Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
G. V. Leybnits 15 yoshida universitet talabasi bo'ldi. U ayni paytda, faylasuf, matematik va tarixchi olim bo'lib etishdi. 1700 yilda Berlin Fanlar akademiyasiga asos soldi va uning birinchi prezidenti etib saylandi. U: "umumiy, zaruriy bilirnning asosi faqat aql bo'lishi mumkin", deb yozgan edi. Fizikada "etarli asos qonuni"ni birinchi bo'lib izoxlab berdi. Matematikada esa differensial va integral xisoblashni kashf etdi. Katta sonlarni xisoblash mashinasini, mayatnikli soatni yaratdi. M. V. Lomonosovning ilm-fan rivojiga qo'shgan xissasi. Rossiya ilm - fani va madaniyatini M. Lomonosovsiz tasavvur etish mumkin emas. Buyuk rus shoiri A. S. Pushkin u xaqda bunday deb yozgan edi: "Tarixchi, notiq, mexanik, kimyochi, minerolog, rassom va shoir. U xamma narsani sinab ko'rgan va xamma narsani o'rgangan" M. Lomonosov Moskvadagi slavyan-yunon-lotin akademiyasida o'qidi. So'ng Germaniya universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan ta'lim oldi. Vatanga qaytgach, Peterburg Fanlar akademiyasida ishlay boshladi. M. Lomonosov yangi fan - fizikaviy kimyo faniga asos soldi. Mamlakatda birinchi kimyo laboratoriyasini tashkil etdi. Ilmiy kashfiyotlari uni butun Evropaga tanitdi. M. Lomonosov SHvetsiya va Boloniya Fanlar akademiyasi faxriy a'zoligiga saylangan edi. Fanning boshqa soxalaridagi kashfiyotlar. Er osti foydali qazilmalariga talabning tobora ortib borishi er qobig'i xossalarini o'rganish zaruratini vujudga keltirdi. Natijada qator tog' jinslarining vujudga kelish jarayoni aniqlandi. Bu esa Er xaqidagi fan geologiyani rivojlantirishga imkon berdi. Meditsina (tibbiyot) soxasida xam muxim kashfiyotlar amalga oshirildi. CHunonchi, 17 asrda golland olimi A. Levenguk 300 marta kattalashtirib ko'rsatadigan mikroskop yaratdi. Bu esa inson tanasi, o'simliklar, xayvon dunyosi tuzilishini batafsil o'rganish va bakteriyalar (juda mayda organizmlar)ni aniqlash imkonini berdi. Keyinchalik mikroskop yordamida ko'pgina bakteriyalarning ko'p kasalliklarga sababchi ekanligi isbotladi. 18 asrda ingliz shifokori E. Jenner odamga chechak kasali sigirdan yuqsa uning engil o'tishini, so'ngra bu kasalni yuqtirgan kishiga chechakka qarshi immunitet paydo bo'lishini, ya'ni unga chechak kasali boshqa yuqmasligini aniqladi. Ana shu kuzatishlarga asoslanib, Jenner chechakka qarshi emlash usulini kashf etdi. Bu esa millionlab kishilarning xayotini saqlab qoldi. Matematikaning muvaffaqiyatlari, Nyuton kashfiyotlari va teleskopning takomillashtirilishi 19 asrda astronomiyani rivojlantirishga qudratli turtki berdi. Minglab ilgari ma'lum bo'lmagan yulduzlar kashf etildi. 1846 yilda osmonni teleskop orqali kuzatish yordamida Neptun planetasi kashf etildi. Quyosh va Oy tutilishlarining muddatlarini aniqroq xisoblab chiqish va oldindan aytib berish xam ilm-fan qudratining yaqqol dalili bo'ldi. Ilgari Quyosh va Oy tutilishi xurofotchilarni daxshatga solar edi. Astronomiya ma'lumotlaridan kalendar, geografik kartalar tuzishda, dengiz kema qatnovida foydalanildi. Astronomiya odamlarning dunyoqarashiga xam katta ta'sir ko'rsatdi. 1842 yilda ingliz fizigi D. Joul va nemis fizigi Yu. Maer tajribalar yo'li bilan energiyaning saqlanish qonunini asoslab berdilar. Kimyoviy elementlar atom og'irligining ortib borishi tartibida joylashtirilsa, ularning xossalari davriy tarzda takrorlanishi aniqlandi. SHu qonunga asoslanib buyuk rus olimi D. I. Mendeleev 1869 yilda elementlarning davriy tizimini yaratdi. Transport va aloqa. 19 asr transport soxasida xam temir va bug' asri bo'lib qoldi. 1840 yilda jaxon mamlakatlaridagi barcha temir yo'llarning uzunligi 7700 km ni tashkil etadi. Uning katta qismi Buyuk Britaniya va AQSH xissasiga to'g'ri kelardi. 19 asrning 40 yillariga kelib temir yo'l qurilishi Germaniya va Frantsiyada xam boshlandi. 1870 yilga kelib jami 200 ming km temir yo'l qurilgan edi. 19 asrning 20 yillaridan bug' mashinalari bilan xarakatga keltiriladigan g'ildirakli daryo paroxodlaridan keng foydalanila boshlandi. Keyinroq, 30 yillarning oxirlaridan g'ildirakli paroxodlar okean orqali Xindiston va Amerikaga qatnay boshladi. Bora-bora g'ildiraklar o'rnini eshkak vintlar egalladi. 50-60 yillarda G'arb mamlakatlarida elkanli dengiz floti o'z o'rnini paroxodlarga bo'shatib bera boshladi. Aloqa vositalari xam takomillashtirildi. Elektr simli telegraf kashf etildi. Morze alifbosi ixtiro qilindi va xarf bosuvchi qurilmalar yaratildi. 19 asrning o'rtalarida quruqlikdagi telegraf liniyalardan tashqari suv osti kabellari xam yotqizila boshlandi. Buyuk Britaniyadan Amerikaga Atlantika okeani tubi orqali dastlabki telegraf kabeli 60 yillarning oxirida o'tqazildi. Telegrafning vujudga kelishi elektrdan amalda foydalanishning asosiy soxasi bo'ldi. Texnika muvaffaqiyatlari 18 asrning ikkinchi yarmida va 19 asrda mexnat unumdorligini g'oyat oshirish imkonini berdi. Akademik - (frantsuzcha) - yuksak ilmiy unvon. Sayyora - quyosh atrofida aylanuvchi va undan tushgan yorug'likni aks ettiruvchi osmon jismi, sayyora. 40-§. Adabiyot va san'at. Adabiyot. Bu davrning ko'zga ko'ringan ma'rifatchi yozuvchilaridan biri Daniel Defo (1660-1731) edi. Uning "Robinzon Kruzoning xayoti va g'aroyib sarguzashtlari" asari xamon sevib o'qiladi. SHotlandiyalik dengizchi A. Selkrikning kimsasiz oroldagi 4 oyga yaqin sarguzashtlari yozuvchining qalamida 28 yillik g'aroyib sarguzasht bayoniga aylangan. D. Defoning qaxramoni Robinzon Kruzo ishbilarmon, mexnatsevar, o'z kuchiga ishonuvchi inson. Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik bilan uy quradi, idish-tovoq tayyorlaydi. Mebel yasaydi, xayvonlarni o'ziga o'rgatadi va ularni ko'paytiradi. Robinzon boshqalarni xam ishlashga majbur qixi oladi. Bunga o'limdan qutqarib qolingan yovvoyi Jumavoy obrazi misoldir. Robinzon uni o'ziga xizmatkor qilib oladi. Robinzon - yangi shakllanayotgan qatlam - burjuaziya vakili obrazidir. Unda uchinchi tabaqa vakilining uddaburonligi va sog'lom fikri aks etgan. Roman mexnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat madxiyasi bo'lib qoldi. Bu davrning yana bir mashxur yozuvchisi J. Svift (1667-1745) edi. 1726 yilda uning Sizga ma'lum "Gulliverning sayoxati" nomli romani bosmadan chiqdi. Romanda liliputlar mamlakatini "Olamning quvonchi va daxshati" deb ataluvchi ushoqdekkina bir maxluq boshqaradi. Liliput - aslida ingliz cheklangan (konstitutsiyaviy) monarxiyaning, "Olamning quvonchi va daxshati" esa ingliz qirolining karikaturasi edi. Asardagi "Ulkanlar mamlakati" ning ma'rifatli monarxi esa dono, saxiy. U olim, urushni qoralovchi, san'atni sevuvchi, ilm-fanga xomiylik qiluvchi, ayni paytda, aqlli tartib o'rnatishga xarakat qiluvchi xamdir. Frantsuz yozuvchisi P. Bomarshe (1732-1799) ma'rifat asrining so'nmas vakillaridan biri edi. U mashxur "Figaroning uylanishi" komediyasining muallifidir. Asar qaxramoni Figaro chaqqon, yoqimtoy va xazilkash xizmatkor. U "dunyo zo'rlari"ning kirdikorlarini masxara qilib xazillashadi. Jaxldorlardan qo'rqmaydi. Qashshoq bo'lsa-da, o'zining insoniy qadrini sotmaydi. Komediya Parij teatrlarida katta shuxrat qozondi. Figaroning mavjud tuzum kirdikorlarini fosh qiluvchi o'tkir so'zlari xech kimni befarq qoldirmagan. Xatto, qirol Lyudovik 16 bu asar xaqida g'azab bilan: "Buni saxnada qo'yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak!", deb xitob qilgan edi. Bu go'yo bir bashorat edi. CHunki bu xitoblardan bir necha yil o'tgach qirolning bu nafratli zindoni - Bastiliya inqilob natijasida qulaganligiga tarix guvox. Yana bir ajoyib yozuvchi F. SHiller (1759-1805) Germaniyada ijod qildi. Bu davrda Germaniya 300 ga yaqin mayda-mayda knyazliklarga bo'linib ketgan edi. U yozgan pesalar nemis xalqi uchun o'ziga xos ma'rifat alifbosi vazifasini o'tadi. Teatr o'rindiqlarini to'ldirib o'tirgan tomoshabinlar yoqib qolgan qaxramonlari bilan birga zulmdan ozod bo'lishni orzu qilganlar. Tomoshabinlar obro'li, aslzodalarning, aslida esa muttaxamlarning ayyorligidan g'azablanganlar. Ishq qalblarning xalokatiga esa achchiq-achchiq yig'laganlar. Asar qaxramonlaridan biri Karl Moor o'zi yashayotgan dunyoning bezagi va pastkashligiga qarshi urush e'lon qilib bunday deydi: "Menga xuddi o'zimdek bir necha shoir kishilarni beringlar va Germaniya Respublika bo'ladi". U insonning erki va qadriyatini quyidagi satrlarida ximoya qilgan: Inson qaxrliroq siz o'ylagandan, Asrlik uyquning yo'lin buzib u o'zining xuquqini so'rar qaytadan. Bu davrda yana bir mashxur nemis shoiri I. Gyote (1749-1832) yashadi va ijod qildi. U o'zining "Faust" deb ataluvchi mashxur asarini meros qoldirdi. Bu asar jaxon adabiyotidagi shox asarlaridan xisoblanadi. SHoir bu falsafiy asarini 60 yil davomida yaratdi. Asar inson kurashining buyukligini tasdiqlaydi va ma'rifat asrini yakunlaydi. Keksayib qolgan Faust mangu xaqiqatni anglashga etib keladi va bunday deydi: Faqat shu munosib xayot va erkka, Kim xar kun ular-chun kurashga kirsa. Onore de Balzak. 19 asrning birinchi yarmida ijod qilgan yozuvchilardan biri frantsiyalik Onore de Balzak (1799-1850) edi. U burjuaziya jamiyatini xaqqoniy tasvirlashda beqiyos yozuvchi bo'lgan. Balzak o'z asarlarini "Insoniy komediya" degan umumiy nom ostida yaratdi. Uning maqsadi, badiiy obrazlar orqali jamiyatning ma'naviy qiyofasini ochib berishdan, jamiyatdagi barcha tabaqalarning tipik vakillarini ko'rsatishdan iborat edi. Balzak romanlarining qaxramonlari jinoyatlar evaziga o'z boyliklarini ko'paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, beraxm va shafqatsiz sudxo'rlar, o'z xayotini bexuda o'tkazayotgan mansabparast va shuxratparast kishilar - o'z maqsadlariga xar qanday vositalar bilan erishadigan kishilardir. Balzak asarlari burjuaziya jamiyatiga qarshi o'ziga xos aybnoma edi. Aleksandr Sergeevich Pushkin. 19 asrning yana bir yirik ijodkori, rossiyalik S. Pushkin (1799-1837) edi. U Moskva shaxrida tug'ildi. Peterburg litseyida o'qib ta'lim oldi. Pushkin rus adabiy tilining shakllanishiga ulkan xissa qo'shgan yozuvchi va shoir. U Rossiyada krepostnoylik zulmi kuchaygan, erkin fikrli kishilarni ta'qib etish avj olgan davrda yashadi. A. S. Pushkin podshoning mustabid xokimiyatini ag'darish uchun kurashgan dekabristlarga xayrixoxlik bildirdi. O'z she'rlarida zulm va krepostnoylikni qoraladi. Bu esa podsho va xukmron tabaqalarda norozilik uyg'otdi. SHu tufayli u bir necha marta surgun qilindi. Pushkinning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati yangi-yangi qirralar kasb etib borgan sari uning atrofidagi qora kuchlar bir-birlari bilan birlasha va faollasha boshladilar. Ular turli ig'volar tarqatib, oxir-oqibatda u bilan Frantsiya elchisining o'g'li J. Dantes o'rtasida duel uyushtirishga erishdilar. Ulug' shoir duelda xalok bo'ldi. Evropaning mashxur musiqachilari. Bu davrning mashxur musiqachilari nemis kompozitorlari I. Bax (1685-1750), V. Motsart (1756-1791) va L. Betxoven (1770-1828)lar edi. Baxning xor, solistlar va orkestr uchun yozgan ulkan asari "Matveyning uqubatlari" deb ataladi. Unda Isoning shogirdi Matvey xikoya qilib bergan Isoning uqubatlari tarannum etilgan. Injildagi rivoyat asosida Bax odamlarni qutqarish uchun o'zini qurbon qilgan qaxramon dramasini bayon etgan. V. Motsartni zamondoshlari "18 asrning xaqiqiy mo'jizasi" deb atashgan. Xaqiqatan xam shunday. CHunonchi, u 3 yoshidan boshlab musiqa o'rgana boshlagan. 5 yoshida o'zining birinchi kontsertini yozgan. 12 yoshida yozgan operasi Milan (Italiya) teatrida qo'yilgan. 14 yoshida esa Italiyadagi eng obro'li musiqa akademiyasining a' zosi etib saylangan. 1786 yilda yuqorida nomi qayd etilgan Bomarshening "Figaroning uylanishi" komediyasiga bastalangan opera qo'shiqlari va musiqasi mashxur bo'lib ketdi. Uning so'nggi asari "Rekviem" (Sokinlik) edi. U cherkovlarda marxumning xotirasiga bag'ishlab ijro etiladigan xayot va o'lim, inson qismati xaqidagi asardir. Betxoven ayanchli xayot kechirdi. U eshitish qobiliyatini deyarli yo'qotgan edi. SHunday bo'lsa-da, kompozitor taslim bo'lmadi. U mashaqqatli ijod yo'lida o'zi bilan o'zi kurash olib bordi. Natijada Betxoven barchani xayratga soladigan musiqalar yaratdi. Ular ichida "Fantaziya yo'lida sonata" va "Qaxramon simfoniyasi" ayniqsa mashxurdir. Simfoniya markazida bo'ysunmas isyonkor, taqdirning xech qanday zarbasi xam sindira olmaydigan jasur, qo'rqmas inson obrazi turadi. 1492 yil 12- oktabr - Amerika qit'asi kashf etildi. 1498 yil- Xind okeaniga boradigan dengiz yo'li ochildi. 14-17 asrlar - Evropada Uyg'onish davri. 1502 yil- Eronda Safaviylar sulolasi xukmronligi o'rnatildi. 1517 yil - Germaniyada reformatsiyaning boshlanishi. 1526 yil - Xindistonda Boburiylar imperiyasiga asos solindi. 16 asr 20 yillari - Rossiyada markazlashgan davlat tashkil etildi. 1565 yil - Oprichinaning joriy etilishi. 1588 yil- "Engilmas armada"ning xalokati. 1600 yil- "Ost-Indiya" kompaniyasi tashkil etildi. 1605 yil- Avstraliya kashf etildi. 1609 yil - Niderlandiya mustaqillikka erishdi. 1613 yil- Rossiyada Romanovlar sulolasi xukmronligi o'rnatildi. 1636 yil - Xitoyda manjurlar xukmronligi o'rnatildi. 1642 yil - Angliyada burjuaziya inqilobi boshlandi. 1653 yil- O. Kromvel protektorati o'rnatildi. 1688 yil - Angliyada monarxiya qayta tiklandi. 1716 yil- Angliyada professional parlament tuzildi. 1721 yil- Rossiya imperiyasi tashkil topdi. 1733 yil- Dunyoda birinchi to'quv mashinasining yaratilishi. 1736 yil - Eronda Nodirshox xokimiyati o'rnatildi. 1747 yil - Afg'oniston davlati tashkil topdi. 1776 yil- AQSH tashkil topdi. 1789 yil- Buyuk frantsuz inqilobi boshlandi. 1796 yil- Eronda Xojarlar sulolasi xukmronligi o'rnatildi. 1799 yil - Napoleon Bonapart 1 konsul etib tayinlandi. 1804 yil - Frantsiya imperiyasi tashkil topdi. 1812 yil - Frantsiya - Rossiya urushi. 1814-1815 yilda - Vena Kongressi. "Muqaddas Ittifoq"ning tuzilishi. 1819 yil-Venesuela davlati tashkil topdi. 1821 yil - Meksika mustaqilligi e'lon qilindi. 1825 yil - Rossiyada dekabristlar qo'zg'oloni bo'lib o'tdi. 1826 yil - Braziliya qirolligi tashkil topdi. 1826 yil - Argentina tashkil topdi. 1830 yil- Urugvay tashkil topdi. 1830 yil - Frantsiya Jazoirni bosib oldi. 1838 yil- Angliya - Afg'oniston urushi boshlandi. 1847 yil- Liberiya Respublikasi tashkil topdi. 1848 yil- Eronda bobiylar qo'zg'oloni ro'y berdi. 1850 yil - Xitoyda taypinlar qo'zg'oloni boshlandi. 1852 yil- Frantsiya ikkinchi marta imperiya deb e'lon qilindi. 1854 yil- AQSH Yaponiyani chet elliklar uchun ochilishga majbur etdi. 1861 yil- Rossiyada krepostnoylik xuquqi bekor qilindi. 1861 yil - Italiya qirolligi tashkil topdi. 1864 yil- Taypinlar davlati qulatildi. 1867 yil- Yaponiyada Meydzi inqilobi yuz berdi. Java Books Maker Biz tariximizdan biror saxifani xam olib tashlamaymiz. Bu tarix bizniki, uni unutishga xech kimning xaqqi yo'q. ISLOM KARIMOV Vatan bu biz tug'ilib o'sgan zamin. Kindik qonimiz to'kilgan tuproq, bobolarimiz izlari qolgan, ajdodlarimiz merosi, avlodlarimizga qoladigan yurtdir. Dunyoda Vatanga muxabbatdan qudratliroq bironbir tuyg'u va uning sog'inchidan kuchliroq xis yo'qdir. Vatan millatni yuksaltirguvchi milliy g'ururdek jozibador, sexrli bir tuyg'uni uyg'otadi. Xalq qanchalik ornomusli, g'ururli bo'lsa, undagi Vatan xissi va milliy ong xam shunchalik yuqori bo'ladi. Ona yurt bir umrlik makon, diyor tabiati, el urfodatlari, an'analari, ertak va afsonalaridir. Vatan xamisha navqiron va suyuklidir. Vatan millatning ma'naviy-madaniy zaminini yaratib beradi va bar bir avlod bobolarining yurtga bo'lgan muxabbatlarini o'zida tashigan xolda so'nmas Vatan mexri bilan bu dunyoga qadam qo'yadi. Vatan tarixida yuksaklarda parvoz etilgan pallalar xam, murakkab va mushkul damlar xam bo'ladi. Vatan mustaqilligi va busbutunligini, o'z milliy ozodligini davr va zamon suronlaridan onion saqlab qola olgan xalq eng saodatli xalqdir. Har bir fuqaroning o'z yurti tarixini bilishi xam farz, xarn qarzdir. Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o'z maqsadmuddaolari, shu bilan birga. umuinbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma'naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi aloxida axamiyat kasb etadi. Ya'ni, tarixiy xotira tuyg'usi to'laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o'tgan yo'l o'zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo'qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va xaqqoniy o'rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo'ladi. Qo'lingizdagi O'zbekiston tarixi darsligi 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asr boshlarida sodir bo'lgan voqealarni o'z ichiga oladi. Bu davr Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli yillaridir. Bu bir tomondan, Rossiya imperiyasi istilosi tufayli og'ir kulfatlar, yo'qotishlar keltirgan bo'lsa, ikkinchidan, otabobolanmiz, mustamlaka jabr-zulmiga qarshi Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun qaxramonona kurashlarini davom ettirdilar, uchinchidan, Vatan ravnaqi yo'lida fidokorona mexnat qilib, katta ma'naviy va moddiy bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdilar. 1-bo'lim. 19 asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti 1-§. 19 asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi 19 asrda O'rta Osiyoda uchta mustaqil davlat mavjud bo'lib, ular Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari xisoblangan. Bu davlatlarda ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, savdo-sotiq va boshqa soxalar rivojlanib borgan bo'lsada, biroq ularning taraqqiyoti ilg'or Yevropa davlatlari darajasidan past edi. Amirlik poytaxti islom dini markazlaridan biri bo'lib "Buxoroyi SHarif", ya'ni "Muqaddas Buxoro" nomiga ega bo'lgan. Buxoro amirligining xududi 19 asrda 200 ming kv. km dan ortiqroq edi. Amirlik chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg'og'idan boshlanib Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog'laridan g'arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho'zilgan. Davlat xududi 19 asrning o'rtalarida Eron, Afg'oniston, Qo'qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo'lgan. Amirlikning markaziy qismi Buxoro va Samarqand shaxarlari joylashgan Zarafshon vodiysi xisoblangan. Amirlikda Buxoro, Samarqand, SHaxrisabz, Qarshi, Kitob, G'uzor, Termiz, SHerobod, Risor, Ko'lob kabi yirik savdo-sotiq, xunarmandchilik va madaniy markazlar xisoblangan shaxarlar mavjud edi. Unga xozirgi Tojikistondagi Vaxsh, Kofirnixon, Panj daryolari vodiysidagi yerlar, Turkmanistondagi Murg'ob daryosi voxalaridagi joylar qarashli bo'lgan. SHu bilan birga, xududiy jixatdan beklik va tumanlarga bo'linib, ularni amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan. Amirlikda 27 beklik bo'lgan. Xiva xonligining maydoni 19 asrning ikkinchi yarmida 130 ming kv. km dan iborat bo'lib, xonlik yerlari janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, g'arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh bo'lgan. Xonlikning ma'muriy markazi Xiva shaxri xisoblangan. Xonlikda, Xiva, Kat, Yangi Urganch, Hazorasp, Qo'ng'irot, Xo'jayli kabi yirik shaxarlar bor edi. Xiva xonligi xam Buxoro amirligi singari bekliklarga bo'lingan va ularni xon tomonidan tayinlangan beklar va to'ralar boshqargan. Xonlikda 40 ta beklik mavjud bo'lgan. 18 asrning boshlarida asosan, Farg'ona vodiysi va Sirdaryoning quyi qismigacha bo'lgan xududlar Buxoro amirligidan ajrab, mustaqil davlat - Qo'qon xonligi tashkil topadi. Xonlik sharqda SHarqiy Turkiston, g'arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh bo'lgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko'lob, Darvoz, SHo'g'non singari tog'li o'lkalarni o'z ichiga olib, bu xududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez to'qnashuvlar bo'lib turgan. Xonlikda Qo'qon, Toshkent, Andijon, Marg'ilon, Namangan, O'zgan, O'sh, Pishpak, Turkiston, CHimkent kabi ma'muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaxarlar bo'lgan. Xonlikning xududi Buxoro amirligi va Xiva xonliklaridan farqli o'laroq, sersuv daryolar, so'lim vodiylar, serxosil yerlarga boy bo'lgan. Xonlik bekliklarga bo'linib, ularni asosan xon tomonidan o'z qarindoshlari va yaqinlaridan tayinlangan kishilar boshqargan. 19 asrning o'rtalariga kelib Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari axolisining etnik tarkibi bir-biriga yaqin bo'lib, ularda asosan o'zbeklar yashagan. SHu bilan birga, uchala xonlik xududlarida tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar turkmanlar, qirg'izlar xam istiqomat qilgan. Jumladan, bu davrda Buxoro amirligining axolisi soni 2 million atrofida bo'lib, axolining etnik tarkibi asosan o'zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlardan tashkil topgan. Axolining asosiy qismi sersuv voxalarda yashagan. Amirlikda mang'it, saroy, qo'ng'irot, kenagas, qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq kabi o'zbek urug'lari ko'pchilikni tashkil qilgan. Xiva xonligida axoli soni 800 ming kishidan ortiq bo'lgan. Xonlik axolisining etnik tarkibi asosan, o'zbeklardan, bundan tashqari turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqalardan tashkil topgan. Qo'qon xonligida axoli soni 3 millionga yaqin bo'lib, asosan o'zbeklardan iborat bo'lgan. SHu bilan birga u yerda qirg'izlar, tojiklar, qozoqlar istiqomat qilgan. Xonlikda uyg'urlar, yaxudiylar, xindlar va boshqa elat vakillari xam yashagan. Bu davrda uchala davlatda xam axolining asosiy qismini tashkil qilgan o'zbeklar o'troq turmush tarzida xayot kechirib, dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullangan. Qozoqlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar va qirg'izlar ko'chmanchi turmush kechirib, asosan ular chorvachilik bilan shug'ullangan. 2-§. 19 asr o'rtalarida o'zbek xonliklari ing ma'muriy boshqaruv tizimi Buxoro amirligida oliy xukmdor amir xisoblanib, uning xokimiyati avloddan avlodga meros tarzda o'tgan. Amirlikni mang'itlar sulolasiga (1756-1920) mansub cheklanmagan xokimiyatga ega bo'lgan xukmdorlar boshqargan. Jumladan, 1826-1860 yillarda Amir Nasrullo, 1860-1885 yillarda Amir Muzaffar xukmronlik qilgan. Amirlikning ma'muriy markazi Buxoro shaxri edi.Amirlikda ijro xokimiyati bosh vazir qo'shbegi qo'lida bo'lgan. Viloyat va tuman xokimlari qo'shbegi tavsiyasi bilan tayinlangan. Moliya va xazina ishlari, soliqlar to'planishi kabi soxalarni devonbegi idora qilgan. Devonbegiga tashqi aloqalarni yuritish xam yuklatilgan. Unga amirlik xujjatlarini yuritishga mas'ul mirzaboshi bo'ysungan. Amirlikda soliqlarni o'z vaqtida yig'ish va ularni xisobga olib borishga javobgar kishi mushrif xisoblangan. Dodxox lavozimini egallab turgan shaxs xalqning shikoyatlari bilan shug'ullangan. Oliy xukmdor farmonlarini esa parvonachi e'lon qilgan. SHariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qilishni shayxulislom bajargan. SHayxulislomga bo'ysungan muftiy diniy-xuquqiy masalalarni, muxtasiblar esa shariat qoidalarining bajarilishi va amal qilinishi masalalari bilan shug'ullangan. Buxoro amirligida sud boshlig'i qozikalon, raiskalon xisoblangan. Vaqf ishlari va mulklari bilan sadr shug'ullangan. Amir qarorgoxi xisoblangan arkda taxt vorisi valiaxd tarbiyasi bilan otaliq mashg'ul bo'lgan. To'pchiboshi amir qo'shinlarining bosh qo'mondoni bo'lgan. Amirlikning shaxarlarida tinchlik va tartibni saqlashga amir soqchilari boshlig'i mirshabboshi mas'ul xisoblangan. Ko'kaldosh mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do'stlari va dushmanlari to'g'risida ma'lumotlar to'plash bilan shug'ullangan. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi, moliya, sud, mirshablik va xarbiy ishlar amirning qarindoshlari, o'ziga yaqin odamlar tomonidan boshqarilgan. Ular o'z faoliyatlarini bajarishda katta xuquq va imtiyozlarga ega bo'lganlar. Xiva xonligi qo'ng'irotlar sulolasi (1770-1920) tomonidan boshqarilib, uning oliy xukmdori xon xisoblangan. U cheklanmagan ma'muriy, xarbiy xokimiyatga ega bo'lgan. Oliy xukmdor xisoblangan xon qarorgoxi Xiva shaxrida joylashgan. Bu shaxarda ichki - Ichan qal'a va mudofaa devori bilan o'ralgan tashqi Dishan qal'a mavjud bo'lgan. Xonlikda Xiva, Urganch, Qiyot, Hazorasp, Qo'ng'irot kabi shaxarlar ma'muriy, savdo-sotiq va madaniy markazlar xisoblangan. Xonlikda oliy amaldor devonbegi xisoblanib, uning ixtiyorida qo'shbegi, mextar, otaliqdan ibora kengash faoliyat ko'rsatgan. Axolining tinchligi va osoyishtaligi bilan mirshabboshi, xonlikdag tartib intizom ishlariga xon qo'shinlarining bosh qo'mondoni yasovulboshi, diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinish masalalariga shayxulislom, sug'orish inshootlari va suv ta'minoti xamda taqsimotiga mirobboshi mas'ul xisoblangan. Xonlikda taxminan 40 ming otliqdan iborat qo'shin bor edi. Qo'shinga lashkarboshi qo'mondonlik qilgan. Askarlik xizmatida bo'lganlar soliqlardan ozod qilingan. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling