Tarixi (XIX asrningikkinchi yarmi XX asr boshlari)


Download 6.26 Mb.
bet64/120
Sana04.09.2023
Hajmi6.26 Mb.
#1672680
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120
Bog'liq
9 o\'zbek мщ

Guloyim — Dostonlar -
Ilm-fan XIX asr oxiri - XX asr boshlarida qoraqalpoqlarda
— bir qancha madrasalar bo‘lib, ularning eng kattala-
ri Qoraqum eshon va Tosh madrasalari edi. Qoraqum eshon madrasasi XIX asr o‘rtalarida qurilgan. Dastlab u masjid vazifasini bajargan. Tosh madrasa esa 1841-yil Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz tomonidan qurdirilgan. Madrasada taTim ikki bosqichli bo‘lib, birinchi bosqichda arab tili gram- matikasi o‘rganilgan bo‘lsa, keyingi bosqichda diniy-huquqiy bilimlar o‘qitilgan.
XIX asr oxirida qoraqalpoqlarning yozma asarlari rivojlana boshladi. Qoraqalpoq shoirlari Kunxo‘ja (1799-1880), Otash Olshinboy (1788- 1875), Ajiniyoz (1824-1878) kabilaming nomlari keng tanildi. Ular bi- limdon, o‘z taqdirini xalqi taqdiri bilan bog‘lagan kishilar edi. Masa- lan, Kunxo‘ja o‘z ijodiyotini ovullaming oddiy ahliga, ularning kundalik mehnati va turmushiga bag‘ishladi. U adolatsiz tartiblarni qattiq qorala- di.
Ajiniyoz Qasiboy o‘g‘li (taxallusi Zevar) Mo‘ynoqdagi eski maktab- da, so‘ngra Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan. Qoraqalpoq zi- yolilari orasida birinchilardan bo‘lib oxund (o‘qimishli, ilmli kishi; xalq dostonlarining mahoratli kuychisi) darajasiga erishgan. 0‘zbek, qozoq, turkman tillarini yaxshi bilgan. Shoirning «Bo‘zatov» dostonida qora­qalpoq xalqining hayoti, ayniqsa, ularning yurtma-yurt ко‘chib yurish jarayoni bilan bog‘liq voqealar katta mahorat bilan tasvirlangan. Ajiniyoz adabiy merosidan bizga 100 ga yaqin she’rlar va dostonlar yetib kelgan. Uning she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari kuylangan. «Qiz Mengesh bilan aytishuv» dosto- ni esa xalq orasida mashhur bo‘lgan. Uning hayoti va ijodi haqida qoraqalpoq yozuvchisi K. Sultonov «Ajiniyoz» romanini yozgan.
Berdaq (1827-1900) qoraqalpoqlarning buyuk shoiridir. U qo‘ng‘irot urug‘iga mansub bo‘lib,
Orolbo‘yida tug‘ilgan. Ovul maktabida, so‘ngra Berdaq
Qoraqum eshon madrasasida o‘qigan. 20 yoshi-dan she’rlar yoza boshlagan va yarim asr davomida turli mavzularda odanlar to‘qidi. Berdaq o‘z ijodini xalqi uchun o‘lmas asarlar yaratishga bag‘ishladi. She’rlaridan biri ham «Xalq uchun» deb nomlangan. Uning she’rlarida zulmni qoralovchi tuyg‘ular, jo‘shqinlik ustuvor bodgan. Jumladan, «Ahmoq podshoh» dostoni shunday ulkan ta’sir kuchiga ega edi. Tarixiy mavzudagi «Avlodlar», «Omongeldi», «Oydo‘stbiy», «Erna- zarbiy» asarlarida shoir o‘z xalqi qahramonlarini faxr bilan kuylaydi.
XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq adabiyotidagi demokratik an’analarni yangi avlod vakillari Umar, Qulimbet, Sariboy, Qulmurot, Sodiq kabilar davom ettirdilar.

Download 6.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling