Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet75/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Rossiya BXSR hududidagi temir yo'llarni o'z qo'lida saqladi. Turkkomissiya vakillari respublikada qator ekspropriatsiya va inqilobiy tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Hukumatni oziq-ovqat razvyorstkasini joriy qilish, ekin maydonlarini egalaridan tortib olish, vaqflarni yo'q qilishga undadilar. Savdogarlarning 132 tonna paxtasi, boshqa mollar musodara etilib, ularni Rossiyaga olib ketishga harakat qilindi. Ko'p minglik qizil qo'shinlarni oziq-ovqat, yem-xashak bilan ta'minlash aholi zimmasiga yuklandi. Rossiyaning qadrsizlangan qog'oz pullari muomalaga kiritildi. Tashqi savdoga davlat monopoliyasi joriy qilindi.

Respublika xalq xo'jaligi jiddiy qiyinchiliklarga uchradi. Aholi, ayniqsa, dehqonlar, respublika hukumati norozilik bildirdilar. 1920 yil kuzida nozir M.Mansurov RSFSR iqtisodiy aloqalarda tenglikka amal qilishi kerak, deb qat'iy uqtirdi. F.Xo'jayev Rossiya tashqi savdo birlashmasini BXSRdan "hamma narsani olishga, ammo hech narsa bermaslikka qodir...", deb aybladi. Natijada 1922 yil bahorida BXSRga bir qator qurilish materiallari, kerosin, neft, temir mollar, qog'oz, daftar, gugurt, kalishlar olib kelindi.

Respublika hukumati xalq xo'jaligini tiklash choralarini ko'rdi. Bozor munosabatlariga amal qildi, eski soliqlar bekor qilindi. 1922 yil oxirida YalS tamoyillariga o'tish munosabati bilan Buxoro davlat banki tashkil etildi, qo'shma aksionerlik jamiyatlari, 30 ta yirik savdo firmalari, mayda tijoratchilar, davlat savdo tashkiloti, matlubot jamiyati faoliyat ko'rsatdi. Respublika reja qo'mitasi, iqtisodiy kengashi tashkil etildi, byudjet tuzishga kirishildi. Savdogarlarga olingan mollari evaziga 100 oltin so'm berildi.

Dehqonlarning g'alladon maydonlari kengaytirildi. Paxta bosh komiteti idoralari paxtachilikni rag'batlantirish uchun 1923 yil boshida 100 ming pud chigit, 125,3 ming pud g'alla, qoramollar va inventarlarni kreditga tarqatdi. Qishloq xo'jalik solig'i joriy etildi, shu bilan birga mahsulot yer solig'i (ushur) va chorvachilik solig'i (zakot) olinar edi. Ko'rilgan choralar xalq xo'jaligining jonlanishiga olib keldi. 1923 yilda sug'oriladigan yerlar maydoni to'ntarishdan oldingi darajaga yaqinlashib qoldi (92,3 %ni tashkil etdi). Dehqon xo'jaliklari 425 mingtaga yetdi, ularning 300 mingtasi sug'oriladigan yer-larda, 125 mingtasi esa lalmi yerlarda joylashgan edi.

Hunarmandlar bozor talabining to'qqiz qismini ta'minlardilar. Temir yo'l, sanoat korxonalari tiklanib ishga tushirildi. Tashqi savdo kengaydi. 1923-24-xo'jalik yilida BXSR 10,5 mln oltin so'm atrofida chetga mol eksport qildi, 7,5 mln oltin so'm hajmidagi mollar import qilindi.

Respublika hukumati hunarmandlar va chakana tijoratchilarni qo'llab-quvvailadi. Davlat savdosi mollariga baland narx qo'yilgani sababli, bunda ham "qaychilash" holati yuz berdi. Matlubot kooperatsiyasi salohiyati hali zaif edi.

1924 yil sentabrida respublika aholisi soni, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2 mm 600 mingga tushib qoldi. Shu yil may oyida F.Xo'jayev aholining turmush darajasi pasayganini e'tirof etdi. Hukumat raisining muovini Q.Otaboyev respublika xalq xo'jaligining o'ziga xos tomonlarini qayd etdi, ular byudjet-pul muomalasini yo'lga qo'yishda inobatga olinishi lozim, deb ko'rsatdi.

Xorazm va Buxoro respublikalarining e'lon qilinishi ularning xalqlari hayotida tarixiy voqea bo'ldi. Yangi davlatchilik bu xo'jalik, ijtimoiy, ma'rifiy-madaniy va siyosiy jarayonlarning xalq ommasi, uning ilg'or na-moyandalari orzu-istaklari, sa'y-harakatlari va kurashlari qonuniy yakuni sifatida gavdalandi. Demokratik fuqarolik, teng huquqlik va adolatli munosabatlar istiqbolining ochilishi jamiyatga ko'tarinki ruh, asosli umidvorlik kayfiyatini olib kirdi.

Respublikalarning markazlari va joylarda hokimiyat idoralari, boshqarmalarini shakllantirish, ijobiy qonun-qoidalar faollik bilan qo'llab-quvvatlandi. Dastlabki 1,5-2 yil davomida liberal-demokratik progressiv Yosh xivaliklar, Yosh buxoroliklarning mavqei va ta'siri xalq ommasi kayfiyati bilan hamohang bo'ldi.

Shu bilan birga, qizil qo'shinlarning respublikalarda qoldirilishi, yevropalik siyosatchilarning ekstremistik xatti-harakatlari ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Natijada murakkab, ziddiyatli vaziyatlar yuzaga keldi. G'oyaviy-siyosiy kurash keskinlashdi. Ularning mohiyatini yangi xalq respublikalarining mustaqilligi (suvereniteti) masalasi tashkil qildi.

15-§. Buxoro va Xorazm Respublikalaridagi qurolli kurashlar

Qizil qo'shinlarning Xorazm va Buxoro mamlakatlari hududlariga tajovuzkorlik bilan bostirib kirishlari davomida qilgan talonchiliklari, zo'rliklari, qon to'kishlari ommaviy noroziliklarni keltirib chiqargan asosiy sabablardan bo'ldi. Bu beboshliklar keyingi davrlarda ham davom etdi. Tajovuzkor qo'shinlarga buyruq bergan, qo'mondonlik qilgan, respublikalar hududlarida qizil askarlar garnizonlarini joylashtirib, ularga tayanib ish yuritgan bolsheviklar, harbiylar xalq boyliklari, mol-mulkini tortib olish, odamlarni qatag'on qilish, inqilobiy o'zgartirishlarni amalga oshirish, milliy qadriyatlarni oyoqosti qilishga boshchilik qildilar. Bu qizil armiyaga qarshi harakatning kengayib, ommaviy tus olishiga olib keldi. Harakatda yerli aholining deyarli barcha qatlamlari, birinchi navbatda dehqonlar qatnashdilar. Bu hol harakat boshliqlari, ularga kelib qo'shilganlarning turli tabaqalarga mansub bo'lgani, noroziliklar, qahr-g'azab, murosasiz janglarga shaylanganlar doiralari ko'lamining nechog'lik keng, o'tkir, shiddatli bo'lganidan dalolat beradi.

1. Buxoro respublikasida tajovuzkorlarga qarshi qurolli kurash. Qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan guruhlar, shahar va tumanlarda ko'tarilgan qo'zg'olonlar Buxoro respublikasining barcha-g'arbiy, markaziy, sharqiy qismlarda boshlanib, ommaviy tus oldi. 1920 yil avgust oyining oxirgi kunida poytaxt Buxorodan ketgan amir Olimxon Sharqiy Buxoroga kelib, katta kuchlar to'pladi, ularning soni 12 ming, keyinroq 25 ming kishiga yetdi, qizil qo'shinlarga qarshi janglar olib borildi.

Ibrohimbek (1889-1932), Davlatmandbek va boshqalar kurashga boshchilik qildilar. Jiddiy zarbalarga javoban qizil armiya qo'mondonligi yangi-yangi qismlarni, ko'plab qurolaslahalarni yetkazib kelib, ishga soldi.

1921 yil boshida mag'lubiyatga uchragan amir Olimxon Afg'onistonga o'tib ketdi. Shu yil oktabrida Turkiyaning sobiq harbiy vaziri Anvar Posho (1881-1922) Buxoro shahriga kelib, biroz muddatdan so'ng mamlakatning sharqiy qismiga jo'naydi va sovetlarga qarshi kuchlarga qo'shiladi. Anvar Poshoning harakatlari bilan Sharqiy Buxoroda birlashgan iashkar bunyod etildi va g'arbcha qo'mondoniik uslubi joriy qilindi. Anvar Posho 1922 yil yozida bo'lgan janglardan birida Baljuvon tepaliklarida shahid bo'ldi.

Mamlakatning markaziy va g'arbiy viloyatlarida ham kurash shiddatli tus oldi. 1920 yil kuzida Boysun, Denov, Sherobod, Sariosiyoda qurolli guruhlar tuzilib, janglar boshlab yubordilar. Dekabrda Qarshi, Shahrisabz, Yakkabog', Kitob, Chiroqchida qo'zg'olonlar boshlandi, yangi hokimiyat, qizil askarlar garnizonlariga jiddiy talafotlar yetkazildi. Bu joylarga ham qo'shimcha qizil askar qismlari yuborildi.

Qisqa muddat davomida Mulla Abdulqahhor (1884-1924) boshchiligidagi poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar to'plandi va jangovar harakatlar olib borildi. Shuningdek, Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoro, Karmana va Nurotadagi o'nlab guruhlar faoliyat ko'rsatdi. Ularning katta armiyasi 1922 yil mart oyining boshida poytaxt Buxoro shahriga yurish qildi. Ular qizil askarlar bilan shahar atrofida bo'lgan ikki kunlik shiddatli janglardan so'ng Buxoro shahrining katta bir qismini egalladilar va bir necha soat mobaynida o'z qo'llarida tutib turdilar. So'ngra shahar atrofidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohini egalladilar. Ammo zudlik bilan yetib kelgan ko'p sonli qizil askarlar (ular orasida Budyonniyning otliq qo'shini ham bor edi) bilan bo'lgan jangda ular Buxoroi Sharif va Bahouddin ziyoratgohidan katta qurbonlar berib chekinishga majbur bo'ldilar.

Bu harakatga qarshi kurash qizil armiya va uning qo'mondonligidan katta kuch-g'ayrat talab qildi. Moskva, Toshkent, Buxoroda 1923 yil may iyun oylarida o'tkazilgan oliy darajadagi bir qator rasmiy anjumanlarda bu masala eng dolzarb muammo sifatida kun tartibida turdi.

Sovet hukumati butun Turkistondagi qarshilik harakatini tugatish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Angliyalik tadqiqotchi Glenda Frezerning yozishicha, "Sovet qo'mondonligi Buxoro respublikasida 1923 yil bahor-kuz fasllarida bo'lgan janglarga 100000 kishilik ulkan armiyasini tashladi".

Mulla Abdulqahhor yigitlari bilan qizil askarlar o'rtasida 1924 yil yozi va kuzida G'ijduvon tumanining G'ishti va Kattag'amxo'r qishloqlarida, Nurota tog'larida. Shofirkon tumaniga tutash Qizilqumning Jilvon qumliklarida, Bog'iafzal va Vardonze qishloqlarida qattiq to'qnashuvlar bo'ldi. Kuchlar teng bo'lmagan ushbu janglarda u mag'lubiyatga uchradi. G'arbiy Buxorodagi guruhlarga sezilarli zarba berildi, Mulla Abdulqahhor Qizilqum cho'llarida qizil askarlar bilan bo'lgan to'qnashuvlarning birida 1924 yilning oxirida haiok bo'ldi.

2. Qizil armiyaga qarshi harakatning mohiyati va natijalari. Buxoro respublikasida qizil armiya qismlariga qarshi qariyb 5 yil davomida shiddatli jang harakatlari olib borildi. Bu harakat 1924 yilning oxirigacha hozirgi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida davom etdi. Bu davrda xalqning og'ir ahvoli yanada murakkablashdi.

Buxoro mamlakati hududlaridagi qurolli harakat qizil armiya va bolsheviklarning tajovuzkorligi, zo'ravonligi va talonchiligiga qarshi qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Kurashchilarning asosiy maqsadi qizil qo'shinlarni haydab yuborish, milliy qadriyatlar, asriy e'tiqod va urf-odatlarning poymol qilinishi, xo'rlanishiga barham berish edi. Shu maqsadlar yo'lida kurash olib borish uchun Buxoro respublikasi rahbarlaridan Usmonxo'ja Po'latxo'jayev, Muhiddin Maxsum Xo'jayev, Ali Rizo Afandi, Abdulhamid Oripov, Qulmuhamedov va boshqalar qo'zg'olonchilar saflariga borib qo'shildilar.

Bir guruh harakat yo'lboshchilari Buxoro respublikasi hukumatiga yo'llagan maktublarida Buxoroda bolsheviklar bo'lmasligi lozimligini, "favqulodda komissiya orqali katnbag'al aholining mol-mulki va hayoti tortib" olingan"ligini, "bolsheviklar jabr va zulmni avj oldirib yuborganliklarini va "Buxoroning mustaqilligi quruq so'z bo'lib qolgan"ligini, "haqiqatda undan darak yo'q"ligini ta'kidlagan edilar.

Shu bilan birga, Buxoro hududida kurash olib borgan aksariyat qo'rboshilarning qarashlarida ziddiyatli tomonlar ham mavjud bo'lgan. Qo'rboshilar o'rtasida o'zaro hamkorlik, hamjihatlikning yo'qligi, mamlakatni rivojlantirishning aniq dasturi yo'qligi harakatni kuchsizlantirdi, uning kengayishiga halaqit berdi. Bundan tashqari, Buxorodagi harakatning Turkistondan, xususan, Farg'ona vodiysidagi harakatdan farq qiladigan asosiy tomoni shundan iboratki, ular ikki jabhada turib kurash olib bordilar. Bir guruh qo'rboshilar (Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor va boshqalar) amirlik tuzumi tarafdorlari bo'lib, ular faqat qizil armiyaga emas, yosh Buxoro hukumatiga ham qarshi kurash olib bordilar. Bu qo'rboshilar amir hokimiyatini qayta tiklash g'oyasini ilgari surib, sobiq amir Said Olimxondan yo'l-yo'riq olib turdilar. Lekin amir hokimiyati o'z vaqtida xalq noroziligini oshirgan, mamlakat taraqqiyotiga to'sqinlik qilgan edi. Ikkinchi guruh qo'rboshilar (Anvar Posho, Davlatmandbek, Jabborbek va boshqalar) muqaddas Buxoro tuprog'idan qizil askarlarning chiqib ketishi, Buxoro respublikasi mustaqilligi amalda qaror topishi uchun kurashdilar. F.Xo'jayev boshliq Buxoro Xalq Respublikasi hukumati ular bilan yashirin aloqa o'rnatib, muzokara asosida tinchlik yo'li bilan murosa qilishga intildi.

Bolsheviklarning tazyiqidan norozi bo'lgan Buxoro hukumati a'zolarining bir qanchasi muxolifat kuchlarga qo'shilib ketdi.

Afsuski, F.Xo'jayev boshchiligidagi Buxoro hukumati tarkibidagi milliy vatanparvar kuchlar (sobiq Yosh buxorolik jadidlar) bilan muxolifatdagi qurolli guruhlar yo'lboshchilari o'rtasida kelishuv amalga oshmadi. Bu totalitar rejim sharoitida amalga oshishi mumkin ham emas edi.

3. Xorazmda jang harakatlarining boshlanishi va kengayib borishi. Xorazm vohasida bolsheviklar, qizil armiya kuchlariga qarshi qurolli kurash 1918 yil o'rtalarida boshlanib ketgan edi. Tajovuzkor kuchlar Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To'rtko'l)ni Xiva xonligiga qarshi hujum bazasiga aylantira boshladilar. Chorjo'ydan Amudaryo orqali harbiy kuchlar keltirildi. Xorazmning o'ng qirg'oq hududi 19 asrning 70 yillarida podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinib, harbiy istehkomga aylantirilgan edi. Xorazm sovet hokimiyatidan Petro-Aleksandrovskni qaytarib berishni talab qildi, ammo rad javobini oldi. Aksincha, qizil qo'shinlar shu istehkomdan Xorazm vohasiga bostirib kirib, xon hokimiyatini ag'darib tashlashda foydalandilar.

Xorazm respublikasida 1920 yil bahoridan boshlab misli ko'rilmagan talonchilik va zo'rliklarga qarshi ommaviy qurolli kurashlar boshlandi. Bunga, ayniqsa, 1920 yilda qizil askarlar tomonidan Urganch aholisi, ulamolari norozilik yig'inining qonli bostirilishi, Qo'chmamadxon boshchiligidagi turkman yigitlarining o'ldirilishi, turkman aholisi ustiga jazo otryadlarining bostirib borishi, 1921 yil boshida Polvonniyoz Hoji Yusupov hukumatining fitna yo'li bilan ag'darilishi, begunoh kishilarning qamalishi, o'ldirilishi, mol-mulkining talanishi sabab bo'ldi.

Qurolli kurashni turkman yovmut urug'ining boshig'i Qurbon-Mamed Sardor-Junaidxon (1857-1938) guruhlari boshlab, qator yillar davom ettirdi. Uning qo'shini saflarida o'zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham bor edi. O'zbek dehqonlari va hunarmandlaridan iborat guruhlarga Madraimboy, Sa'dulla bola, Shokir bola, Mavlonbek va boshqalar rahbarlik qildilar. Xususan, Ko'hna Urganch, Ilyali, Toshhovuz, Mang'it, Qo'shko'pir, Chimboy, Qo'ng'irot va To'rtko'lda harakat qilgano'nlab guruhlar qizil askarlarga jiddiy zarba berdi. Junaidxon boshchiligidagi isyonchilar hujumga o'tib, Ko'hna Urganch, Xo'jayli, Ilyali va Taxtani qayta egalladi, ko'plab qizil askarlarni asir oldi.

1921 yil yozida Qo'ng'irotda qo'zg'olon ko'tarildi. Bunday ko'tarilishlar tez-tez takrorlanib turdi. Rasmiy axborotlarda respublika hududida, qumlar orasida "kaltamanlar va bosmachilar sonining o'sishi", ularning kuch to'plab jangga kirganlari qayd etilgan. Qishloq va shaharlarning aholisi ularga xayrixohlik bildirgan. 1922-1923 yillarda olib borilgan jangovar harakatlar qizil armiya qo'mondonligini tang ahvolga solibgina qolmay, balki respublikadagi siyosiy muhitga ham jiddiy ta'sir qildi.

Isyonchilar qatoriga mahalliy aholi vakillari, shuningdek Xorazm respublikasi hukumatining ayrim a'zolari qo'shildilar.

1922 yil aprel oyida Porsu shahri va uning atrofi qizil askarlardan ozod qilindi. Ko'hna Urganch atrofidagi qishloqlarda shiddatli janglar bo'ldi. 1923 yil qishida Pitnak, Hazorasp, Bog'ot, Xonqa tumanlarida dehqonlarning qo'zg'olonlari boshlanib ketdi. Qo'zg'olonchilar sovet tashkilotlarini tugatdilar, qizil askarlarga qarshi hujumni kengaytirdilar.

Harakatning shiddatli o'sib borishiga xunrezlikning kuchayishi, 1923 yil yozidan aholi qator qatlamlariga nisbatan ko'rilgan siyosiy-iqtisodiy tazyiq choralari, ko'plab kishilarning bolsheviklar tomonidan qamoqqa olinishi va otib tashlanishi sabab bo'ldi. Xorazmda ham qizil qo'shinlar qo'mondonlik buyrug'i bilan qishloqlarni vayron qildilar, tinch aholini ayamasdan o'ldirdilar. O'zbeklar bilan turkmanlarni bir-biriga qarshi qo'yish kuchaydi.

Xorazm respublikasida sotsialistik tadbirlarning arnalga oshirilishi respublika rnarkazida ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi. Xiva atrofida 1924 yil yanvarida 10-15 ming qo'zg'olonchi to'planib, shaharni qamal qilishi, jiddiy talablarni ilgari surishi voqealarning cho'qqisi bo'ldi. Qo'zg'olonchilarning bir qismi shahar ichiga bostirib kirib, ko'cha janglarini olib bordi. 26 yanvar kuni kechqurun bo'lgan muhoraba janglari ayniqsa shiddatli kechdi.

Qo'zg'olonchilar o'z harakatlari davomida bir qator zo'rliklar va g'ayriinsoniy kirdikorlarning oldini olishga muvaffaq bo'ldilar. Xiva atrofida to'plangan g'alayonchilarning qat'iy talabi natijasida gunohsiz qamalgan mahbuslar hibsdan ozod etildilar. Soliqlar va o'lponlar masalasida ham ashaddiy adolatsizlikka, dehqonlarning mollari zo'rlik bilan tortib olinishiga yo'l qo'ymadilar.

3. Harakatning mag'lubyati. Xorazmda qurolli kurashlar natijasida tajovuzkor qizil qo'shinlarga qator jiddiy zarbalar berildi. Qo'mondonlik yangidan-yangi harbiy qismlarni to'plab, aeroplanlarni Xorazmga keltiribjsyonchilarga qarshi jangga tashladi. Ular orasida Rossiyadagi fuqarolar urushida qatnashgan, jangovar tajribaga ega bo'linmalar, chunonchi, mashhur Budyonniy qo'mondonligi ostidagi sara otliq qo'shin ham bor edi.

Bolsheviklar, qizil armiya qo'mondonligi harakat rahbarlari bilan hech qanday muzokaraga kirishmay, ularni faqat qurol kuchi bilan bostirish rejasiga amal qilib bordilar. Shuningdek, harbiy munofiqlik, aholidan o'ch olishni ham keng qo'lladilar. Respublikada "bosmachilikka qarshi kurash uchun "favqulodda uchlik" (Тройка) tuzilib (1922 yil oxiri), "bosmachilar" va ularga yordam berishda shubha qilingan yuzlab kishilar oliy jazoga hukm qilindilar va 24 soat ichida otib tashlandilar. Shuningdek, turkman qabilalari boshliqlari o'rtasida kelishmovchilik va adovat keltirib chiqardilar, turkmanlar va o'zbeklarni qaramaqarshi qo'yishga urindilar. Respublikada turli millatlar o'rtasida munosabatlar murakkablashib, jiddiy tus oldi.

Ammo hiylanayranglar kutilgan natijani bermadi. Qurolli kuch asosiy vositaga aylandi. Chunonchi, Xiva atrofida bo'lgan 1924 yil boshlaridagi qo'zg'olonni bostirish uchun 4-Aktyubinsk, 82-Turkiston otliq polki va aviaeskadrilya, To'rtko'ldan qo'shimcha qizil askar qismlari tashlandi. Bu kuchlar tazyiqi ostida qo'zg'olonchilar Xiva qamalini to'xtatib, chekinishga majbur bo'ldilar. Aeroplanlardan qumlarga chekinganlarni shafqatsizlarcha o'qqa tutdilar. Qo'zg'olonchilar ashaddiy qirg'in qilindi.

Xorazmda vatanparvarlar harakati ayrim guruhlar tomonidan 1935 yilgacha davom ettirildi. Buxoro, Xorazm respublikalari, umuman, O'zbekiston hududidagi sovet hokimiyati va qizil armiyaga qarshi kurashlar tarixiga yakun yasar ekanmiz, ularni keng xalq ommasi, birinchi navbatda dehqonlar qahr-g'azabi, noroziligining yuksak darajaga ko'tarilganligi ifodasi deb e'tirof etishimizga to'g'ri keladi. O'zbekiston XKS raisi F.Xo'jayev 1927 yilda bu harakatga baho berib, u "shiddatli siyosiy, sovetlarga qarshi xususiyat kasb etdi va butun O'rta Osiyoning mavjud uch respublikasi-Buxoro, Turkiston va Xorazmdagi dehqonlar aholisining deyarli ommaviy harakatiga aylandi...", deb ta'kidladi.

Harakatga aloqador bo'lgan umumiy xususiyat bu bosqinchi qizil armiyani, bolsheviklarni vatanimiz hududlaridan olib chiqib ketish talabi edi. Bu talab butun harakat tomonidan ilgari surildi. Keyingimaqsadlarga kelganda ko'pchilik harakat rahnamolari Buxoro va Xorazm mamlakatlarida 1920 yilgacha bo'lgan eski boshqaruv va hokimiyatni tiklashni ko'zladilar. Holbuki, eskilikka qaytish xalq manfaatlari va demokratiyaga zid edi. Albatta, bu hol o'zining salbiy tomonini ko'rsatmay qolmadi. Buxoro, Xorazm respublikalari hukumatlari qurolli muxolifat harakati bilan muzokaralar olib borish, xunrezlikning oldini olish va yangi, demokratik tuzumlarni xalq ommasi manfaatlari zamirida rivojlantirish yo'lida faoliyat ko'rsatdilar. Ammo ko'pchilik harakat boshliqlari dunyoqarashlari tor bo'lganligi uchun ko'p vaziyatda bu hukumatlar bilan murosa qila olmas edilar. Shunga qaramasdan qurolli harakat tarixi sovet hokimiyati osonlikcha Turkiston zaminida o'rnasha olmaganligi haqida guvohlik beradi va xalqimizning bu davrda ham mustaqillikka intilishi, mustabid tuzumga qarshi kurashganligi haqida dalolat beradi.

16-§. O'zbekistonda madaniyat, ma'naviyat va milliylik uchun kurash

1. O'zbekistonda 1917-1924 yillarda ma'naviy-madaniy muhitning xususiyatlari. Hozirgi O'zbekiston hududida podsho hokimiyatining ag'danlishi natijasida madaniy hayot va ma'naviyat sohalarida murakkab, ziddiyatli jarayonlar kechdi. Oldingi qariyb ellik yillik mustamlakachilik siyosatiga qaramasdan xalq ommasi o'z madaniyati, urf-odatlarini saqlab, himoya qilib kelgan. Ko'p asrlik o'zbek milliy madaniyati, qadriyatlari qatori yangi shakllar qaror topdi. Xalq farzandlari maktab va madrasalarda ta'lim olardilar, qo'shimcha yangi usul maktablari, rus-tuzem maktablari, gimnaziyalar faoliyat ko'rsatardi. Gazeta va jurnallar, kutubxonalar, turli milliy jamiyatlar, ziyolilar, ma'rifatchilikni rivojlantirdilar. Ko'tarilgan jadidchilik harakati ma'rifatchilik va islohotchilik harakatlarini kengaytirib yubordi. Jadidchilik 1917 yilga kelib ijtimoiy va demokratik harakat darajasiga ko'tarildi. Xalq ma'naviyati asos-mohiyatini islom dinining poklantiruvchi-tarbiyaviy aqidalari, milliy urf-odatlarimizning sermazmun va insonparvarlik sifatlari tashkil qildi.

Xalq ommasining madaniy an'analari, ma'rifatchiligi, ma'naviyati, e'tiqodi, milliy urf-odatlari, san'ati, og'zaki ijodiyoti nihoyat darajada sermazmun, ko'p qirrali, yuqori insonparvarlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan, ko'p asrlik tariximiz mahsuli bo'lib keldi. Og'ir jarohatlar yetkazilgan bo'lishiga qaramasdan milliy imon-e'tiqod va ma'naviyat saqlanib keldi, aholi turmush tarzining asosini tashkil qildi.

Madaniyat va ma'naviyatdagi elirniz oldida turgan yagona yo'l boy rnerosimizga tayanib, uni inkor qilmas-dan yangi sharoit vazifalarini belgilash, jamiyatning barcha qatlamlari ishtirokida, har birining istak-intilishlaridan kelib chiqib yuksalish, istiqlol sari harakat qilish bo'lib qoidi. Asriy xalq merosi bilan bir qatorda ilg'or milliy ziyolilar. jumladan, jadidlar yuzaga keltirgan ma'rifatchilik ko'rinishlari bo'lmish maorif, matbuot, badiiy ijod va boshqalarning ahamiyati, qadr-qimmatiga tayanish, tegishli o'rin berish zarurati ham ko'zga tashlandi. Bu ilg'or qarashlar, milliy mustaqillik va istiqlolga yo'g'rilgan yuksak tuyg'ular ulug' davlatchilik, kolonial siyosat, feodal-klerikal, konservativ zo'rovonlarga qarshi kurashda chiniqib, kamolotga va yuksaklikka tomon intildi.

Elimizda milliy madaniyatimizni zamonaning ilg'or sivilizatsiyasi, madaniyati, maorifi bilan uyg'unlatib davom ettirishga qodir, layoqatli ijodiy kuchlar yetishib chiqqan va yetishib chiqmoqda edi. Xalq ommasining ma'rifatni rivojlantirishga intilib kelgani milliy ziyolilarimizga kuch-quvvat, ilhom bag'ishladi.

Ammo O'zbekiston hududida ma'naviyat va madaniyat 1917 yildan boshlab murakkab vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy to'siqlar va buzg'unchilikiarga uchradi. Turkistonni qizil imperiya koloniyasiga aylantirishga kirishgan bolsheviklar siyosati va amaliyotini xalq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar. Ma'naviyat va madaniyat sohalarida g'oyaviy-siyosiy kurash avj oldi. Xo'jalik vayronaligi va oziq-ovqat diktaturasi, yangi iqtisodiy siyosat va xom ashyoga davlat monopoliyasi, ko'p sonli qizil armiya va davlat idoralari xodimlarining ta'minoti madaniyat, matbuot, maorif sohalarining moddiy ahvoli og'irlashuviga sabab bo'ldi. Bunday og'ir ahvol Tukiston madaniy hayotining 1924 yilgacha bo'lgan davriga xos edi.

Buxoro va Xorazmda 1917-1920 yillarda madaniyat, maorifning ilg'or zamonaviy shakllarini joriy qilish davom etgan islohotchilik harakatida katta o'rin egalladi. Shuningdek, demokratik o'zgarishlar xalq ma'naviyatini hisobga olib o'tkazilishi idrok etildi. Ammo Buxoroda 1917 yil bahorida konservativ, mutaassib kuchlarning jazavaga kelishi, ayniqsa, 1918 yil martida koiesovchilikning tajovuzkorligi oqibatida ma'rifatchilik jarayoniga, ilg'or madaniy kuchlarga jiddiy talafot yetkazildi. Jadid deb e'lon qilingan 3 mingga yaqin ilg'or ziyoliiar qati etildi. Xorazmda iqtisodiy ahvolning og'iriashuvi madaniyat va maorifning ahvoliga salbiy ta'sir qildi. Shu bilan birga, xalq ommasining ma'rifatga, axloqiy kamolotga iritilishi davom etdi. An'anaviy maktablar, madrasalar, madaniy-ma'rifiy vaqflar faoliyati, o'qimishli-ziyolilar, ijodkorlarning jamiyatdagi faxrli mavqei saqlanib qoldi.

Xorazm va Buxoro respublikalari sharoitida (1920-1924 yillar) milliy madaniyat va maorifni rivojlantirish, ularni zamonaviy sivilizatsiya shakllari hamda mazmuni bilan boyitib borish bilan yangi hokimiyat sho'balari shug'ullandi. Keng ko'lamda milliy ziyolilarni amaliy faoliyatga jalb qilish imkoniyatlari ko'zga tashlandi. Maorif, madaniyat sohalarida hukumat reja-dasturlarini ishlab chiqish, ularni hayotga tadbiq etish bo'yicha dastlabki qadamlar tashlandi. Ammo bu respublikalarda ham madaniyat, e'tiqod, milliy qadriyatlarga bolshevikcha so'l-ekstremistik tazyiq o'tkazishga jiddiy urinishlar bo'ldi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling