Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet98/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Natijada ham "Birlik" harakatining, ham "Erk" partiyasining faoliyati aholining bir qismida norozilik uyg'otdi, jamiyatdagi fuqarolar totuvligi va hamjihatligiga putur yetkazdi. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 27 avgustdagi farmonida siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar va birlashmalar faoliyatini tartibga solish belgilab berildi. Shu bilan birga, bunday harakat, partiya, birlashmalarni adliya organlari tomonidan ro'yxatga olish qoidalari belgilandi.

5. Ko'ppartiyaviylik tizimi va uning mohiyati, SSSR Konstitutsiyasi 6-moddasining bekor qilinishi. Umuman, 80 yillarning ik-kinchi yarmi O'zbekistonda ko'ppartiyaviylik tizimining shakllanish davri bo'ldi. Mavjud partiyalar, harakatlar faoliyatidagi cheklanganlik, siyosiy ekstremizm, tajribaning yetishmasligi holatlariga qaramasdan O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot bu davrda ancha boyidi.

Ko'ppartiyaviylikka o'tish KPSSning uzoq yillar davom etgan yakkahokimligiga chek qo'ya boshladi. O'zbekiston fuqarolari ham SSSR Konstitutsiyasining KPSSning jamiyatdagi rahbarlik roll to'g'risidagi 6-moddasini bekor qilish aksiyasida faol ishtirok etdilar. 1990 yil mart oyidagi SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari 3 qurultoyi ushbu moddani bekor qildi. Natijada kompartiyaning uzoq yillar davom etgan gegemonlik roliga barham berildi. Bularning barchasi O'zbekistonda xalq milliy ongi, siyosiy madaniyatining oshganidan dalolat berardi.

Shunday qilib, 1985-1991 yillar o'zbek xalqining ruhiy holatida jiddiy siljishlar, miliy ong, demokratiya va ijtimoiy-siyosiy faollik ko'tarilgan, ko'ppartiyaviylik tizimi shakllanishi davri bo'lib tarixga kirdi.

63-§. Iqtisodiyotda turg'unlik jarayonlarining chuqurlashuvi

1. Qayta qurish davrida O'zbekistondagi iqtisodiy holat va cheklangan islohatlar mohiyati. O'zbekistonning 1985-1991 yillardagi iqtisodiy holati sovetlar hukmronligi davrining bevosita va mantiqiy davomini o'zida ifodaladi. Qayta qurish sovet jamiyatining uzoq yillar mobaynida to'planib qolgan iqtisodiy muammolarini hal etishni ko'zda tutgan edi. Biroq u iqtisodiyotdagi ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, turg'unlik holati nihoyatda keskinlashgan vaziyatda davom etdi.

80 yillarning o'rtalariga kelib jamiyat iqtisodiy hayotida sustlashtirish mexanizmi to'la shakllanib bo'ldi. Uning mohiyati mavjud ijtimoiy-siyosiy holatda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni jadallashtirish orqali kam xarajatlar bilan qisqa muddatda iqtisodiyotni ko'tarishdan iborat edi. Ayni paytda asosiy mablag'ni texnik qayta qurish, harakatdagi korxonalarni moderalashtirish, yangi qurilayotgan obyektlar uchun mablag' hajmini qisqartirish ko'zda tutildi.

Iqtisodiyotda qayta qurish 80 yillarning ikkinchi yarmidagi eng asosiy vazifa sanalardi. Biroq mamlakat xo'jalik tizimida turg'unlik, og'ir moliyaviy ahvol mavjud vaziyatni zudlik bilan barqarorlashtirishni talab qildi. Shu maqsadda ayrim tashkiliy tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 1985 yil aprelidan so'ng ko'p o'tmay markaziy iqtisodiy organlarni qaytadan tuzish, bank tizimini qayta qurish, moliyaviy mexanizmning o'zgargan sharoitda moslashgan siyosatini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Qayta qurishning dastlabki davrida bunday siyosat yurgizishdan ko'zlangan asosiy maqsad uzoq yillar hukmronlik qilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etib, xo'jalik sohasida demokratik tartiblarni joriy qilish, deb aytilgan bo'lsa-da, ammo aslida buni bajarish imkoni bo'lmadi. Ayniqsa, qayta qurishning boshlanishida agropromlarning tashkil etilishi ijobiy natijaga olib kelmadi. Agropromlar qishloq xo'jaligida va unga bog'liq sanoat ishlab chiqarishida ma'muriy-buyruqbozlikni yanada avj oldirdi. Natijada qishloq xo'jaligiga rahbarlikning bir usuli sifat jihatidan o'zgarishsiz qolgan ikkinchi usul bilan almashdi, xolos.

Shu bilan Markaz asosiy e'tiborni xalqning shijoati, "mafkuraviy sofligi"ga qaratdi. To'g'ri, 80 yillar o'rtalarida xalq orasida jiddiy qo'zg'alish, ruhiy-siyosiy ko'tarilish sodir bo'ldi. Biroq kuchli moliyaviy asosga, ilmiy asoslangan konsepsiyaga muhtojlik oqibatida xalq qayta qurishdan beza boshladi. Bularning barchasi keyinchalik uning salbiy oqibatlarini namoyon qildi.

Ittifoqdosh respublikalar orasida iqtisodiy sohada O'zbekistonning o'rni va roli nihoyatda katta va salmoqli ekani e'tiborga olinadigan bo'lsa, haqiqatdan ham unda juda ko'p imkoniyatlar boy berilganini ko'rish mumkin. Jumladan, ittifoqdosh respublikalar orasida o'zining ulkan moddiy-iqtisodiy imkoniyatlari, tabiiy boyliklari, intellektual kuchlari, mehnatsevar xalqi bilan ajralib turuvchi O'zbekiston uchun ma'muriy-buyruq-bozlik yillari, xususan, turg'unlik davri juda katta yo'qotishlar davri bo'ldi.

1971-1985 yillarda xalq xo'jaligi reja topshiriqlarini muntazam bajarmasligi, mahalliy daromadning yillar davomida o'sish o'rniga to'xtovsiz pasayib borgani, oziq-ovqat dasturining bajarilmasligi, xalq iste'moli mahsulotlarining yetishmasligi, xalqning turmush darajasi pasayib borgani, ijtimoiy sohada juda katta uzilishlar va taqchil-liklar bo'lib kelgani-bularning barchasi ko'p darajada O'zbekistonning xo'jalik hayotini izdan chiqarishga, ijtimoiy-siyosiy tizimining beqarorlashuviga olib kelgani hech kimga sir emas.

2. Ittifoq mehnat taqsimoti va unda O'zbekistonning tutgan o'rni. O'zbekiston iqtisodiyotida turg'unlik holati yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri Ittifoq mehnat taqsimotida respublika o'rni va hissasi uzoq yillar davomida Markaz zo'ravonligi bilan belgilanib kelinganidir. Chunonchi, SSSRda yetishtiriladigan paxtaning 65% i, pillaning 60% dan ortig'i, kanopning 80-90% i, qazib olinadigan oltin, simob, volfram va boshqa nodir metallarning salmoqli miqdori O'zbekistonda ishlab chiqarilar edi.

Biroq 80 yillarning o'rtalariga kelib O'zbekistondagi real vaziyat salbiy tomonga jiddiy o'zgarib bordi. O'zbekiston aholisini tabiiy gaz bilan ta'minlash miqyosi 20% ga yaqinni tashkil etdi, xolos. Yetishtiriladigan paxtaning atigi 10%igina O'zbekistonda qayta ishlanar, qolgan qismi esa Ittifoqning sanoat markazlariga jo'natilardi.

Natijada O'zbekistonda iqtisodiy ahvol og'irlasha boshladi, moddiy tanglik yuzaga keldi, xo'jalik yuritish tizimi haddan tashqari siyosiylashdi, ma'muriyatchilik usullari takomillashdi. Bularning barchasi, tabiiyki, og'ir iqtisodiy vaziyatni yuzaga keltirdi. Agar 1981-1985 yillarda yalpi ijtimoiy mahsulot 3,4% ortgan bo'lsa, 1986-1990 yillarda bu ko'rsatkich 2,2%ni tashkil etdi. 1986-1990 yillarda O'zbekistonda po'lat quyish darajasi jiddiy kamaydi, shu davr mobaynida paxta terish mashinalari ishlab chiqarish 9,4 ming donadan 5,8 ming donaga, traktorlar 26,4 mingdan 21,1 ming donaga, ekskavatorlar 1576 donadan 964 donaga kamaydi.

Markaz tomonidan olib borilgan iqtisodiy siyosatdan ko'zlangan maqsad soxta "ixtisoslashtirish" vositasida barcha respublikalarning xalq xo'jaligini bir-biriga sun'iy yo'llar bilan bog'lab tashlash, ularning ajralmasligini ta'minlashdan iborat edi. O'zbekiston sanoati, ayniqsa, mashinasozlik, xususan, traktor sanoati uchun tayyor detallarning aksariyat qismi boshqa hududlardan keltirilib, respublikamizda ularning hissasi atigi 2,2 foizni tashkil etardi.

Ittifoq mehnat taqsimotida O'zbekiston paxta yetishtirish va xom ashyo mintaqasi sifatida qabul qilinishining o'zi ham respublika iqtisodiyotidagi bir yoqlamalikdan dalolat berardi. Xo'jalik yuritish tizimidagi bir yoqlamalik esa, o'z navbatida bir tomondan, ishsizlikning yuzaga kelishiga, ikkinchi tomondan, ijtimoiy beqarorlikning paydo bo'lishiga olib keldi.

1985-1990 yillarda O'zbekiston iqtisodiyotida paxta va u bilan bog'liq xo'jalik tizimi saqlanib qolaverdi. Bu hol paxtachilik komplekslari, yengil sanoatni rivojlantirishga ustuvor yo'nalish sifatida qaralganida ravshan ko'rindi. Pirovard natijada O'zbekistonda ishlab chiqarish vositalaridan ko'ra iste'mol mollari ishlab chiqarishga ko'proq e'tibor berildi. Respublika yengil sanoati esa, tabiiyki, uning ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlay olmadi. O'zbekistonni yengil sanoat respublikasiga aylantirishga urinish qayta qurish sharoitida yanada kuchaydi. Paxta, qorako'l, shoyi, pilla yetishtirib, Markaz qudratini oshirib kelgan O'zbekiston Moskva boqimandasi degan soxta yorliqqa ega bo'ldi.

80 yillarning o'rtalaridan milliy daromad ishlab chiqarish, mehnat unumdorligini oshirish kabi asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha O'zbekiston boshqa respublikalardan ortda qoldi. Ayniqsa, milliy daromadning o'sishi borasida ahvol og'ir edi. Masalan, 1986-1987 yillarda uning o'sishi 10,7 foizgacha deb belgilangani holda, uning amaldagi holati 1,4 foizga arang yetdi.

Ushbu davrda O'zbekiston aholisi 6 foizga ortdi. Bu respublika aholisi jon boshiga daromad hajmi bo'yicha yana ortga ketganidan dalolat berardi. 1988 yilgi bunday ko'rsatkich umumittifoq ko'rsatkichidan 3 marta kam bo'ldi. Qayta qurish yillarida O'zbekistonning Markaz bilan iqtisodiy munosabatlaridagi ko'plab mavjud nomuvofiqliklar yanada avj oldi. Masalan, 1986-1990 yillarda respublikaning asosiy ishlab chiqarish fondlari 21 foizga yetdi, davlat byudjetidagi daromadlar esa 7 mlrd so'mga ko'paydi. Lekin iste'mol uchun sarflanadigan milliy daromad hajmi 4,3 mlrd so'mni tashkil etdi, xolos. Aholi sonining ortib borishi, unda yosh bolalar hamda faxriylar hissasining jiddiy ortishi ham aholi jon boshiga milliy daromad hajmining taqsimlanishida salbiy nisbatni yuzaga keltirdi.

O'zbekiston hududida katta hajmdagi va ko'p sonli Ittifoq vazirliklari tasarrufidagi korxonalar ham joylashgan edi. Odatda, bunday korxonalar daromadlari shu respublika milliy daromadiga qo'shilishi lozim edi.

Ammo Markazning ko'rsatmalariga asosan asosiy daromad markaziy vazirliklar ixtiyoriga jo'natildi. 1988 yilda O'zbekistondagi shunday korxonalar bor-yo'g'i mahalliy byudjetga 10 mln so'mgina mablag' ajratdilar, xolos.

80 yillarning ikkinchi yarmida O'zbekiston qishloq xo'jaligidagi ahvol ham juda achinarli edi. Ayniqsa, qishloq xo'jaligining iqtisodiy samaradorligi yildan yilga pasaya bordi. Masalan, 1985-1990 yillarda qishloq xo'jaligidagi mehnat unumdorligining o'rtacha yillik hajmi har bir kishi-soat hisobida o'tgan besh yildagiga nisbatan jamoa xo'jaliklari va qishloq xo'jalik korxonalarida 1,5 foizga, davlat xo'jaliklarida esa 16,1 foizga kamaydi.

3. Qayta qurish davrida O'zbekiston iqtisodiyoti va jahon. 1985-1991 yillarda O'zbekiston iqtisodiyotida uning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni paytda shu narsani qayd etish lozimki, sobiq SSSR o'zining insonparvar davlat ekanligini namoyish etish maqsadida ko'plab mahsulotlarni beg'araz yordam shaklida boshqa davlatlarga in'om etardi. Masalan, 1985 yilda O'zbekistonda amalga oshirilgan mahsulot eksportining 65 foizi shunday in'om shaklida Hindiston, Afg'oniston, Mongoliya kabi davlatlarga jo'natildi.

80 yillar o'rtalaridan O'zbekiston importi va eksportida ayrim ijobiy o'zgarishlar ham yuz bera boshladi. Ayni paytda, O'zbekiston endi asosiy e'tiborni ilg'or davlatlar bilan tashqi aloqalarga qarata bordi. Xususan, 1987 yilda O'zbekiston eksportining hajmi 32522 ming so'mni tashkil etgan bo'lsa, shundan 515,1 ming so'mi Yaponiya va Turkiyaga to'g'ri kelardi. O'zbekiston eksportida paxta tozalash korxonalari uchun asbob-uskunalar, to'qimachilik stanoklari, ekskavatorlar, kompressorlar, elektr kranlari, paxta, qorako'l kabilar ustuvor xarakterga ega edi.

Umuman, 1991 yilda O'zbekiston eksportining 79 foizini xom ashyo mahsulotlari, 11 foizini mashinalar, texnika vositalari, asbob-uskunalar, 6 foizini xalq iste'mol mollari, 4 foizini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etdi. Bu ko'rsatkichlar 80 yillar boshlaridagi raqamlar-dan biroz ko'p edi. Eng muhimi eksportning geografiyasi kengaya bordi. O'zbekiston eksportida xom ashyo mahsulotlari ko'proq o'rin egallardi. Ayni paytda, undan keladigan foyda ham asosan Markazning umumiy byud-jetiga tushar edi.

Umuman, 1985-1990 yillarda O'zbekiston iqtisodiyotida 70 yillar boshlarida avj olgan iqtisodiy turg'unlik yana kuchaydi. Bunga O'zbekiston hududida joylashgan industriyaning haddan tashqari markazlashuvi ham ta'sir qildi. Xususan, respublika hududining 5 foizida 65 foiz sanoat korxonalari joylashgan edi. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi ham sust bo'lgan. Masalan, sanoatda qo'l kuchi mehnati 48,7 foizni, qurilish kompleksida 51 foizni, yengil sanoatda 50 foizni, oziq-ovqat sanoatida 45,5 foizni tashkil etgan. Bu hol oxir-oqibatda qayta qurishning iqtisodiy sohada barbod bo'lishiga olib keldi. Iqtisodiy islohotlar, ma'lumki, 1987 yilda e'lon qilindi. Biroq 1986-1987 yillar mobaynida iqtisodiyotni barqarorlashtirish, sog'lomlashtirish bo'yicha birorta ham samarali yo'l izlanmadi. Bozor munosabatlariga o'tish esa quruq gap bo'lib qolaverdi. Mulkchilik shakllarini o'zgartirmasdan, iqtisodiy raqobatni kuchaytirmasdan, iqtisodiy qonunlarga keng erk bermasdan bozor munosabatlariga o'tib bo'lmas edi. Shuning uchun ham 1990 yilgacha qayta qurishning maqsadi sun'iy "rejali bozor" tizimini tashkil qilishdan iborat bo'lib qolaverdi. Shu bilan birga, byudjet xarajatlarining daromadlar hajmidan ortib ketishi pulning qadrsizlanishiga olib keldi. O'zbekiston iqtisodiyotining inqirozga uchrashiga hali kuchli tarzda davom etayotgan xo'jalik yuritishning ma'muriy usullari, iqtisodiyotning siyosiy mulohaza va eskicha yo'llar bilan boshqarilishi, yangi qiyinchiliklar (xom ashyo yetish-masligi, ommaning iqtisodiy "islohotlar"ga ishonmasligi) ham ta'sir qildi.

80 yillarning ikkinchi yarmida O'zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta'sir etgan holatlardan yana biri 1984-1989 yillardagi qatag'onlar, "desant"lar, "Paxta ishi" oqibatlari bo'ldi. Bu davrda xo'jalik yuritish san'atini yuksak darajada o'rgangan minglab rahbarlar, mutaxassislar qamaldi, ishdan olindi, ular keyinchalik amaliy faoliyat ko'rsatishga qodir bo'lmay qoldilar. O'zbekiston iqtisodiyotida kadrlar, mutaxassislarga muhtojlik sezildi.

Markaz ittifoqdosh respublikalarni iqtisodiy inqirozdan chiqarish imkonini qidirmadi. 1990 yilgacha mamlakatda ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan, mamlakatni inqirozdan saqlab qoluvchi davlat dasturi yo'q edi. 1990 yil o'rtalaridan boshlabgina O'zbekistonning yangi siyosiy rahbariyati respublikani chuqur iqtisodiy inqirozdan olib chiqish, bozor munosabatlariga o'tish uchun jiddiy harakat boshladi, buning umumdavlat dasturini tayyorlashga kirishildi. Uning asosiy tamoyillari esa respublika iqtisodiyotidagi bir tomonlama rivojlanishni bekor qilish, xo'jalik yuritishda o'z milliy xususisiyatlarini e'tiborga olgan holda andozalarni o'rganish, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish, mulkchilikning turli shakllarini joriy etishdan iborat edi.

64-§. O'zbekistonnung mustaqilligt yo'lidagi dastlabki qadamlar.

Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi

1. Qayta qurish va mustaqillik g'oyasi. I.Karimovning mamlakat rahbari etib saylanishi. 80 yillarning o'rtalarida boshlangan qayta qurish jamiyat hayotida jiddiy o'zgarishlarni yuzaga keltirdi. Sobiq ittifoq, xususan, O'zbekiston haddan tashqari o'zgarib ketdi. Qayta qurish, jadallashtirish shiori ostida boshlangan jarayonlar milliy o'zlikni anglashning yuzaga kelishiga turtki bo'ldi. Pirovard natijada u mustaqillik, istiqlol g'oyalarining ustuvor ahamiyatga ega bo'lishiga olib keldi. Mustaqillik, istiqlol kabi muqaddas so'zlar avval juda ehtiyotkorlik bilan e'tirof etilsa, so'ngra u ochiqdan-ochiq amalga oshirilishi shart bo'lgan muammo sifatida kun tartibiga qo'yildi. Ozodlik g'oyasi 80 yillar o'rtalarida millatchilik, SSSRni ichidan turib qo'porish tarzida baholangan bo'lsa, u 90 yillar arafasiga kelib obyektiv zarurat, ijtimoiy burch ma'nosida tushunildi.

Shu ma'noda qayta qurish SSSRning parchalanishini tezlatuvchi omil sifatida baholanishi mumkin. Ayni payt-da, mustaqillik g'oyalari aynan 80 yillar o'rtalaridan paydo bo'la boshladi, deyish ham xatodir. Istiqlol g'oyasi o'zbek xalqining ming yillik tarixida eng muqaddas tuyg'u sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. O'zbek millati ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida istiqlol, erk har doim ustuvor bo'lgan. Siyosiy ta'qiblarga asoslangan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi davrida ham millatparvar va erkparvar ziyolilarimiz xalqning alamli dardi, hasratini bayon etganlar. Ammo uni oshkor ravishda, baralla bayon etish imkoni 80 yillarning ikkinchi yarmidagina vujudga keldi.

Mustaqillik uchun kurash har bir sohada avj oldi. Iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, madaniy jabhalarda istiqlolga erishish harakati SSSRni titratdi, uning kuchli zanjirlari uzilishiga olib keldi. Sobiq SSSRning vaqtinchalik rivojlangan davrlarida ham G'arbdagi sovetshunoslar adolatsizlik, qo'rqitishlarga asoslangan bunday rejimning poydevori mustahkam emasligini ta'kidlagan, uning albatta parchalanib ketishini bashorat qilgan edilar. Haqiqatdan ham shunday bo'ldi.

Markaz jilovni qo'ldan bermaslik uchun butun imkoniyatlarni ishga solayotgan bir sharoitda O'zbekiston xalqi, hukumati mustaqillik uchun dastlabki qadamlarni tashladi. Bu o'rinda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989 yil 23 iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I.Karimov O'zbekistonning sobiq Ittifoqda tut-gan o'rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an'analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini isbotladi.

Yana shu narsa e'tiborga molikki, O'zbekistonning yangi siyosiy hukumati 8-10 yil mobaynida o'zbeklar va O'zbekiston boshiga ag'darilib kelingan malomatni yuvib tashlashga qat'iy ahd qildi, xalqimiz hamda davlatchilik siyosatimiz tarixini, hozirini qadrlash', hurmatlashni joyiga qo'yishdan iborat vazifani bajarishga kirishdi.

2. O'zbekiston bilan Markaz munosabatlarining keskinlashuvi. "Davlat tili haqida"gi Qonunning qabul qilinishi. O'zbekistonning yangi hukumati avval Markaz bilan bo'ladigan munosabatlarning tub mohiyatini o'zgartirmasdan yurtimizda torn ma'nodagi ijobiy siljishlarga erishish mumkin emasligini anglagan bo'lsa, keyinchalik respublikaning to'liq mustaqilligiga erishmasdan xalqning manfaatlarini himoya qilib bo'lmasligini tushundi. Bu esa O'zbekistonning Markaz oldiga qo'yayotgan qat'iy talablari, ayniqsa, Ittifoq xalq xo'jaligi tizimida respublikaning haqiqiy o'rnini belgilash, tashqi iqtisodiy sohada mustaqillikka erishish, xalq ijtimoiy-siyosiy muammolarini yuqorining aralashuvisiz hal etish, madaniy-mafkuraviy masalalarini milliy o'zlik, zaminga tayangan holda ado etishda yaqqol ko'rindi.

Shu asnoda O'zbekistonning Markaz bilan ko'z ilg'amas ziddiyatli munosabatlari keskinlasha bordi. O'zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng salmoqli qadamlaridan bin O'zKP Markaziy Kornitetining 1989 yil 25 noyabrdagi 18 plenumida bo'ldi. Unda milliy masalaning tarixiy jihatlari, hozirgi ahvoli, milliy siyosatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, madaniy-axloqiy masalalari chuqur ilmiy xolislik bilan tahlil etildi va Ittifoq rahbariyati oldiga bu masalalarni hal etish asosiy vazifa qilib qo'yildi.

O'zbekiston hukumati avvalo respublika va o'zbeklar boshiga yog'ilayotgan malomat toshlariga chek qo'yish, "Paxta ishi", "O'zbeklar ishi" degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o'zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to'xtatish zarurligini uqtirdi. Shu bilan birga, o'zbeklarning qadimiy madaniyatini, tarixi boy xalq ekanligini, uning millat sifatida nihoyatda yorqin va betakror qiyofasini tan olishni va shu asnoda yuqori darajadagi rahbariyatning noma'qul siyosati tufayli butun SSSRda ildiz otgan nuqsonlarni o'zbeklarga to'nkash g'ayriqonuniy ish ekanligini ta'kidladi.

80 yillarning o'rtalariga kelib SSSRning parchalanishi real obyektiv haqiqatga aylanib qoldi. Bu jarayonni o'zbek tiliga davlat maqomi berilishi ayniqsa tezlatib yubordi. 1989 yil 21 oktabrda O'zbekiston Oliy Sovetining 11 sessiyasi "O'zbekiston SSRning davlat till haqida"gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi o'zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma'naviy va siyosiy hayotida ro'y bergan g'oyat muhim voqea bo'ldi.

Qonun o'zbek tili va madaniyatining rivojlanishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga, unda boshqa tillarning rivojlanish imkoniyatlari ham belgilab berildi. Chunonchi, qonunning 26-moddasida "O'zbekistonda yashovchi barcha millatlar milliy-madaniy jamiyatlar va markazlar tuzish huquqiga egadirlar", deb yozilgan.

3. O'zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi. O'zbekiston Respublikasi, o'zbek halqining mustaqillik sari tashlagan muhim qadamlaridan bin mamlakatimizda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi bo'ldi. 1990 yil 23 martda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining plenumida respublika siyosiy tizimi to'g'risidagi masala ko'rib chiqildi. Unda O'zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o'tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta'kidlandi. Respublikamizda Prezidentlik lavozimining paydo bo'lishi, ayniqsa, uning huquqiy maqomi belgilanishi quyidagi bosqichlarda sodir bo'ldi. Birinchi bosqich-1990 yilning mart oktabri. 1990 yil 23 martda O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish hamda O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar, qo'shimchalar kiritish to'g'risida Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra respublika Prezidenti lavozimi ta'sis etildi. Bunda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, konstitutsiyaviy tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idoralarining o'zaro aloqasini takomillashtirish maqsad qilib qo'yildi. 1990 yil 24 martda 12 chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi o'sha paytda respublika Kompartiyasi birinchi kotibi bo'lgan I.Karimovni O'zbekiston SSRning birinchi Prezidenti etib sayladi.

Ikkinchi bosqich 1990 yil 1 noyabrdan yangi Konstitutsiya qabul qilingan davrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. 1 noyabr kuni O'zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida Qonun qabul qilindi. Natijada mavjud Prezidentlik hokimiyati bilan Vazirlar Kengashining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo'shib yuborilib, keyingisi Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. Prezident ayni paytda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo'lib qoldi.

Shunday qilib, Prezident Oliy ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amalga oshiruvchi shaxsga aylandi va ayni paytda u davlat boshlig'i sifatida ham o'z o'rnida qoldi. Endilikda u faqat farmonlar emas, balki qarorlar va farmoyishJar ham qabul etadigan bo'ldi. Bulardan tashqari o'sha paytda Vitse-prezident lavozimi ham ta'sis etilib, u Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiluvchi va uning ishini uyushtiruvchi vazifani bajarar edi. Biroq ushbu lavozim o'zini oqlamadi va shu bois keyinchalik (1992 yil 4 yanvar) u tugatildi.

Huquqiy jihatdan O'zbekiston Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlat boshqaruviga ega bo'ldi. Uning muhim jihati hokimiyat bo'linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoniga egaligidadir. Ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati bir-biriga daxlsiz holda ish olib boradi. Ma'lumki, boshqaruvning parlamentar respublika usulida Prezident parlament yig'ilishida uning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezident respublikasi boshqaruvida esa umumxalq saylovi yo'li bilan barcha fuqorolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bunda Prezident o'z vakolatlarini parlamentning sanoqli a'zolaridan emas, keng xalq ommasidan oladi.

4. "Mustaqillik Deklaratsiyasi" va uning ahamiyati. O'zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi Markazga qarshi kuchli zarba bo'ldi. Lekin shunga qaramasdan Markaz butun inkoniyatlarni ishga solib Ittifoqni saqlab qolish yo'lidan bordi. Biroq endigi vaziyat bo'lakcha edi. Tarixiy haqiqatni, asrlar mobaynida shakllangan an'analar va urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni tiklash davom etardi. Markaz tish-tirnog'i bilan ittifoqdosh respublikalar va kichik xalqlarga zug'um qilayotgan bir paytda millat manfaatlari to'g'risida gapirish mumkin emasdi. Shuning uchun ham Islom Karimov O'zbekistonni torn ma'noda mustaqil mamlakat sifatida tan oldirish yo'lini tutdi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling