Tarixiy roman
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
hujjatlarni ham olish yo’q. Bularga vaqt kerak. Lekin ana shu vaqt nima uchun kerak? Nega
birdaniga bunday vaqt kerak bo’lib qoldi? Agar viloyat hokimini ishdan olishga qaror qilingan bo’lsa, bu vaqtga hojat yo’q. Lekin nega, nega kerak bo’ldi bu vaqt? Mirtemir vaqt jumbog’ini echolmay halak edi. Shu bois mashina allaqachon shaharni chetlab o’tganini ham sezmay qoldi. Mirshab aytganidek, chegarada kutib turishgan ekan. Mirtemir viloyat hokimining birinchi o’rinbosarini tanidi. Ilgari ham bir marotaba kelgandi, o’shanda tanishgandilar. Tortishuvni yaxshi ko’radigan odam. Agar rahbarlarni himoya qilish kerak bo’lsa, butun aql-idroki, mantiq- maxfiratini o’rtaga qo’yib tortishadi, ularni himoya qiladi. Demokratiyaga tish- tirnog’i bilan qarshi. Mirtemir uni ilgari uzoq yillar prokuror bo’lib ishlagani uchun “tosh”ga aylanib qolgan deb o’ylagandi. Chunki tartib-intizom haqida gapirar ekan, “tartib” so’zining oldiga “qat’iy”, “intizom” so’zining oldiga esa “temir” kalimalarini qo’shishni hech unutmasdi. Karimov shu viloyatda rahbar bo’lgan, balki o’sha paytda uning nomini yon daftarchasiga yoki xotira kitobiga yozgan bo’lishi mumkin. Balki bu yigitning o’zi Karimovning fe’lu fitratini yaxshi o’rganib, unga moslashgan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas. Xullas, nima bo’lganda ham Mirtemirning qarshisiga yana bir “devor” chiqqandi. Ular chegaradan viloyat markaziga emas, to’g’ri Muborakka qarab yo’lga chikdilar. -Ibod To’ra poytaxtda ekan, borganimiz bilan u bo’lmasa, nima qilamiz? -Ibod To’rani ishdan bo’shatdik. U shikoyatga ketgan. Bugun Karimov bilan uchrashdi. Islom akam uning ta’zirini berib qo’ydilar, endi bu erlarga qaytib kelmasa kerak. -Hech narsada adashmasangiz ham bu xususda adashdingiz. Chunki Ibod To’ra o’jar, o’jar bo’lganda ham hech yo’ldan qaytmaydigan o’jar… Mirtemir shunday dedi-da, hamsuhbatining javobini kutmasdan xayolga berildi. Ibod To’raning nomini ilk bor “Ozodlik” radiosidan eshitgandi. Saylovlar arafasida ham shahar kengashiga, ham Oliy kengashga nomzodini qo’ygandi. O’shanda shahardagi gazni qayta ishlash zavodi ruslarning qo’lida bo’lgani va shahardagi xonadonlarga ataylabdan gaz berilmaganini aytgandi. Saylovdan keyin uni ijroqo’m raisi etib saylashdi. Birinchi qilgan ishi mirshabxona va prokuraturadagi kommunistik partiya sho”balarini tarqatib yubordi. Bu kommunistik partiyaning boshida turgan Karimovga qarshi isyon edi. Isyon bo’lganda ham ikki karra isyon edi. Chunki Moskva gazetalari “Karimov jumhuriyatda ilk zarbani o’z viloyatidan oldi”deya yozishdi. Viloyat rahbarlari ham tipirchilab qolishdi, chunki ular mirshabxona va prokuraturani partiya yo’li bilan qo’lda tutardilar. Ibod To’ra esa bu idoralarni ularning qo’l ostidan chiqarib, o’z nazoratiga oldi. Bu orada shaharda xususiy televidenie ochib, hamma narsani oshkoralik yo’li bilan hal qila boshlagani ma’lum bo’ldi. O’shanda Karimov bu televidenieni yopib tashlagani bois Ibod To’ra Oliy kengashning Mirtemir ishlagan qo’mitasiga shikoyat qilib borgandi. Mirtemir viloyatga kelib buyruq ham, ijrochilar ham teppadan kelganini o’rgandi va masalani qo’mita majlisiga olib chiqdi. Lekin qo’mita raisi Erkin Vohidov bu ishni xo’rjinga tashladi. -Kimlar ochlik qilgan ekan? -deya xayol surib borayotgan suhbatdoshidan so’radi Mirtemir. -Uh-hu, bundan ham xabaringiz bor-ku? -Xabarimiz bo’lmasa, nimaga borayapmiz? -Sizni raykomning birinchi kotibi taklif qilgan, kursdoshingiz ekan. Bir piyola choyini ichamiz. Qolgan masalani esa o’sha erda gaplashamiz. Ochlik qilganlarga kelsak, Ibod To’raning ijroqo’m a’zolari ochlik qilishmoqchi edi, lekin yo’l qo’ymadik. Chunki qonunlarimizda “ochlik qilish mumkin” degan joyi yo’q. Buning ustiga ular ochlik qilishdan avval bir qop nonni quritib olishibdi. Nima emish? Quritilgan non eyish ovqat eyishga kirmasmish. Ha, bachchag’ar, ochlik qilsang, hech narsa ema! Qotgan non eb, suv ichib, yana ochlik qilayapman, deyishing, isyon emasmi? Mirtemirning avzoyi buzildi. Qandaydir o’yin o’ynalayotganini sezardi-yu lekin bu o’yinning ip uchini topolmayotgan edi. Ha, Mirtemir qancha o’ylamasin, bu o’yinning ip uchi uning xayoliga kelmasdi. Chunki bu o’yin Karimovning xayoliga ham tasodifan kelgandi. Ya’ni saroy a’yonlari tomonidan Karimovning fikriga suqilgandi bu o’yin. [ 4 0 ] Tursinov avvaliga o’zi bilan o’zi olishdi: Nega unga qo’pol muomala qildim? Bular hali yosh bola, niholdek gap, qayoqqa egiltirsang o’sha tomonga qarab o’sadi. Shirin gap bilan ilon inidan chiqadi, deganlar. Yo’q, yolg’on gap. Shirin gap bilan sehrgar ham ilonni inidan chiqara olmaydi. Balki maqolni noto’g’ri o’ylagandirman? Aslida hamma narsani ochiq gapirib to’g’ri qildim. Ignachining ming urgani, temirchining bir urgani. Yo yo’limga solaman, yoki pachaqlab tashlayman. Bundaylarni o’yin bilan sindirish kerak. Shoxidan qo’rqsang keyinchalik dumidan ham qo’rqadigan bo’lasan. Lekin hozir gap Karimovga bog’liq. Mirtemirning kaliti ham Karimovda. Ha, aslida Karimovni yaxshi bilar va uning Mirtemirni jazolashiga ishonardi. Shuning uchun ham bir yo’lini qilib unga yoqib qolish uchun Mirtemirni “pushkaga” oldi. Shuning uchun Mavlonga telefon qildi: -Mavlonjon, bu ishni to’xtating, boshingizdan oltin sochaman. -Akajon, oltindan shashlik pishiramizmi? -yumshoq hazil qildi Mavlon. -Oltinlar Halima opaga qolsin, Sizga o’zim qo’y so’yib, quyruqli shashlik qilib beraman. -Shashlikni men eyman-u lekin ana u ilon jirkanadi. Mavlon Temur Alimov bilan chiqishmas edi. Mavlon Alimovni “Ilon”desa, Alimov uni orqavarotdan “Chayon” derdi. Boshqalar esa har ikkalasini majlislarda yonma- yon ko’rib, Karimovning “Ilon-Chayon”lari deya pisir-xisir qilishardi. Karimov Mavlonga kadrlar masalasini, Alimovga esa huquq-tartibotni topshirgandi. Ikkalasini bir-biriga qayrab qo’ygan ham Karimovning o’zi. Mavlonga: “Ana u “Ilon”dan ko’z-quloq bo’l! Mirshablardan pora olayotgan ekan. Buning ustiga hamma yoqni toshkentliklar bilan to’ldirib yubordi. O’ziga sezdirmay qilmishlari haqida hujjat to’pla” derdi. Alimovga esa: “Ana u “Chayon”ga ishongandim, lekin topib kelgan kadrlari bir pulga qimmat. Xotinining bo’ynidagi tovokday-tovokday keladigan zebu-ziynatlar ham eri oyog’ini to’g’ri olmayotganini ko’rsatadi. Uning har bir qadamidan meni xabardor qilib tur” derdi. Bu orada “Hech kimga aytmaslik sharti bilan” Alimov to’plagan hujjatlarni Mavlonga, Mavlon to’plaganlarni esa Alimovga ko’rsatib qo’yardi. Har ikkisi ham Karimovning “sodiq”ligidan o’zlarini qushdek engil his etishsada dushmanlari qarshisida hamlaga otilgan yirtqichga aylanishardi. Shu bois har ikkalasining ham yurak ostidagi adovat urug’i allaqachon niholdan ulkan daraxtga uzangandi. Garchi xonalari bir qavatda, hatto eshiklari qarama-qarshi bo’lsa-da, ba’zan ertalabdan oqshomga qadar yuz ko’rishmasdilar. Lekin Mavlonning xonasidan pashsha uchsa o’tsa, Alimov payqar, Alimovning derazasi ochilib-yopilsa Mavlonning daftarida qayd etilardi. Bir kuni Alimov safarda avariyaga uchradi. U xastaxonada yotar ekan, Karimov Mavlonni chaqirdi: -”Ilon” yarimjon bo’lib qoldi. Buning ustiga yotgan joyida ham mansab sotayotgan ekan… Darvoqe, buxususdasendahambirorgapbormi? Qulog’ingdanqochadigan gap yo’qligini bilaman, shuning uchun ham boshqalardan eshitganimga ishonmay sen bilan muhokama qilayapman. Mavlon juda hurkoq, og’ziga zanjirto’r solingan itdan ham qo’rqardi. Bolaligida doim cho’ponlarning itlari bilan o’ynardi. Bir kuni tayoq bilan itning tumshug’iga urganda, u shang’illagancha o’zini Mavlonning ustiga otdi. “Cho’pon amaki” kelib qutqarib olmaganda, bir joni ettita bo’lardi. O’shandan buyon itning akillashini eshitsa, oyog’i qaltiraydi. Avval boshining eng tepa nuqtasi jimirlaydi, so’ngra ming-ming chumolilar boshidan oyog’iga, oyog’idan boshiga yuguradi. Xuddi ana shu hisni Karimovning huzuriga kirganda ham takror-takror yashaydi. “Nega?” deya o’zi-o’zidan so’radi bir necha marta, lekin javob berolmadi. Mansabdan otilishdan qo’rqadimi? Yoki sirlari ochilib qolishi bezovta etadimi? Balki Karimov do’pposlab qolishidan hurkiydimi? Xullas, hozir ham vujudi junjikib, ikki qo’lini oldinga olgancha taxtadek qotib qoldi. Jilmayishga har qancha harakat qilmasin, lablari muzlab qolgandek, hatto soxta tirjayish uchun ham mayl bermas edi. -O’tir, -dedi Karimov unga. U Karimovning uncha-bunchaga o’tir demasligini yaxshi biladi. Faqat biror narsa yozdirmoqchi bo’lsagina “o’tir” derdi. Aksiga olib Mavlon qo’lidagi kundalik daftarini Kraynovning yonida unutdi. Birdan qo’rquv bosdi uni. “Nima qilaman endi?”, deb o’yladi. Qanday qilib “Men qabulxonada kutib turgandim, birdaniga Siz chiqib qoldingiz. Daftarni olishga ham ulgurmadim”, deya oladi. Muzlab turgan badani birdaniga olovning o’rtasiga tushib qolgan odamning vujudi kabi jizirlay boshladi. Sochlarining ostidan sizib chiqqan ter yonoqlariga qadar irmoqchalardek oqib keldi. U hozir bir tomchi ter stolning ustiga oqib tushsa, hayotim tamom, deb o’yladi- da, cho’ntagidan ro’molchasini olmoqchi bo’ldi. Lekin qo’li unga bo’ysunmadi. Shu payt vujudida boshqa bir o’zgarishni sezdi. Avval ko’kragida paydo bo’lgan muz bir zumda sochlarining ostidagi terga qadar etib bordi. Ba’zan Mavlon ana shunday holatlarni yashagandan keyin “yurak degani xo’p baquvvat bo’lar ekan” deb o’ylardi, ammo duxtirga borib nazoratdan o’tishga vaqt topolmasdi yoki “Ilon”ning “Mavlon xastalanibdi”, deya gap tarqatishidan hayiqardi. -Nima mendan yashiradigan gaping bormi? Yoki “Ilon”ning boshi ezildi, deb elkangdagi tog’ni uloqtirib yubordingmi? -Y…o’…q! -dedi Mavlon tili aylanmay. Qo’l ostida ishlagan kishilarning bunday holati Karimovga yoqardi. U hammaning ana shunday qaltirab turishini istardi. Shu sababdan ba’zan-ba’zan ularni rag’batlantirib turardi. -Qani ukajon, bir boshdan shoshmasdan gapiring-chi. Karimovning bunday yumshashi garchi sun’iy bo’lsa-da, Mavlonning joniga ora kirdi. Ikki og’iz shirin gap uning muzlab yotgan vujudini eritdi va tomirlariga darmon yugurgandek bo’ldi. Aylanmayotgan tili ham o’z-o’zidan harakatga keldi. -Haligi, Ibod To’raning ishini yotgan joyida to’xtatib qo’yibdi… -Qaysi ishini? -Siz Zokir Almatovga bir topshiriq bergan ekansiz, o’shani to’xtatibdi. -U topshiriqni sen qanday bilding? -”Ilon”butun mahallaga yoyganga o’xshaydi. Ibod To’raga suiqasd… -O’chir tovushingni! Suiqasd-muiqasd degan gapni eshitmayin. U “Ilon”ning o’ziga suiqasd qilish kerak! Voy, ablah! Voy, eshak! Voy, enag’ar! Seni odam deb yursam, rostdan ham ilon chiqib qolding-ku! Yo o’lishingni bilib kafaningni oltindan qilmoqchi bo’ldingmi? Karimov stolning ustiga zarb bilan urdi-da, Mavlonga yuzlandi: -Hoziroq qaror yozib kel, “Ilon” ishdan quvildi. O’rniga odam top, duxtirlarga ayt, hukumat kasalxonasidan quvishsin. Borib bitxonada yotadimi, otxonada yotadimi, o’zi biladi. Ammo nazoratda tut. Menga uning o’ligi emas, tirigi kerak. Uni o’lgandan battar qilaman. Mavlon Karimovning xonasidan chiqar ekan, yuragi ham qinidan chiqayotgandek edi. U katta tog’ni kovlab, tashna odamlarga suv etkazgan odamlardek shod edi. Bu oniydan kelgan g’alaba shu qadar esankiratdi-ki oltinchi qavatdan beshinchi qavatga tushadigan zinada oyog’i qayrilib ketdi. Bir umbaloq oshib tushsa-da, hech narsa bo’lmagandek shart o’rnidan turib, xonasiga qarab oqsab-oqsab yugurdi. O’shanda qabulxonada Mirtemir o’tirgandi. Mavlon yugurib kelib uni quchoqladi: -Jo’rajon, tabriklayman! O’zimni ham, Sizni ham, xalqimizni ham! Balodan qutuldik. “Ilon”ketdi, butunlay ketdi, onasinikiga ketdi… -Nima, avariyadan keyin o’ldimi? -deya ajablanib so’radi Mirtemir. -O’lmasdan besh battar bo’ldi. Ishdan quvildi. Hoziroq qaror yozib, qo’l qo’ydirib kelaman. Shu sababdan uzr, menga biroz vaqt bering. -Astag’firulloh ! -dedi Mirtemir.-Uzrga hojat yo’q. Men shoshmayapman. Mavlon oqsagancha qabulxonadan o’z xonasiga yurar ekan, Mirtemirning ko’zi og’zini yumgancha kulayotgan sekretar qizga tushdi. Sekretar qizning nigohlari sirni boy berib qo’ydi. Mavlonning shimi orqa chokidan so’kilib, ich kiyimi ko’rinib qolgandi. O’shanda Mavlon darhol qaror tayyorlab Karimovga qo’l qo’ydirib oldi. Faqat Karimov unga “Hozircha e’lon qilma, eshitganlar o’lmasdan tobut tayyorlashibdi” deyishmasin. Kasalxonadan chiqar-chiqmas o’rniga boshqa odam tayyorlaymiz”, dedi. Mavlon ishonmaganlarga Karimov qo’l qo’ygan qarorni ko’rsatib, maqtanib yurdi. Lekin bir kuni Mavlonning boshiga tosh yog’di. U xonasidan chiqayotgandi qarshisida “Ilon”ni ko’rib qoldi. Qo’ltig’iga bir qancha papkani qistirib olgan Alimov yuqoridan, Karimovning huzuridan tushib kelayotgandi. Mavlon boshining o’rtasiga tosh bilan urilgan odamdek esankirab qoldi. Alimov esa jiddiy qiyofada unga qayrilib ham qaramasdan o’z xonasiga kirib ketdi. Mavlon qancha vaqt turib qoldi o’zi bilmaydi. Es-hushini to’plaganda yonida o’rinbosari turardi. -Nima gap? -dedi u o’rinbosariga. O’rinbosar Alimovning xonasiga qarab elkasini qisdi. -Bu kasalxonadan qachon chiqdi? -Bilmadim, -dedi o’rinbosar. Mavlon orqaga qaytdi-da Kraynovga telefon qildi. Mavlon Kraynovdan biror narsa so’ramasidanoq javob oldi: -Islom aka imzolangan qarorni olib, yirtib tashlashimni so’radilar. -Nima bo’ldi o’zi? -Har holda sho’rva emas, palovga o’xshaydi. -Kasalxonadan qachon chiqdi? -Besh daqiqa oldin. Mashina yuborib olib keltirdik. Mavlon telefon dastasini qo’ydi-da, ko’kragini g’ijimladi. Rangi dokadek oqardi. Qabulxonadagi stulda o’tirib qoldi. Sekretar qiz tortmadan dori olar ekan, o’rinbosari bir bardoq suv quydi. Mavlon dorini ichib bo’lgandi ham xonasidagi telefonning jiringlashi nayzadek vujudini teshib yubordi. Bu qora telefon edi. Faqat Karimovgina sim qoqadigan bu telefonning sasi shu qadar baland ediki, Mavlon uni pasaytirib qo’yishga ham hayiqardi. U yugurib ichkariga kirdi. Karimov uzoq gapirmadi: -Qarorni Kraynovga chiqarib ber. Alimov ishini davom ettirsin. Lekin ko’z-quloq bo’l. Vaqti kelsa, tagiga suv quyamiz… Shundan keyin, Alimov bilan oralari yana ham buzildi. Endi Alimov Mavlonning telefondagi gaplarini ham eshitayotgandi. Shu sababdan Mavlon Tursinov bilan ochiq gapirib qo’yganidan seskandi. Xatosini tuzatmoqchi bo’ldi. -Aslida u kishi yomon odam emas. O’zingiz gaplashsangiz yordam berishlari mumkin. Bizni bir- birimizga qayrab qo’yishdi. Men siz tomondaman… Tursinov Mavlon bilan gaplashib bo’lgach, Alimovga telefon qildi: -Bu gaplarni telefonda gaplashmaydilar. Ikki soatlik yo’l, mashinaga chiqingda, etib keling,-dedi Alimov. Tursinov kelganda Alimov uni iliq qarshiladi. -Mavlon bilan orangiz yaxshiligini bilaman. Ammo ish bu bilan bitmaydi. Menga ham ko’p yordamingiz tekkan. Sizni Islom akaga ana u tirrancha deputatlar yomon qilib ko’rsatgan. Hozirdanoq ularning aytgani bo’ladigan bo’lsa, keyin holimizga maymunlar yig’laydi. -Meni qutqazing. Aytganingizni qilaman. Og’zingizdan chiqqanning ikki qatini muhayyo qilmasam erkak emasman! -Mayli, u gaplarni keyin gaplashamiz. Avval sizni qutqaraylik. Hozir borib Mavlonga uchrashing, yuqoriga chiqib sizni himoya qilsin. Har xil sassiq gaplardan uzoq tursin. Keyin Ziyomovga uchrashing. Mavlondan so’ng u kirsin, Jo’rabekov bilan ko’rishing. Ziyomovdan keyin Kraynov uni chaqirsin, hammasini ko’ndiring. Kechqurun nuqtani men qo’yaman. Hammasi Jizzaxda odamlar sizni istashayotgani, agar ishdan olinsangiz saylovda har turli voqealar yuz berishini, tuman birinchilari tinimsiz telefon qilishayotganini aytishsin. Oxirida Islom aka mendan Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmatining fikrini so’raydilar. Xudo xohlasa, oshni o’zim suzib chiqaman. Tursinov hamma bilan bir soat ichida uchrashib chiqdi. Va’dalarni quyuq qilib, Jizzaxga qaytib ketdi. Bu orada Kraynovni ham xursand qildi. Yangi olgan uyiga “Miraj” deb nomlangan chet el mebelini ertagayoq yuborishini imo qildi. Alimovning plani bo’yicha birinchi Mavlon kirishi kerak edi, lekin u botinmadi, Jo’rabekov bilan birga kirdi. Karimov Jo’rabekovning gaplarini oxiriga qadar tinglamadi. -O’sha, sizga telefon qilgan birinchilarga aytib qo’ying, Tursinov bilan bitta kamerada qo’yaman ularni. Hammasi o’z manfaatini o’ylaydi. -Lekin fondga Tursinov ham, birinchilar ham katta mablag’ o’tkazishdi,-dedi Jo’rabekov. -Ikki oyoqlari bir etikka tiqilganidan keyin o’tkazishadi-da. -Bular so’zimizni hech ikki qilishgani yo’q. Karimov Jo’rabekovning ko’zlariga tikilib qaradi-da, Kraynovni chaqirdi: -Fondda Jizzaxdan biror bir muammo bormi? -Yo’q, otalariga rahmat, aytganimizning ikki hissasi tushib turibdi. Karimov Jo’rabekov bilan Mavlonni chiqarib yuborar ekan, aniq bir javob aytmadi. Ko’p o’tmay maslahatchisi Ziyomov kirib keldi. U boshqa masalalarni gapirar ekan, orada Jizzaxga ham to’xtaldi: -Jizzaxda muxolifatning ikki yuz-uch yuz odami hamma yoqni buzmoqda. Shikoyatchilarning kimligini o’rgandik. Hammasi dor ostidan qochgan odamlar. Vaziyat o’zgarib qolishi mumkin. Saylov arafasida biror gap chiqib qolmasin degan niyatda ma’lumotlarni to’pladim. Ijroqo’m raisi bu odamlarni Tursinovga qarshi qayramoqda. Bu erdagi ba’zi deputatlarni ham qo’lga olishganga o’xshashadi. Lekin viloyatda Tursinovning yuki og’ir… Karimov Ziyomovga : -Mayli ko’z-quloq bo’lib tur, biror gap chiqib qolmasin,-dedi. -Bilasiz, Jizzaxda millatlararo masala nozik. Kichik bir uchqundan alangalanib ketishi mumkin. Shu bois viloyatning ikki kattasini o’zingiz kelishtirib qo’ysangiz, degan iltimosim bor edi. -Bo’pti. Qo’lingizdan kelmagan yoki bajara olmagan ishingizni menga otasiz,- deya Ziyomovni chiqarib yubordi. Odat bo’yicha oqshom Alimov bo’lib o’tgan voqealar haqida Karimovga hisob berdi. Jizzax masalasida alohida to’xtaldi. -Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining operativ ma’lumotlari bo’yicha ijroqo’m raisi Olimov fitna uyushtirmoqda. Tursinov tumanma tuman yurib, saylov hozirliklarini ko’rmokda. Menimcha eng yuqori ovozni shu viloyatdan to’playmiz. Shu sababdan saylov o’tguncha Tursinovni qo’llash kerak. U viloyatda chuqur ildiz otgan. Saylovdan keyin avval ildizlarini quritamiz, keyin o’zi haqida Siz nima desangiz o’shani qilamiz. -Muborakda vaziyat qanday? -Ochlikni davom ettirishayapti. Izn bersangiz nomingizdan Ibod To’raevni chaqirsam… -Chaqiring, u bilan men ham gaplashib qo’yaman. U bolaning ko’zini ochib qo’yishim kerak. -Muborakka Mirtemirni yuborsak yaxshi bo’lardi. U bunday ishlarni tinchitishga usta. Ziyomovning aytishiga ko’ra, Muborakning birinchi kotibi Mirtemir bilan birga o’qigan. Karimov biroz engil tortgandek bo’ldi, chunki ichini tirnayotgan savolga javob topgandi. U saylov oldidan qo’rqqani deputatlar edi. Oldingi sessiyada saylov qonuni orqaga olindi. Endi yana biror bir bahona bermaslik kerak ularga, deb o’ylardi. Shu boisdan ham bugun maslahatchilari va hukumatdagi o’rinbosari Jizzax masalasida gapirisharkan, ko’nglining bir chetida Mirtemirga aytgan gaplari turardi. Mana endi Alimov buning ham echimini aytib turibdi. -Men ham Mirtemirni Muborakka yuborishni o’ylab turgandim. Bu tashabbusni Ziyomovga sotaylik. Kraynov bilan ikkalasi ishni xamirdan qil sug’urgandek, ustalik bilan bajarishsin. O’rtaga biror bir gap chiqishini istamayman. Xo’sh, Jizzax masalasini tinchitish haqida qanday taklifingiz bor? -Siz nima desangiz o’sha bo’ladi. Biz viloyatlarda sessiyalar o’tkazib, “obkom”larni hokimga aylantirish ro’yxatini aytganingiz bo’yicha hozirladik. -Saylovdan oldin ularning birortasiga tegish kerak emas. Hozir Jizzaxda Tursinovni ishdan olamiz desak, mansab kurashi boshlanadi. Bu butun viloyatlarga ham tarqaladi. Yo’q joydan boshimizga og’riq olamiz. Modomiki, Jizzaxda Tursinov bilan Olimov o’rtasida munoqasha boshlangan ekan, temirni qizig’ida bosishimiz kerak. Ertagayoq viloyatda sessiya o’tkazib, Tursinovni hokim etib tayinlaymiz. Agar masalani bir-ikki kun orqaga tashlaydigan bo’lsak, hidi chiqib ketadi va yana shikoyatchilar oqimi boshlanadi. Darvoqe, “Chayon” bilan Jo’rabekovning bu masalaga aloqasi qanday? Garchi Alimov ularning bu xususda Karimovning huzuriga kirib chiqqanlarini bilsa-da sar berib sir bermadi. -Menimcha ular avvaliga Olimovni qo’llashdi. Uning Tursinovni yo’qotib, o’rnini olish havasi ham shundan keyin kuchaydi. Ammo Jo’rabekov viloyatga borib, birinchilar bilan gaplashib kelganlaridan keyin Mavlonning fikrini ham o’zgartirdilar. U kishi bu masalalarda ob’ektiv yondashadilar. Shunga qaramasdan qo’limizda Tursinovga qarshi etarli dalillar bor. Saylovdan keyin hammasini bir sistemaga tushirib, Sizga beraman. Karimov qora telefondan Tursinovga sim qoqdi. Salom-aliksiz gapira boshladi: -Og’ayni, ishingiz bitgan. Qo’limizda juda ko’p hujjatlar bor. Istasak, ertagayoq ishdan olib tashlaymiz. O’rningizga ana u Olimovni nomzod ko’rsatishayapti, lekin men rad etdim. Chunki sizning sodiqligingizni bilaman. Siz bitta kemada ekanligimizni yaxshi tushunasiz. Ana u deputatning tekshirishlariga esa e’tibor qilmang. Ularni ham aldab turishimiz kerak. Ko’z-quloq bo’ling, tarafdorlaringiz xol qo’yib qo’yishmasin. Ertaga ertalab sessiyani to’plang, men boraman. Qolgan gapni o’sha erda gaplashamiz. Alimov etib boradi va ertalabgacha hamma ishni pishitinglar. Ijroqo’m raisini bo’sh qoldirmang, ko’nglini olishga harakat qiling… G A G A R I N [ 4 1 ] Ertalab Jizzaxga olib boradigan trassani tuman qoplagan edi. Karimov borayotgan mashina “tuman chiroq”larini yoqib olganiga qaramay sekin yurardi. Oldinda, orqada o’nlab mashinalarda Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling