Tarixi (XIX asrningikkinchi yarmi XX asr boshlari)


«Favqulodda muhofaza holati» -


Download 6.26 Mb.
bet78/120
Sana04.09.2023
Hajmi6.26 Mb.
#1672680
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120
Bog'liq
9 o\'zbek мщ

«Favqulodda muhofaza holati» - ...
\ Antanta - ...

  1. yil 25-iyunda ...

1 Savol va topshiriqlar

  1. Birinchi jahon urushi Rossiya uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lgan?

  2. Birinchi jahon urushi Turkiston aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida qanday iz qoldirdi?

  3. Turkistonda «favqulodda muhofaza holati»ning mohiyatini aytib bering.

  4. Nikolay II tomonidan 1916-yil 25-iyunda chiqarilgan farmonning maz- munini aytib bering.

  1. §. TURbaSTONDA 1916-YILGI QO‘ZG‘OLONNING

BOSHLANISHI
ГТП T~i ^ Z Z~\ Imperator Nikolay II front ortidagi xizmatlar , . . ... . uchun aholmmg mardikorlikka olmishi to g -
nsidagitarmonigamuvonq Turkiston о Ikasmmg
Sirdaryo viloyatidan 87 ming, Samarqanddan 38 ming, Farg‘onadan 50 ming kishini mardikorlikka yuborish belgilandi. Belgilangan miqdor- lar viloyatlar bo‘yicha aholi oTtasida taqsimlandi. Farg‘ona viloyatida belgilangan mardikorlarni to‘plash uchun viloyatdagi xonadonlarning har beshtasidan bir kishini olishga to‘g‘ri kelgan.
Xalq bundan qattiq norozi boTgan. Turkiston erkaklarining o‘z oilasini tashlab ketishi ularni ochlikka mahkum etdi. Ayniqsa, qishloq aholisining safarbar qilinishi qishloq xo‘jaligini inqirozga olib keldi. Mardikorlikka boradiganlarning ro‘yxatini tuzishda Turkiston mahalliy ma’muriyati vakillari adolatsizliklarga yoT qo‘ydilar. Hatto oilada bir nechta erkak boTishiga qaramasdan badavlat xonadon vakillari рога be- rib ro‘yxatga yozilmasdi. Lekin kambag‘al oilalarda garchi bitta erkakbo‘lsa ham ro‘yxatga kiritilardi. Bunday nohaqliklar keng xalq ommasi noroziligining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Mahalliy aholi o‘rtasida mardi- korlikka olishga qarshi keng ommaviy chiqishlar boshlanib ketdi. 1916- yilda mardikorlikka olinadiganlar ro‘yxatini tuzadigan mahalliy boshqa- mv vakillari tomonidan aholini zo‘rlash, tazyiq o‘tkazish kabi holatlar avj oldi.
Norozilik harakatlarida dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, ishchilar va aholining boshqa ijtimoiy qatlamlari vakillari ishtirok etdi. Mardikorlikka qarshi harakatlarning keng ommaviy tus olishidan mus- tamlaka hukumati, o‘lka va viloyat ma’murlari xavotirga tushdi. Farg‘ona viloyati gubernatori A. Gippius viloyatda norozilik kayfiyatidagi odam- larning ko‘pligi, mardikorlikka safarbar etish jarayoni aholi orasida katta g‘alayonlar chiqishiga sabab bodishi mumkinligi haqida o‘lka va podsho ma’muriyatiga ma’lumot beradi. Lekin markaziy hokimiyat viloyat guber­natori A. Gippiusning xavotiri va g‘alayonlaming oldini olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarini «podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chi- qish» deb hisoblab, uni viloyat gubernatori lavozimidan ozod qiladi.

  1. yil 4-iyulda Xo‘jand shahrida norozilik bildirib ko‘p sonli aho­li yigdldi. Ular mardikorlikdan bosh tortdilar. 5-iyulda Samarqandning Urgut qishlogdda, keyinchalik Siyob, Mahalla, Xo‘ja Ahror, Angorda, 7-iyulda Dahbedda norozilik chiqishlari bodib o‘tdi. Namoyishchilar ma­halliy boshqaruv vakillarini kaltaklab, ro‘yxatlami yirtib tashladilar.

Qo‘zg‘olonning Mardikorlikka qarshi qaratilgan norozilik harakatlari Turkiston bo‘ylab necha kun ichida butun odkaga yoyildi. Qo‘zg‘o- tarqalishi lonchilar mustamlakachi hukumat tomonidan kuch
bilan tarqatilib, qarshilik qilganlar qattiq jazolandi.
Toshkentda 11-iyulda ko‘p sonli aholi Beshyog‘ochdagi politsiya mahka- masi oldiga to‘plandilar. Qo‘zg‘olon faollaridan Rizvonbibi Ahmadjonova politsiyaga qarata: «Bizni oddirsanglar ham o‘g‘illarimizni sizlarga ber- maymiz», - deb xitob qilgan. Politsiyachilar esa o‘q uzib, uni og‘ir ya- rador qilgan. Norozilik bildirganlarga qarshi miltiqlardan o‘q otilgandan so‘ng xaloyiq mahkamaga bostirib kirdi. Bu vaqtda yordamga yetib kel- gan harbiy kuchlar namoyishchilami o‘qqa tuta boshladi. Natijada 11 kishi otib oddirildi, 15 kishi yarador boddi. Qo‘zg‘olon harbiy kuchlar tomoni­dan qiyinchilik bilan bostirildi. Shahar harbiy holatga tushib, har bir joyda qodiqchilar, tun-u kun navbatchilik, nazorat va tekshimvlar kuchaytirildi. Bu voqealardan keyin norozilik harakatlari Toshkent shahri atrofidagi qish- loqlarga yoyildi. U yerdan Farg‘ona vodiysiga odib, vodiyda bu harakat

  1. §. JIZZAX QO‘ZG‘OLONI

^ ~ ; Rossiya imperiyasining 1916-yildagi mardikorlik-
^bo^lanish*r^ olish to‘g‘risidagi farmoni Turkiston odkasining
barcha hududlariga yoyilib, unga qarshi chiqishlar
mahalliy aholining milliy-ozodlik harakatlariga aylanib ketdi. Bular ora- sida Jizzaxda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon odkada mustamlakachilar zulmi- dan ozod bodish va bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash maydoniga aylandi.
Jizzax aholisi, asosan, don mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanib, ularning yerlari imperiyaning markaziy hududlaridan ko‘chirib keltiril- ganlarga berib yuborilishi, soliqlarning ko‘payib borishi ularning ahvoli yomonlashishiga olib keldi. Aholining 19 yoshdan 43 yoshgacha bodgan erkaklari front ortidagi ishlarga safarbar qilinishi butun odkadagi kabi Jizzaxda ham jabr-zulm, adolatsizliklardan tobora keskinlashib borayot- gan norozilik chiqishlari xalq qo‘zg‘oloniga aylanishiga olib keldi. Mar- dikorlikka olinadiganlarning tuzilgan ro‘yxatiga muvofiq Samarqand vi- loyatining Jizzax uyezdidan 11 ming kishi belgilandi. 1916-yil 3-iyulda farmon edon qilinishi bilan xalq orasida norozilik boshlanib ketdi. 5-iyulda dastlabki g‘alayonlar boshlandi. Bunda aholi farmonning bekor qilinishini, ro‘yxat tuzishni to‘xtatishni talab qiladi. Jizzax qo‘zg‘oloniga Nazirxo‘ja eshon va Abdurahman jevachilar rahbarlik qilganlar.
Jizzax aholisi mardikorlikka qarshi ommaviy qo‘zg‘olon kodarish maqsadida boshqa shaharlarga, jumladan, Toshkent, Samarqand va ko‘plab atrofdagi qishloqlarga o‘z vakillarini yubordilar. 13-iyulda Jiz­zax shahrida Damin kulol boshehiligida hunarmandlar mardikorlikka olish bo‘yicha ro‘yxatni talab qilib qishloq oqsoqoli Mirzayor Xudoyo- rov oldiga bordilar. Undagi ro‘yxat, asosan, kambag‘al oila vakillaridan tuzilgan bodib ehiqdi. Bundan norozi bodgan aholi ro‘yxatni berishni va uni qaytadan tuzishni talab qildilar. Mirzayor Xudoyorov ro‘yxatni bermay, to‘plangan odamlarni haqorat qildi. Bu holat aholining kes- kin noroziligini keltirib ehiqardi. Shundan keyin ketmon, tayoqlar bi­lan qurollangan qo‘zg‘olonehilar Jizzaxning yangi shahar qismiga yod oladi. Qo‘zg‘olonni bostirish uehun uyezd boshligd o‘z yordamehilari bilan yetib keladi, lekin ulami qaytara olmaydi. Qo‘zg‘olonehilar safiga shahar va uning atrofidan ko‘plab kishilar qo‘shildi. Nazirxo‘ja eshon qo‘zg‘olonehilarga umumiy rahbar boddi.
Jizzax qo‘zg‘oloni ishtirokehilari mustamlakaehi ma’muriyatga te-gishli bo‘lgan harbiy, ma’muriy va boshqa joylarga hujum qildilar. Ular 13-iyul kuni temiryo‘l stansiyalarini, aloqa simlarini uzib, temiryo‘l va ko‘priklarni buzib tashladilar. 14-iyulda Abdurahmon jevachi o‘z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig‘ilish o‘tkazdi va unda Jiz- zaxdan 12 chaqirim uzoqlikda joylashgan Kuyaboshi degan joyda to‘pla- nib, barcha birgalikda harakat qilishga kelishildi. Bu xabami atrofdagi joylarga yetkazish uchun vakillar yuboriladi.
Jizzaxdagi bu voqealardan xabar topgan podsho hukumati polkovnik Ivanov boshchiligida harbiy kuchlarni u yerga yubordi. 18-iyul kuni Tur- kistonda harbiy holat e’lon qilindi.

Download 6.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling