Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari


O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonida bosib olinishi. O’rta Osiyo ma’muriy-hududiy chegarasining o’zgarish


Download 159.5 Kb.
bet18/24
Sana04.04.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1328812
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
24 talik.doc yangisi

O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonida bosib olinishi. O’rta Osiyo ma’muriy-hududiy chegarasining o’zgarish.
Rus podsholarining Turkiston yerlariga g‘arazli maqsadlarda ko‘z olaytirishlari shayboniylar hukmronlik qilgan davrlardan boshlangan. Kavkaz, Volgabo‘yi, Sibir va O‘rta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy va asriy orzusi bo‘lgan. Rus davlati O‘rta Osiyo mintaqasini bosib olish uchun bu yerdagi mavjud honliklar haqida keng ko‘lamda josuslik ma’lumotlarini to‘play boshladi. Bu holat «Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan tashkilotning vakili Antoni Jenkinson boshliligidagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ldi. Ingliz savdogarlari Antoni Jenkinson Richard va Robert Jonsonlar 1558-1559 yillarda, Moskva savdo elchisi Ivan Danilovich Xoxlov 1621 yilda Xiva, Buxoro va Samarqandga asosan o‘lkani o‘rganish va josuslik ma’lumotlarini to‘plash maqsadida kelgan edilar.
Lekin Turkistonni Rusiyaga qaram qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy ochiq harakat Petr I davridan boshlandi. U o‘zining Sharqqa nisbatan tajovuzkorlik siyosatini yashirib ham o‘tirmadi. «Sharq bilan aloqada Qozog‘iston tasarrufi kalit va darvoza hisoblanadi. Shuning uchun millionlab mablag‘ sarflasa ham Qozog‘istonni bo‘ysundirish yoki hech bo‘lmasa u yerda Rusiya ta’sirini o‘rnatish zarurdir», degandi Petr I. U tajovuzkorlik siyosatini amalga oshirish maqsadida Markaziy Osiyoga 1717 yilda knyaz Bekovich-Cherkasskiyni katta qo‘shin bilan yubordi. Ammo Xiva xoni Sherg‘ozixon tomonidan bu qo‘shin batamom qirib tashlandi. Rusiya bilan Xiva xonligi o‘rtasida dushmanlik vaziyati kuchaydi. Petr I Markaziy Osiyo yerlariga bo‘lgan o‘z tajovuzkorligidan voz kechmadi. U Buxoroga josuslik maqsadlarida elchi qilib italiyalik Florio Benevenini jo‘natdi. Bu safar ham missiya muvaffaqiyatsiz chiqdi va Benevenining o‘zi zo‘rg‘a jon saqlab qoldi va faqat Petr I o‘limidan so‘ng 1725 yilda Rusiyaga qaytdi. Florio Beneveni hali Buxoroda bo‘lgan chog‘idayoq josuslik ishlari bilan shug‘ullandi va rus podshosiga yozgan xatlarining chetlarida shifrovka bilan maxfiy xabarlarni yubordi. Aytishlaricha, - deb yozadi A.S.Pushkin - Petr I o‘limi oldidan ikki narsani amalga oshira olmagani uchun armon bilan ketayotganini aytgan: Prut yonidagi jangda Turkiyadan yengilganini va Bekovichning o‘limi uchun Xivadan o‘ch ololmagani uchun qattiq afsus chekkan.
Markaziy Osiyoni bosib olish maqsadida Petr I zamonidayoq Qozog‘istonning zabt etilgan xududlarida harbiy qal’alar va istehkomlar qurila boshlangan edi. 1717 yilda Omsk, 1718 yilda Semipalatinsk, 1720 yilda Ust-Kamenogorsk, 1742 yilda Orenburg qal’alari qurildi. Faqat XVIII asrning o‘zida chor ma’murlari yovuz niyat bilan hozirgi Qozog‘iston hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy qal’a va istehkomlar qurganlar. XVIII asrning boshlarida har uchchala Juzning qozoqlari qalmiq (jungar)larning doimiy bosqini ostida og‘ir ahvolga tushib qoldi. 1723 yilda ro‘y bergan og‘ir ocharchilik qozoqlarning o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishlarini xavf ostiga solib qo‘ydi. Oqibatda Katta Juz jungarlarga siyosiy qaram bo‘lib qoldi. O‘rta Juz Buxoroga ko‘chib borib Buxoro xonligiga, Kichik Juzning bir qismi esa Xiva xonligiga tobe bo‘ldi. Bunday og‘ir vaziyat Katta va Kichik Juzning xoni Abulxayrxonni o‘z hokimiyatini saqlab qolish ilinjida chor hokimiyati bilan yaqinlashuviga majbur etdi. Ana shu tariqa 1731 yilda Kichik Juz, 1731-1740 yillarda esa Katta Juz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligiga o‘tdi.
Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari chor mustamlakachi ma’murlarining Turkiston yerlarini egallash borasidagi bosqinchilik harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratdi.

Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling