Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Shu tarzda Turkistonda Muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin jamiyatning keng qatlamlari vakillari, ilg'or ziyolilar bu harakatda faol qatnashib, uning poydevorini yaratishga zamin hozirladilar. 2. Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va uning faoliyati. Siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dastuny hujjatlar qabul qilinishi Turkistonda milliy harakatning keng quloch yoyganidan dalolat berar edi. Biroq, Petrograddagi oktabr to'ntarishi oqibatida 1917 yil oktabr noyabr oylarida Turkiston o'lkasida, xususan, Toshkent va Qo'qonda yuz bergan voqealar milliy-ozodlik harakatini butunlay boshqa yo'nalishdan ketishga majbur qildi. 1917 yil 26-28 noyabrda (yangi hisob bilan 9-11 dekabrda) Qo'qon shahrida Turkiston o'lka musulmonlarining favqulodda 4 qurultoyi bo'lib o'tdi. Qurultoy ishining butun tafsilotlari o'sha davr gazetalarida tarix uchun muhrlab qo'yilgan. Ma'lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyi va unda qabul qilingan qarorlar o'n yillar davomida "millatchilar guruhining yig'inida e'lon qilingan burjua muxtoriyati" deb noto'g'ri talqin qilib kelindi. Hujjatlar esa ushbu holning butunlay aksi bo'lganini isbotlaydi. Masalan, Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Mahmudxo'ja Behbudiy o'z ma'ruzasida quailtoyning Turkiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy hodisa va burilish davri ekanini ta'kidlab, "Qurultoyimiz qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakillari ham ishtirok etmoqdalar", deydi. Behbudiy qurultoy hay'atida musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bo'lishini yoqlab chiqdi. Turkistonni boshqarish shakli to'g'risidagi masala qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so'zga chiqqanlarning ko'pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e'lon qilinishi o'lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani va unga mos turmushini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik e'lon qilish fikrini hamma qo'llab-quvvatladi. Qurultoyda 1917 yil 27 noyabr (yangi hisob bilan 10 dekabr) kuni kechqunin qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: "Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning o'z huquqlarini o'zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sis majlisiga havola etadi". Quruitoy Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qilishini tantanali ravishda e'lon qildi. 28 noyabr (yangi hisob bilan 11 dekabr) da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqalnib, Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan boldi. Qurultoy o'sha kungi yig'ilishda Butunrossiya Ta'sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo'lida bo'lishi kerak, deb qaror qabul qildi. Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a'zolaridan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. Hukumatning Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib Muhanimadjon Tinishboyev saylandi. Islom Sulton o'g'li Shoahmedov-Bosh vazir o'rinbosari, Mustafo Cho'qayev-tashqi ishlar vaziri, Ubaydulla Xo'jayev-harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg'uli Agayev-yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov-oziq-ovqat vaziri, Abdurahmon O'rozayev-ichki ishlar vazirining o'rinbosari, Solomon Abramoviya Gersfeld-moliya vaziri lavozimlarini egallashdi. Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o'zgarishlar yuz berdi. Mustafo Cho'qay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Vazirlardan uch kishi oliy ma'lumotli huquqshunos, ikki kishi o'rtacha malakali huquqshunos ekanligi Muxtoriyat hukumati a'zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi. Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a'zolari (8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e'lon qilindi. Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy e'tiqodlaridan qat'i nazar, yakdillik va hamjihatlikka da'vat etilgan edi. Oradan ko'p o'tmay Millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e'lon qilindi, shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. 1917 yil 26 dekabrda Turkiston Milliy bayrog'i qabul qilindi. "El bayrog'i", "Birlik tug'i", "Свободный Туркестан", "Известия Временного Правитеьства Автономного Туркестана" kabi hukumat gazetalari o'zbek, qozoq va rus tillarida nashr qilina boshlandi. Avval chiqayotgan "Ulug' Turkiston" gazetasi ham o'z sahifalarida Muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o'rin bera boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O.Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o'tdi. Muxtoriyat hukumati milliy qo'shinni tashkil qilishga kirishdi. 1918 yil boshida bu qo'shin saflarida bir mingdan ortiq askar bo'lgan. Harbiy vazir Ubaydulla Xo'jayev ishtirokida o'tkazilgan ko'rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tashqari Qo'qonda taxminan shuncha mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so'm miqdorida ichki zayom chiqarishni yo'lga qo'ydi. Chunki gazetalarni nashr qilish, muxtoriyat qo'shinlarining ta'minoti va hukumatning ichki xarajatlari uchun mablag' zarur edi. Shuningdek, hukumat a'zolari ochlik changalida qolgan Turkistori aholisiga Orenburg orqali g'alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi. 3. Turkiston Muxtoriyatiga jamoatchilikning munosabati. Muxtoriyatning tarixiy ahamiyati. Turkiston Muxtorivati hukumati qisqa muddat ichida xalq o'rtasida katta e'tibor qozondi. Yangi hukumat faoliyati faqat Qo'qonda yoxud Farg'ona vodiysida emas, batki butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg'in qo'llab-quvvatlandi. Fitrat, Cho'lpon, Hamza Muxtoriyat hukumatini alqab, o'tli she'rlar bitishdi. Fitrat Muxtoriyat e'lon qilingan 27 noyabr (10 dekabr) tunini "Milliy Laylatulqadrimiz" deb atadi. Alloma Fitratning bu so'zlarida olam-olam ma'no mujassamlashgan. Turkiston o'lkasining turli shahar va qishloqlarida muxtoriyatni olqishlab, ko'p ming kishilik namoyishlar bo'lib o'tdi. 1 dekabrda Namangan uyezdida 100.000 kishi qatnashgan namoyish bo'ldi. O'sha davrda chiqqan gazetalarning yozishicha, namoyish qatnashchilarining bayroqlarida "Yashasin Muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!" deb yozilgan so'zlar hilpirab turardi. Samarqandda bo'lib o'tgan viloyat sovet 1 s'yezdida yig'ilganlar Turkiston Muxtoriyatiga qo'shilishga qaror qildilar va Millat Majlisi tarkibiga 5 vakil sayladilar. "Ulug' Turkiston" gazetasining yozishicha, 1917 yil 6 dekabrda Toshkentda 60000 kishi ishtirok qilgan miting o'tkazildi. Munavvar Qori rahbarligida uyushtirilgan bu miting qatnashchilari Muxtor Turkiston hukumatini bir ovozdan ma'qulladilar va Turkistonda endi ushbu muvaqqat hukumatdan boshqa hech qanday hukumatni tan olmaslikka qaror qilganliklarini e'lon qildilar. Turkiston xalqining muxtoriyat uchun olib borgan kurashida 1917 yil 13 dekabrda bo'lib o'tgan fojeali voqealar muhim o'rin tutadi. O'sha kuni Toshkentda eski shahar aholisi "Muxtor Turkiston uchun!" shiorlari ostida tinch bayram namoyishini o'tkazdilar. Ammo Toshkent sovetidagi bolsheviklar shaharda qurolli kuch bilan tartib o'rnatishga buyruq berdilar. Oqibatda tinch namoyish qatnashchilari pulemyotdan o'qqa tutildi, eski shaharlik 16 kishi ana shu to'qnashuv qurboni bo'ldi. Lekin o'lkadagi bolshevikcha rejimning bunday tazyiqlariga qaramay, Muxtoriyat hukumatini qo'llab-quvvatlash davom etaverdi. Turkiston Muxtoriyatiga munosabat masalasi 1917 yil 26-30 dekabrda (1918 yil 8-12 yanvarda) Qo'qon shahrida bo'lib o'tgan yerli ishchi, askar va dehqon deputatlari 1 favqulodda qurultoyining diqqat markazida bo'ldi. Qurultoy ochilishini Turkiston o'lka Harbiy Sho'rosi rahbari Orif Klivleyev qutladi. Muvaqqat Millat Majlisi nomidan Islom Shoahmedov va boshqalar ham qurultoyni tabrikladilar. Faqat bolsheviklar partiyasining vakili, o'lka mehnat komissari P.Poltoratskiy qurultoyda dag'dag'ali ohangda so'zlab, xalqimiz tarixidagi ilk demokratik hukumatni "boylar muxtoriyati" deb tuhmat qildi. "Biz kambag'allar muxtoriyatiga qarshi emasmiz", deb Poltoratskiy munofiqlik qildi. Qurultoy vakillarining ko'pchiligi Poltoratskiyning bunday ig'vo va aldovlariga uchmadilar. 30 dekabrda Turkiston Muxtoriyati hukumatini qo'llab-quvvatlash, shuningdek, Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Sovetiga ishonchsizlik bildirish to'g'risida rezolyutsiya qabul qilindiki, bu hol qurultoy qatnashchilari siyosiy ongining yetuklik darajasidan nishona edi. Rezolyutsiyada quyidagi fikrlar alohida ta'kidlanardi: 1) Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Soveti barcha aholi, ayniqsa, musulmonlar xohish-istaklarining ifodachisi emasligini; 2) Turkiston o'lkasi xalqlari irodasi ikki qurultoyda muxtoriyat e'lon qilinganda ifodalanganligini; 3) Turkistonda yagona hukumat organi butun musulmonlarning qurultoyida tashkil topgan va musulmon ishchi, askar va dehqonlarning qurultoyida to'ldirilgan Turkiston Muxtoriyati hukumati ekanligini e'tiborga olib; Musulmon ishchi, dehqon va askarlar qurultoyi Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni darhol Turkiston Muxtoriyati hukumati va Millat Majlisiga topshirsin deb istak bildiradi, chunki ushbu qurultoy Muxtor Turkistondagi barcha demokratik qatlamlardan tashkil topib, butun yo'qsillar o'y-fikrlarining ifodachisidir…" Afsuski, o'lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat bo'lgan Turkiston Muxtoriyatining faoliyati uzoqqa cho'zilmadi. Toshkent soveti bolsheviklari unga katta xavf deb qaradilar. 4. Turkiston Muxtoriyatining tor-mor qilinishi. Qo'qondagi ommaviy qirg'inlar. Muxtor hukumatning xalq o'rtasidagi obro'-e'tibori va nutuzi bolsheviklarni tashvishga solib qo'ydl. 1918 yil 19-26 yanvar (1-8 fevral) da Toshkentda bo'lgan Turkiston o'lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda 4 qurultoyida muxtoriyat masalasi asosiy o'rinda turdi. Qurultoyda bolsheviklar fraksiyasi tomonidan so'zga chiqqan Toshkent sovetining raisi I.Tobolin surbetlarcha shunday dedi: "Muxtoriyatni hayotga tatbiq etish uchun hali vaqt erta. Chunki biz bu ishni amalga oshirsak, muxtoriyatning birinchi sharti sifatida rus qo'shinlari o'lkadan chiqib ketishi kerak bo'ladi". Qurultoy Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a'zolarini qonundan tashqari holatda deb, hukumat a'zolarini qamoqqa olish to'g'risida qaror chiqardi. Bolsheviklar bu qabih va mudhish "hukm"ni amalga oshirishga zudlik bilan kirishdilar. Atigi uch kun o'tgach, 30 yanvar (12 fevral)da Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armaniarning "Dashnoqsutyun" partiyasi a'zolaridan tuzilgan qurolli to'dalardan ham keng foydalandi. 30 yanvar kechqurun Skobelev (hozirgi Farg'ona) shahridan Qo'qonga dastlabki qizil askar otryadlari to'p va pulemyotlar bilan yetib keldi. Bu otryadning komandiri K.Osipov edi. 31 yanvar (13 fevral) ertalab Andijondan va sal keyinroq Perovskdan ham qizil askarlar yetib keldilar. "Ulug' Turkiston" gazetasida yozilishicha, 31 yanvar tushdan keyin jang harakatlari boshlandi. 15 fevral(eski hisob bilan 2 fevral)da esa shaharda yong'inlar bo'ldi. Dastlabki jangda Muxtoriyatning milliy qo'shinidan tashqari qo'qonlik aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, cho'kich, tayoq ko'targan xaloyiqning soni 100000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qo'qon shahriga hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar. Shu kunlarda Muxtoriyat hukumati ichida ham ziddiyatlar kuchaydi. Hukumat a'zolarining bir qismi Qo'qon yangi shahar bolsheviklari yuborgan ultimatum asosida ular bilan muzokarani davom ettirishni yoqlab chiqdi. Aslida muzokaralar dastlab qon to'kilishi oldini olish maqsadida 30 yanvar (12 fevral)da boshlangan bo'lib, muxtoriyatchilar bolsheviklarga o'z talablarini bayon qilishgan edi. Ammo Qo'qon revkomi qonuniy hukumatning qal'ani bo'shatib qo'yish haqidagi adolatli talabiga rozi bo'lmagach, u o'z-o'zidan to'xtab qoldi. 17 fevralda bolsheviklar o'z talablari asosida qayta muzokara boshlashni taklif qildilar. Tabiiyki, ularning Muxtoriyat hukumati rahbarlarini sovetlarga topshirish kabi shovinistik talablarini Muxtoriyat hukumati rad qildi. 18 fevralda bolsheviklar Muxtoriyat hukumati sovet hokimiyatini tan olishi va unga bo'ysunishi, milliy qo'shinni tarqatib yuborishi kerak, degan yangi talablar qo'ydilar. Bu safar ham ularga rad javobi berildi. Shu orada muxtoriyatchilar qatorlarida parokandalik yuz berdi. Baxtga qarshi o'sha 18 fevralda M.Cho'qayev hukumati ulamochilarning tazyiqi bilan iste'foga chiqdi. Vazirlarning ba'zilari Qo'qonni tark etishga majbur bo'ldi. Hukumatning boshqa a'zolari esa bolsheviklar tomonidan keyinchalik qo'lga olindi. Qo'qon shahar mirshablari boshlig'i Kichik Ergash 18 fevraldan boshlab amalda Muxtoriyat hukumatining rahbariga aylandi. Turkiston o'lkasi harbiy komissari Ye.Perfilev boshchiligidagi piyoda otliq va artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon Qo'qonga keldi. Qizil askarlar shaharda bosqinlar uyushtirib, uni talon-toroj qilishga kirishdilar. Shahar ustida uch kun davomida to'plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muxtoriyat qo'shinining tirik qolgan qismi shahardan chiqib ketdi. Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklarning qonli hujumlari oqibatida ag'darib tashlandi. Ammo Qo'qon va uning atroflarida tinch aholini talash, o'ldirish avjga chiqdi. Faqat Qo'qonning o'zida uch kun davomida 100000 kishi o'ldirildi. Sobiq xonlik poytaxti bo'lgan Qo'qon shahri butkul vayronaga aylantirildi. "Ulug' Turkiston" gazetasi chuqur qayg'u bilan xabar berganidek, "20(7) fevral Ho'qand (Qo'qon) tarixining eng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko'rsatganlar...". Gazetadagi ushbu maqola "Ho'qand hozir o'liklar shahri" degan dahshatli ibora bilan tugaydi. Nihoyat, 1918 yil 22(9) fevralda Qo'qon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan "tinchlik shartnomasi" imzolandi. Ushbu shartnomaning ikkinchi moddasida: "Aholi o'lka Xalq Komissarlari Soveti hokimiyatini va barcha mahalliy sovet tashkilotlarini tan oladi", deb yozilgan edi. Ha, o'qqa tutilgan, o'ldirilgan, talangan va tahqir etilgan qo'qonliklarning tirik qolgan qismi sovet hokimiyatini tan olishga majbur bo'ldi. Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko'rgan bo'lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da'vat etdi. Vatan tuyg'usidek muqaddas tuyg'u qalbining to'ridan joy olgan Turkiston munavvarlarining muxtoriyat uchun olib borgan kurashlari izsiz ketmadi. 1918 yilning erta bahorida avval Farg'ona vodiysida, so'ngra butun Turkistonda Sovet hokimiyati va qizil armiyaga qarshi qurolli harakat boshlandi. 4-§. Turkistonda o'rnatilgan sovet rejimi va bolshevistik diktaturaning mohiyati 1. Turkistondagi sovet rejimining o'ziga xos xususiyatlari. Zo'ravonlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet rejimi o'zining ilk kunlaridan boshlab Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachilik siyosatini yuritdi. Chor Rossiyasining mustamlakachilik tizimi sovetlar davrida yanada takomillashtirildi. Turkiston Xalq Komissarlari Soveti o'zining tuzilishi va boshqaruv apparatlari jihatidan mutlaqo farqli hukumat edi. Turkiston XKS tarkibiga kirgan 15 ta komissarlik o'lkaning boshqaruv ishlarini butunlay qamrab olgan. O'lkada o'rnatilgan sovet boshqaruv tizimining o'ziga xos va farqli tomoni shundaki, u tashkil topgan zahotiyoq Rossiyadagi markaziy hukumat-bolsheviklarni tan oldi. 1917 yil 23 noyabrda Turkiston o'lkasidagi yangi hukumat aholiga qilgan murojatida o'zining maqsadlarini yashirib o'tirmadi. Murojaatda quyidagi fikrga alohida urg'u berilgan edi: "Xalq Komissarlari Soveti markaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og'ishmay amalga oshiradi va o'z faoliyatida butun Rossiya sovetlar s'yezdining qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni bajarish yo'lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomonidan keskin choralar ko'rish bilan kutib olinadi". Demak, Turkiston XKS o'z faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga, Turkiston o'lkasida sovet rejimini mustahkamlashga jonjahdi bilan kirishdi. Barcha mahalliy sovetlarga zudlik bilan qizil gvardiya tuzishga kirishish taklif qilindi. O'lka komissarligi tarkibida bo'lgan va boshqaruvda asosiy rol o'ynaydigan harbiy, tashqi savdo, shuningdek, pochta, telegraf va temir yo'llar boshqaruvi masalalari butunlay Rossiyadagi tegishli idoralar ixtiyoriga berib qo'yildiki, oqibatda Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. Markazdan yuborilgan barcha mas'ul xodimlar, turli komissiya, byuro va tashkilotlar o'z siyosatlarini qo'g'irchoq organga aylangan o'lka XKS orqali yuritdilar. Turkistonda bolsheviklar asos solgan sovet rejimi chorizmning mustamlakachilik siyosatidan oshib tushdi. Turkiston o'lkasi ikkinchi marta Markaziy Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bo'la boshladi. O'lkada hokimiyatning faqat ishchilar va yevropali unsurlar qo'lida bo'lib qolishi Turkistondagi barcha demokratik kuchlarning yangi hukuniatga bo'lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bolsheviklar va so'l eserlar Turkiston Muxtoriyati hukumatini ag'darib, mamlakat aholisining o'lkani boshqarishga bo'lgan qonuniy huquqini inkor qilib, hokimiyat to'g'risidagi masalani kelishib hal qilish imkoniyatini yo'qqa chiqardi va shu bilan Turkiston siyosiy hayotidagi kuchlarning kelgusida muxolif turib qolishini oldindan muqarrar qilib qo'ydi. 2. O'lkaning "sovetcha andozadagi avtonomiya" asosida boshqarilishi va Turkiston sovet respublikasining tuzilishi. Markazdagi bolsheviklar hukumati Turkistonda "sovetcha andozadagi avtonomiya" o'rnatishga qattiq kirishdi. Bu ishni bajarish uchun Moskvadan ko'plab partiya va sovet xodimlari Turkiston o'lkasiga yuborildi. Leninning buyrug'i bilan Bolshevik P.A.Kobozev Turkistonning favqulodda komissari qilib jo'natildi. 1918 yil 10 apreldan boshlab u Turkiston o'lkasining amaldagi xo'jayiniga aylanib, butun hokimiyat jilovini o'z qo'lida saqlashga harakat qildi. 1918 yil 20 aprel-1 mayda Toshkentda Turkiston sovetlarining 5 s'yezdi bo'lib o'tdi. Unda qatnashgan 300 ga yaqin delegatdan atigi 50 tasi mahalliy millat vakillari edi. S'yezd delegatlari Lenin va Stalinning ko'rsatmasi asosida 30 aprelda Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibida Turkiston Sovet Respublikasi (TSR)ni tuzish to'g'risida qaror qabul qilishdi. Qarorda "Turkiston sovet respublikasi avtonom tarzda boshqariladi, Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumatini tan oladi va o'z faoliyatini u bilan muvofiqlashtiradi", deb yozilgan edi. S'yezd respublikaning qonun chiqaruvchi oliy organi-36 kishidan iborat (18 tadan bolshevik va so'l eserlar kirgan) (MIK) ni sayladi. Turkiston MIK raisi qilib favqulodda komissar P.Kobozev, hamrais qilib A.Solkin saylandi. Mahalliy millat vakillaridan 4 kishi: S.Jo'raboyev, S.Yusupov, Sh.Ostonboyev, S.Azimboyev birinchi marta MIK a'zoligiga saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 16 kishi (9 bolshevik va 7 so'l eser) kiritildi. S.Tursunxo'jayev (sog'liqni saqlash komissari) va S.Ashurxo'jayev (milliy ishlar komissari) tub millatlarning dastlabki vakillari sifatida hukumat tarkibiga kirishdi. Shuningdek, tatarlardan I.Gabitov ichki ishlar va H.Ibrohimov adliya komissarlari qilib saylandi. Afsuski, "sovetcha andozadagi avtonomiya" tabiatan milliy muxtoriyat bo'lmay, balki hududiy bir avtonomiya edi. Buning ustiga ushbu "muxtoriyat" samaralaridan birinchi galda o'lkadagi yevropalik aholining asosan proletar qismi bahramand bo'ldi. 1918 yil 17-25 iyunda Toshkentda bo'lib o'tgan Turkiston bolsheviklarinnig o'lka konferensiyasi Turkiston kommunistlar (bolsheviklar) partiyasining 1-s'yezdi deb nomlandi. Unda o'lkadagi kommunistik guruhlar ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Turkiston Kompartiyasiga (RKP(b) tarkibida) birlashdilar. Kommunistlarning miqdori 2000 kishidan oshmas edi. S'yezdda l.Tobolin raisligida 7 kishidan iborat Markaziy Komitet saylandi, uning tarkibiga mahalliy kommunistlardan Nizomiddin Xo'jayev ham kiritildi. "Temir qonun", "po'latdek kuchli intizom", "diktatorlik vakolatlari" kabi sinfiy xislatlarni o'zida jamlagan Turkiston Kompartiyasi RKP(b)ga bo'ysunar edi. Markaz bolsheviklari bergan har qanday topshiriq so'zsiz ijro qilinishi oqibatida Turkiston mintaqasini Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramligi mustahkam asosda yo'lga qo'yildi. Turkiston bolsheviklarining anjumanida qabul qilingan qarorlar o'lkaning keyingi taqdirida o'ta salbiy rol o'ynadi. Masalan, Turkiston Muxtoriyati hukumatini tor-mor qilishda faol qatnashgan arman dashnoqlari partiyasining yo'lboshchisi s'yezdda iliq kutib olindi. Tobolinning aytishicha, ular og'ir vaziyatlarda "Dashnoqsutyun" partiyasining yordamiga suyanishgan edi. Bolsheviklar tomonidan "sovet Turkistoni"ga aylantirilayotgan mintaqada hokimiyatni siyosiy markazlashtirish borasidagi harakat kuchaydi. Turkistonda Markazning siyosiy hukmronligi boshqaruv tizimi orqali shakllandi va izchillik bilan amalga oshirishga kirishildi. Shunday qilib, sovetlarning 5 s'yezdi Turkistonni Rossiya tarkibidagi o'lka sifatida e'lon qilib, davlat boshqaruvi va xalq xo'jaligi sohasidagi siyosatini markazdagi bolsheviklar hukumati belgilashini "qonuniy akt" bilan muhrlagan bo'lsa, o'lka bolsheviklarining 1 s'yezdi ham Rossiyaning partiyaviy, g'oyaviy va nazariy hukmronligini tan olib, shimoldagi bu davlat qo'l ostida bo'lishni yoqlab chiqdilar. 3. Milliy rahbar xodimlarning faoliyati. 1918 yilning ikkinchi yarmida Turkistondagi sovet hokimiyati, aslini aytganda, qil ustida turib qoldi. Farg'ona vodiysida boshlangan istiqlolchilik harakati butun Turkistonni qamrab olgan edi. Lekin bolsheviklar tashviqoti ro'y berayotgan hodisalarning asl mohiyatini o'lka aholisiga buzib ko'rsatardi. Oqibatda mahalliy aholining bir qismi sovet hokimiyatini mustahkamlash uchun bo'layotgan kurashga tortildi. Sovet rejimi milliy o'lkalarda o'z siyosatini amalga oshiruvchi ijrochilarga muhtoj bo'lgan. Tub aholining aksariyat qismi bolsheviklar va sovet tuzumini tan olmas edi. Bu holat sovet tuzumining kelajagi uchun jiddiy xavf tug'dirgan. Shuning uchun bosheviklar tub aholi vakillaridan bir qismini 1918 yil bahoridan boshlab hokimiyat organlarida ishlashlariga yo'l qo'yib, ularga qisman yon berdilar. Milliy rahbar xodimlar dastavval yangi tuzumning g'oyalaridan o'z xalqlari baxt-saodati yo'lida foydalanishga urindilar. Ular bu g'oyalarni Turkistonning o'ziga xos xususiyatlariga moslashtirishga harakat qilgan edilar. 1919 yil mart oyida Turor Risqulov (1894-1938) raisligida Turkiston o'lkasi Musulmonlar byurosi (a'zolari-Nizomiddin Xo'jayev, Abdulqodir Muhitdinov, Y.Ibrohimov, Yusuf Aliyev, Afandizoda va boshqalar) tuzildi. Musulmonlar byurosi zimmasiga tub aholi o'rtasida ish olib borishni tashkil etish vazifasi yuklatildi. Musbyuroga "Ishtirokiyun" (hozirgi "O'zbekiston ovozi") gazetasiga muharrirlik qilish vazifasi ham topshirildi. Musulmonlar byurosi atigi 10 oy davom etgan faoliyati davrida o'lka miqyosida musulmon kommunistik tashkilotlari faoliyatini yo'lga qo'yishga, katta tashkiliy ishlarni amalga oshirishga erishdi. U Turkistondagi tub xalqlarning manfaatlarini himoya qilishga qattiq kirishgan edi. 4. Turkistonda bolshevistik diktatura va uning mohiyati. Turkiston respublikasidagi bolshevistik rahbariyat o'rtasida hokimiyat uchun o'zaro kurash qizib ketdi. Guruhbozliklar, mojarolar va janjallar avjga chiqdi. 1918 yil oktabr oyida F.Kolesov, I.Tobolin, A.Solkin va boshqa "eski kommunistlar" o'z vazifalaridan chetlashtirildi. 1918 yil oktabrda bo'lib o'tgan sovetlarning favqulodda 6 s'yezdida RSFSR Konstitutsiyasi asosida Turkiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyaga ko'ra, mudofaa, tashqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo'llar, bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari kabi davlatchilikning muhim shakllari Rossiya federal hukumati boshqaruvida qoldirildi. Shunday qilib, Turkistondagi siyosiy hukmronlik, birinchidan, o'lkada "sovetcha andozadagi avtonomiya"ning o'rnatilishi bilan yo'lga qo'yilgan bo'lsa, bu jarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiy funksiyalarining federal hukumatga topshirilishini konstitutsiya yo'li bilan "qonuniy" rasmiylashtirilishi bo'ldi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling