirish to'g'risida bitim", "Xalqaro avtomobil qatnovi to'g'risida bitim" imzolandi.

SHu tariqa O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi o'zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Ikki mamlakat o'rtasida turli maqsadlarga yo'naltirilgan 150 ta xujjatlar imzolangan.

O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi tovar ayirboshlash xajmi 2000 yilda 1-mln. AQSH dollarini tashkil etdi, O'zbekistonda rossiyalik sarmoyadorlar bilan xamkorlikda tashkil etilgan 527 ta qo'shma korxonasi, Rossiyada esa O'zbekiston sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 293 ta qo'shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda. O'zbekiston Rossiyadan mashinalar va jixozlar, kimyo maxsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jixozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mollarini eksport qiladi.

O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi xamkorlikni yanada rivojlantirishda Prezident Islom Karimovning 2001 yil 3-5 may kunlari davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasida bo'lishi muxim axamiyatga ega bo'ldi. I.Karimov va V.Putin xarbiy-texnikaviy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy soxalarga oid masalalarni muxokama qildi.

Muzokaralar yakunida Islom Karimov va Vladimir Putin O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlarining Qo'shma bayonoti xamda chegara masalasi bo'yicha xamkorlik to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. SHuningdek, iqtisodiy xamkorlik bo'yicha xukumatlararo komissiya, o'zaro savdoda bilvosita soliq olish tamoyillari, kontrabanda va bojxona qonunbuzarligiga qarshi kurashda xamkorlik, bojxonaga oid xujjatlar va tartib-qoidalarni o'zaro tan olish, bojxonadan o'tish tartibini yengillashtirish va soddalashtirish, madaniy soxada 2001-2003 yillarga mo'ljallangan xamkorlik to'g'risida xujjatlar qabul qilindi.

O'zbekiston Prezidenti I. Karimovning 2004 yil aprel oyida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V. V. Putinning 2004 yil iyun oyida O'zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o'rtasidagi xamkorlikni yangi pog'onaga ko'tardi.

2004 yil 16 iyunda O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida strategik sherikchilik to'g'risida bitim imzolandi. 15 moddadan iborat mazkur bitim o'zaro xavfsizlikni ta'minlash, global taxdidlarga qarshi xarakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar soxalardagi xamkorlikni kengaytirishga qaratilgan strategik sherikchilikning mustaxkam poydevori bo'lib xizmat qiladi.

2005 yil 14 noyabr kuni Moskvada O'zbekiston-Rossiya o'rtasida "Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risida shartnoma" imzolandi va kuchga kirdi. Bugungi kunda ikki davlat o'rtasida xamkorlik yangi sifat darajasiga ko'tarildi. O'zbekiston Respublikasi bilan "Lukoyl" neft kompaniyasi OAJ xamda "O'zbek neftgaz" milliy xolding kompaniyasi bilan "Gazprom" ochiq aksionerlik jamiyati o'rtasida maxsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu xujjatlar O'zbekiston yonilg'i-energetikasi soxasiga qariyb 2,5 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat o'rtasidagi savdo xajmi 2003 yilda 1 mlrd 149 mln, 2004 yilda 1 mlrd 642 mln, 2007 yilda esa 4,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

O'zbekiston Rossiya o'rtasidagi munosabatlar torn ma'nodagi teng xuquqlilik, o'zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, xududiy yaxlitligi va manfaatlarini xurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bormoqda.

O'zbekiston va Ukraina aloqalari. O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solishda I.Karimovning 1992 yil avgust oyida Kievga rasmiy davlat tashrifi muxim axamiyatga ega bo'ldi.

Tashrif chog'ida 25 avgust kuni O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va xamkorlik to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. SHuningdek, ikki davlat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risida protokol va savdo-iqtisodiy xamkorlik bitimi imzolandi.

1994 yil 10-11 noyabr kunlari I. Karimovning Ukrainaga ikkinchi davlat tashrifi O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasidagi munosabatlarni yana yuqori pog'onaga ko'tardi. O'zbekiston va Ukraina respublikalari o'rtasida iqtisodiy xamkorlikning asosiy yo'nalishlari xaqida bayonnoma, O'zbekiston va Ukraina respublikalari o'rtasida savdo-iqtisodiy xamkorlik to'g'risida, daromad va mulkdan ikki tomonlama soliq olmaslik xaqida, madaniy xamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi.

1995 yil 20-21 iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma O'zbekistonda bo'ldi. Ikkala davlat prezidentlari tomonidan O'zbekiston-Ukraina xamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish yo'llari to'g'risida Deklaratsiya, O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasidagi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to'g'risida shartnomani imzoladilar. Safar chog'ida O'zbekiston va Ukraina xukumatlari o'rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash soxasida xamkorlik qilish to'g'risida bitim, ilmiy-texnikaviy xamkorlik xaqida bitim, elchixonalar faoliyati xaqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999 yil oktyabrida Ukrainaga safari chog'ida O'zbekiston va Ukraina o'rtasida 1999-2008 yillarga mo'ljallangan iqtisodiy xamkorlik to'g'risida bitim imzolangan.

Muxtasar aytganda, O'zbekiston va Ukraina o'rtasida 1992-2002 yillarda neftni qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa soxalarda xamkorlik bo'yicha 130 dan ortiq xujjatlar imzolandi. O'zaro savdo xajmi 1992 yildagi 20 mln AQSH dollaridan 2001 yilda 400 mln AQSH dollariga yetdi. O'zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyo va yengil sanoat mollari, paxta tolasi, rangli metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini o'zlashtirishda zarur bo'lgan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati mollari, shakar, pista yog'i import qilinmoqda. O'zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargoxlari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo'lga qo'yildi. O'zbekistonda Ukraina sarmoyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo'shma korxona ishlamoqda. Juniladan, "ToshVALEO" qo'shma korxonasi bir kunda ming qutiga yaqin qandolat maxsulotlari tayyorlamoqda. SHuningdek, ikki davlat o'rtasida ilm-fan, ta'lim, madaniyat soxasida xamkorlik qilinmoqda.

O'zbekistonning Belorus va Moldova bilan aloqalari. Belorus Respublikasi Oliy Kengashining raisi S. SHushkevichning 1991 yil 6 noyabrda O'zbekistonga rasmiy davlat tashrifi O'zbekiston bilan Belorus o'rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Tashrif paytida Toshkentda I. Karimov va S. SHushkevich O'zbekiston Respublikasi bilan Belorus Respublikasi o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to'g'risida shartnoma imzoladilar. SHuningdek, ikki davlat xukumatlari o'rtasida 1992 yilda savdo-iqtisodiy xamkorlik prinsiplari to'g'risida bitim imzolandi.

1994 yil 21-22 dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo'ldi. Tashrif paytida davlatlararo, xukumatlararo xamda bar ikki davlat muassasalari o'rtasida 18 xujjat imzolandi. O'zbekiston bilan Belorus o'rtasida do'stlik va xamkorlikni yanada mustaxkamlash xaqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va san'at soxasida xamkorlik qilish to'g'risida shartnomani I, Karimov va A. Lukashenko imzoladilar. Xukumatlar o'rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o'zaro soliq olmaslik, avtomobil, temiryo'l, xavo yo'li va pochta aloqasi bo'yicha xamkorlik xaqidagi bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida maslaxatlashuv xaqida protokol xamda tarmoqlararo xujjatlar imzolandi.

1995 yil 30-31 mart kunlari O'zbekiston Prezidenti I. Karimov Moldova Respublikasida rasmiy safarda bo'ldi. I. Karimov va Moldova Prezidenti Mircha Snegur o'rtasidagi muzokaralar nixoyasida O'zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o'rtasida do'stona xamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. Xukumatlar o'rtasida erkin savdo munosabatlarini rivojlantirish, fan-texnika, madaniyat va san'at, pochta xizmati, aloqa, bank soxalarida xamkorlik, samolyotlar qatnovini yo'lga qo'yish, ikki tomonlama soliq olmaslik to'g'risidagi o'ndan ziyod bitimlar imzolandi. Bu xujjatlar izdan chiqqan aloqalarning tiklanishi uchun xuquqiy zamin yaratdi.

O'zbekiston uchun shakar, dori-darmon, qishloq xo'jalik texnikasi, elektrotexnika asbob-uskunalari, sug'orishda foydalaniladigan nasoslar kerak. Moldova sanoati uchun esa, O'zbekistonning paxtasi, kimyoviy tolasi, qattiq metallari kerak. Bu zaruriyat ikki mamlakat xamkorligining zaminidir.

O'zbekistonning Kavkazorti mamlakatlari bilan aloqalari. 1995 yil 5 sentabrda Gruziya davlat raxbari, respublika parlamenti raisi Eduard SHevarnadze rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi. Bu tashrif O'zbekiston bilan Gruziya o'rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muxim axamiyatga ega bo'ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muxokama qilindi va muzokaralar nixoyasida I. Karimov va E. SHevarnadze tomonidan O'zbekiston va Gruziya o'rtasida do'stlik va xamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. Ikki mamlakat o'rtasida sarmoyalarni o'zaro ximoya qilish va rag'batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq xo'jaligi, bojxona, xalqaro transport aloqalari, erkin savdo va ishlab chiqarish, maorif, madaniyat, sport, sogliqni saqlash, sayyoxlik, atrof-muxit muxofazasi bo'yicha xamkorlik to'g'risida 20 dan ziyod xukumatlararo va muassasalararo xujjatlar imzolandi.

Mazkur bitimni ro'yobga chiqarishda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil may oyida Gruziya Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi muxim axamiyatga ega bo'ldi.

Islom Karimovning Gruziyaga safari chog'ida E. A. SHevarnadze bilan xalqaro Transkavkaz yo'li, uning Gruziyadan o'tadigan qismini barpo etish, Gruziyaning Poti bandargoxi imkoniyatlaridan O'zbekiston yuklarini tashishda foydalanish masalalari bo'yicha axdlashib olindi. I. Karimov va E. SHevarnadze O'zbekiston va Gruziya o'rtasida xamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish to'g'risidagi Deklaratsiyani imzoladilar. SHuningdek, O'zbekiston bilan Gruziya o'rtasida moliya-sanoat guruxini tuzish, xuquq-tartibot, pochta aloqasi, savdo, soliq-bojxona tizimi kabi 15 ga yaqin xukumatlararo bitimlar imzolandi.

O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasida davlatlararo aloqalar yo'lga qo'yildi va rivojlanib bormoqda. 1996 yil 27 may kuni Islom Karimov boshliq O'zbekiston davlat delegatsiyasi Ozarbayjonda bo'ldi. Ikki davlat Prezidentlari O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasida do'stlik va xamkorlik to'g'risida shartnoma imzoladilar. Ikki qardosh mamlakat o'rtasida davlatlararo aloqalar yo'lga qo'yildi. Safar chog'ida O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasida savdo-iqtisodiy, soliq, bojxona, xavo yo'li, avtomobil va temiryo'li aloqalari, madaniy va boshqa soxalardagi aloqalarni rivojlantirish bo'yicha 20 ga yaqin xukumatlararo xujjatlar imzolandi. Ikki davlat raxbarlari xalqaro Transkavkaz yo'lini barpo etish, uning Ozarbayjondan o'tadigan qismini shakllantirish, O'zbekiston yuklarini Ozarbayjon xududi orqali Yevropa tomon chiqarish, Ozarbayjon bandargoxlarini ta'mirlash masalalari to'g'risida kelishib oldilar. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida o'zaro maslaxatlashuvlar yo'lga qo'yildi.

O'zbekistonning Boltiq bo'yi mamlakatlari bilan aloqalari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimovning 1995 yil 6-8 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Latviya Respublikasida bo'lishi muxim axamiyatga ega bo'ldi. Mazkur tashrif chog'ida I. Karimov Latviya Respublikasi Prezidenti Guntis Ulmanis bilan O'zbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi o'rtasida do'stlik va xamkorlik to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. O'zbekiston va Latviya xukumati o'rtasida transport, xavo aloqasi, sayyoxlik xamda ilmiy-texnik soxalar bo'yicha xamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi.

Latviya Prezidenti Guntis Ulmanisning 1996 yil 23 mayda O'zbekistonga qilgan davlat safari ikki mamlakat o'rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki prezident O'zbekiston bilan Latviya o'rtasidagi xamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish to'g'risida deklaratsiya imzoladilar. Xukumatlararo fuqarolik, mexnat, xuquq-tartibot, xalqaro avtomobil qatnovi, temiryo'l transporti, madaniyat, bojxona ishida o'zaro xamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi.

O'zbekiston Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar va ularning extiyot qismlari, shakar va qandolatchilik maxsulotlari, efir moyi, qora metall sotib oladi. Latviyaga esa rangli metallar, ipak, paxta va boshqa maxsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda "Dzintars" Latviya aksionerlik jamiyatining O'zbekiston-Latviya qo'shma korxonasi qurilib, "Volida", "Saodat", "Istiqbol" singari atirlar ishlab chiqarmoqda va "Dzintars" firma do'koni orqali sotilmoqda. O'zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida o'zaro maslaxatlashuv to'g'risida Protokol imzolandi. Ikki davlat o'rtasidagi savdo-sotiq o'sib bormoqda. 1994 yil o'zaro tovar ayirboshlash 121,8 million so'mni tashkil etdi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling