Qo‘zg‘olonning nidan ayovsiz ravishda bostirildi. Qo‘zg‘olonehilar ahamiyati mustamlakaehi hukumatning politsiya va harbiy
kuehlariga qarshi mardonavor kurashdilar. Gar- ehi qo‘zg‘olon ishtirokehilari va rahbarlari podsho hukumati tomonidan qattiq jazolanib, ko‘plab qo‘zg‘olonehilar qurbon boTishi va yarador boTishiga qaramay, bu mardikorlikka qarshi qaratilgan qo‘zg‘olonlar Turkiston aholisining bosqinehilarga qarshi milliy-ozodlik xarakteridagi harakati hisoblanadi. Qolaversa, bu qo‘zg‘olonda oTka keng xalq om- masining bareha tabaqalari, jumladan, qariyalar va ayollar ham ishtirok etdi.
1916-yilgi qo‘zg‘olonlar mustamlakaehi hukumatni qattiq sarosima- ga soldi. Bu qo‘zg‘olon Turkiston xalqlarining o‘z huquqlarini poymolqilishlariga yo‘l qo‘ymasligini ko‘rsatdi. Bu qo‘zg‘olon mustamlakachi hukumatga yana bir bor mahalliy aholining ozodlik va mustaqillik uchun kurash tuyg‘ulari hali so‘nmaganligini ko‘rsatdi. Podsho hukumati ba’zi choralar ko‘rishga, yengilliklar yaratishga va aholi bilan murosa qilishga majbur bo‘ldi.
Xullas, 1916-yilgi qo‘zg‘olon butun mustamlakachilik davomida Tur- kistondagi eng qudratli va uyushgan qo‘zg‘olon edi. Jizzax qo‘zg‘oloni tarixda «Jizzax fojiasi» degan nom qoldirdi. U Fozil Yoddosh o‘g‘lining «Jizzax qo‘zg‘oloni» nomli dostonida o‘zining todiq aksini topgan.
0‘zingizni sinang!
\
Birinchi jahon urushi ... boshlandi va unda ... davlatlar ishtirok etdi. Birinchi jahon urushi vaqtida ... aholi vakillari mardikorlikka olindi.
Jizzax qo‘zg‘oloni ... yilda hoshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |