Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari
O`rta Osiyoning Rossiya imperiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi
Download 159.5 Kb.
|
24 talik.doc yangisi
O`rta Osiyoning Rossiya imperiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi.
Chor Rossiyasining hukmron doiralari Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi yerlarida tashkil topgan Turkiston general-gubernatorligini O‘rta Osiyodagi xarbiy operatsiyalar uchun tayanch markaziga aylantirib istilo tig‘ini Xiva xonligiga qaratishdi. 1872 yil oxirlarida peterburgdagi harbiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga usil-kesil qaror qilindi. Rossiyaning tajovuzkor niyati Xiva xoni va amaldorlariga sir bo‘lmagan. Muhammad Raximxon 2 ruslar tahdidiga qarshi Angliyadan madad so‘ragandi. Angliya hukmron doiralari Xiva mustaqilligini saqlab qolishdan manfaatdor bo‘lsalar ham Rossiya bilan ochiq to‘qnashuvdan xavfsirar edi. Xiva endi o‘z kuchiga ishonib ish ko‘rishi lozim edi. Xonlik qo‘shinida 27 eski zambarak, 2 ming otliq, 4 ming navkardan iborat harbiy kuch bo‘lib, ular ham asosan poytaxtda jamlangan edi. Rossiya qo‘shini ham son ham sifat jihatidan va harbiy qurol-yarog‘lar texnikasi bilan ham Xiva qo‘shinidan ustun edi. Turkiston otryadiga general Kaufman (22 rota, 1800 kazak va 18 to‘p) qo‘mondon bo‘lib, Orol flotiliyasi ham uning ixtiyorida edi. Kaufman yurish oldidan Xivani siyosiy jihatdan yakkalab qo‘yish uchun Buxoro amiri va Qo‘qon xoniga taxdidli maktub yo‘llab, ularni Xivaga yordam bermaslikka chaqiradi. Xiva xoni masalani tinch yo‘l bilan hal qilishga uninishlari behuda ketgach, harbiy kengash chaqirib mudofaa rejalarini tuzadi va dushmanga qarshi o‘z lashkarboshilarini safarbar etadi. General Veryovkin Qo‘ng‘irotga yurish qilib talofatlar berib bo‘lsada Xo‘jayli va Mang‘it qal’alarini ishg‘ol qildi. Keyinchalik Xazorasp ham egallandi. 1873 yil 29 may kuni ruslarning asosiy kuchlari Xiva ostonalarida paydo bo‘ldi. Muhammad Raximxon Xivani mavjud kuchlar bilan mudofaa qilib bo‘lmasligiga ko‘zi yetib turkman ovuliga ketishga majbur bo‘ldi. U Xivaga qaytib kelguncha bosqinchilar saroyni talab, barcha qimmatbaho buyumlarni, 300 ta qo‘lyozma asarni Peterburgga jo‘natdilar. 1873 yil 12 avgustda Gandimiyon qishlog‘ida Xiva xoni Muhammad Rahimxon bilan general Kaufman o‘rtasida sharmandali sulh bitimi imzolandi. 18 moddadan iborat bu bitim imzolanishi tufayli Xiva xonligi o‘zining siyosiy mustaqilligini yo‘qotdi. Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylanib, xonlik zimmasiga 2 million so‘mlik tovon to‘lash majburiyati yuklandi. Ruslarga qarshi janglarda shijoati va vatanparvarligi bilan tanilgan Muhammad Murodbegi va Rahmatulla yasovulboshilar Xivadan surgun qilinishi belgilandi. General fon Kaufman muzokaralar bilan bir vaqtda, erksevar turkmanlarni jazolash uchun general Golavachyov qo‘mondonligidagi katta kuchni safarbar qiladi. Piyodalar, otliqlar, to‘p va raketalar bilan qurollangan Golavachyov jazo korpusining “Bekovich xuni uchun” deya qilgan vaxshiyliklari rus harbiy idoralari hujjatlari va mahalliy muarrixlar bitiklarida saqlanib qolgan. 7 Sulx bitimida Amudaryo va Orol dengizi suvlarida rus kemalari boj to‘lamasdan bemalol yurishi, Buxoro va Xiva kemalariga esa bunday huquqlar rus hukmdorlari ruxsati bilan berilishi qonunlashtirildi. Rus savdogarlari xonlik hududida hech qanday boj to‘lamasdan erkin harakat qilish, savdo-sotiq ishlarini olib borish huquqiga ega bo‘ldilar, ular boj to‘lovlarisiz Xiva xonligi hududi orqali boshqa davlatlarga ham o‘tish huquqiga ega bo‘ldilar. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Petro Aleksandrovskiy qo‘rg‘oni (hozirgi To‘rtko‘l) qurildi. Shunday qilib O‘rta Osiyo xonliklari o‘z mustaqilliklarini qo‘ldan boy berib, chor Rossiyasi tarkibidagi qaram bir davlatga aylandilar. Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling