Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet58/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

M.CHernyaev boshchiligidagi istilochilar 1865 yil may oyida bevosita Toshkentga xujum boshladi. Toshkent mudofaasida shaxar ximoyachilari va Qo'qon xonligi qo'shinlari amirlashkar Aliquli boshchiligida qarshilik ko'rsatdi. Ayovsiz janglar bo'lib, unda Aliqulining yarador bo'lib, vafot etishi shaxar ximoyachilarini sarosimaga solib qo'ydi. Himoyachilarning yagona xarbiy boshliqsiz qolishi istilochilarning qo'li ustun kelishiga olib keldi. Afsuski, Toshkent ximoyasiga Buxoro amirligidan yordam o'z vaqtida kelmadi, kechikib kelgan qo'shinlarning esa foydasi tegmadi. Podsho xukumati qo'shinlari Kamolon darvozasi yonidan devomi buzib shaxarga kirdi. Ularga toshkentlik sarbozlar va axoli shaxaming xar bir maxalla ko'chasida tashkil qilingan to'siqlarda qattiq qarshilik ko'rsatdi. Toshkentning xar bir qarich yeri uchun ko'cha va maxallalarda janglar davom etdi.

Asosiy jang Kamolon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko'chada bo'lib, podsho qo'shinlari to'rtta to'p ximoyasida bo'lgan to'siqdan o'ta olishmadi. Ammo M.CHernyaev qo'shinining bir qismi esa bu vaqtda shaxar qal'asini egallab, shu yerdan shaxar ichkarisini to'plardan o'qqa tutadi. Qal'a ximoyachilari shaxami o'qqa tutilishidan saqlash maqsadida qal'aga o't qo'yadilar. Bu bilan qal'adan podsho qo'shinlarini chiqib ketishga majbur qildilar.

Jang ertalabgacha davom etdi, lekin ximoyachilar taslim bo'lmadilar. Kamolon darvozasi tomonga chekingan M.CHernyaev qo'shinlari ertalab yana qaytadan jang boshlab yubordi. Uylar vayron bo'lib, shaxar yong'in ichida qoldi. Uzoq va katta janglarga tayyor bo'lmagan toshkentlik ximoyachilar xoldan toyib, ular orasida qurol-yarog', o'qdori taqchilligi boshlandi. Suv yo'llarining to'sib qo'yilganligi yong'inlarni o'z vaqtida o'chirish imkonini bermadi. Jasadlar ko'chalarda qolib ketdi.

SHaxar qurol kuchi bilan egallab olingach, M.CHernyaev 17 iyunda Beshyog'och, Ko'kcha, Sebzor va SHayxontoxur daxalarining oqsoqollarini chaqirdi. Muzokarada Toshkent qozikaloni Hakimxo'ja, Abduraxmon eshon, Solixbek dodxox va shaxarning boshqa nufuzli kishilari ishtirok etdi. M.CHernyaev xalqaro doirada o'z xatti-xarakatlarini oqlash maqsadida go'yoki Toshkent ixtiyoriy ravishda taslim bo'ldi va axoli tinchligi uchun toshkentliklar o'zlari Rossiya askarlariga uning darvozalarini ochib berdi, degan xatni imperator nomiga yozishlarini talab etdi. Oqsoqollardan 9 nafari shaxarni "ixtiyoriy ravishda topshirish" to'g'risidagi sulxni imzolashga majbur bo'lishdi. Jaxon ommasi bu xatning mazmunidan xabardor bo'lishi uchun podsho xukumati tomonidan barcha choralar ko'rilgan edi. Bunday soxta xat yozilishiga qarshi bo'lgan Solixbek dodxox, Abulqosim eshon, Hakimxo'ja singari vatanparvarlar Sibirga surgun qilingan. SHu bilan Toshkcnt podsho xukumati ixtiyoriga o'tib, Turkiston o'lkasining xarbiy, siyosiy va ma'muriy markaziga aylantirildi.

Harbiy istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan xududlarda Turkiston viloyati tuzilib, unga xarbiy qo'shin qo'mondoni, general-mayor M. CHernyaev gubernator qilib tayinlandi. 1865 yil 6 avgustda qabul qilingan "Turkiston viloyatini boshqarish to'g'risidagi Muvaqqat Nizom"ga muvofiq viloyatda xarbiylashtirilgan boshqaruv tartiblari o'rnatildi. Viloyat bo'limlarining xarbiy asosda tashkil qilinishidan maqsad podsho xukumatining kelgusidagi xarbiy rejalarini amalga oshirilishida tayanch ma'muriy xudud vazifasini o'tashi ko'zda tutilgan edi.

Ekspeditsiya - (lotincha -yurish) - maxsus topshiriqqa binoan biror guruhning safari.

Ultimatum - (lotincha - so'nggi, oxirgi) - biror nasala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat hukumatiga bayon qilgan, hech qanday e'tirozga o'rin qoldirmaydigan qat'iy talabi.

Daha - (qadimgi sug'dcha - qishloq) - shaharning bir qismi, ma'muriy bo'linma.

CHor Rossiyasi - (Sarskaya Rossiya) - rus tilida podsho "sar" deyiladi. Bu mahalliy aholi tilida "chor" deb talaffuz etilgan va shu bois o'zbek tilidagi adabiyotlarga shunday ko'rinishda kirgan.

7-§. Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi

O'rta Osiyoni o'z mustamlakasiga aylantirish maqsadida podsho xukumatining olib borgan xarbiy istilochilik yurishlari natijasida uning katta xududlari bosib olindi. Olib borilgan xarbiy xarakatlarda yo'qotishlar va talafotlarga qaramay, imperator Aleksandr 2 ning buyrug'i bilan navbatdagi xarbiy rejalarni amalga oshirish davom ettirildi. 1865 yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati O'rta Osiyodagi xarbiy xarakatlarni olib borishda xarbiy markaz sifatidagi rolini bajardi. Navbatdagi vazifa bosib olingan xududlarda podsho xukumati xukmronligini mustaxkamlash va ma'muriy xududiy birliklarni tashkil qilishdan iborat edi, Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun bosib olingan joylarni o'z ichiga oluvchi ma'muriy-boshqaruv xudud, ya'ni aloxida general-gubernatorlik tashkil etishga kirishildi, Buning sababi O'rta Osiyoning Orenburg general-gubernatorligidan uzoqda joylashganligi bo'lsa, boshqa yana bir sababi bu kelgusida bosib olinadigan yerlarni xam birlashtirish bo'lgan. Bu xududlarning imperiya tarkibida yana bitta general-gubernatorlik tashkil qilish uchun aholisi va hududi to'g'ri kelgan. SHubilan birga, O'rta Osiyoda aloxida general-gubernatorlikni tashkil qilish orqali uning geografik xususiyatlari, iqtisodi, tabiiy boyliklari, mineral resurslarini imperiya manfaatlariga xar tomonlama moslashtirish edi.

1867 yilda bosib olingan xududlarni o'z ichiga oluvchi Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi, SHu bilan birga, Turkiston xarbiy okrugi xam tuzildi, 1847 yildan boshlab xarbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha xarbiy qismlar uning tarkibiga kiritildi, Bu davrda Turkiston xarbiy okrugidagi xarbiylar soni 40 ming kishidan borat bo'lgan.

Toshkent shaxri general-gubernatorlikning markazi qilib belgilandi, U qulay geografik makonda joylashgan bo'lib, xarbiy, siyosiy, strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi.

Turkiston general-gubernatori o'lkada joylashgan xarbiy qo'shinlar qo'mondoni, Yettisuv kazaklari qismi qo'mondoni va shu bilan birga bosh sudya xam xisoblangan, Turkiston general-gubernatorligiga 1867 yil Rossiya imperatori fannoniga ko'ra, general-adyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman (1867-1881) tayinlandi, U bir paytning o'zida Turkiston xarbiy okrugining qo'mondoni xam edi,

Turkiston general-gubernatorligi Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qismini xam o'z ichiga oldi. Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma'muriy jixatdan ikkita viloyat: Sirdaryo (markazi Toshkent) va Yettisuv (markazi Verniy) viloyatlariga bo'lingan,

Sirdaryo Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Olatavsk okrugi yerlari va sobiq Turkiston viloyatining xududiga asosan 1865 yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo'lgan yerlar va Qo'qon xonligining bosib olingan shimoliy xududlari kirgan. Yettisuv viloyati csa vlloyatining bir qismidan iborat xolda tashkil qilindi. Kchyinchalik. bosib olingan xududlar xisobiga quyidagi ma'muriy-xududiy birliklar vujudga kelgan: 1868 yilda Buxoro amirligiga qarashli yerlarda Zarafshon okrugi (markazi Samarqand), 1873 yilda Xiva xonligiga qarashli xududlarda Amudaryo bo'limi (markazi Petro-Aleksandrovsk; xozirgi To'rtko'l) va 1876 yilda Farg'ona viloyati (markazi Yangi Marg'ilon, keyinchalik Skobelev xozirgi Farg'ona shaxri), 1881 yilda Kaspiyorti viloyati (markazi Ashxabod shaxri) tashkil qilingan.

Turkiston o'lkasidagi viloyatlarning xududlari katta bo'lgan. Ularning maydoni Rossiyaning ayrim markaziy guberniyalarining xududidan xam katta bo'lgan. Jumladan, o'lkadagi viloyatlarning xududiy jixatdan eng kichigi bo'lgan Samarqand viloyatining maydoni 2000 kv. verst (1 verst 1,066 kv. km ga teng) bo'lib, u Saratov guberniyasidan, Sirdaryo viloyatining xududi esa Moskva guberniyasidan katta bo'lgan.

Turkiston general-gubernatori 1867 yilgi "Nizom" loyixasida ko'rsatilgan xuquqlardan tashqari, o'lkani boshqarish uchun maxalliy sharoitdan kelib chiqqan xolda mustaqil faoliyat olib borishda katta xuquqlarga ega bo'lgan. Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining boshqa guberniya boshliqlaridan farqli ravishda, siyosiy, iqtisodiy, xarbiy va geosiyosiy maqsadlarini amalga oshirishda Kaufmanga katta vakolatlar berilgan. SHuning uchun u xalq orasida "yarim podsho" nomini olgan edi.

Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati to'liq amalga oshirilishi va xukmronligining mustaxkam bo'lishi uchun o'lkadagi istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi.

8-§. Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi

Toshkent shaxri bosib olingandan so'ng, podsho xukumatining kelgusidagi rejasi xonliklarni navbat bilan bosib olish edi. Barcha xarbiy xarakatlar Toshkent shaxridan turib tashkil qilindi va boshqarildi. SHu maqsadda eng. avvalo, xonliklarni birlashmasligiga qaratilgan siyosat olib borildi. Ya'ni, mustamlakachilar o'zlarining asosiy qoidasi xisoblangan "Bo'lib tashla, xukmronlik qil" shioriga amal qilishga kirishdi.

Podsho xukumati O'rta Osiyodan M.CHernyaevni Sankt-Peterburgga chaqirib oldi va uning o'rniga Turkiston viloyatining gubernatori qilib F.Romanovskiyni tayinladi. F.Romanovskiy 1866 yilda Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganligini baxona qilib, unga qarshi xarbiy yurish boshlashga imperatordan ruxsat so'radi. Hukumat tomonidan bu taklif qabul qilingach, u Sirdaryoning o'rta oqimidagi xududlarni egallashga kirishdi. Birinchi jang 1866 yil 8 mayda Erjar qishlog'i yaqinida bo'lib, kuchlar xarbiy jixatdan teng bo'lmaganligi uchun amir qo'shinlari mag'lubiyatga uchradi. F.Romanovskiy Buxoro qo'shinini ta'qib qilishni to'xtatib, avval Qo'qon xonligi bilan Buxoro amirligi o'rtasida joylashgan Toshkent, Qo'qon, Balx va Buxoro bilan bog'lovchi Xo'jandga qarab xarakat boshladi.

Turkiston general-gubernatorligi qo'shinlari tomonidan Xo'jand qal'asi 17 mayda qamal qilinib, 20 ta to'pdan o'qqa tutildi. Ertasi tonggacha qamal davom etib, keyin xujum boshlandi. Birinchi xujum qaytarilgandan so'ng, shaxar yana qayta o'qqa tutildi. SHaxar qamali va o'qqa tutish ikki kun davom etdi. Istilochilarga qarshi shaxar mudofaachilari xar bir qarich joy uchun mardonavor jang qildilar. Lekin xarbiy texnika va son jixatdan ustun bo'lgan mustamlakachilar qo'shinlari 24 mayda tunga borib ximoyachilarning mudofaasini yorib o'tdilar. SHaxar ko'chalarida ko'plab mudofaachilar va tinch axolining jasadlari, vayron bo'lgan xonadonlar qoldi.

Turkiston viloyati gubernatori F. Romanovskiyga Orenburg general-gubernatori N. Krijanovskiy tomonidan xarbiy xarakatlarni Qo'qon xonligiga qarshi qaratish to'g'risida ko'rsatma berildi. Rossiya imperiyasining O'rta Osiyodagi xarbiy xarakatlari rejasiga ko'ra, Qo'qon xonligining taqdiri 1866 yildayoq xal qilinib, Xo'jandda Qo'qonga qarshi xamma narsa tayyor xolatga keltirilgan edi. Qo'qonga qarshi yurishga boshchilik qilish uchun N. Krijanovskiyning o'zi keldi. U Buxoro amirining vakili bilan sulx shartnomasi bo'yicha uchrashib, 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon to'lashni talab qildi. Belgilangan muddat o'tgach, N. KriJanovskiy Buxoro amiri talablarni bajarmaganligini baxona qilib, o'z qo'shinlariga amirlikka qarshi xujum boshlashga buyruq berdi.

1866 yilning kuzida 6 ming piyoda askar, 500 kazak, 28 to'p, 600 arava va 800 tuyadan iborat xarbiy qo'shin O'ratepaga qarab xarakat boshladi. Bu xarakatga Qo'qonga qarshi tayyorlab qo'yilgan kuchlar xam jalb qilindi. F. Romanovskiyning xarbiy qo'shinlari O'ratepaga yetib borgach, shaxar uch kun to'plardan o'qqa tutildi. SHundan keyin tongda xujumga o'tildi. SHaxar axolisi bosqinchilarga mardonavor qarshilik ko'rsatdi. O'ratepa to'plardan o'qqa tutilganligi natijasida vayron qilinib, dushman tomonidan egallandi. Hujum natijasida 2 ming nafardan ko'proq axoli xalok bo'ldi.

Rossiya imperiyasining xarbiy qo'shinlari O'ratepani egallagandan so'ng, 12 oktabrda navbatdagi xarakat Jizzaxga boshlandi. To'xtovsiz otishmalar natijasida shaxar devorlari vayron qilinib, ikki kechakunduz davom etgan jangdan so'ng 1866 yil 18 oktabrda Jizzax shaxri xam podsho xukumati qo'liga o'tdi. Uni bosib olish uchun bo'lgan jangda xar ikkala tomondan 6 mingdan ko'proq kishi xalok bo'ldi. Bu shaxar ximoyasida Buxoro amirligidan yordamga chiqqan kuchlar kechikib keldi. Ular ximoyachilarga xech qanday yordam bera olmasdan orqaga qaytishdi. Podsho xukumati Jizzaxda 3 ming askar, 300 kazak va 12 to'pdan iborat xarbiy kuchlarini qoldirdi. 1864-1866 yillar davomida bosib olingan xududlarni o'z ichiga oluvchi Sirdaryo viloyati tashkil qilindi.

Kazak - Rus davlatida o'rta asrlarda krepostnoy dehqonlar orasidan chekka hududlarga qochib borib, erkinlikka chiqqan kishilardan tuzilgan qo'shin.

9-§. Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o'rnatilishi

Turkiston general-gubernatori fon Kaufman O'rta Osiyoni bosib olishni Buxoro amirligini qo'lga kiritish bilan davom ettirishga qaror qildi. Amirlikning xarbiy kuchi Qo'qon xonligi bilan uzluksiz olib borilgan urushlar, ichki nizolar, zamonaviy xarbiy texnikada ortda qolishi tufayli zaiflashgan edi. Fon Kaufman Buxoro amirligi chegara xududlarini puxta o'rganib chiqib, Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o'zgartirilgan yangi loyixasini tasdiqlashni taklif qildi. Amir Muzaffar bu shartnomani imzolashdan bosh tortdi. SHunda K.Kaufman uni general-gubernatorlik chegaralariga bostirib kirishga tayyorgarlik ko'rishda ayblab, 4 mingdan ziyod qo'shindan iborat xarbiy otryad to'plab, 1868 yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi. Biroq K.Kaufmanning Amir Muzaffar qo'shinini Samarqandga to'plagan, deb qilgan taxmini o'z tasdig'ini topmadi.

Bu vaqtda Buxoro qo'shinlari CHo'ponota tepaligida o'rnashib olgan edi. 1868 yil Imayda fon Kaufman tepalikka xujum boshladi. Rossiya imperiyasi qo'shinlari amirlik sarbozlarining miltiq va to'pdan tinmay o'qqa tutib turganiga qaramasdan, suvdan kechib CHo'ponota tepaligiga ko'tarildi. Natijada, sarbozlar chekinishga majbur bo'ldi. SHu bilan amir qo'shinining ilg'or jangovar qismi tor-mor keltirildi.

SHundan so'ng, Zirabuloq tepaligida ikkinchi jang bo'lib o'tdi. Qanchalik qarshilik ko'rsatmasin, Buxoro amiri qo'shini yana mag'lubiyatga uchradi va natijada podsho qo'shinlari Samarqandga jangsiz kirib bordi. K.P. Kaufman Samarqand bekligini Rossiyaga berish, "xarbiy xarajatlarni" to'lash va 1865 yildan buyon Turkiston o'lkasida qo'lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb e'tirof etish sharti bilan sulx tuzishni taklif qilib, amir Muzaffarga maktub yo'lladi, ammo amlfdan javob bo'lmadi.

Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoda amalga oshirgan xarbiy istilochilik yurishlariga nafaqat amirlik va xonliklarning xarbiy qo'shinlari, balki maxalliy axoli vakillari xam qattiq qarshilik ko'rsatdi. Masalan, K.P. Kaufmanning Buxoro amirligiga qarshi xarbiy yurishlari vaqtida Urgut shaxrida maxalliy axoli podsho xukumatining qo'shinlariga qarshi kurash olib bordi. K.P. Kaufman general Abramovni qo'shin bilan Urgutga yuborib, shaxaming taslim bo'lishini taklif qildi. Lekin bu taklifmaxalliy axoli tomonidan rad etildi. Ikki tomon o'rtasidagi to'qnashuvda maxalliy axoli mardonavor jang olib bordi. Artilleriya to'plaridan otilgan o'qlar boshqa joylardagi kabi Urgutda xam istilochilarning xarbiy ustunligini ta'minladi. Buning natijasida, shaxar qal'asi mustamlakachilar tomonidan egallandi. Podsho xukumati qo'shinlari Urgutdan so'ng Kattaqo'rg'on shaxrini bosib olishga kirishdi.

Rossiya imperiyasining xarbiy yurishlariga qarshi Samarqandda Kitob xokimi Bobobek va SHaxrisabz xokimi Jo'rabek boshchiligida ozodlik kurashi olib borildi. Bu ikki xalq xarakati raxbarlari o'z qo'shinlari bilan 1868 yil 2 iyunda samarqandlik qo'zg'olonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi qo'shinlari garnizoni joylashgan shaxar qal'asiga xujum qilishdi. Qamalda qolgan qo'shin yordam so'rab general-gubernator fon Kaufmanga chopar yuboradi. 6 iyunda qamalda qolganlarga yordamchi kuchlar yuborildi. Qal'ani egallash uchun 4 iyundan 7 iyungacha shiddatli janglar davom etdi. Unda ikki tomon xam ko'plab talafot ko'rdi. 8 iyunda qamalda qolganlarga xarbiy kuchlar yetib keldi, shundan so'ng xalq ximoyachilari Samarqanddan chiqib tog' tomonga chekinishga majbur bo'ladi.

Podsho xukumati tomonidan yangi bosib olingan xududlarda Samarqand va Kattaqo'rg'on bo'limlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. Unga general Abramov boshliq qilib tayinlandi. Zirabuloq jangidan keyin Amir Muzaffar o'z mag'lubiyatini tan olib, fon Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligining yangi chegaralari xaqidagi taklifini qabul qilishga majbur bo'ldi. Bu bilan Rossiya imperiyasi istilochilik yurishlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi.

K.P. Kaufman 1868 yil 28 iyunda Samarqandda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi. Unda amir urush boshlanishida aybdor ekanligi, abadiy do'stlik belgisi sifatida Rossiya qo'shinlarining xarbiy xarajatlari uchun 500 ming rubl to'lanishi e'tirof etildi. SHartnomaga ko'ra, bosib olingan Toshkentdan Samarqandgacha bo'lgan barcha xudud Xo'jand, O'ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo'rg'on shaxarlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o'tdi. Amir o'z ixtiyorida qolgan xududlarni boshqarishda Turkiston general-gubernatorining ko'rsatmalariga rioya etish majburiyatini oldi. Bu davlat siyosiy qaramligi uchun tarixchilar tomonidan Buxoro xukmdori vassal deb xam yuritiladi. Rossiya savdogarlariga amirlikda erkin savdo qilishiga sharoit . berish va ularni ximoya qilishni o'z zimmasiga oldi. Rossiyalik savdogarlariga savdo agentliklarini ta'sis etishga ruxsat berildi, tovarlardan olinadigan boj uning umumiy qiymati 2,5 foizdan oshmasligi belgilandi. SHuningdek, ular amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o'tish xuquqini oldi.

Mazkur shartnoma amirlikni taxqirlagan, xuquqsizlikka va qashshoqlikka maxkum etgan sharmandali shartnoma bo'ldi. Amirning tobelik siyosatidan norozi bo'lgan kuchlar o'z xarakatini boshladi. Xalq tomonidan qo'llab-quvvatlangan amir Muzaffarning katta o'g'li Abdumalik to'ra, Jo'rabek va Bobobek boshchiligidagi qo'shin Samarqandni ozod qilish uchun kurashlarini davom ettirdi. Ular Amir Muzaffarning taxtdan tushirilganligini va Abdumalik to'ra amir etib tayinlanganini e'lon qildi. Xalq qo'shinlari avval SHaxrisabzni, so'ng Qarshi va Karmana shaxarlarini o'z qo'llariga olishdi. Turkiston general-gubernatori fon Kaufman tomonidan bu xarakatlarning oldini olish va bostirish uchun I.F.Abramov boshchiligidagi qo'shin yubordi. Zamonaviy qurollar bilan ta'minlanmaganligi sababli janglarda qo'zg'olonchilar egallab olgan xududlaridan birin-ketin surib chiqarila boshlandi. Natijada, Abdumalik to'ra Xiva xonligi xududiga, undan Afg'onistonga o'tib ketdi. Afg'on amiri SHeralixon Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishini rejalashtirgani uchun unga yordam bermadi. Hech qaerdan yordam ololmagan Abdumalik to'ra Peshovarga ketadi va u yerda 1909 yilda vafot etadi.

SHunday qilib, Rossiya imperiyasining O'rta Osiyodagi istilochilik urushining ikkinchi bosqichi Samarqandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi bilan yakunlandi.

Buxoro bilan Rossiya imperiyasi 1873 yilda amirlikka o'z vakilini tayinlash xuquqini beruvchi yangi shartnomani imzoladi. Bu vakilning roziligisiz amirlik birorbir ichki xamda tashqi siyosiy masalani xal qila olmaydigan bo'ldi. SHartnomaning 14 moddasida "Rossiya xukumatidan ijozat bo'lmagan, kim bo'lishidan qat'i nazar, xar xil kimsalarni Buxoro xukumati qabul qilmaydi" deb ko'rsatilgan. SHartnomaga muvofiq, xar kuni ertalab qo'shbegi vakildan kerakli ko'rsatmalarni olib amirga yetkazishi shart bo'lgan. Amir esa bu xujjatlarni rasman tasdiqlagan, xolos. P.Lessar Rosslya imperiyasining Buxoro amirligidagi birinchi vakili etib tayinlandi.

Vakilni Buxoroning amaldagi norasmiy gubernatori deb xisoblash mumkin edi. U Buxorodan 15 km uzoqda joylashgan Kogon shaxrini qarorgox qildi. Bu bilan podsho xukumati Buxoroni to'liq imperiya tarkibiga qo'shib olmasdan, mamlakatni amir va uning amaldorlari orqali boshqarishni afzal ko'rdi. Natijada podsho xukumati Buxoro amirini o'z ta'sir doirasiga kiritib, undan o'z manfaatlari yo'lida foydalandi.

1869-1870 yillarda Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bila Afg'oniston va O'rta Osiyodagi chegaralarni belgilash to'g'risida muzokaralar olib bordi. Natijada chegaralar Amudaryo bo'ylab Panj tumanidan o'tkazilishiga kelishildi. Buxoro amirligi va Eron o'rtasidagi chegara 1881 yil 10 dekabrda Eron shoxi bilan Texrondagi Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada belgilandi. 1885-1887 yildagi muzokaralar natijasida chegaralarni belgilash bo'yicha ingliz-rus komissiyasi Rossiya imperiyasining O'rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afg'oniston o'rtasidagi chegara chizig'ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi.

Protektorat - (lotincha - homiy) - mustamlaka mamlakat qaramligining bir shakli. Bunday mamlakat ichki siyosatida birmuncha mustaqil bo'lsa-da, tashqi siyosati mustamlakachi davlat qo'liga o'tadi.

To'ra - yuqori tabaqaga mansub kishi. Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga beriladigan unvon.

Vassal - bir davlatning boshqa bir davlatga bo'ysunish tartibi.

10-§. Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o'rnatilishi

Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoda istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan xududlarda dastlab mustaxkam o'rnashib oldi. Xiva xonligiga qarshi olib boriladigan xarbiy yurishga besh yil tayyorgarlik ko'rdi. Yurish uchun bunday uzoq tayyorgarlik ko'rishning asosiy sababi A.Bekovich-CHerkasskiy boshchiligidagi qo'shinning mag'lubiyatga uchraganligi (1717) bo'lsa, boshqa yana bir sababi 1839 yilda V.Perovskiy boshchiligidagi qo'shinlarning Xiva xonligi chegaragacha yetib borolmay orqaga qaytib ketganligi bo'ldi. Xonlikning boib olinishi Rossiya imperiyasi, uchun Amudaryoning qo'lga kiritish xuquqini berar edi. Amudaryoning egallash birinchi navbatda suv manbasi, suv orqali savdo aloqalari, daryoning quyi oqimidagi tekisliklardagi serxosil yerlardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo'lish xisoblangan.

Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyo istilo qilinishining uchinchi bosqichi (1873-1879 yillar) davomida Xiva xonligining istilo etilishi xam amalga oshirildi. Hujum g'arbda Mang'ishloq, shimolda Orenburg, sharqda Turkiston va janubda Krasnovodsk kabi to'rt xarbiy okrugdan olib borildi. Bunda 12 mingdan ortiq askar, 4600 ot va 20 ming tuyadan iborat xarbiy qo'shin ishtirok etgan. Bu qo'shinga K.P. Kaufman boshchilik qildi, Mazkur ko'p sonli xarbiy qo'shin 1873yil fevralda o'zlari o'mashgan joylari Toshkent, Orenburg, Mang'ishloq va Krasnovodskdan deyarli bir vaqtda yo'lga chiqdi. Xiva xonligiga olib boruvchi yo'llarning yomonligi, dastlab 25 daraja sovuqda, keyin 40 darajadan yuqori xaroratda yo'l yurish juda qiyin kechdi. Bundan tashqari, cho'llarda 60 darajagachajazirama bo'lishi, suvsiz dashtlardagi yo'llar tufayli xarbiy qo'shin manzilga yetmasdanoq saflari siyraklashib bordi. Dning katta qismi yo'lda kasalga chalindi, bir qismi xalok bo'ldi va bir qismi orqaga qaytib ketdi.,Xivaga 7,5 ming kishigina yetib bordi. Krasnovodsk va Mang'ishloqdan Xlva tomon yurgan qo'shinlar jazirama issiq va suv yetishmasligidan aziyat chekkanligi, xoldan toyganligi sababli yo'lning yarmidan ortga qaytishga majbur bo'ldi. Faqatgina Toshkent, Orenburg yo'nalishidan yo'lga chiqqan qo'shinlar 1873 yil may oyida Xiva xonligi chegaralariga yetib keldi. Yo'l qiyinchiliklaridan tashqari, ularga yo'lda kichik guruxlar xujum qilib, tinkasini quritgan, SHunday bo'lishiga qaramay, Rossiya imperiyasi qo'shinlari bilan Xiva xonligi qo'shinlari o'rtasida may oyida Hazorasp qal'asi, Qo'ng'irot, Xo'jayli, Mang'it shaxarlari va Xiva shaxri yaqinida janglar bo'lib o'tdi. Tomonlarning kuchlari teng emasligi, katta talafotlarga qaramasdan, xivaliklarga nisbatan podsho xukumati qo'shinlari yaxshi qurollangani bois, xonlik ximoyachilari mag'lubiyatga uchradi.

1873 yil may oyining o'rtalariga kelib, mustamlakachi xukumatning asosiy qo'shinlari Xivaga yetib keldi. Ularning Xivaga qilingan birinchi xujumi ximoyachilar tomonidan qaytarildi. Bu jangda ikki tomon xam katta talafotlar ko'rdi. Hujumga boshchilik qilgan general Veryovkin yarador bo'ldi. Podsho xukumati qo'shinlari katta talafot ko'rgani bois chekinib, fon Kaufman boshchiligidagi kuchlarni kutishga majbur bo'ldi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling