Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet68/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

2. Istiqlol uchun kurash - milliy g'oya asosi. Tarixiy tajriba shuni ko'r-satmoqdaki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o'z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari va an'analariga sodiq qolishni ulug' ish deb hisoblashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun xalqimizning ming-minglab sodiq ocgclonlari o'z hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo'lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to'xtamagan milliy-ozodlik harakati xalqning milliy o'zligini anglashida, o'z Vatani va millatining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta'sir ko'rsatdi.

Ma'lumki, jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo'li bilan, parlament orqali erishishni mo'ljallagan edilar. Ular o'zbek xalqining o'ziga xos milliy xususiyati (mentaliteti), uning samiymiyligi, bag'ri keng-ligi, sabr-toqati, bardoshi va chidamini ham hisobga olgan holda tinch yo'l bilan hokimiyatni qo'lga olishga intilgan edilar. Jadidlar faoliyatidagi bu o'ziga xos milliy g'oya keyinchalik jahoniy ahamiyatga molik hodisaga aylanib, u Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari yo'lboshchilari tomonidan yanada rivojlantirildi.

Biroq 1917 yildagi voqealar jarayoni, "Rusiyada bosh ko'targan yangi bir balo-bolshevik balosi" (Fitrat) kuchlar nisbatini butunlay o'zgartirib yubordi. Mahmudxo'ja Behbudiy tomonidan o'rtaga tashlangan "Haq olinur, berilmas!" shiori butun millatning jangovar chaqirig'iga aylandi. Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o'rnatish uchun parlament yo'li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklar tomonidan qonga botirildi. Turkistonda kommunistik mafkuraga tayangan mustabid sovet rejimi qaror topdi.

Bolsheviklar tomonidan nafaqat Rossiyada, balki uning "chekka o'lkasi" hisoblangan Turkistonda ham mustabid tuzum o'rnatildi. Sovet rejimi o'nlab xalqlar ustidan ocz hukmronligini zo'ravonlik yo'li bilan joriy qildi. Biroq milliy mafkura va milliy g'oya yurtimizda sovet tuzumi davrida ham o'lmadi, u yashashda davom etdi. Kommunistlar xalqimiz yuragidan, uning qalbi va tafakkuridan mustaqillik tushunchasini, milliy g'oya va milliy birlik haqidagi fikrlarni butunlay ildizi bilan sug'urib tashlashga intildi. Bosqinchilar o'z rejalarini amalga oshirish uchun qanchalik intilmasinlar, ular bunga uzoq vaqt muvaffaq bo'la olmadilar. Xalqimizning milliy g'oya va mafkuraga sadoqati Turkiston mintaqasida mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qaratilgan qurolli harakatida ayniqsa yaqqol namoyon bo'ldi. Sovet rejimi davrida qariyb 20 yil davom etgan bu harakat noto'g'ri talqin qilinib, unga "bosmachilik" deb tamg'a bosildi. Aslini olganda bu harakat bosqinchi qizil armiyaga va uning manfaatlariga zid keladigan Sovet hokimiyatining siyosatiga qarshi qaratilgan edi.

Afsuski, uzoq davom etgan kurashlardan so'ng Turkistondagi bu harakat mag'lubiyatga uchradi. Kommu-nistik mafkura milliy g'oyaga qarshi kurashda, vaqtincha bo'lsa-da, muvaffaqiyatga erishdi. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari hukumatlarining boshliqlari (Fayzulla Xo'jayev, Polvonniyoz Yusupov va h.k.) tomonidan o'tkazilayotgan milliy murosa va kelishuvchilik siyosati ham bolshevik rahbarlarning kuchli tazyiqlari natijasida o'zgartirildi. Markazdan yuborilgan Turkkomissiya, Turkbyuro, O'rta Osiyo byurosi kabi turli komissiya va partiya tashkilotlari amalda mintaqaning mutloq hukmdori bo'lishga intildilar va ko'pincha bunga muvaffaq ham bo'ldilar. Mustabid sovet rejimi tomonidan 20-30 yillarda O'zbekistonda o'tkazilgan dahshatli qatag'on millat gullarini, fidoyi va vatanparvar bobolarimizni vahshiyona qirib tashladi. Tarixan halokatga mahkum bo'lgan sovet rejimi mudhish qatag'on siyosatini keyinchalik ham izchil ravishda davom ettirdi.

Tarix xalqqa saboq va ma'rifat beradi. Tarixni o'rganmasdan turib kelajakni anglab bo'lmaydi. Har bir inson, har bir xalq o'z o'tmishi va kechmishini ajdodlari tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarni sinchiklab o'qish, o'rganish va mutolaa qilish orqali bilib oladi. Tarix inson aql-idroki va tafakkurining shunday bir nodir va mo'jizakor mahsulidirki, uning ma'naviy qudrati va yordami bilan biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdam-u hamnafas bolamiz, o'tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari, kurashlari va ziddiyatlari bilan ko'z o'ngimizda gavdalantiramiz. Inson tarixdan ta'lim-tarbiya oladi. Tarix saboqlaridan o'ziga tegishli xulosa chiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan millatning kelgusi qismati o'z-o'zidan ravshan.

Tarix saboqlari bugungi kunda ham bizni hushyorlikka undaydi. Xususan, O'zbekistonda siyosiy barqarorlikni izdan chiqarmoqchi bo'lgan kuchlar mavjudligi kishini jiddiy o'ylantirmasdan qo'ymaydi. Shuning uchun ham mustaqillik in'om etgan ne'matlarni biz avaylab asrashimiz, o'z ozodligimizni ko'z qorachig'idek himoya qilishimiz kerak.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "Modorniki, o'z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz tariximizni Mashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur".

2-§. 1917 yilda O'zbekiston hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.

Rossiyada 1917 yil voqealari va uning Turkistonga ta'siri

1. O'zbekiston hududida ma'muriy - boshqaruv tizimlari. Hozirgi O'zbekiston yerlari 1917 yilda Rossiya imperiyasining Turkiston o'lkasi, shuningdek, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi tarkibida bo'lgan. Turkiston o'lkasi Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand viloyatlaridagi uyezdlar hamda volostlarning katta qismida, Buxoro amirligining markaziy va g'arbiy qismlarida, Xorazm vohasida aholining ko'pchiligini o'zbeklar tashkil qilgan. Bu yerlarda tarixan turli ma'muriy va siyosiy tizimlar tarkib topib kelgan.

Buxoro amirligi va Xivada hokimiyat va ma'muriy boshqaruv an'anaviy bo'lib, Buxoroda amir, Xivada xon hukmronlik qilardi.

Buxoro ma'muriy jihatdan bekliklarga, bekliklar esa amloklarga bo'lingan. Mamlakat poytaxti atrofidagi hududlar tumanlarga bo'linib, ularni amir nomidan qushbegi boshqargan. Beklar, qozilar, raislar, tumanlardagi amlokdorlar amir tomonidan tayinlangan. O'ttizga yaqin bekliklardagi amlokdorlar va boshqa amaldorlarni bekning o'zi tayinlar edi. Mamlakatda byudjet yo'q bo'lib, bojxona va soliqlardan kelgan mablag'lar amir xazinasiga tushardi. Beklar, qozilar o'z daromadlarining bir qismini bar yili amirga tortiq qilish uchun sarflar edilar. Mamlakatda yotqizilgan qariyb 600 km. temir yo'l bo'yida Rossiya tasarrufida bo'lgan 20 ga yaqin rus shahar va qarorgohlari bor edi.

Xiva xonligi 20 ta beklikka bo'lingan. Bundan tashqari Beshariq va Qiyot-Qo'ng'irot noibliklari va xonning o'ziga qarashli yerlar (Xiva shahri) ham bor edi. Qushbegi va devonbegilar oliy mansabdor kishilar hisoblanganlar. Qo'shinga yasavulboshi qo'mondonlik qilgan. Iqtisodiy-savdo aloqalari karvon yo'llari va Amudaryo suv vositalari orqali amalga oshirilgan.

2. Xalq ommasining etnik va ijtimoiy tarkibi. Turkistonning Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand viloyatlarida aholi soni 5,5 mln. kishini tashkil etgan. Ularning 80 %dan ko'prog'i qishloq joylarida, qolgan qismi shaharlarda yashagan. Buxoro amirligining aholisi 3 mln.dan ortiq, Xiva xonligi aholisi 500-550 ming kishi bo'lgan. Bu ikki mamlakatda qishloq aholisi ko'pchilikni tashkil qilardi.

O'zbekiston hududida yerli aholining asosiy qismini o'zbeklar tashkil qilgan. Bu yerda, shuningdek, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, qirg'izlar, turkmanlar, ruslar hamda chegaradosh yurtlardan kelgan turli millat vakillari ham yashardilar. Bunday sharoit uzoq davom etib kelgan mustamlakachilik siyosatining oqibati edi. Xiva xonligida o'zbeklar aholining 65 %ini, turkmanlar 27 % ini tashkil qilganlar, shuningdek, aholi tarkibiga qozoqlar, qoraqalpoqlar kirganlar. 1917 yilga kelganda Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona viloyatlarida 330 ta rus qarorgohi bo'lib, ulardagi xo'jaliklar soni 16257 tani tashkil qilardi.

O'lka aholisining ijtimoiy tarkibida dehqonlar va hunarmandlar ko'pchilikni tashkil qilgan, ulardan keyingi o'rinlarda savdo-tijorat ahli, ziyolilar, ishchilar, ruhoniylar, ma'muriy idoralar xodimlari, madrasa talabalari turganlar. Dehqonlar uch xil toifaga yirik xo'jaliklar egalari, o'rtahollar va kambag'al-batraklar toifalariga mansub edilar. Masalan, 10 desyatinadan ortiq yeri bo'lgan baquvvat dehqonlar Samarqand viloyati va Toshkent uyezdida dehqonlar umumiy sonining 7 %ini, Farg'ona viloyatida esa 2,4 %ini tashkil qilganlar. Eng ko'p sonli o'rtahol va kambag'al dehqonlar bo'lgan.

Turkiston o'lkasining uch viloyatida 81241 nafar, Xiva xonligida 20 ming atroflda, Buxoro amirligida undan qariyb ikki baravar ko'p hunarmandlar faoliyat ko'rsatgan. Kasblariga qarab hunarmandlar guruhlar (sexlar)ga mansub bo'lib, har bir guruhni oqsoqol idora qilgan. Yollanma ishchilar soni Turkistonda 60 ming kishi atrofida bo'lib, Buxoro amirligida 3 mingga yaqin, Xiva xonligida 2 mingga yaqini yashar edi. Sanoat korxonalarida band bo'lgan ishchilar tarkibida o'zbeklar soni ancha ko'p, shuningdek, tojiklar va qirg'izlar ham bor edi. Ishchilar Turkistonning yirik shaharlarida, shuningdek, Yangi Buxoro (Kogon), Qiziltepa, Chorjo'y, Xivada joylashganlar.

Savdo-tijorat ahli, tadbirkor sarmoyadorlar, boshqaruv mahkamalarining xodimlari, ruhoniylar, ziyolilar ham ko'p ming kishilik jamoani tashkil qilganlar. Chunonchi, Farg'ona viloyatidagi 160 ta paxta tozalash zavodidan 110 tasi, Samarqand viloyatidagi 37 zavoddan 27 tasi yerli millatlar vakillari qo'lida edi.

3. Iqtisodiy munosabatlar, xo'jalik faoliyati. O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati o'z davri talabi darajasida bo'lib, ko'p sonli savdo-sanoat jamiyatlari, banklar, firmalar, birjalar faoliyati bilan qamrab olingan edi. Ular paxta xom ashyosini sotib olish, uni tozalash, tolasini Rossiya to'qimachilik korxonalariga yetkazish bilan shug'ullanganlar. Xuddi shuningdek, pilla, jun, teri, qorako'l terisi, quruq mevalar tayyorlanib, Rossiyaga jo'natilgan. Neft, toshko'mir konlari, temir yo'lning faoliyati ham mana shunday jarayonga yo'naltirilgan edi. 1917 yili Turkiston o'lkasida 270 ta paxta tozalash zavodi bo'lib, ulardagi ishchilar soni 10849 kishini tashkil qilardi. Bularning ko'pchiligi Farg'ona viloyatida edi. Shuningdek, o'lkada tog' sanoati, pillakashlik, ko'nchilik, spirtli ichimliklar va pivo, sovun, cho'yan eritish korxonalari, g'isht zavodlari-jami 300 ga yaqin korxonalar bo'lgan.

Qishloq aholisi paxtachilik, pillachilik, bog'dorchilik, chorvachilik bilan shug'ullangan. Buxoroning qorako'l terilari jahonga mashhur bo'lgan. Turkistonning uchta viloyatida paxta maydoni 466 ming desyatinaga borib yetdi, buning eng ko'pi-226 ming desyatina yer Farg'ona viloyatiga to'g'ri keldi.

Turkistonda hunarmandchilik keng yoyilgan joylar Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo'qon, Namangan, Marg'ilon shaharlari, Chust va boshqa aholi yashaydigan markazlar edi. O'lkada, umuman, O'zbekiston hududida hunarmandchilik an'yanalari uzoq vaqtlardan davom etib kelgan, bunda ishlab chiqarilgan ko'pgina hunarmandchilik buyumlari sifat va ko'rinish jihatidan san'at asarlari darajasida bo'lgan. Shuning uchun qator mahsu-lotlar, chunonchi, Chust qilich, xanjar, pichoqlari, Marg'ilon atlaslari, tilla baldoq va taqinchoqlar, zardo'zlik buyumlari chet ellarga olib ketilgan, ajnabiy tujjorlar uchun xaridorgir bo'lib kelgan.

O'zbekistonning ichki savdosi, uning tarkibiy qismlari o'rtasida iqtisodiy aloqalar ham avj oldi. Bunda temir yo'lning ahamiyati tobora kuchaydi. Hunarmandchilik, joylarning muayyan mollar ishlab chiqarish-ga ixtisoslashuvi kengayib bordi. Hunarmand-kosiblar uy-ro'zg'or jig'ozlari, xo'jalik mollari, mehnat vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqatlar, bayramona mollar va zeb-ziynat taqinchoqlarini ishlab chiqib va yasab bozorga chiqarar edilar. Farg'ona vodiysida to'qilgan turli xil matolar, xususan, xonatlas, yasalgan asl pichoqlar, tikilgan do'ppilar chiroyi va sifati bilan ajralib turardi. Buxoro yagona zardo'zlik markazi bo'lib dong taratdi.

Chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar jarayonida O'zbekiston hududida yangi mollar, ya'ni gazlamalar, metall, tikuv mashinalari, shuningdek, yog'och-taxta, g'alla keltirish yo'lga qo'yildi. Bu yerdan esa ba'zi hunarmandchilik mahsulotlari, paxta tolasi, pilla, qorako'l teri, quritilgan mevalar chet el bozorlariga olib borib sotilgan. O'zbek savdogarlari Eron, Afg'oniston, Qashg'ar, Hindiston va boshqa davlatlar bilan aloqa qilganlar.

Ammo chor Rossiyasining rnustamlakachilik siyosati oqibatida O'zbekistonda yetishtirilgari xom ashyolarni asosan rus savdogar va sanoatchilari olib ketar edilar. Turkistonga g'alla, temir buyumlari esa Rossiyadan keltirilardi. Jahon urushining ta'siri natijasida Rossiya bilan aloqalar ancha qisqardi, bu esa muayyan qiyinchiliklar tug'dirdi.

4. Rossiyada 1917 yil voqealari. Rossiyaning Birinchi jahon urushi (1914-1918) da qatnashishi, frontlardagi mag'lubiyatlar jiddiy xo'jalik qiyinchiliklari, ijtimoiy-siyosiy inqiroz va tub o'zgarishlarga olib keldi. Imperiyaning urushga jiddiy tayyorgarligi bo'lmagani sababli oziq-ovqat va boshqa zaxiralar tez orada tugadi. Ishlab chiqarish qisqardi. Katta yer maydonlari ekilmasdan qoldi. Soliqlar oshib bordi. Shahar aholisi, ishchilar oziq-ovqat yetishmasligidan qiynaldilar. Ish tashlashlar, dehqonlar g'alayonlari tobora kuchaydi. 1916 yil qo'zg'oloni ham urushdan, mustamlakachilik zulmidan norozilik ko'rinishi edi. Frontdagi mag'lubiyatlar va mamlakatdagi inqirozga podsho hukumati va boshqaruv tizimi aybdor qilindi. Faqat "pastdagilar" emas, balki "yuqoridagilar" ham o'zgarishlar muqarrar ekanini tushundilar. Petrograd, Moskva, ko'plab sanoat rayonlarini ommaviy ish tashlashlar qopladi. Podsho, uning vazirlari layoqatsizlik ko'rsatdilar. Bunday sharoitda 4 Davlat dumasi deputatlari ahvolni o'zgartirishga kirishdilar. Fevral oyi oxiridagi voqealar natijasida Nikolay 2 taxtdan voz kechdi. Podsho hokimiyati tugadi.

Mamlakatda 2 ta hokimiyat-qo'sh hokimiyatchilik paydo bo'ldi: 4 Davlat dumasi deputatlari Muvaqqat hukumat tuzdilar, shuningdek, ishchi, soldat, dehqon deputatlari Sovetlari tuzildi. Bunday hol 1917 yil oktabr oyi oxirlarigacha davom etdi. Muvaqqat hukumat demokratik erkinliklarni joriy etishni e'lon qildi. Biroq mamlakatdagi inqiroz shunchalik og'ir ediki, noroziliklar kuchayib bordi. Ayniqsa, urushni davom ettirish siyosati aholi g'azabini qo'zg'atdi. Urushdan odamlar azob chekmoqda edilar. Bunday ahvoldan foydalanib, 1917 yil 25 oktabrda (yangi sana bilan 7 noyabr) bolsheviklar mensheviklar va "so'l" eserlar bilan birga davlat to'ntarishini amalga oshirdilar va hokimiyatni qo'lga oldilar.

Jahon urushi qiyinchiliklari, Rossiyadagi 1917 yil voqealari Turkiston, umuman, O'rta Osiyo xalqlari hayotiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi.

5. Bolsheviklarning Toshkentda hokimiyatni egallashi. O'lkada yuz bergan oziq-ovqat tansiqligidan bolsheviklar foydalanib, 1917 yil kuzida Sovetlar hokimiyatni qo'lga olishi masalasini ilgari surdilar. Ular ishchi va soldatlar boshdan kechirgan qiyinchiliklar, noroziliklarni o'z manfaatlariga qaratib bordilar. Bolsheviklarga boshqa so'l guruhlar, harbiy asirlar, frontdagi kommunistlar qo'shildilar.

Oktabr oyining ikkinchi yarmida Toshkentda norozilik yig'ilishlari va mitinglar avj olib ketdi. Petrogradda qurolli to'ntarish ro'y bergani, Muvaqqat hukumat ag'darilgani, hokimiyatni bolsheviklar qo'lga olgani to'g'risidagi xabar Toshkentga yetib keldi. Turkiston bolsheviklari rahbarlik qilgan Toshkent soveti ishchi va soldatlarni qo'zg'olon ko'tarishga da'vat qildi. Lekin general Korovichenkoga sodiq qolgan qismlar bunga qarshilik ko'rsatdilar. 1917 yil 28 oktabrda Toshkentning yangi shaharida qurolli to'qnashuvlar avj oldi. Qo'zg'olonchilar general qismlaridan ustun keldilar. 1 noyabrda Toshkent harbiy qal'asi taslim bo'ldi, shu kuni qurolli qo'zg'olon g'alaba qozondi, deb e'lon qilindi.

1917 yil 15 noyabrda ish boshlagan o'lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining 3 qurultoyi tortishuvlar oqibatida hukumat-Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Sovetini tuzdi, unda 8 o'rin so'l eserlarga, 7 o'rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroq faqat yevropaliklardan iborat hukumat tuzildi. Turkiston XKS raisi lavozimini kasbi chizmachi bo'lgan bolshevik F.Kolesov egalladi, harbiy komissar qilib izvoshchi Perfilev, boshqa komissarlik lavozimlariga o'rtamiyona yurist va shunga o'xshaganlar tayinlandilar. Hukumat a'zolari qatoriga tub aholi vakillaridan kiritilmadi. Bu tasodifiy hol emas edi.

Turkistondagi so'1-ekstremist siyosiy guruhlar, ularning namoyandalaridan tuzilgan hukumat, birinchi galda bolsheviklar mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyosatiga amal qildilar. Shu bilan birga, oktabr to'ntarishidan keyin Rossiyada bo'lgani singari, Turkistonda ham inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi. Asosiy inqilobiy kuch proletariat va kambag'al dehqonlar, aholining boshqa qatlamlari reaksion, ekspluatator guruhlar deb e'lon qilindi. Mulkdorlar-ekspluatator, ezuvchilar; milliy ziyolilar, o'qimishli, obro'-e'tiborli xalq vakillari-milliy burjuaziya korchalonlari va malaylari; islom dini rahnamolari-reaksion oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi. Inqilobiy "ijtimoiy adolat"ni o'rnatish, "odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga barham berish" uchun jamiki boyliklarni, ishlab chiqarish vositalarini egalaridan tortib olish dasturini amalga oshirishga kirishildi. Yerli aholi jamoatchiligining demokratik yo'nalishdagi sa'y-harakatlari, milliy davlatchilikni joriy qilish sari tashlagan qadamlariga dushmanona ashaddiy qarshilik ko'rsatildi.

Ajnabiylar hukumati o'lkadagi harbiy qismlari, qurollangan ishchi gvardiyasiga tayanib ish ko'rdi. Bu hokimiyat faoliyati faqat zo'rlikka, buzg'unchilikka, qon to'kishga qaratildi. Ong saviyasi past, ko'pincha jinoiy unsurlar bo'lgan soldatlar, gvardiyachilar yerli aholi, ayniqsa, dehqonlarni shafqatsizlik bilan talay boshladilar.

Shunday qilib, 1917 yil kuzida o'lkadagi so'1-bolshevistik doiralar, ular tuzgan hukumat, bir tomondan kolonial-shovinistik, ikkinchi tomondan esa inqilobiy-sinfiylik siyosati va bu boradagi amaliy ishlarni boshlab yubordi.

3-§. Turkiston muxtoriyati-tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich

1. Turkiston muxtoriyati uchun kurash. 1917 yil boshlarida Petrogradda bo'lib o'tgan voqealar ta'siri ostida Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o'lka muxtoriyati masalasi asosiy masala bo'lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g'oyasi nafaqat demokratik ziyolilari orasida, hatto oddiy odamlar o'rtasida ham ancha ommalashgan edi.

1917 yilning mart aprel oylari o'lkaning siyosiy uyg'onishida burilish davri bo'ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilar va islom ulamolarining yetakchilari bo'lgan Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1919), Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li (1878-1931), Ubaydulla Xo'jayev (1882-1938), Abdurauf Fitrat (1886-1938), Fayzulla Xo'jayev (1896-1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Usmon Xo'ja (1878-1968), Mustafo Cho'qay (1886-1941), Muhammadjon Tinishboyev (1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Ahmad Zaki Validiy To'g'on (1890-1970), Obidjon Mahmudov (1858-1936) o'lkada yangi tashkil qilingan "Sho'roi Islomiya" (1917 yil, mart), "Sho'roi Ulamo"(1917 yil, iyun), "Turon" jamiyatlari va "Turk Adami Markaziyat (Federalistlar) firqasi" (1917 yil, iyul), "Ittifoqi muslipomin" (1917 yil, sentabr) siyosiy partiyalarining tuzilishida muhim rol o'ynadilar.

Jadidchilik 1917 yilda ma'rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko'tarilgan edi. O'sha 1917 yilning o'zida to'rt marta Butunturkiston musulmonlar 1 qurultoyi o'tkazildi. 1917 yil 16-23 aprelda Toshkentda bo'lgan 1 qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g'oyasi olg'a surildi. Bu g'oya Turkiston xalqlarining o'z milliy davlatchiligini tiklash yo'lidagi dastlabki qadami edi.

Butunturkiston musulmonlar 1 qurultoyining so'nggi majlisida Markaziy rahbar organ-Turkiston o'lka musulmonlari kengashi (Краймуссовет) tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan asosiy maqsad milliy-ozodlik harakatiga tashkiliy va markazlashtirilgan xususiyat kasb etish uchun bir-biri bilan tarqoq aloqada bo'lgan jamiyat, qo'mita va ittifoqlarni birlashtirish edi. Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashiga Mustafo Cho'qayev rais, Zaki Validiy bosh kotib, Munavvar Qori, Behbudiy, O.Mahmudov, U.Xo'jayev, T.Norbo'tabekov, Islom Shoahmedov va boshqalar a'zo qilib saylandi. Munavvar Qori va Sadriddinxon afandi boshchiligida Toshkent qo'mitasi tuzildi. Shuningdek, Behbudiy rahbarligida Samarqand va Nosirxon To'ra yetakchiligida Farg'ona bo'limi ham tashkil topdi. Markaziy Sho'roning organi sifatida "Najot" (muharriri-Munavvar Qori), keyinchalik "Kengash" (muharriri-Validiy va Munavvar Qori) gazetalari chiqa boshladi.

Shunday qilib, 1917 yil bahorida Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam tashlandi. Tarixda ilk marta Butunturkiston miqyosida musulmonlar qurultoyi chaqirilib, unda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat'iy intilishi, o'z an'analari, urf-odatlari va turmush tarzini izchil turib himoya qilishi aytildi. Bu manfaatlarning ifodachisi bo'lgan Milliy Markaz-Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi tashkil etildi.

Afsuski, birlashish jarayonlari har doim ham bir tekis rivojlanmadi. Asr boshidan buyon davom etayotgan "jadid-qadim" nizolari demokratik harakat saflarida parchalanish yuz berishiga olib keldi. Ma'lumki, 1917 yil 14 martda Toshkentda "Sho'roi Islomiya" tashkil topgan edi. Aksariyati jadidlardan iborat bu tashkilot a'zolari Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. 1917 yil iyun oyida Munavvar Qori boshchiligidagi "Sho'roi Islomiya"dan "Sho'roi Ulamo" ajralib chiqdi. Sherali Lapin uning Toshkent sho'basiga asos soldi. Oradan ko'p vaqt o'tmay Qo'qon shahrida ham "Sho'roi Ulamo" jamiyati tuzildi. Lekin ikki jamiyat o'rtasida g'oyaviy kelishmovchiliklar mavjud bo'lib, ular bir-biri bilan kelisha olmasdilar. Chunki "Sho'roi Ulamo" jamiyati o'z dasturida islom dinining an'anaviy asoslari bo'yicha ish ko'rishini ma'lum qilsa-da, aslida Lapin boshchiligidagi Toshkent ulamochilari avval rus monarxiyasi, so'ngra bolshevizm g'oyalari bilan o'z harakatlarini muvofiqlashtirishga behuda urindilar. "Sho'roi Ulamo" jamiyati o'z maqsadlari targ'iboti uchun "Al-Izoh" jurnalini chiqara boshladi (muharriri-Abdumalik hoji Nabiyev). Har ikki jamiyat o'rtasidagi g'oyaviy kurashni o'sha davr voqealarining shohidi bo'lgan M.Cho'qayev keyinchalik shunday xotirlaydi: "Ulamo Jamiyati" va "Sho'roi islomiya" o'rtasidagi kelishmovchilik bizning umumiy kurashimizni zaiflashtirmoqda va ishlarimizni chuvalashtirmoqda edi. Ikkinchi tarafdan, "Ulamo Jamiyati"ning siyosiy programmasi milliy harakatimizning ochiq dushmanlariga bizga qarshi qurol bermoqda edi".

1917 yil 10 sentabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining 2 qurultoyi ochildi. "Sho'roi Islomiya" tashabbusi bilan chaqirilgan ushbu qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Ushbu qurultoyda qabul qilingan rezolyutsiyalarda milliy demokratiya o'zi tutadigan yo'lning muhim asoslarini birinchi marta qat'iy qilib aytdi: hukumat demokratik siyosat yurgizadigan bo'lsa, ana shundagina musulmonlar bu hukumatda ishtirok etadilar. Ikkinchi qurultoyda faqat Milliy Markaz-Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi mintaqadagi tub yerli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin, degan fikr qat'iy qilib qo'yildi.

1917 yil 17-20 sentabrda Toshkentda bo'lib o'tgan Turkiston va Qozog'iston musulmonlarining qurultoyi "ulamochilar" bilan "sho'roi islomchilar" o'rtasidagi uzoq va qizg'in bahslarga qaramay, nihoyat, kelishish va murosa yo'lini topdi. Qurultoyda "Sho'roi Islomiya", "Sho'roi Ulamo", "Turon" va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yo'li bilan butun Turkiston mintaqasi uchun umumiy bo'lgan "Ittifoqi muslimin" degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi.

Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston o'lkasining bo'lajak siyosiy tuzumini belgilash edi. O'sha paytda Toshkentda nashr qilingan "Ulug' Turkiston" gazetasida yozilishicha, "Qurultoy Mulla Muhammadxo'ja eshon va Mulla Siddiqxo'ja eshonlarning boshqaruv shakli haqidagi nutqlarini tinglab, duo-yu ijobat ila Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi". Qurultoy muxtoriyatga "Turkiston Federativ Respublikasi" degan nomni qo'yib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo'lg'usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me'yorlarini belgilab berdi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling