Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet96/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Kommunistik tuzum u yoki bu sababga ko'ra turmush tarzlari sun'iy ravishda kommunistik mafkuraga bo'ysundirilgan barcha xalqlarga cheksiz falokatlar keltirdi. O'zbek xalqining yilnomasidagi "sovet davri" tarixi ham qayg'uli milliy tahqirlash sahifalariga to'la edi.

Bugungi kun nuqtai nazaridan yondashganda, kommunistik mafkura xalqaro siyosiy ekstremizmning (keskin chora-tadbirlar ko'rishning) yaqqol ifodalangan mafkura turlaridan biri ekanligi namoyon bo'ladi. U o'zi paydo bo'lgan dastlabki kunlardan boshlab keng xalq ommasiga nisbatan ommaviy zo'ravonlik qilishga va unga nisbatan siyosiy qirg'inlar ishlatishga asoslangan edi.

Keng qamrovga mo'ljallangan kommunistik ma'naviy-siyosiy ekstremizmning halokatli ildizlari marksizm asoschilari tomonidan yaratilgan edi. K. Marks va F. Engels ijtimoiy fikr tarixida birinchi bo'lib proletariatning o'z ozodligiga bo'lgan huquqini "kapitalizm zanjirlari"ni zo'rlik bilan uzib tashlash yo'li bilan, hokimiyatni orqa-o'ngini surishtirmasdan bosib olish asosida qo'lga kiritishni mutlaqlashtirgan edilar. Ular nafsoniyatga tegadigan tarixiy vazifa "nazariyasi"ni, keyin esa jamiyatdagi boshqa sinflar va tabaqalar ustidan ishchilar sinfming diktaturasi "nazariyasi"ni asoslab berdilar. Proletariat "davrning ijtimoiy aqlidroki va ijtimoiy qalbi" deb e'lon qilindi, uning sinfiy manfaati esa "ijtimoiy taraqqiyot"ning belgilovchi kuchi va dunyoni chuqur qayta qurishning muhim vositasi deb e'lon qilindi. Keyinchalik bolshevizm asoschisi V.I. Lenin sinfiy kurash to'g'risidagi markscha nazariyani g'ayrinsoniy xulosa, ya'ni mazkur kurashning cho'qqisi fuqarolar urushi hisoblanadi, degan xulosa bilan to'ldirdi.

Kommunistik ta'limotning sinfiy yondashuv to'g'risidagi asosiy tamoyili ishchilar sinfi va uning manfaatlarini ifodalovchi siyosiy kuchlarning, avvalo kompartiyaning manfaatlari jamiyatdagi boshqa barcha qatlamlar va guruhlarning manfaatlaridan so'zsiz ustun turishiga asoslangan edi. Bunday g'oyaviy nuqtai nazar obyektiv ravishda umuminsoniy qadriyatlardan voz kechishga, milliy omilning, tarixiy rivojlam'sh qonunla-rining alohida ahamiyatga ega ekanligini inkor qilishga olib kelardi. Bu narsa kommunistik harakat paydo bo'lgan vaqtdayoq ma'lum bo'lgan edi. Marksizmning ma'naviy ustozlari o'z asarlarida ishchilar sinfi g'olibona "proletar inqilobi" yo'lida "eski axloqqa" nazar tashlab o'tirmasdan, har qanday vositalardan foydalanishga haqlidir, degan fikrni ifodalab bergan edilar. Ular zamonaviy fuqarolik tartibi tayanib turgan axloqiy normalarning shartli ekanligini tinimsiz isbotlashga intilib, ishchilar ko'z o'ngida umuminsoniy axloq qoidalari va normalarini obro'sizlantirishga urindilar, ularni "burjuaziya uydirmasi" deb atab, qaror topgan konstitutsiyaviy tuzumni zo'rlik bilan ag'darib tashlashga chaqirdilar.

Shunday qilib, kommunistik ta'limot ishlab chiqilayotgan dastlabki paytlardayoq yalpi zo'ravonlik ishlatishning haqqoniyligi asoslab berilgan bo'lib, keyinchalik u son-sanoqsiz kishilarning hayotini qurbon qildi. Sinfiy kurash, mavjud tuzumni zo'ravonlik bilan ag'darib tashlash g'oyasi o'zining butun mazmuni bilan demokratik fuqarolar jamiyati negizlari va normalarini inkor etib, yorqin istiqbolga emas, balki jinoiy tartiblar hukmron bo'lgan mustabid ijtimoiy kazarma barpo etilishiga olib keldi. Chunki "burjua davlati"ni ag'darib tashlash, zo'ravonlikka asoslangan "proletar inqilobi" g'oyasi faqat xususiy mulkchilikka va boshqacha fikrlovchi bar qanday kishiga qarshi qaratilib qolmasdan, shu bilan birga turar joyning daxlsizligiga, ayrim insonning ham, shuningdek, millat va xalqlarning ham o'z yashash tarzini o'zi erkin tanlash huquqiga qarshi qaratilgan edi.

Sinfiy yondashuv, murakkab ijtimoiy muammolarni zo'rlik ishlatish bilan hal qilishga intilish qatag'onlarning avj oldirilishiga sabab bo'ldi, eng tuban insoniy his-tuyg'ularning namoyon bo'lishiga imkon yaratdi. Sinfiylik abadiy axloq qonunlarining, insoniy ideallarning, an'anaviy xalq qadriyatlarining g'ayriinsoniy sinfiy ustunlik, sinfiy hukmronlik yo'l-yo'riqlari bilan almashtirilishiga olib keldi.

Proletariat diktaturasi to'g'risidagi ta'limot og'ir oqibatlarga sabab bo'ldi. Aslida demokratiyaning teskarisi bo'lgan proletariat diktaturasi zo'ravonlik qilishdan kelib chiqqan bo'lib, uni tinimsiz oziqlantirib turdi. U muqarrar ravishda keng aholi ommasining haqiqiy hokimiyatdan ajralib qolishiga, partiya diktaturasining vujudga kelishiga, u orqali esa dohiylar diktaturasining paydo bo'lishiga imkon berdi. Hatto rasman hukmron deb e'lon qilingan ishchilar sinfi ham, sotsialistik inqilob g'alabasidan keyin, Leninning fikricha, mafkuraviy va siyosiy "mashq"dan o'tishi lozim edi. "Proletariat diktaturasi" nazariyasi shunday jamiyatni barpo etishni belgilab bergan ediki, unda inson shaxsi qadrlanmas, demokratik tartib-qoidalar emas, balki mustabid tuzum hukmron bo'lardi.

Inqilob va proletariat diktaturasi to'g'risidagi markscha ta'limotning o'zboshimchalik xususiyatiga ega ekanligi "sotsialistik qurilish" to'g'risidagi xomxayollar bilan chuqurlashdi. Avvalo tovarsiz, bozorsiz poydevor ustiga quriladigan yangi ijtimoiy tuzum barpo etish g'oyasi o'ta yaroqsizligi bilan ajralib turardi. Marksizm asoschilari fikricha, sotsializm sharoitida tovar-pul munosabatlari barham topib, sotsialistik jamiyat ishlab chiqarish vositalarini davlat mulkiga aylantirar, bozorga qarshi tamoyilga asoslanar emish, bu bilan kishini kishi ekspluatatsiya qilish tugatilib, ijtimoiy adolat ta'minlanar emish.

Bugungi kunga kelib bunday iqtisodiy andozaning tarixan asossizligi ayniqsa yaqqol ko'zga tashlanmoqda. "Bozorsiz sotsializm"ning tagi puch rejasi o'zining butun mazmuni bilan iqtisodiy rivojlanishning sog'lom jarayonlarini bo'g'ib qo'yardi subyektiv omilning roli jiddiy ravishda ortishini, ma'muriy-buyruqbozlik apparatining kuchayishini nazarda tutardi. Bozorsiz munosabatlar mexanizmini faqat buyruq kuchi bilan, oshkora tazyiq o'tkazish, ta'qib qilish rejimini barpo etish bilan qaror toptirish mumkin emish. Sovet tuzumi haqiqatda buni yaqqol tasdiqladi. Oktabr to'ntarishidan keyin darhol xususiy mulkchilik ta'qib usullari bilan barham toptirila boshlandi, badavlat qatlamlar quvg'in qilindi, ko'p ukladlilik tugatilib, mafkuralashgan tanho iqtisodiyot jadal sur'atlar bilan shakllana boshladi. Biroq tarixiy tajribaning ko'rsatishicha, bozordan tashqari negizga, yuqoridan bo'ladigan tekischilik taqsimoti tamoyiliga asoslanuvchi sotsialistik iqtisodiyot darhol bozor iqtisodiyotini yuqori samaradorlikka olib boradigan vositadan mahrum bo'ldi. Bu vosita raqobatdan iborat edi, natijada sotsialistik iqtisodiyot faoliyatsiz bo'lib qoldi, korxonalardan tortib oddiy xodimlargacha xo'jalik muvaffaqiyati bog'liq bo'lgan narsalardan moddiy manfaatdor emasligi birinchi o'ringa chiqdi. Natijada ko'p marta islohotlar o'tkazishga urinib ko'rilishiga qaramasdan, so vet iqtisodiyoti samarasiz, tabiiy xom ashyo resurslarini ayamasdan sarflashga, tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiyotdan tashqari majburlashga asoslangan iqtisodiyot bo'lib qoldi.

Milliy munosabatlar sohasidagi markscha nazariya ham buzg'unchilik jarayonlarini kuchaytirdi. Sovet hokimiyatining milliy siyosati asos e'tibori bilan rasman baynalmilalchilik mafkurasi deb atalgan mafkuraga, ya'ni kommunistik imperiyani qaror toptiruvchi mafkuraga tayandi. U proletariatning jahonshumul g'alabasi muqarrarligiga va millatlarning jadallik bilan qo'shilib ketishiga qat'iyan ishonishga asoslangan edi.

K. Marks va F. Engels ekstremistik tafakkur tamoyillariga amal qilib, sinfiy manfaatlarning milliy manfaatlardan ustunligi muqarrarligini "nazariy" jihatdan asoslab bergan edilar. Ular go'yo milliy munosabatlar birinchi navbatda sinfiy munosabatlar yig'indisi bilan, ijtimoiy tuzum xususiyati bilan belgilanadi, degan fikrga amal qilganlar. Sotsialistik inqilob amalga oshirilsa bas, sinflar antagonizmi bilan birgalikda millatlar o'rtasidagi tavofutlar ham barham topadi, deyishgan edi ular.

V. I. Lenin ham bolsheviklar milliy dasturini ishlab chiqishda milliy manfaatlar sinfiy manfaatlarga bo'ysunishi kerak, degan g'oyani saqlab qoldi. Buning ustiga u "proletar" yoki "sotsialistik baynalmilalchilik"to'g'risidagi ta'limotning nazariy jihatlarini jiddiy ravishda chuqurlashtirdi, uni yalpi milliy baravarlash masalalarini ishlab chiqish bilan to'ldirdi. Lenin kommunistik g'oyani milliy g'oyaga qarama-qarshi qo'yishning nihoyatda muhimligi to'g'risidagi tezisni ilgari surdi.

To'g'ri, oktabr to'ntarishi arafasida bolsheviklar o'zlarini ko'rsatish uchun millatlarning "o'z taqdirini o'zi belgilash" huquqini e'lon qilgan edilar. Shundan keyingi davrda ham rasmiy hujjatlarda "erkin milliy rivojlanish" zarurligi to'g'risida gapirib o'tilgan. Biroq real hayotda ko'p narsalarni va'da qilgan bayonotlarga qarama-qarshi o'laroq, oktabrdan keyingi dastlabki kunlardan boshlab sovet davlati ulkan kommunistik imperiya sifatida tashkil topdi, u kommunizm xomxayollari yo'lida millatlar va elatlarni ezish, ularni qiyofasiz yangi tuzilma bo'lgan sovet xalqiga sun'iy ravishda birlashtirish siyosatini o'tkazdi.

Shuni aytish kerakki, bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelishdan ancha oldin Turkistonning ko'pgina milliy yetakchilari kommunistik ta'limotning o'lka xalqlarini og'ir mustamlakachilik kishanlaridan ozod qilish yo'lini, tarixiy taraqqiyot yo'lini yoritib turuvchi milliy g'oyaga nihoyatda zid ekanligini anglab yetgan edilar. Masalan, jadidlar harakatining fidoyilaridan biri, mashhur ma'rifatparvar olim va adib Mahmudxo'ja Behbudiy 1906 yildayoq Lenin partiyasini "buyrokratiyalar mustabid", deb atagan, uning dasturi Turkistonning erkin rivojlanishi uchun faqat yaroqsizgina bo'lib qolmasdan, shu bilan birga zararli ekanligini ham ta'kidlagan edi.

2. Sovet mafkurasining o'zbek xalqining iqtisodiy va ijtimoiy turmushiga salbiy ta'siri. Sotsialistik g'oya o'zining butun mazmuni bilan o'lka-ning tub aholisiga, uning milliy tafakkuri va turmush tarziga begona edi. Sovet hokimiyati bu yerga qizil armiya nayzalari ostida kirib keldi. Shu bilan birga sotsializmning zo'ravonlik tabiati darhol namoyon bo'ldi. Xalqning milliy ozodlikka, milliy davlatchilikni tiklashga bo'lgan orzu-intilishlari, uning o'z tarixiy taqdirini o'zi hal qilish huquqi inkor qilindi. O'zbekistonda sotsialistik davlatchilik andozasi chor mustamlakachilik rejimi o'rniga zo'ravonlik usullari bilan joriy etildi, proletariat diktaturasi davlatini o'rnatishning mustabidcha kommunistik loyihasi amalga oshirildi. Yangi hokimiyat o'ziga xos mustaqil milliy rivojlanish imkoniyatlariga barcha usullar bilan to'sqinlik qildi, mahalliy aholini davlatni boshqarishga jalb etishga, siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritishga qarshilik ko'rsatdi.

O'zbekistondagi "sotsialistik qurilish"ning dastlabki qadamlaridan boshlab butun boshqaruv tizimi, davlat organlari faoliyati hukmron markazga qattiq bog'liq qilib qo'yildi va moskvalik siyosiy rahbariyat belgilab qo'ygan doiradan chetga chiqmasligi belgilab berildi. Ayni vaqtda aholining markscha qoidalarga mos kelmaydigan qatlamlariga, muxolifatdagi kuchlarga qarshi beqiyos quvg'inlar avj oldirildi. Leninning farmoyishi bilan 1918 yil yoz faslidan e'tiboran "qizil terror" siyosati o'tkazila boshlandi. U ommaviy qatag'onlar murvatini qattiqroq burash bilan olib borildi, ayniqsa bu tadbir qo'lda qurol bilan o'z milliy taqdirini o'zi belgilash qonuniy huquqini himoya qilayotganlarga qarshi qaratildi. Bularning hammasi son-sanoqsiz qurbonlar berilishiga sabab bo'ldi. Shuni ta'kidlash kifoyaki, Turkiston aholisi kamayib 1915 yildagi 7 mln 149 ming kishidan 1922 yilga kelib 4 mln 835 ming kishiga tushib qoldi. Haqiqatda o'lkaning tub aholisi qirilib bitish yoqasiga kelib qolgan edi.

Keyinroq markaziy rahbariyat milliy siyosatdagi taktika yo'nalishlarini birmuncha yangiladi. Mahalliy aholi vakillarini davlat va jamoat boshqaruvi ishlariga jalb qilish zarurligi rasmiy darajada qayd etildi. 1924 yilda O'zbekiston SSR tashkil etildi. Bu hol markaz tomonidan o'zbek xalqiga o'z milliy davlatchiligiga ega bo'lish imkoni berildi, deb targ'ib qilindi. Biroq bu navbatdagi mafkuraviy afsona, soxta davlatchilikdan boshqa narsa emasdi. Ayrim taktik usullarga, yangilanishlarga qaramasdan sovet imperiyasi tartibining mohiyati o'zgarmadi. Marksizm mafkurasiga tayanuvchi kommunistik tuzum xalqni mustamlakachilik asoratida saqlash, keng xalq ommasining tub manfaatlarini inkor etuvchi mustabid jamiyatni qaror toptirishni mo'ljallagan edi.

Davlatning xalq ustidan zo'ravonlik qilish amaliyoti saqlab qolindi, uning cho'qqisi 30 yillarning boshi-50 yillardagi stalincha-beriyacha qonli harakatlarga aylanib ketdi. Stalin aslida Lenin boshlab bergan ishni davom ettirdi. U amalga oshirgan "yuqoridan boshlangan inqilob" ommaviy hokimiyat institutlarining yanada barham toptirilishiga, partiya diktaturasining, mafkuralashgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimining mus-tahkamlanishiga olib keldi, uni boshqarishning o'zagi Moskvada to'plangan edi.

Stalincha istibdod tizimi proletariat diktaturasi to'g'risidagi markscha g'oyani amalda ro'yobga chiqarishni mantiqan oxiriga yetkazdi. Natijada sho'ro jamiyatiga davlatning mutlaq hukmronligi, aholining fuqa-roviy himoyasizligi, siyosat bilan axloqning haddan tashqari uzilib qolganligi, ijtimoiy ijodkorlikning so'nishi, boshqacha fikrlovchilarning muqarrar jazoga giriftor qilinishi, qullarcha tobelik vaziyatining avj oldirilishi, markaz bilan milliy respubhkalar, shu jumladan, O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarning yalpi imperiyacha mohiyat kasb etishi xos bo'lib qoldi.

50 yillarning o'rtalari-60 yillarning boshidagi "siyosiy iliqlik" davrida stalincha istibdod tizimining ayrim haddan oshish jihatlari bartaraf etildi. Biroq ular mustabid tuzumning negizlariga daxl qilmadi. Hokimiyat tepasiga Brejnev ma'muriyatining kelishi bilan stalinizmning g'oyaviy oqlanish yo'li ko'zga tashlandi, puturdan ketayotgan tuzumni mustahkamlashga qaratilgan mafkuraviy hujum kuchaytirildi.

Markscha iqtisodiy andozaning joriy etilishi og'ir oqibatlarga sabab bo'ldi. Sotsialistik iqtisodiyotga xos bo'lgan umumiy illatlardan tashqari, u O'zbekistonda xalq xo'jaligining mustamlakachilik yo'nalishini saqlab qolish bilan to'ldirildi. Respublikamiz iqtisodiy jihatdan birmuncha taraqqiy etgan bo'lsa ham, lekin u hukmron markaz tomonidan belgilangan doiradan chetga chiqmasligi, o'lkaning arzon xom ashyo manbalari va tabiiy boyliklaridan markazning bemalol foydalanishini kafolatli ravishda ta'minlashi avvalgidek davom etishi lozim edi. Bu hol shunga olib keldiki, O'zbekiston butun sovet tarixi mobaynida "sotsialistik baynalmilalchilik"ning mafkuraviy asoslanishi ta'siri ostida o'sha-o'sha xom ashyo yetkazib beruvchilik vazifasini bajarib keldi. Uning iqtisodiyoti bir tomonlama-xom ashyo yo'nalishida bo'lib qoldi, kompleks tarzda rivojlantirilmadi, xalq ehtiyojlariga yetarli e'tibor berilmadi. Chunonchi, Ittifoq markazi tomonidan tiqishtirilgan mehnat taqsimotiga muvofiq, bu yerda tabiiy xom ashyoni qazib olish va unga birlamchi ishlov berish, qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish bilan bog'liq sanoat tarmoqlariga ustunlik berildi. Respublika darajasidagi va respublikaga bo'ysunadigan ilmiy va mehnat salohiyatini rivojlantirishga, tayyor buyumlar ishlab chiqarishga mo'ljallangan tarmoqlar tashkil etilmadi. Masalan, O'zbekistonning o'zida yetishtiriladigan jami paxtaning faqat 8-10%i bu yerda qayta ishlanar, qolgan paxtaning hammasi Ittifoq yengil sanoat korxonalariga yuborilardi, qayta ishlov berish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish respublikadan tashqarida bajarilardi.

Bunday mustamlakachilik rejasi markazga o'zbek xalqining tabiiy boyliklari xazinasidan vahshiyona foydalanish imkonini berardi. Bizning o'lkamiz o'nlarcha yillar mobaynida kommunistik metropoliyani paxta, qorako'l ten, xom ipak, tabiiy gaz, rangli va nodir metallar bilan, shu jumladan, oltin, mis, uran, qo'rg'oshin, rux va hokazolar bilan ta'minlab keldi. 80 yillarning boshlarida bir yilda yetkazib beriladigan oltinning o'zi 50 tonnagacha yetadi. O'zbekistondan olib chiqib ketilgan ulkan tabiiy resurslarning qiymati yuz milliardlab AQSh dollarini tashkil etardi. Markaziy hukumat esa respublikaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga juda arzimagan qoldiq mablag'larni ajratardi.

O'lkamizning markazga tobora ko'proq paxta yetkazib beradigan ota meros mulkka aylantirilganligi uning mustamlaka ahvolida ekanligidan dalolat berardi. Ko'p yillar mobaynida hukm surib kelgan paxta yakkahokimligi, milliy iqtisodiyotning asosan paxtaga yo'naltirilganligi shunga olib keldiki, o'zbek xalqining boyligi hisoblangan paxta uning boshiga bitgan balo bo'ldi. Sun'iy ravishda singdirilgan paxta yakkahokimligi O'zbekistonning kambag'al respublika bo'lib qolishiga olib keldi, unga jiddiy ekologik xavf tug'dirdi, oziq-ovqat sohasida uni markazga bog'liqlikdan iborat tahqirlovchi ahvolga solib qo'ydi. Masalan, 70-80 yillarda respublika aholisi jon boshiga to'g'ri keladigan milliy daromad Ittifoq bo'yicha o'rtacha darajadan 3 baravar kam bo'ldi. Bir tomonlama ixtisoslashuv natijasida O'zbekiston g'alla va go'shtning 70%ini, kartoshkaning 60%ini, qand-shakar, quruq sut va boshqa mahsulotlarning 100%ini chetdan keltirishga majbur bo'ldi. Paxta yetishtirishning yildan yilga ko'paytirib borilishi, xususan, yangi yerlarning ko'p miqdorda o'zlashtirilishi natijasida Orol dengizi suvining haddan tashqari kamayishi sodir bo'ldi, bu esa O'zbekistonni ekologik falokatlar zonasiga aylantirdi.

3. Kommunistik ta'limotning ma'naviy sohaga halokatli ta'siri. Ma'lumki, o'zbek xalqining tarixi azaldan yuksak ma'naviyati bilan ajralib turgan. Biroq insonparvarlik, mehr-muruvvat, milliy mustaqillik, milliy va umuminsoniy ma'naviy qadriyatlarga, diniy qarashlarga tayangan bu tarix kommunistik ta'limot andozalariga mos kelmay qoldi. Milliy ma'naviyat mustahkamlanib borayotgan milliy birlik kuchini, dunyoqarash haqidagi o'ziga xos tasavvurlar tizimini, xalqning ming yillar mobaynida qaror topib kelgan ma'naviy o'ziga xosligini, noyob va muqaddas an'analari, orzu-umidlarini aks ettiradi. U ko'p asrlik o'tmish bilan hozirgi kunni uzviy ravishda bog'lab, xalq qudrati va g'ayrat-shijoatining manbai, yosh avlodni tarbiyalash asosi bo'lib xizmat qilib keldi. Shuning uchun ham, markscha aqidalarga muvofiq boshqacha fikrlashning barcha turlarini yo'q qilishga intilgan sovet hokimiyati uchun kommunistik mafkuraga muqobil bo'lgan tafakkur shakllari, ayniqsa, xavfli bo'lib tuyulgan. Ikkinchi tomondan, o'z tabiatiga ko'ra mustamlakachi tuzum bo'lgan sovet mustabid tizimi hukmron markazning imperiyacha niyatlari yo'lida xalqni ma'naviy jihatdan bo'ysundirishga, uni o'zining milliy o'ziga xosligini, ma'naviy-etnik ildizlarini, ozodlik tuyg'ularini va tarixiy Vataniga bo'lgan farzandlik mehr-muhabbatini unutgan, undan mahrum bo'lgan irodasiz, aql-hushsiz manqurtga aylantirishga intildi.

Sovet "madaniy siyosati"ning mafkuraviy asosini lenincha "madaniy inqilob" nazariyasi tashkil etardi. U ijtimoiy ongni tubdan qayta o'zgartirishni, kommunistik dunyoqarash monopoliyasini o'rnatish, kommunistik mafkuraning ma'naviy ishlab chiqarishning barcha sohalariga tarqalishini, proletariat tipidagi "sotsialistik madaniyat" ning vujudga kelishini, keng tarmoq yoygan madaniy-mafkuraviy muassasalar tizimining mustahkamlanishini belgilab berdiki, ular butunlay hukmron kommunistik partiya maqsadlariga xizmat qilishi lozim edi.

Kommunistik rahbariyat ma'naviy hayotni mustabidlashtirish, milliy g'oyani sotsialistik g'oya bilan almashtirish vazifalaridan kelib chiqib, o'n yillar mobaynida O'zbekistonning hamma joylarida milliy tafakkur tarziga zid bo'lgan xayoliy markscha dunyoqarashni singdirishga urindi, milliy o'zlikni va milliy tafakkurni bostirib keldi.

Avvalo, ko'p ming yillik ma'naviy-madaniy merosga halokatli zarbalar yog'ildi. Bolsheviklar hokimiyatni bosib olgan dastlabki davrlardan boshlab "madaniy inqilob"ni amalga oshirishga kirishdilar, axloq, adabiyot, san'atni samarali milliy zamindan ajratib qo'yishga, "proletar madaniyati"ning yaramas namunalarini joriy etishga intildilar. Keyinchalik ham sovet davlatining mustabid tizimi o'z mafkuraviy apparatining butun qudratini ishga solib, ommaviy axborot vositalaridan, butun ta'lim tizimidan foydalanib, tarixiy haqiqatni buzib ko'rsatishga, haqiqiy milliy an'analar va urf-odatlarni zo'r berib barbod qilishga, xalq xotirasidan jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo'shgan buyuk ajdodlari nomlarini chiqarib tashlashga urindi. Ayni vaqtda jadal baynalmilallashtirish maqsadini ko'zlab, milliy tafovutlarni barham toptirish, milliy madaniyatlarni birxillashtirish uchun qat'iy kurash olib borildi. Milliy o'ziga xoslikni saqlab qolish zarurligini yoqlab chiqqan milliy ziyolilar vakillari millatchilikda ayblandi. Ular ta'qib qilinib, ko'plariga "xalq dushmani" yorliqlari tirkaldi.

Sovet hokimiyatining butun borishi mobaynida "din-xalq uchun afyundir" degan markscha shior niqobi ostida dahriylik esktremizmi avj oldirildi, u "sovet turmush tarzi"ning muhim tarkibiy qismiga aylantirildi, odamlarning diniy his-tuyg'ulari qo'pollik bilan oyoqosti qilindi, muqaddas diniy qadriyatlar toptaldi, ruhoniylar ta'qib ostiga olindi.

Yana bir strategik yo'nalish zo'rlik bilan "ruslashtirish" siyosati bo'lib, u siyosiy yuqori tabaqaning milliy masaladagi imperiyacha yo'lini aks ettirdi. Uni davlat miqyosida amalga oshirish milliy hayotning barcha sohalarida, xususan, til to'g'risidagi siyosatda jiddiy nuqsonlar sodir bo'lishiga olib keldi. Ko'p millatli davlatda millatlararo aloqa till bo'lgan rus tili avval boshdanoq buyruq yo'li bilan joriy etila boshlandi.

Shu bilan birga ommaviy axborot vositalarida, adabiyot, fan va san'atda o'zbek tilining faol amal qilish sohalari sun'iy ravishda toraytirilishi ko'zga tashlandi. Masalan, o'sha yillarda ilmiy dissertatsiyalarning 95% dan, ilmiy adabiyotlarning 80% dan ko'prog'i rus tilida yozilar va nashr etilardi. 1960 yildan 1982 yilgacha bo'lgan davrda o'zbek tilida kitoblar nashr etilishi 60% qisqargan, holbuki, bu davrda o'zbeklar soni 2 baravar ko'paygan edi.

Shunday qilib, yot kommunistik mafkuraning joriy etilishi o'zbek xalqining imperiyacha-mustabid tuzumning tahqirlovchi zanjirlari bilan kishanlanishini taqozo etdi. U munosib tarzda hayot kechirishdan mahrum etilgan bo'lib, o'z yerida o'zini erkin his qilolmasdi, haqiqiy madaniyatidan, an'analaridan, tarixiy xotirasidan, chinakam ma'naviyatidan ko'p jihatdan mahrum bo'lgan edi. Ittifoq markazi O'zbekistonning tabiiy-xom ashyo va ma'naviy-madaniy resurslaridan vahshiyona foydalanishni davom ettirib, xalqni kambag'allik va tarixiy bema'ni hayot kechirishga duchor qildi. Biroq kommunistik rahbariyat xalqni manqurtga aylantira olmadi. Kommunistik mafkura hukmronligining og'ir mashaqqatlarini boshdan kechirgan o'zbek xalqi ozodlik ideallariga sodiq bo'lib qoldi. Buyuk mutafakkir Forobiy aytganidek, "ozodlikni zo'rlik bilan bo'g'ib tashlash mumkin emas".

O'zbek xalqi asrlar mobaynida mustaqil yashash va fikrlash uchun o'zga yurt bosqinchilariga qarshi kurashib keldi. Bu vatanparvarlik an'anasi samarasiz ketmadi va endilikda o'zbek xalqi o'z Prezidenti rahnamoligida milliy istiqlol mevalaridan bahramand bo'lmoqda.

61-§. "Qayta qurish" siyosati va ijtimoiy-siyosiy inqiroz

Sovet jamiyatining 80 yillar o'rtasidagi holati, ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, 80 yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.

Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o'zgarishlar qilishga urinib ko'rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko'zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo'jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko'proq daxldor bo'ldi.

Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o'zgarishlar bo'lishiga umidning so'nishi 80 yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo'lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O'zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxiralarga ega bo'lishiga qaramasdan g'arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish samaradorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o'zlashtirish juda sust olib borildi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling