Tarixi (XIX asrningikkinchi yarmi XX asr boshlari)


Download 6.26 Mb.
bet62/120
Sana04.09.2023
Hajmi6.26 Mb.
#1672680
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120
Bog'liq
9 o\'zbek мщ

Oroldabaliqovlash Po^sho hukumati tomomdan aimiya
xizmati to‘g‘risidagi yangi nizomga bo‘ysunmagani uchun bu yerga surgun qilib ko‘chirilgan Ural kazaklari edi. Bu kazaklar, asosan, baliq ovlash bilan shug‘ullanishgan.
Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar soni 3,8% ni, ya’ni qariyb 25 ming kishini tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo‘shib olinishi natijasida podsho hukumatining 0‘rta Osiyodagi ta’sir doirasi yanada kengaydi.
Har ikkala hududda yashaydigan qoraqalpoqlaming 70% dan ziyodi yersiz dehqonlar bo‘lib, ular, asosan, yollanib mehnat qilishar edi.
Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarga Rossiya kapitalining kirib kelishi tovar-pul munosabatlarini o‘zgartirib yubordi. Paxta tozalash va baliqehilik sohasida dastlabki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. Ularda mahalliy aholi vakillari ham ishlay boshladi.
XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarda savdo-sotiq munosabatlari rivojlanib bordi. Chimboyda aholi yashaydigan tumanlarni iqtisodiy ji- hatdan birlashtirgan shahar bozori vujudga keldi. Qoraqalpoq hunarmand va dehqonlari bozor bo‘ladigan kunlarda o‘z mahsulotlarini sotish uehun Chimboyga kelishar edi.* Wmudaryo bo‘limi - ... 1873-yilda ...
Ural kazaklari
Ijtimoiy-iqtisodiy Chimboy Rossiya imperiyasini Xiva xonligining o‘zgarishlar asosiy iqtisodiy markazlari bilan bog‘lardi. Bu
— yerda ko‘plab do‘konlar bo‘lib, katta bozor yaqi-
nida yirik karvonsaroy joylashgan edi. Dastlabki kasalxona va maktablar paydo bo‘ldi, ammo ular yetarli emasdi. Jumladan, 1914-yilda qoraqal- poqlar yashaydigan joylarda atigi to‘rtta umumta’lim maktabida 200 na- far o‘quvchi o‘qir, ikkita kasalxona va feldsherlik punktida uch shifokor ishlar edi.
Dehqonlar va chorvadorlar orasida mulkiy tabaqalanish kuchaydi. Ayrim biylar, yuzboshilar, mulla va eshonlarning yer mulklari 15 ming tanobgacha (1 tanob - 2500 kv. m yer) bo‘Isa, oddiy xalq tomorqalari 1-2 tanobdan oshmas edi.
Aholining tabaqalanishi qoraqalpoqlarda ehorva mollari soniga qarab ham belgilangan. 1871-1872-yillar ma’lumotlariga qaraganda, urug‘ning aksariyat oddiy a’zolari ehorvaga ega bo‘lishmagan, ayrim boylar ming boshgaeha qoramol va 1,5 ming boshgaeha qo‘y-qo‘ziga ega edi.
Qashshoqlashib qolgan va kasodga uehragan dehqonlar katta yer ega- lari va boylarga qaram bo‘lib qolishdi. Jamoaning boy-badavlat a’zolari yordam sifatida o‘z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi - «jarm- shi» sharti bilan berishardi. Yersiz va ehorvasiz qolgan dehqonlar esa har qanday og‘ir ishlarni bajarib, badavlat ehorvadorlar va zamindorlarning mollari va yerlaridan foydalanganliklari uehun ham ishlab berishga maj- bur edilar.
' ' Mashg‘ulotlari - ... «Jarmshi» - ... Chimboy - ...

Download 6.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling