Tarjima haqida
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
bilan ushladik. 43. (Ey, Makka ahli,) sizlarning kofirlaringiz ana ulardan yaxshiroqmi yoki sizlar uchun (samoviy) kitoblarda oqlov (vasiqasi) bormi?! 44. Balki, ular: "Biz yenguvchi jamoatdirmiz", - deyishar?! 45. Yaqinda o'sha jamoat yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar.
51. Biz sizlarning o'xshashlaringizni halok qildik. Bas, eslatma oluvchi bormi? 52. Ular qilgan har bir narsa bitiklarda (nomai a'mollarida)dir. 53. Har bir kichik va katta (ish Lavhul-Mahfuzda) bitilgandir. 54. Albatta, taqvodorlar jannatlarda va daryolar uzra 55. qodir Podshoh huzuridagi sadoqat maqomida bo'lurlar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 370
AR-RAHMON SURASI
Ar-Rahmon - Allohning go'zal ismlaridan biri. Surada Alloh taolo insoniyat va jinlarga bu dunyo va oxiratda ato etgan va etajak ne'matlaridan ba'zilarini eslatib, o'ttiz bor: "Bas, Rabbingizning qaysi bir ne'matlarini inkor etasizlar?!" - deb ularga xitob etgan.
2. Qur'onni ta'lim berdi. 3. (U) insonni yaratdi. 4. Unga bayonni (nutqni) ta'lim berdi. 5. Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob bilan (joriydirlar). 6. Poliz ekinlariyu daraxtlar ham (Allohga) sajda qilur (bo'yin sunur). 7. Osmonni baland qilib qo'ydi va tarozini joriy qildi. 8. Toki, tarozida haddan oshmagaysizlar. 9. (Ey, insonlar, muomalada) vaznda adolat o'rnatinglar va tarozidan urib qolmanglar! 10. (U) Yerni odamlar uchun (tekis qilib) qo'ydi. 11. Unda meva va g'unchali xurmo daraxtlari bor. 12. Yana somonli donlar va rayhon (gullari bor). 13. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 14. U insonni (Odamni) sopol yangliq quruq loydan yaratdi. 15. Jin (va shaytonlarni) esa olovdan yaratdi. 16. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
oy botadigan tomonlarning) ham Parvardigoridir. 18. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 19. U ikki dengiz (daryo)ni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi. 20. (Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar.
bilan Oq (O'rta Yer) dengiz tutashgan Jabali Toriq (Gibraltar) bo'g'ozida ikki dengiz suvi bir-biriga aralashmagan holda oqar ekan. Bu haqda 14 asr avval zikr qilinganligini bilgach, mashhur sayyoh kapitan Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 371
Kusto ham Qur'oni Karimning ilohiy mo''jiza ekanligini tan oldi.
22. U ikkisidan (dengizdan) marvarid va marjon chiqur. 23. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 24. Uning dengizda (yelkanlari) tog'lar kabi baland ko'tarilgan kemalari ham bordir. 25. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 26. (Yer) yuzidagi barcha mavjudot foniydir. 27. Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning "yuzi" bog'liy qolur. 28. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 29. Osmonlar va Yerdagi (barcha) jonzot (hojatlarini) Undan so'rar. U har kuni faoliyatdadir.
birovni kechiradi, birovning hojatini chiqaradi, kimningdir darajasini ko'taradi, kimnidir pastlatadi, nimanidir yaratadi, kimlarnidir dunyoga keltiradi, kimlarnidir vafot ettiradi. Bu oyati karima Alloh shanba kuni yoki yakshanba kuni dam oladi deydigan qavmlarning aqidasi qanchalik puch ekanligiga dalildir. Zero, Alloh taolo mabodo bir lahza dunyoni tasarruf etishdan to'xtasa, yeru osmon vayron bo'lib ketgan bo'lur edi.
31. Yaqinda (Qiyomatda) sizlar(ni hisob-kitob qilish) uchun foriq bo'lajakmiz, ey, insu jinlar! 32. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 33. Ey, jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va Yer hududlaridan o'tib ketishga qodir bo'lsangizlar, o'tib ketaveringizlar! Sizlar kuch-qudratsiz sira o'tib keta olmassizlar! 34. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 35. (U Kunda) ustingizga olovdan iborat bir alanga va tutun yuborilurki, sizlar (unga qarshi) yordam topa olmassizlar. 36. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 37. Bas, qachonki, (Qiyomat qoyim bo'lgach,) osmon yorilib, (jahannam haroratidan) yog'kabi qizarib qolganida, 38. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 39. Ana o'sha Kunda na ins va na jindan (qilib o'tgan) gunohi to'g'risida so'rab o'tirilmas. 40. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 372
41. (Balki) jinoyatchi (osiy) kimsalar o'z belgilaridan tanilib, peshona sochi va oyoqlaridan tutilurlar (va jahannamga tashlanular). 42. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 43. Jinoyatchi (osiy)lar yolg'on deydigan jahannam mana shudir. 44. Ular o'sha (jahannam) bilan o'ta qaynoq suv o'rtasida aylanib tururlar. 45. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 46. Parvardigori (huzurida) turishdan (so'ralishdan) qo'rqqan kishi uchun ikki jannat (bog'li) bordir. 47. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 48. (U ikki jannat bog'li qalin) shox-novdalarga egadir. 49. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 50. U ikkisida ikki oqin chashma bordir. 51. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 52. U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir. 53. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 54. (Ahli jannat) astarlari shoyidan bo'lgan ko'rpachalar uzra yastangan hollarida (o'tirurlar). U ikki jannat mevasi yaqindir. 55. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 56. U (jannat)larda shunday ko'zlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (qiz)lar borki, ularga ilgari na ins va na jin tekkandir. 57. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 58. Ular (ning badanlari) go'yoki yoqut va marjondirlar. 59. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 60. Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ehson (ezgulik)dir. 61. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 62. U ikkisidan quyiroqda yana ikki bog'l bordir. 63. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 64. Ikkisi (sersuv va sersoyalikdan) to'q yashildirlar. 65. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 373
66. U ikkisida (suvi) tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir. 67. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
69. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 70. U (jannat)larda xushxulq va husndor (ayol)lar bordir. 71. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 72. (Ular) chodirlarda asraluvchi hurlardir. 73. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 74. Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir. 75. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 76. (Jannat ahli) yashil yostiqlar va go'zal gilamlar uzra yastangan hollarida (o'ltirurlar). 77. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 78. Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning ismi barakotlidir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 374
VOQEA SURASI
Voqea - qiyomat nomlaridan biri. Surada qiyomat qoyim bo'lganda ro'y beradigan mudhish hodisalar bayonidan boshlanib, oxiratda bandalarning oladigan mukofotlari, jannat ne'matlari, do'zax ahlining azob-uqubatlari tafsiloti bilan davom etadi.
berilishiga qarab taqdiri ma'lum bo'ladi Kitobi o'ng tomondan berilsa, bu uning baxtli ekaniga dalolat. Agar chap tomonidan yoki orqa tomonidan berilsa, uning baxtsiz ekanligiga ishoratdir.
11. Aynan o'shalar (Allohga) yaqin zotlardir 12. noz-ne'mat bog'larida 13. (O'zib ketganlar) avvalgi (ummat)lardan ko'pchilik, 14. keyingilar (Muhammad ummatlari)dan esa ozchilikdir. 15. (Ular oltindan) yasalgan so'rilarda, 16. yastangan hollarida bir-birlariga ro'baro' bo'lib (o'ltirurlar).
18. oqar chashmadan olinmish (mayli) qadahlar, ko'zalar va kosalar bilan. 19. U (may)lardan ularning boshlari ham oqrimas, mast ham bo'lmaslar. 20. Yana o'zlari tanlab oladigan meva bilan, Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 375
21. ishtahalari tortgan qush go'shtlari bilan ham (aylanib tururlar). 22. Yana (ular uchun) ko'zlari keng va tiniq hurlar ham bo'lurki, 23. ular xuddi yopiq marvarid misolidirlar. 24. (Bu) ular (dunyoda) qilib o'tgan amallarining mukofotidir. 25. Ular u joyda behuda va gunoh (so'z)ni eshitmaslar, 26. faqat "Salom-salom" so'zinigina (eshiturlar). 27. O'ng tomon egalari - o'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir! 28. (Ular) tikansiz butazorlarda, 29. tizilgan bananzorlarda, 30. yoyiq soya (osti)da, 31. oqizib qo'yilgan suv (bo'yi)da, 32. ko'plab meva (uzra)ki, 33. (ular) tuganmas va man etilmasdir. 34. Shuningdek, (ular) baland to'shalgan ko'rpachalar (usti)dadirlar. 35. Biz ularni (hurlarni) daf'atan paydo qildik (onadan tuqilmadilar). 36. So'ng ularni bokira qizlar qildik. 37. (Ular) jozibali va tengqurdirlar. 38. (Ular) o'ng tomon egalari uchundir. 39. (O'ng tomon egalari) avvalgi (ummat)lardan ham ko'pchilik, 40. keyingilaridan (Muhammad ummatlaridan) ham ko'pchilikdir. 41. Chap tomon egalari - chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir! - 42. (Ular) Samum (shamoli) va qaynoq suv ichida,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 376
46. Yana ulkan gunoh (shirk) uzra ustivor edilar. 47.Yana aytar edilar: "Bizlar o'lib tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta tiriltiriluvchimizmi?! 48. Avvalgi ota-bobolarimiz hammi?!" 49. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Albatta, avvalgilar ham, keyingilar ham 50. ma'lum Kundagi belgilangan vaqtda, albatta, to'planuvchidirlar!
52. albatta, (jahannam giyohi) Zaqqum daraxtidan yeguvchi, 53. undan qorinlarni to'ldiruvchidirsizlar. 54. So'ng uning ustiga qaynoq suvdan ichuvchi, 55. (ichganda ham) tashna tuyalar kabi ichuvchidirsizlar. 56. Mana shu jazo Kunidagi ularning "ziyofat"idir. 57. (Ey, insonlar,) sizlarni Biz yaratdik-ku! Bas, (yana qayta yarata olishimizni) tasdiq etmaysizlarmi?! 58. Sizlar (xotinlaringiz bachadoniga) to'kadigan maniy (urug')ni (o'ylab) ko'rdingizmi? 59. Uni sizlar (inson qilib) yaraturmisizlar yoki Biz yaratuvchimizmi?! 60. Sizlarning o'rtangizdagi o'limni ham Biz o'lchab qo'ygandirmiz. Bizdan o'zib ketilmas. 61. Biz (o'rningizga) sizlarga o'xshaganlarni almashtirib qo'yishga hamda sizlarni o'zlaringiz bilmaydigan holat - suratda qayta paydo qilishga ham (ojiz emasdirmiz). 62. Sizlar ilk bor paydo bo'lishlaringiz (qanday bo'lgani)ni bildingiz-ku! Bas, eslatma olmaysizlarmi?! 63. Sizlar ekayotgan ziroatlaringiz haqida o'ylab ko'rdingizmi?! 64. Uni sizlar undirurmisizlar yoki Biz undiruvchimizmi?! 65. Agar Biz xohlasak, uni quruq cho'p qilib qo'ygan bo'lur edik, sizlar esa ajablanib qolavergan bo'lur edingiz. 66. "Bizlar ziyon ko'ruvchilarmiz. 67. Balki, bizlar (rizqimizdan) mahrumdirmiz" (deb nadomatda qolgan bo'lur edingizlar). 68. Sizlar o'zlaringiz ichayotgan suvni (o'ylab) ko'rdingizmi?! 69. Uni bulutlardan sizlar yog'dirdingizmi yoki Biz yog'diruvchimizmi?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 377
70. Agar Biz xohlasak, uni sho'r va achchiq qilib qo'ygan bo'lur edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?! 71. Sizlar yog'ayotgan olovni (o'ylab) ko'rdingizmi?! 72. Uning daraxtini sizlar paydo qildingizmi yoki Biz paydo qiluvchimizmi?! 73. Biz uni (jahannam haqida) bir eslatma va yo'lovchilar uchun foydalanadigan narsa qilib qo'ydik. 74. Bas, (Ey, Muhammad,) Ulug' Rabbingiz nomini (poklab) tasbeh ayting! 75. Men yulduzlarning botish joylari bilan qasamyod eturman - 76. bu (qasam) agar bilsangizlar, albatta, buyuk qasamdir -.
78. yashirin Kitobdagi (Lavhul-Mahfuzdagi). 79. Uni (Qur'onni) tahoratli kishilardan o'zgalar ushlamaslar. 80. (U) olamlar Parvardigori (tomoni)dan nozil qilingandir. 81. Bas, (ey, kofirlar,) sizlar shu So'zga (Qur'onga) beparvolik qilayapsizlarmi?! 82. Yana (Qur'onni) yolg'onga chiqarishingizni o'z rizqingiz qilib olayapsizlarmi?! 83. Bas, qachonki, (kishining joni) halqumga yetganida, 84. holbuki, o'sha vaqtda sizlar qarab turursizlar. 85. Biz esa unga sizlardan ko'ra yaqinroqdirmiz, lekin sizlar (buni) ko'rmassizlar. 86. Bas, qani endi, sizlar jazolanmaydigan bo'lsangizlar, 87. va rostgo'y bo'lsangizlaru, o'shani (jonni) qaytara olsangizlar! Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling