Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari
Turkistondagi milliy-hududiy chegaralanishi. Sovetlar davrida O’zbekistinning tarixiy geografiyasi
Download 159.5 Kb.
|
24 talik.doc yangisi
Turkistondagi milliy-hududiy chegaralanishi. Sovetlar davrida O’zbekistinning tarixiy geografiyasi.
Bolshevoylar dohiysi Sho'ro Rossiyasini sanoati rivoj topgan ilg'or mamlakatlar qatoriga olib chiqish vazifasini qo'ydi. Ammo O'zbekiston singari mustamlaka mamlakatlarga nisbatan bu siyosat mutlaqo boshqacha maqsadlarda - Markaz manfaati asosida amalga oshirildi. 1925 yil dekabrda VKP (b) XIV s'yezdi «sosialistik industrlashtirish» yo'lini avj oldirishni e'lon qildi. Stalin rahnamoligidagi o'ta sanoatlashtirish tarafdorlari uning sur'atini keskin tezlashtirish maqsadida mablag'larni qishloq xo'jaligi hisobidan sanoatga olish rejasini ilgari surdilar. Ularning muholiflari sanoatlashtirish siyosatini yoqlagan holda, uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq xo'jaligida kooperasiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildilar. Biroq, bu yo'l keskin rad etildi.Oqibatda sanoatlashtirishning sub'yektivlashtirishga asoslangan stalincha usuli butun mamlakatda, jumladan, O'zbekistonda ham bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Shu bilan birga Respublikamizda uning salbiy ko'rinishlari ulkaning o'ziga xos iqtisodiy ahvoli tufayli yanadi ortdi. Eng asosiysi - SSSR ning xalq xo'jalik majmuida O'zbekistonnnig roli va o'rni ittifoq hukumati tomonidan majburan belgilab berildi. Lekin O'zbekiston uchun sanoati qurilishining keng sur'atda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki, Respublika iqtisodiyoti 20-30 yillar chegarasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927 yilda O'zbekiston xalq xo'jaligida qishloq xo'jaligining salmog'i 61,6 % , sanoatning salmog'i 38,4 % tashqil etar, shu bilan sanoat ishlab chiqarishning 90 % qishloq xo'jaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi. Garchi hayot muammolar bilan to'lib-toshib ketgan bo'lsada, besh yillik rejalarda xalq yelkasiga asossiz va amaliy jihatdan bajarib bo'lmaydigan vazifalar yuklangan bo'lsa-da, O'zbekiston xalqi o'z kuch-qudratini, idroki va mahoratini to'liq namoyon qildi. Birinchi besh yillik (1928-1932) davrida O'zbekistonda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta tashqil etildi, sanoatning ishlab chiqarish fondlari uch barobar, neft qazib chiqarish 2,5 barobar, metal ishlab chiqarish sanoati mahsulotlari 6 barobar, sement ishlab chiqarish uch yarim barobar ortdi. Ikkinchi besh yillik (1933-1937) davrida 189 ta turli sanoat korxonalari va elektr stansiyalari barpo etildi. Urushdan oldingi uchinchi besh yillikda sanoat rivojlanishida yangi qadam qo'yildi. Urushning boshlanishiga kelib 134 ta sanoat korxonasi ishga tushirildi. Urushdan oldingi besh yilliklar davrida sanoatning xalq xo'jaligida egallagan salmog'i 1928 yildagi 43 % dan 1940 yilda 70% ga yetdi. Urush arafasiga kelib sanoat potensiali 1445 ta yirik va o'rtacha sanoat korxonalarini o'z ichiga olar edi. 1925 -1940 yillarda qurilib ishga tushirilgan bunday korxonalar jumlasiga Bo'zsuv GESi, Samarqand, Buxoro, Qo'qon, Termiz, Asaka shaharlarida issiqlik elektrostansiyalari, Toshkent, Samarqand, Buxorodagi to'qimachilik fabrikalari, Toshkent qishloq xo'jaligi mashinasozlik zavodi, Farg'ona konserva, Quvasoy sement va oxaq zavodlari, Toshkent «O'rtoq« tamaki fabrikasi, ko'plab paxta tozalash, sut-yog' tayyorlash, sovun pishirish kabi zavodlarni kiritish mumkin. Sanoatlashtirish natijasida respublikamizda ishchilar sinfining soni keskin oshdi. «1937 yilga kelib sanoat ishchilarining umumiy miqdori 181 ming kishidan iborat bo'ldi». Biroq, sanoatlashtirish siyosatini amalga oshirish chog'ida jiddiy xatoliklarga yo'l qo'yildi. Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling