Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari


Xonliklar davri tarixiy geografiyasi


Download 159.5 Kb.
bet17/24
Sana04.04.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1328812
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
24 talik.doc yangisi

Xonliklar davri tarixiy geografiyasi.
1747 yili Эron shohi Nodirshohning o`ldirilishi Эronda ichki kurashni boshlab berdi. Bu esa Buxoro mangitlariga ham qo`l kelib Muhammad Rahimbiy feodallarining qo`llab quvvatlashi bilan 1753 yili o`zini amir deb e`lon qildi. Shu bilan Buxoroda 1920 yilgacha xukumronlik qilgan o`zbeklar sulolasi xukumronligi boshlandi. Buxoro erlari geografik jihatdan shimoldan janubga: Sirdaryoning chap sohilida to Amudaryoning (o`rta kismi) o`ng sohiligacha bo`lgan erlar kirib sharkdan qo`qon xonligi, g'arbdan Xiva xonligi bilan chegaradosh bo`lgan. Bundan tashqari Amudaryoning chap sohilida Xiva va Buxoro o`rtasidagi Jizzax, O`ratepa xududlaridagi Buxoro va qo`qon o`rtasidagi baholi erlar mavjud edi. Buxoroning umumiy er maydoni XIX asr o`rtalarida 200 ming kvadrat km ni tashqil etgan.
Davlatni oliy hukumdor - amir idora etgan bo`lib mutloq manarhiya edi.
Mamlakat quyidagi bekliklarga bo`lib boshqarilgan: Chorjo`y, Karmana, Ziyovuddin, Nurota, Xatarchi, Xatob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog', Guzor, Boysezi, qorategin, Denov, Xisor, Darvoza, Boljuvon, Shugnoy, Rushon, Kulob, qo`rg'ontepa, Kabadiyon, Sherabod, Kalif, Karki, Karokli, Xorazm, Buxoro davlat poytaxti bo`lib uni kushbegi idora qilgan.
Xorazmda qo`ng'irotlar xokimiyati XVIII asrning 60 - yillaridanoq qo`lga kiritilgan bo`lsalarda 1804 yil Abdulg'ozining taxtdan tushirib Эltuzarning (1804-1806y) taxtga chiqishi rasman boshqaruvni boshlab berdi. Geografik jihatdan Xiva xonligi Xorazm voxasini qamrab olgan bo`lib shimolda Orol, janubda ko`chmanchi turkmanlar, sharqda esa Buxoro erlari bilan chegaradosh bo`lgan. Davlat mutloq monarxiya bo`lib boshqaruv xon qo`lida edi. Ma`muriy - xududiy jihatdan Xiva xonligi beklik viloyat va noiblikka bo`lingan. Xozarasp, Gurlash, Xonka, Ko`xna Urganch, qo`shko`prik, Pitnak, Xazovot, Kiyot, Shoboz, Shovot, Toshxovuz,
Ambarmanok, Urganch, Xo`jayli, Shumanay, qo`ng'irot, kabi beklik va viloyatlar yana Beshariq, Kiyotqo`ngiroq kabi noibliklar mavjud bo`lgan. Xuddi Buxorodagidek poytaxt shaxar Xiva bosh vazir tomonidan boshqarilgan.
1709 yili Popda avval Chodak xojalarining so`ng min qabilasining taxtga chiqishi bilan qo`qon Buxoro xonligidan mustaqil idora qilina boshlandi. qo`qonda xam boshqaruv mutloq xokimiyat xon qo`lida bo`lgan. Ma`muriy-xududiy jixatdan6 esa beklarga bo`lib boshqarilgan. qo`qon, Margilon, O`sh, Andijon, Shaxrixon, Baliqchi, Novkent, Buloqboshi, Aravon, Koson, Suxz Maxram, Bobodarxon, Xo`jand, O`ratepa, Namangan, Turkiston va Toshkent.
Nomlanishidan ko`rinib turibdiki, qo`qon erlari xozirgi Toshkent, Jizzax, Farg'ona, Andijon, Namangan, qirg'izistonning O`sh va Sheralobod, Tojikistonning Xo`jand (eski leninobod) viloyatlarini o`z ichiga olgan bo`lib yana Tojikistonning qorategin, Darboz, Roshan, Shugkon, Vakon, erlariga rahbarlik qilgan. qirg'izistonning Tolos, Issiqko`l atrofidagi erlarni xam bosib olgan.
Xuddi erlaridek xonliklar axolisi xam rang-barang bo`lgan. Buxoro amirligining umumiy axolisi 2 million kishi bo`lib ular asosan, qashqadaryo voxasida (500 ming), Zarafshon vodiysida (300-350 ming), Sirdaryo voxasida (200 ming), Sharqiy Buxoroda (500 ming) yashar edilar.



Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling